Issiqlik nurlanishi qonunlari reja: Mutloq qora jism



Yüklə 9,92 Kb.
səhifə1/4
tarix29.05.2023
ölçüsü9,92 Kb.
#113992
  1   2   3   4
Issiqlik nurlanishi qonunlari reja Mutloq qora jism. Kirxgoff q-www.kompy.info


Issiqlik nurlanishi qonunlari reja: Mutloq qora jism. Kirxgoff qonuni

ISSIQLIK NURLANISHI QONUNLARI
Reja:
1. Mutloq qora jism.
2. Kirxgoff qonuni.
3. Stefan-Bol’tsman va Vin qonunlari.
4. Reley-Jins va Plank formulasi.
5. Issiqlikni o'lchovchi optik asboblar va ularning qo’llanilishi.
1. Mutloq qora jism.Avval ta'kidlaganimizdek, elektromagnit
nurlanishiga elektr zaryadlarining, xususan moddaning atomlari va
molekulalari tarkibiga kiruvchi zaryadlarning tebranishi sabab
bo'ladi. Masalan, molekulalar va atomlarning tebranma va
aylanma harakati infraqizil nurlanishni, atomda elektronlarning
muayyan ko'chishlari ko'rinadigan va infraqizil nurlanishni, erkin
elektronlarning tormozlanishi esa rentgen nurlanishini vujudga
keltiradi.
Tabiatda elektromagnit nurlanishning eng katta tarqalgan turi
issiqlik nurlanishibo'lib, u moddaning atomlari va
molekulalarining issiqlik harakati energiyasi hisobiga bo'lib,
nurlanayotgan jismning sovushiga olib keladi. Issiqlik
nurlanishida energiya taqsimoti temperaturaga bog’liq: past
temperaturada issiqlik nurlanishi asosan infraqizil nurlanishdan,
yuqori temperaturalarda ko'rinadigan va ultrabinafsha
nurlanishdan iborat.
Har qanday jism o'z nurlanishi bilan birga jismlar chiqarayotgan
nur energiyasining bir qismini yutadi. Bu jarayon nur yutish
deyiladi. Biror yuza orqali o'tayotgan F oqim deb vaqt birligi
ichida shu yuzadan o'tayotgan nurlanish energiyasi tushuniladi.
F = dW/dt.
Shu sababdan issiqlik nurlanishini muvozanatli nurlanish deb
yuritiladi. qobiq ichida 2 ta bir xil temperaturadagi jism bo'lsin.
Agarjismlardan biri ko'proq energiya yutayotgan bo'lsa, bu
jismning temperaturasi ortib ketadi. Buning evaziga 2-jismning T
si kamayib ketishi kerak.
Lekin bu termodinamikaning 2-qonuniga zid. Aytaylik 1-jism
oddiy, 2-jism absolyut qora jism bo'lsin:
nur chiqarish: 1:ет2:Ет
nur yutish:ат 1
1-jism2-jism nurlantirgan energiyaningatqismini, ya'niат
Етenergiyani yutadi. Demak, 1-jism uchunет=атЕт. 2-jism 1-
jism chiqarganetenergiyani va bu jism qaytargan (1-ат)Ет
energiyani yutadi, ya'ni 2-jism uchun
Ет=ет+(1-ат)Ет
Bulardan
ет/ат=Ет/1 =Ет.
1 2
3.4-rasm.

Yüklə 9,92 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə