Ishlab chiqarish gimnastikasi ahamiyati vazifasi vositalari va mazmuni



Yüklə 28,72 Kb.
səhifə1/5
tarix28.11.2023
ölçüsü28,72 Kb.
#133953
  1   2   3   4   5
ISHLAB CHIQARISH GIMNASTIKASI AHAMIYATI VAZIFASI VOSITALARI VA MAZMUNI


ishlab chiqarish gimnastikasi ahamiyati vazifasi vositalari va mazmuni
Reja :  
1. Gimnastikaning ta'rifi ;
2. Gimnastikaning asosiy vositalari ;
3. Gimnastikaning uslubiy xususiyatlari ;
4. O'zbekiston Respublikasi Prezidentini gimnastika xaqidagi qarorlari ;


Ishlab chiqarish gimnastikasi — kishini sogʻlomlashtirish va mehnat unumdorligini oshirish maqsadida ish kuni davomida bajariladigan jismoniy mashqlar majmui. Mashklar ish jarayonlari xususiyatlarini hisobga olgan holda tuziladi. Amaliyotda I.ch.g .ning 2 turi mavjud: 1) odamni ish kuniga tayyorlovchi kirish gimnastikasi; 2) ish vaqtidagi badan tarbiya daqiqalari — bunda oʻtirib ishlaydiganlarga yurish, oʻtirib turish, belni bukish; tik turib ishlaydiganlarga — oyoq muskullariga dam beruvchi mashklar tanlanadi. Hoz. aqliy mehnat rivojlangan davrda I.ch.g .ning ahamiyati katta.[1] Davlatimiz mustaqillikka erishgan yilidan boshlab Prezidentimiz diqqat e'tiborini jismoniy tarbiyani rivojlantirishga qaratdi xali xech qaerda, xech qanday davlat bunday qarorlar, farmonlar chiqarmagan .
Mamlakatimizda sog'lom va barkamol avlodni tarbiyalash, yoshlarning o'z ijodiy va intellektual saloxiyatini ruyobga chiqarishi, mamlakatimiz yig'it qizlarni XXI asr talablariga to'liq javob beradigan xar tomonlama rivojlangan shaxslar etib voyaga yetkazish uchun zarur sharoitlar va imkoniyatlarni yaratish bo'yicha ko'ng ko'lamli aniq yo'naltirilgan chora tadbirlarni amalga oshirish maqsadida, shuningdek O'zbekiston Respublikasida 2010 yilning "Barkamol avlod yili" deb e'lon qilishi xam bejiz emas O'zbekistonda o'zliksiz o'tkazib kelinayotgan "Umid nixollari", "Barkamol avlod", "Universiada" musobaqalari yoshlarni jismoniy xamda ma'naviy yetuk qilib tarbiya juda katta vosita bo'lib xisoblanmoqda.
Ayniqsa Respublikamiz Prezidenti tomonidan chiqarilgan "Bolalar sportini rivojlantirish ", "Futbolni yanada rivojlantirish chora tadbirlari", "Respublikada badiiy gimnastikani rivojlantirish to'g'risida"gi kator qarorlar bizni yanada ma'suliyatliroq o'z vazifasiga mutaxassisligiga chukur e'tibor bilan karashga va ishlashga, yangi pedagogik texnologiyalarni ko'llashga chikarmoqda.
Sport gimnastikasi xamda badiiy gimnastika Respublikamizda yanada ommallashtirilib yig'it qizlar shug'ullanmoqda Respublikamizni viloyatlari va shaxarlarida Qorokolpokiston avtonom Respublikada gimnastika inshotlari bilan ta'minlash, sport zallarni xalqaro tipdagi shaklda ko'rilmoqda.
Keyin yillarda badiiy gimnastika Toshkent shaxrida, Sirdaryo viloyati Guliston shaxrida, Navoiy shaxrida, Namanganda keng kulach yoyilishi. Ayniqsa Toshkent shaxridan Aleksandr Pokinni Xitoyda bo'lib o'tgan olimpiadaga qatnashishi gimnastikani Respublikamizda shug'ullanish va malakali yig'it qizlarni tayyorlash talab darajasiga ko'tarilmoqda. Yoshlarimizni jismoniy yetuq ma'naviy boy qilib tarbiyalashda gimnastika tizimi jismoniy tarbiya tizimi muxim vositalaridan biri bo'lib xisoblanadi.

Yüklə 28,72 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə