Iqtisodiyot



Yüklə 78,7 Kb.
səhifə1/9
tarix18.03.2023
ölçüsü78,7 Kb.
#102782
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Munira Kurs ishi


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS
TA’LIM VAZIRLIGI

Urganch Davlat UNIVERSITETI

IQTISODIYOT ” KAFERDASI


Global Iqtisodiy rivojlanish” fanidan


KURS ISHI

Mavzu: Xalqaro valyuta tizimi, uning harakatini tartibga soluvchi xalqaro tashkilotlar.
Bajardi: Kurbaniyazova Munira
Qabul qildi:Ibodullayev Ergash

Urganch – 2023
Mundarija
Kirish………………………………………………………………………..3
IBob Valyuta munosabatlarining mazmun mohiyati Va Xalqaro Valyuta tizimi

1.1Valyuta va valyuta munosabatlari tushunchasi, ularning asosiy ishtirokchilar…………………………………………………………………….4


1.2Xalqaro valyuta munosabatlari va valyuta tizimi……………………..11
IIBob Jahon valyuta tizimi rivojlanishi va Xalqaro valyuta kredit tashkilotlari haqida

2.1Jahon valyuta tizimining rivojlanish bosqichlari….....……………….16


2.2Xalqaro valyuta-kredit tashkilotlari……………………………………..25


Xulosa……………………………………………………………………31
Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati…………………………………....33


Kirish
Oʼzbekiston Respublikasi iqtisodiyotini zamonaviy modernizatsiyalash bosqichida mamlakatning xalqaro valyuta-kredit munosabatlarini tashkil qilish va tartibga solish borasida katta yutuqlarga erishildi. Xususan, tashqi savdo aylanmasining ijobiy salьdosi taʼminlandi, xalqaro moliya institutlari bilan samarali hamkorlik yoʼlga qoʼyildi. Eng muhimi - davlat tashqi qarzining meʼyoriy darajadan oshib ketishiga yoʼl qoʼyilmadi.Bozor iqtisodiyotini asoslarini yaratish va rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar tobora rivojlanish va byudjet munosabatlariga ta’sir etishining muhim omili bo`lgan byudjet va moliya tizimi ham shu tarzda isloh etishni, uning barqarorligi va samaradorligini oshirishni talab qiladi. Dunyo miqyosida xalqaro valyuta-kredit munosabatlari sohasida jiddiy, olamshumul oʼzgarishlar yuz bermoqdaki, mazkur holat halqaro valyuta-kredit munosabatlariga bagʼishlangan yangi ilmiy tadqiqotlar olib borish, darsliklar va oʼquv qoʼllanmalar yozish zaruriyatini yuzaga keltirmoqda.Soʼnggi yillarda xalqaro valyuta munosabatlarida sezilarli oʼzgarishlar kuzatildi: jumladan, tashqi bozorlardagi valyutalar va ularning tovar taʼminoti oʼrtasidagi aloqadorlik yoʼqoldi; bozor ishtirokchilari uchun valyutalarning likvidliligi, ularning tovarga ayirboshlash qobiliyatidan koʼra muhimroq ahamiyat kasb eta boshladi; mamlakatlarning toʼlov balansidagi kapitallar va kreditlar harakati joriy operatsiyalar harakatidan hajm boʼyicha koʼpayib, oʼrnini almashtirdi; rezerv valyuta maqomi uchun rivojlangan mamlakatlar oʼrtasida raqobat kuchaygani kuzatildi. Har bir davlat oʼz valyuta kursi rejimini barqarorligini taʼminlash uchun yuqori likvidlilikka ega boʼlgan xorijiy valyutalarni zaxira sifatida yigʼishlariga, zarurat tugʼilganda esa, ular hisobidan kurs shakllannishi jarayoniga aralashishlariga toʼgʼri keldi.
Shu kabi holatlar xalqaro valyuta tizimida keskin islohotlarni taqozo etadi. Hozirgi kunda, jahon moliya tizimiga kriptovalyutalarni taʼsirini, ularni tebranuvchanligini prognoz qilish va kelajakdagi istiqbolini oʼrganish maqsadida oʼnlab, yuzlab tadqiqotlar amalga oshirilmoqda.



Yüklə 78,7 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə