Исследование в XXI веке мая, 2023 73 O‘zbekistonda raqamli iqtisodiyotning rivojlanishi iqtisodiy o‘sish va



Yüklə 42,53 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix24.12.2023
ölçüsü42,53 Kb.
#158591
növüИсследование
Erkinov Bekzod Baxtiyorovich



Международный научный журнал № 10(100), часть 1 
«Новости образования: исследование в XXI веке» мая, 2023 
73 
“O‘ZBEKISTONDA RAQAMLI IQTISODIYOTNING RIVOJLANISHI IQTISODIY O‘SISH VA 
AHOLINING TURMUSH DARAJASINI OSHIRISHNING ASOSIY OMILI 
 
Erkinov Bekzod Baxtiyorovich
Toshkent moliya instituti talabasi
 
Annotatsiya:
Maqolada raqamli iqtisodiyot raqamli texnologiyalarga asoslangan 
holda , elektron biznes, elektron tijorat bilan bogʻlangan, raqamli tovar va xizmatlar ishlab 
chiqarayotgan va taqdim etayotgan iqtisodiy faoliyat haqida aytilgan.Raqamli iqtisodiyot 
konsepsiyasi atomdan bitga, yaʼni kimyoviy eng kichik zarradan elektron birlikka oʻtishga 
asoslanadi. 
Kalitso ’zlar:
Raqamli iqtisodiyot, raqamli texnologiya, mayining, smart kontrakt, 
konsalting, emissiya, ayriboshlash, saqlash, taqsimlash, boshqarish, sug’urtalash, 
kraudfunding (jamoaviy moliyalashtirish), shuningdek, blokcheyn texnologiyalar.
KIRISH 
Raqamli iqtisodiyot texnologiyalari fani, maqsad va vazifalari. Hozirgi davrda raqamli 
iqtisodiyot va u bilan bog’liq bo’lgan bir qancha samarador texnologiyalar hayotimizga 
shiddat bilan kirib kelmoqda. Huddi shuning uchun ham davlat va jamiyat taraqqiyotini 
yanada jadallashtirish maqsadida respublikamiz rahbariyati bir qancha muhim qarorlarni 
qabul qildi. Masalan, O’zbekiston Respublikasi prezidenti 2018 yil 28 dekabrdagi 2019 yil 
uchun eng muhim ustivor vazifalar haqidagi Oliy Majlisga Murojaatnomasida ham 
mamlakatimizda raqamli iqtisodning rivojlanishi bo’yicha quyidagilarni aytib o’tdi: 
“Iqtisodiyotning barcha sohalarini raqamli texnologiyalar asosida yangilanishini ko’zda 
tutadigan “Raqamli iqtisodiyot milliy kontseptsitasi”ni ishlab chiqishimiz kerak. Shu asosda 
“Raqamli 0’zbekiston-2030” dasturini hayotga tadbiq etishimiz zarur. Raqamli iqtisodiyot 
yalpi ichki mahsulotni kamida 30 foizga o ’stirish, korruptsiyani keskin kamaytirish imkonini 
beradi. Nufuzli xalqaro tashkilotlar o’tkazgan tahlillar ham buni tasdiqlamoqda. Shuning 
uchun Hukumatga ikki oy muddatda raqamli iqtisodiyotga o’tish bo’yicha “yo’l haritasi”ni 
ishlab chiqish topshiriladi. Bu borada axborot havfsizligini ta’minlashga alohida e’tibor 
qaratish zarur”. Undan tashqari, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 19 
fevraldagi PF-5349 sonli “Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasini yanada 
rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi Farmonini ijro etish borasida, shuningdek, 
respublikamizda raqamli iqtisodiyotni davlat boshqaruv tizimida zamonaviy axborot 
texnologiyalarni jadal rivojlantirish bo’yicha sharoitlar yaratish, axborot havfsizligini 
ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi 2018 yil 31 avgustda raqamli iqtisodiyotning 
maqsad va vazifalarini belgilab beradigan “O’zbekiston Respublikasida raqamli iqtisodiyotni 
joriy qilish va yanada rivojlantirish bo ’yicha qo ’shimcha chora-tadbirlar to ’g ’risida” Qaror 
qabul qildi, hamda O’zR Prezidentining PQ-3832 03.07.2018 dagi “O’zbekiston 
Resbublikasida raqamli iqtisodni rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi qarorlarini ham 


Международный научный журнал № 10(100), часть 1 
«Новости образования: исследование в XXI веке» мая, 2023 
74 
shu tadbirlar jumlasiga kiritish mumkin. Ushbu qaror bo’yicha quyidagilar raqamli 
iqtisodiyotni yanada rivojlantirish bo’yicha eng muhim vazifalar deb ko’rsatilgan 
Investitsiya va tadbirkorlikni diversifikatsiya qilish uchun kriptoaktivlar aylanmasi 
sohasidagi faoliyatni, jumladan, mayining, smart kontrakt, konsalting, emissiya, 
ayriboshlash, saqlash, taqsimlash, boshqarish, sug’urtalash, kraudfunding (jamoaviy 
moliyalashtirish), shuningdek, blokcheyn texnologiyalarni joriy etish va rivojlantirish. 
Blokcheyn texnologiyalarni ishlab chiqarish va ulardan foydalanish sohasida amaliy ish 
ko’nikmalariga ega bo’lgan malakali kadrlarni tayyorlash.
Raqamli iqtisodiyotni yanada rivojlantirish uchun innovatsion g’oyalar, texnologiyalar 
va ishlanmalarni joriy etish sohasida davlat organlari va tadbirkorlik sub’ektlarining yaqin 
hamkorligini ta’minlash. Kriptoaktivlar bo’yicha faoliyat va blokcheyn texnologiyalari 
sohasida xalqaro va horijiy tashkilotlar bilan hamkorlikni har tomonlama rivojlantirish va 
ishlab chiqarish sohasida faoliyat ko’rsatadigan yuqori malakali xorijlik mutaxasislarni jalb 
qilish. Xorij tajribasini hisobga olgan holda blokcheyn texnologiyalarini joriy etish uchun 
huquqiy baza yaratish . Yuqoridagi farmon va qarorlarning muvaffaqiyatli bajarilishi uchun 
raqamli iqtisodiyotning mohiyati nima va uning asosiy tushunchali nimalardan iboratligini 
bilib olish talab qilinadi. Chunki shundagina ushbu risolada aks ettirilgan masala, muammo 
va kontseptsiyalarni to’g’ri tushunish mumkin bo’ladi. Qisqa va lo’nda qilib aytganda, 
raqamli iqtisodiyot- bu jamiyat ne’matlarini ishlab chiqarish, taqsimlash va iste’mol qilish 
jarayonlarida elektron hamda axborot-kommunikatsion texnologiyalarini keng joriy etishni 
ko‘zda tutadigan insonning xo‘jalik faoliyatini tadqiq etuvchi fandir. 
Raqamli iqtisodiyot atamasi ikki xil turli tushunchalarni ifodalash uchun ishlatiladi. 
Birinchidan, raqamli iqtisodiyot - bu rivojlanishning zamonaviy bosqichi hisoblanib, u ijodiy 
mehnat va axborot ne’matlarining ustuvor o‘rni bilan tavsiflanadi. Ikkinchidan, raqamli 
iqtisodiyot - bu o’ziga hos nazariya bo‘lib, uning o‘rganish ob’ekti, axborotlashgan jamiyat 
hisoblanadi. Raqamli iqtisodiyot nazariyasi o‘z rivojlanishining boshlang‘ich davridadir, 
chunki tsivilizatsiyaning raqamli axborot bosqichiga o‘tishi bir necha o‘n yilavvalgina 
boshlangan.“Raqamli iqtisodiyot’ atamasi ilmiy amaliyotga ispaniyalik va amerikalik 
sotsiolog, axborotlashgan jamiyatning yetakchi tadqiqotchisi Manuel Kastels tomonidan 
kiritilgan. Bu borada u o‘zining “Axborot davri: iqtisod, jamiyat va madaniyat’ nomli uch 
jildli monografiyasini chop etgan. Hozirgi vaqtga kelib, raqamli iqtisodiyot nazariyasi 
to‘laligicha hali shakllanmagan va ko‘pchilik iqtisodchilar tomonidan keng miqyosda 
o‘rganilmoqda.Ilmiy adabiyotlarda hozirgi zamon “Yangi raqanli iqtisodiyoti” turli xil 
atamalar bilan nomlanadi. Masalan, “postindustrial iqtisodiyot’ (D.Bell), “axborotlashgan 
iqtisodiyot’ (O.Toffler), (I.Niniluto), “texnoiqtisodiyot yoki raqamli iqtisodiyot’ (B.Geyts), 
“bilimlarga asoslangan iqtisodiyot’ (D.Tapskott). Ushbu tushunchalarni bog‘lab turadigan 
omil - bu iqtisodiy jarayonlarning globallashuv jarayonida axborot texnologiyalarining 
birlamchi o‘rinni egallashi bo‘lib hisoblanadi.Raqamli iqtisodiyot haqida so‘z borar ekan, 
axborotlashgan jamiyatga ta’rif berib o‘tish o‘rinlidir.Axborotlashgan jamiyat deb, unda 
faoliyat yuritayotgan kishilarning ko‘p qismi axborotni, ayniqsa, uning eng oliy shakli 


Международный научный журнал № 10(100), часть 1 
«Новости образования: исследование в XXI веке» мая, 2023 
75 
bo‘lgan bilimlarni ishlab chiqarish, saqlash, qayta ishlash va sotish bilan band bo‘lgan 
jamiyatga aytiladi. Jamiyat va iqtisodiyot rivojlanishining bu bosqichiga jamiyat hayotida 
axborot, bilim va axborot texnologiyalari ahamiyatining yanada oshishi xosdir.O‘zbekiston 
Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev 2018 yilning 3-iyulida “O‘zbekiston 
Respublikasida raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-
3832 son qarorni imzoladi. Qarorda raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish bo‘yicha eng muhim 
vazifalar belgilab berilgan. Uzoq istiqbolda “raqamli” (elektron) iqtisodiyot og‘ir jismoniy 
mehnatga mahkum odamlarning erkinlik haqidagi ko‘p asrlik orzularini ro‘yobga chiqirishga 
qodir bo‘lgan vositaga aylanishi mumkin. Ko’pchilik insonlarga ijod, fan (ham fundamental, 
ham amaliy) va san’at uchun keng imkoniyatlar ochiladi. Raqamli inqilob qaysidir tarmoqlar 
va mamlakatlarga ilgariroq va kuchliroq, boshqalarga esa kechroq va kamroq kirib keladi. 
Servis hizmatlari, media va ko‘ngilocharliklar birinchi bo‘lib, ulardan keyin esa 
telekommunikatsiya kompaniyalari va banklar raqamlashtirishga mubtalo bo‘ladi. Lekin 
tahlilchilarning umumiy fikrlari va kompaniyalar menejerlari orasida o‘tkazilgan so‘rov 
natijalariga asosan, raqamlashtirish u yoki bu darajada hammamizga ham daxl 
qiladi.Bugungi kunda biz har bir mohiyatni u yoki bu olamga mansub sanagan holda 
identifikatsiya qilishimiz mumkin, lekin ma’lum vaqt o‘tgandan so‘ng, ko‘pchilik ob’ektlar 
uchun bunday taqsimlashni amalga oshira olmaymiz. Bunday misollar bugunning o‘zidayoq 
mavjud: IP-kamera yoki tarmoqqa ulangan boshqa har qanday uzatgich - u qaysi olamning 
bir qismi hisoblanadi? Shubhasizki, ular ikkala olam hodisalirining mohiyati sanaladi. Mobil 
telefon bugungi kunda ko‘plab ma’lumotlarni: telefon raqamlarini, tug‘ilgan kun haqidagi 
ma’lumotlarni, fotosuratlarni, parollarni va boshqa ma’lumotlarni saqlaydi. Biz hatto 
telefon bilan jismonan bog‘lanmagan bo‘lsakda, funksional jihatdan o‘zimizni u bilanbir 
butun deb his qilamiz. Real va virtual dunyolarning birlashib ketish jarayoni boshlash va uni 
to‘xtatishning imkoni yo‘q deb aytish uchun alohida bir jasurlik shart emas. Real va virtual 
dunyolarning birlashuvi natijasida yangi gibrid dunyo hosil qilinib, unda biz uchun hozirgi 
kunda odatiy bo‘lgan qonun va qoidalardan farq qiladigan boshqacha qonun-qoidalar amal 
qiladi. Shu nuqtai-nazardan aytish joizki, qolgan iqtisodiyotdan alohida ravishda bo‘ladigan 
«raqamli» iqtisodiyot mavjud emas: «Raqamli» (elektron) iqtisodiyot bu- gibrid dunyo 
sharoitlarida mavjud bo‘lgan iqtisodiyotdir. Gibrid dunyo bu - real dunyoda virtual dunyo 
orqali barcha «hayotiy ahamiyatga ega» harakatlarni amalga oshirish imkoniyati bilan 
ajralib turadigan real va virtual dunyolar birlashuvi natijasidir. Bu jarayon uchun 
axborotkommunikatsiya texnologiyalari (AKT) qiymatining pastligi, yuqori samaradorligi va 
raqamli infratuzilma ochiqligi zarur shartlar hisoblanadi. Raqamli biznes bu - jismoniy va 
raqamli dunyolarni birlashtiradigan yangi biznes-modellar paydo bo‘lishidir. Schoolof 
Management esa raqamli o‘zgarishni «korxonalar qiymati va unumdorligini tubdan oshirish 
uchun zamonaviy texnologiyalardan foydalanish» sifatida ta’riflaydi.Ijtimoiy tarmoqlar, 
smartfonlar bozori, internetga keng polosali ulanish, mashinali o‘qitish texnologiyalari 
vasun’iy intellektning «portlab» o‘sishi kompaniyalar faoliyat yuritayotgan dunyoni 
o‘zgartirib yuboradi. Ular yoki yangi bozordagi bo’sh joylarni egallashlari yoki mavjud bo’sh 


Международный научный журнал № 10(100), часть 1 
«Новости образования: исследование в XXI веке» мая, 2023 
76 
o’rinlarni o‘zgartirgan holda o’zlarini o‘zgarishlarga moslab olishi lozim bo’ladi. Shunday 
bo‘lib chiqadiki, tashkilotlarning raqamli o‘zgartirish bu - yangi axborot texnologiyalarining 
rivojlanishi va butun dunyo bo‘ylab faol tarqalishiga javob hisoblanadi. Raqamli o‘zgartirish 
turli darajalarga erishib, ular o‘rtasidagi farq ikkita atama - «raqamli ko‘rinishga keltirish» 
va «raqamlashtirish» o‘rtasidagi farq bilan bir xil ma’noga ega bo’ladi. Raqamli ko‘rinishga 
keltirish bu - axborotni jismoniy vositalardan raqamli vositalarga o‘tkazishdir. Raqamli 
ko‘rinishga keltirishga misollar - elektron kitoblar, videokurslar, suratning raqamli nusxasini 
yaratish va boshqalar. Bunda axborot strukturasining o‘zgarishi ro‘y bermaydi: u faqat 
elektron shaklga ega bo‘ladi, xolos. Raqamli ko‘rinishga keltirish ko‘pincha mavjud biznes-
modelni takomillashtirish va biznes-jarayonlarni optimallashtirish uchun foydalaniladi. 
Raqamlashtirish esa - raqamli shaklda bo’lgan butunlay yangi mahsulotlar yaratishdir. 
Masalan, multiplikatsiyali dinamik o‘quv kursi yoki hujjatni sharhlashning interaktiv tizimi - 
bu raqamlashtirishdir. Raqamlashtirish asosida yaratilgan mahsulotni uning sifatini jiddiy 
yo‘qotmasdan turib, texnik vositalarga o‘tkazishning imkoni yo‘q, shu sababli 
raqamlashtirish, raqamli ko‘rinishga keltirishdan farqli ravishda, biznesga sezirarli darajada 
keskin rivojlanish va yangi raqobatli ustunliklar qo‘lga kiritishga imkon beradi. Amalda 
raqamli o‘zgartirishning ikkita yo‘nalishi mavjud. Birinchi yo‘nalish bu - mavjud biznes-
jarayonlarda odamlar ishtirokini minimallashtirish uchun ularni avtomatlashtirish va 
robotlashtirishdir. Ikkinchi yo‘nalish - eksponensial tashkilot yaratish maqsadida olingan 
boshqaruv tizimini masshtablashtirishdir.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR : 
 
1.“Raqamli iqtisodiyot asoslari’’ darslik “SamDu” nashriyoti, 2020-yil. 
2. R. H. Ayupov “Raqamli iqtisodiyot: muammolar va yechimlar” Toshkent-2019 y. 
3. В. Д. Андрианов “Экономический и инвестиционный потенциал” Москва – 
1999 г. 

Yüklə 42,53 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə