Jahon mamlakatlari ta’limi taraqqiyotining ayrim masalalari Reja



Yüklə 119 Kb.
tarix07.04.2023
ölçüsü119 Kb.
#104558
Jahon mamlakatlari ta’limi taraqqiyotining


Jahon mamlakatlari ta’limi taraqqiyotining
ayrim masalalari
Reja:



  1. Ta’limni isloh qilishda о‘quv dasturlarining ahamiyati.

  2. Jahon mamlakatlarida ta’limni integratsiyalashtirish va kasbga yо‘naltirish masalalari.

3. Ta’limni differensiyalashtirish muammolari va maxsus maktablar
faoliyati.

Vatanimiz ta’limi keng qamrovli islohotlarni hamda qayta qurish ishlarini amalga oshirishdek murakkab jarayonni boshidan kechirmoqda. Ulardan kо‘zda tutilgan maqsad- maktab faoliyatini demokratlashtirish, uning insonparvarlik tamoyillarini rivojlantirish, shu asosda о‘quv-tarbiya ishlari mazmunini, uning shakl va uslubini kompleks yangilash va yanada takomillashtirishdan iboratdir. Bu vazifalarni muvaffaqiyatli hal qilishning muhim shartlaridan biri chet el maktabi va pedagogikasi tajribalariga munosabatni tubdan о‘zgartirishdan iborat ekanligini hayotning о‘zi kо‘rsatmoqda.


Bu tajribalarni sinchkovlik va qunt bilan о‘rganish orqali biz ta’limda xato va yanglishishlardan, shubhali xulosalardan о‘zimizni saqlashimizdan tashqari, ta’lim-tarbiyada qotib qolgan, eskirgan, о‘z dolzarbligini yо‘qotib borayotgan ish shaklli va uslublaridan tezroq xalos bо‘lish bilan birga, uni munosib tarzda yangilashda qо‘shimcha boy manbalarga ham ega bо‘lamiz.
Shuni e’tirof etish kerakki, rivojlangan mamlakatlarda ta’lim sohasida ulkan о‘zgarishlar sodir bulayotgan bir davrda, bizda ta’lim mazmunini yangilash, uni boshqarish, yangi pedagogik texnologiyani maktab hayotiga tadbiq etishda hamon kamchiliklar mavjud.
Ta’lim-tarbiyada samarali islohotlarni amalga oshirish talab etilayotgan hozirgi davrda esa ilmiy-texnika taraqqiyoti, yangi texnologik revolyusiya sharoitida muvaffaqqiyatli faoliyat kо‘rsata oladigan jamiyat a’zolarini tishtirib berish, yosh avlodni kasb-hunarga yо‘naltirishda davlat xizmatini hamda о‘rta ta’limning kо‘p variantli uchinchi bosqichini joriy etish, ta’lim mazmunini yaxshilashda pedagogik vositalarni kо‘llash, ta’limda tashabbus- korlik va ijodkorlikka keng yо‘l ochish, uning muhim tizimlarini yaratish kabi chet el tajribalarini о‘rganish ayni muddaodir.
Rivojlangan xorijiy davlatlarda ta’limniig, mamlakat ichki siyosatiga faol ta’sir etadigan ijtimoiy jarayon ekanligi, e’tirof qilingan haqiqatdir. Shu tufayli ham chet mamlakatlarda maktab ehtiyojini iqtisodiy ta’minlashga ajratilayotgan mablag‘ miqdori yildan-yilga oshib bormokda.
Yaponlarda, masalan, «maktab muvaffaqiyat va farovonlik timsoli»gina bо‘lib qolmay, «u insonlarni yaxshilaydi», degan fikr ishonch va e’tiqodga aylangan.
Ta’lim tо‘g‘risidagi g‘amxurlik taniqli siyosatchilarning ham hamisha diqqat-e’tiborida bо‘lgan. Shuning uchun ham AQShning sobiq Prezidenti R. Reyganni, Buyuk Britaniya Bosh vaziri M. Techcherni, Fransiya Prezidenti F. Mitteranlarni maktab islohotining tashabbuskorlari deb, bejiz aytishmaydi. F. Mitteran maktabni «Jamiyatni hapakatlantiruvchi kuch» deb hisoblagan.
Rivojlangan mamlakatlarda pedagogik tadqiqotlarni amalga oshiradigan kо‘p sonli ilmiy muassasalar ishlab turibdi. Germaniyada ularning soni 2 mingdan ortiq. Fransiya, AQSH, Yaponiyada ta’lim-tarbiya nazariyasi muammolari bilan yuzlab davlat va xususiy tashkilotlar, universitetlar, pedagogik tadqiqot markazlari shug‘ullanmoqdalar. Ular faoliyatini esa halqaro ta’lim markazlari, masalan, AQShda halqaro ta’lim instituti muvofiqlashtirib bormoqda Kо‘pchiligining faoliyati о‘quv dasturini takomillashtirish va qayta kо‘rishga qaratilgan.
Maktab dasturlarini о‘zgartirish ikki asosiy yо‘nalishda: ekstensiv va intensiv yо‘l bilan amalga oshiriladi. Birinchi holatda о‘quv muddati uzaytiriladi, о‘quv materiallari hajmi kо‘paytiriladi; ikkinchi holda esa mutlaqo yangi dastur yaratiladi. Bu о‘rinda ikkinchi yо‘l, kо‘pchilik mutaxassislarning e’tiroficha, maqbul hisoblanadi.
1961 yilda «Bosh yangi bazis» tamoyillari asosida AQSH о‘rta maktablarini isloh qilish boshlangan edi. Buning mohiyati shundaki, ingliz tili va adabiyoti (tо‘rt yil), matematika (tо‘rt yil), tabiiy bilimlar (uch yil), ijtimoiy fanlar (uch yil), kompyuter texnikasi (yarim yil)kabilardan iborat besh yо‘nalishdagi majburiy ta’lim joriy qilindi.
Har bir yо‘nalish о‘z navbatida bir necha qismga bо‘linadi. Masalan, matematika, algebra, trigonometriya, ish yuritish, kompyuter texnikasini qо‘llashdan iborat. Barcha majburiy predmetlar tarkibiga yangi kurslar kiritildi. 1985 yildan e’tiboran barcha yuqori bosqich kollejlarining 90 foizi shu besh bazisli tamoyillar asosidagi dasturlar bilan ish olib bormoqdalar. Natija: majburiy tayyorgarlik bо‘yicha ta’lim hajmi qisqardi, shu bilan bir qatorda dastur chuqurlashtirilib о‘rganiladigan kurslar hisobiga tig‘izlashdi.
80-yillarda majburiy ta’lim hajmini qisqartirish jarayoni yanada chuqurlashtirildi. Hatto ayrim kollejlarda bu sohada uch yangi: ingliz tili va adabiyoti, matematika, ijtimoiy bilimlar bazislari asosida ish olib borilmoqda. Ta’limning boshqa turlari esa ixtisoslashtirish davrigacha amalga oshiriladigan bо‘ldi.
Amerikadagi kо‘zga kо‘ringan «Found Karnegi» pedagogik markazi bu dasturni XXI asr dasturi deb baholamoqda. О‘quv dasturlarini qayta qurish jarayoni G‘arbiy Evropa davlatlarida ham amalga oshirilmoqda. Masalan, Buyuk Britaniyada ta’lim vazirligining tavsiyalariga muvofiq о‘quv rejasi va dasturini ta’lim muassasalarining о‘zlari belgilaydilar.
Mazkur tavsiyalarga muvofiq 50 foiz о‘quv soatlari о‘qitilishi shart bо‘lgan «yadro» predmetlar: ingliz tili va adabiyoti, matematika, din darsi, jismoniy tarbiyaga ajratiladi. О‘quv soatlarining boshqa qismi esa о‘qitilishi shart hisoblanib, tanlab olingan predmetlarga (gumanitar, tabiiy, matematik mazmundagi) ajratiladi.
80-yillardan boshlab Buyuk Britaniyada ham AQShdagi singari о‘rganilishi majburiy bо‘lgan fanlar doirasi kengaytirildi. Ingliz tili va adabiyoti, matematika va tabiiy fanlar о‘quv setkasining yadrosini tashkil etadigan bо‘ldi. Qolgan predmetlarni tanlab olish о‘quvchilar va ota-onalar ixtiyoridadir.
«Yangi dunyo» ning pedagogik g‘oyalari Fransiya va Germaniya ta’limiga ham sezilarli ta’sir etayotir.
Germaniya tо‘liqsiz о‘rta maktablarida asosiy predmetlar bilan bir qatorda tanlab olinadigan ximiya, fizika, chet tillari kiritilgan о‘quv dasturlari ham amalga oshirilayotir. Bu о‘quv dasturi tobora tо‘liqsiz о‘rta maktab doirasidan chiqib, о‘rta maktablar va gimnaziyalarni ham qamrab olmoqda.
Fransiya boshlang‘ich maktablarida ta’lim mazmuni ona tili va adabiyoti hamda matematikadan iborat asosiy, tarix, geografiya, aholishunoslik, tabiiy fanlar, mehnat ta’limi, jismoniy va estetik tarbiya kabi yordamchi predmetlarga bо‘linadi.
Yaponiya maktablari ikkinchi jahon urushidan keyinoq Amerika ta’limi yо‘lidan bordi. Lekin shunga qaramay, bu ikki mamlakat о‘quv dasturida bir qator farqlar kо‘zga tashlanadi. Yaponiyada о‘quv dasturlari jiddiy murakkablashtirilgan, asosiy fanlar majmui ancha keng, bir qator yangi maxsus va fakultativ kurslar kiritilgan. Masalan, umumiy ta’lim maktablarining yangi musiqa ta’limi о‘quv dasturiga milliy va jahon mumtoz musiqasini о‘rganish ham kiritilgan.
Yapon xalqida «Hamma narsa unitilganda ham ta’lim esda qoladi» degan hikmatli gap bor. Aftidan, rivojlangan davlatlarda о‘quv dasturining rivojlanishi mana shu yо‘nalish asosida qurilmoqda.
Asosiy о‘quv dasturlariga ma’lum cheklanishlarni kiritish, alohida predmetlarni о‘rganishni kuchaytirib, ularni chuqur о‘zlashtiradi va о‘quvchilarni ortiqcha «yukdan xalos qiladi. Bu masalani ijobiy hal etishda о‘quv kurslari integratsiyasini amalga oshirish yordam beradi.
Bunga yorqin bir misol: 60-80-yillarda tabiiy ilmiy ta’lim dasturi tarkibiga fizika, ximiya, biologiya, ba’zi hollarda astronomiya, geologiya, mineralogiya, fiziologiya, ekologiya elementlari kiritilib, u AQSH va Fransiyada 4 yil, Buyuk Britaniyada 6 yil, Germaniyada 2 yil о‘qitildi. О‘quv predmetlarini integratsiyalash jarayonida yangi-yangi kurslar paydo bо‘la boshladi. Fransiyada 70-80-yillarda tо‘liqsiz о‘rta maktablar о‘quv dasturidagi tabiiy-ilmiy va gumanitar siklga eksperimental, iqtisodiy, iqtisodiy gu manitar kurslar kiritildi.
Hozirgi paytlarda rivojlangan mamlakatlar о‘quv dasturiga integratsiyalashtirilgan kurslarni kiritish tо‘la amalga oshirildi. Fransiya maktablarida ularga 6-10 foiz, Buyuk Britaniya maktablarida 15 foiz о‘quv soatlari ajratildi.
Integratsiyalashtirilgan о‘quv dasturlarining mualliflari barcha yondosh о‘quv kurslarini о‘zak predmet va g‘oya, atrofiga jipslashtirishga harakat qilishadi, bu о‘quvchilarga ijodiy tafakkur yurgizishga yordam beradi. Lekin , shunisi borki, bunday uslub hamma vaqt ham kо‘zlangan, natijani bermaydi. Chunki, integratsiyalashtirilgan о‘quv kurslari mutloq kо‘pchilik о‘quvchilarga mо‘ljallangan 6о‘ladi. Kimgadir u zarur, kimgadir keraksiz.
By muammoni tо‘ldirish, о‘quvchilarning u yoki by kursga 6о‘lgan ehtiyojini tо‘laroq qondirish uchun maktablar alohida predmetlardan chuqurlashtirilgan kurslarni tavsiya etmoqdalar. Masalan, G‘arbiy Evropa maktablarida 15 foiz о‘quvchilar fizika fanini chuqurlashtirib о‘rganayotirlar.
Keyingi uch yil ichida AQShda ilmiy bilimlarni chuqurlashtirib о‘rgatishni ta’minlash maqsadida integratsiyalashtirilgan kurslarning turli variantlari ishlab chiqilmoqda.
Chet el tajribalari shuni kо‘rsatadiki, ta’lim mazmunini qayta qurish ishida shoshma-shosharlikka yо‘l qо‘yib bо‘lmaydi. Fikrimizcha, bu sohada samaraliroq yо‘l integratsiya va ixtisoslashtirishga asoslangan о‘quv dasturlarini yaratishdir.
Iqtisodiy jihatdan rivojlangan mamlakatlarda mehnat ta’limi hamda kasbga yо‘naltirish borasida amalga oshirilayotgan ishlarning eng e’tiborga loyiqlari, shu ta’lim 6о‘yicha о‘quv dasturlarini kengaytirish, professionalizmga yuz tutish, kuchli moddiy bazani barpo etish yо‘lidir. Har holda 1977 yilda AQShda qabul qilingan «Mehnat faoliyatiga tayyorlash akti»ning asosiy g‘oyasi ham shunga qaratilgan. Umuman AQShda bu masalaga munosabat jiddiy. Kollejlarda kotedjlar qurish, avtomobillarni ta’mirlash, kompyuterlarni terish kabi amaliy faoliyat, mavjudki, ular о‘quv muassasalariga ma’lum miqdorda daromad ham keltirmoqda.
G‘arpiy Evropada ham bu sohada о‘ziga xos yangi yо‘nalishlar paydo bо‘ldi. Masalan, Fransiyada mehnat ta’limiga ajratilgan о‘quv soatlari 1,5 barobar oshirildi. Buyuk Britaniyada «Mehnat ta’limi va kasbga tayyorlash» aktiga (1973 yil) muvofiq maktablar bir qancha sohalar 6о‘yicha majburiy kasb-kor dasturini о‘zlashtirmoqdalar.
Mehnat ta’limida stajirovka asosiy о‘rinda turadi. Stajirovka dasturi va uni amalga oshiriladigan korxonani tanlashda ota-onalar bilan kelishib olinadi. Stajirovkalarni tashkil qilish va amalga oshirishga ketadigan sarf-harajatlarning katta qismini sanoatchilar va finansistlar tо‘laydilar. Masalan, Germaniyada mehnat ta’limi stajirovkasini amalga oshirishga 450 ming kompaniya va korxonalar yordam beradilar. Ular ichida kichik ustaxonalardan tortib «Mersedes Bens» kabi ulkan korxonalar ham bor.
Mehnat ta’limi bilan bir qatorda kasbga yо‘naltirish ishlari ham zamon talablariga hamohang takomillashmoqda.
Kasbga yо‘naltirish darslari barcha rivojlangan davlatlarda mavjud. Bunday darslarda mehnat olamidagi о‘zgarishlar va tendensiyalar, kasb-kor soxibi bо‘lish imkoniyatlari ham о‘rgatiladi. Bunday darslarni fan о‘qituvchilari hamda maxsus kasbga yо‘naltirish ishlari bо‘yicha maslaxatchilar olib boradilar. Bulardan tashqari kasbga yо‘naltirish konsultatsiya punktlari ham mavjud bо‘lib, ular yuqori sinf о‘quvchilari va ota-onalarga shu soxa bо‘yicha konsultatsiyalar tashkil etadilar. Bunday konsultatsiya punktlari maktablar tarkibiga kirmaydi. Ular xususiy, yoki mehnat birjalari tasarrufida bо‘ladi.
Kasbga yо‘naltirish ishlarini tashkil etishda korxonalar amalga oshirayotgan ishlar ham e’tiborga molikdir.
Ularning shtatli konsultantlari maktablarda kasbga yо‘naltirish bо‘yicha keng qamrovli tushuntirish ishlarini olib boradilar.
Maktablarda amalga oshirilayotgan islohotlar ta’lim ishini tabaqalashtirish muammolarini keltirib chiqardi.
Lekin bu masala atrofida xali qarama qarshi fikrlar kо‘p. Evropa Iqtisodiy Hamjamiyatining 1983 yilda e’tirof etishicha, ta’limda ijtimoiy tengsizlik kayfiyati hukm surmoqda. Bunga pul tо‘lab о‘qish, sinfda yoki kursda о‘quv kursini о‘zlashtira olmay ikkinchi yilga qolib ketish, imtihonlarni о‘ta talabchanlik asosida о‘tkazish sabab bо‘lmoqda.
Masalan, Fransiya boshlang‘ich maktablari о‘quvchilarining teng yarmi, litseylar о‘quvchilarining 60 foizi fanlarni о‘zlashtira olmay takroriy о‘quv yiliga qolib ketmoqda.
Ikkinchi yili о‘qishga kо‘p sonli imtihonlar ham sabab bо‘lmoqda. Bu mamlakatning boshlang‘ich va о‘rta maktablarida bolalar 650 ta imtihon va zachyotlar topshiradilar.
Imtihonlardan yiqilish о‘quvchilarning asab va ruhiy xolatiga qattiq ta’sir о‘tkazadigan vaziyatlar, xatto fojiali voqealar rо‘y berish hollari uchraydi. Bunday vaziyat shubxasiz, faqat ota-onalar ichidagina emas, о‘qituvchilar orasida ham keskin noroziliklarga sabab bо‘lmoqda.
Bunday sharoitda ta’limni tabaqalashtirish eng dolzarb masalaga aylangan.
Ularning «ta’limni tabaqalashtirish — kelajak strategiyasidir» shiori biz uchun ham maqbul degan fikrdamiz.
Odatda о‘quvchilarni tabaqalashtirish chet davlatlar amaliyotida boshlang‘ich ta’lim kursidan keyin amalga oshiriladi.
Fransuz pedagoglari esa sinf о‘quvchilarini uch tabaqaga ajratadilar:
1. Gomogenlar — matematika va gumanitar yо‘nalishda ish olib borsa bо‘ladigan о‘quvchilar;
2. Yarim gomogen — tabiiy sikldagi fanlarni о‘zlashtira olishga moyil о‘quvchilar;
3. Gegeron — barcha predmetlardan har xil saviyada о‘zlashtiriladigan о‘quvchilar va hokazo.
Tabaqalashtirish jarayonining yangi muhim yо‘nalishi tо‘ldiruvchi ta’limni rivojlantirish bо‘lib qolmoqda.
Tо‘ldiruvchi maktablar paydo bо‘lishining sababi, AQSH va G‘arbiy Evropada о‘zlashtirmovchi hamda ulgurmovchi о‘quvchilarning kо‘payib borayotganligi, ta’lim sifatining tobora tushib borayotganligidadir.
1983 yildagi AQSH davlat dalolatnomalaridan biri tо‘g‘ridan-tо‘g‘ri «mamlakat xavf ostida» deb nomlangan. Unda о‘quvchilar о‘zlashtirishidagi «о‘rtamiyonachilik» 70-80 foizni tashkil etayotganligi, funksional savodsizlik avj olayotganligi bayon etilgan.
80-yillarda AQSH о‘quvchilarining 50-yillarga nisbatan reyting kо‘rsatkichi 973 dan 893 ga tushdi. Fransiyada har uch litseychidan biri muvaffaqiyatsizlikka uchrayotir.
Ta’limda rо‘y berayotgan bu salbiy holatni bartaraf etish tо‘ldiruvchi ta’lim zimmasiga tushadi.
Tо‘ldiruvchi ta’lim maktabgacha tarbiya muassasalarida, maktab va litseylarda amalga oshirilmoqda. AQShda bu xizmatga ommaviy axborot vositalarining imkoniyatlari ham safarbar etilgan, milliy telekompaniya maxsus о‘quv kanali orqali 130 soatlik о‘quv kо‘rsatuvlari tashkil etdi.
О‘quv jarayonlarini tabaqalashtirib olib borish bо‘yicha chet mamlakatlarning kо‘pchiligida tadqiqotlar davom ettirilmoqda.
Rivojlangan davlatlarda iqtidorli bolalarga e’tibor tobora ortib bormoqda. Keyingi davrlarda о‘z tengdoshlariga nisbatan qobiliyatda bir necha barobar ilgarilab ketgan bolalar kо‘plab topilmoqda. Ular о‘quvni juda erta boshlab ta’lim kurslarini о‘zlashtirishda katta shov-shuvlarga sabab bо‘ladigan darajada muvaffaqiyatlarga erishadilar.
Shunday iqtidorlar maktabi G‘arbda 60-yillarda paydo bо‘lgan edi. Bunday maktablarning о‘quv dasturlari bolalar qobiliyat va imkoniyatini tо‘la rо‘yobga chiqarishni ta’minlab berish darajasida murakkab tuzilgan.
Qobiliyatli bolalar bilan ishlash dasturlari AQShda keng quloch yoygan. Ayrim shaharlarda oliy toifali bolalar bog‘chalari ochilgan bо‘lib, ularda 4-5 yoshli о‘quvchilar maktab dasturida о‘qitiladilar. Talantlarni izlab topish davom etmokda. AQShda «Merit» dasturi asosida har yili yuqori sinflar va kollejlardan eng qobiliyatli bolalardan 600 mingtasi tanlab olinadi. Ular о‘rtasida test sinovlari о‘tkazilib eng qobiliyatli 35 ming о‘quvchi tanlab olinadi va о‘qitiladi. Ularga turli imtiyozlar stipendiyalar, yaxshi shart-sharoitga ega bо‘lgan turarjoy, eng oliy darajadagi universitetlarga qabul va boshqalar amalga oshiriladi.
Lekin iqtidorli bolalarga qarama-qarshi qutbda turgan aqli zaif о‘quvchilarning taqdiri ham chet ellik hamkasblarni tobora tashvishlantirmoqda, bunday holni kelib chiqish sabablarini о‘rganish, oldini olish bо‘yicha kо‘pgina profilaktik ishlar olib borilmoqda va ular uchun maxsus maktablar ochilmoqda. Lekin statistik ma’lumotlar bunday bolalar soni tobora oshib borayotganligini kо‘rsatayotir.
Masalan, 1968 yildan 1979 yilgacha Fransiyadagi aqliy va jismoniy nuqsoni bor bolalar uchun ochilgan maktablar soni 16 marta о‘sdi. By muammolarni hal etish bо‘yicha barcha ilg‘or mamlakatlarda izchil izlanishlar jarayoni ketmoqda.
70-yillarda AQShda kelajak maktabi umummilliy loyixasini amalga oshirishga kirishildi. Bu eksperiment mazmunini о‘qituvchi buyrug‘i bilan ish tutish, kо‘proq о‘quvchilarga mustaqil ishlash imkoniyatini berishdan iborat. Ta’lim tarkibi sinfda ishlash, mustaqil mashg‘ulot, о‘qituvchi kon- sultatsiyasini о‘z ichiga oladi.
Germaniya maktablarida sinfda о‘quvchilar sonini qisqartirish sari yо‘l tutilgan. Bunday о‘quvchilarning har biriga individual paketlar (topshiriqlar) tarqatiladi. Topshiriqlarni о‘quvchi mustaqil bajaradi, lozim bо‘lganda u о‘qituvchidan konsultatsiya oladi.
Yuqorida bayon qilinganlardan kо‘zda tutilgan maqsadlar:
— maktablarning insonparvarlik, umuminsoniylik yо‘nalishlarini kuchaytirish;
— о‘quvchi shaxsini shakllantirishning eng samarali yо‘llarini qidirib topish;
— tarbiyaning yangi formalarida — о‘quvchilar kengashi, maktab kengashlaridan, tarbiyaviy о‘yinlardan foydalanish;
— maktab о‘quv dasturlarini ixtisoslashtirish, fanlarning о‘zaro aloqasini mustahkamlash, takomillashtirish;
— maktabni mehnat, insoniy faoliyat bilan yaqinlashtirish kasbga yо‘naltirish ishlarini qayta tashkil etish;
— tabaqalashtirib о‘qitishni yо‘lga qо‘yish, maxsus о‘quv muassasalarini (ham talantlar, ham aqliy, jismoniy zaif о‘quvchilar uchun) rivojlantirish;
— yangi-yangi о‘quv texnik vositalarini ta’limdagi salmog‘ini oshirish, о‘qituvchilar korpusida kompyuter ta’limini yо‘lga qо‘yish;
— sinf-dars tizimlarini zamonaviylashtirish, о‘quvchilar mustaqil ishlashlarini yо‘lga qо‘yish;
— pedagogik g‘oyalarini amalga oshirishda keng qamrovli eksperiment-tadqiqotlarni amalga oshirishdan iboratdir.
Chet el ta’limidagi bunday ibratli jihatlarni Vatanimiz ta’lim tizimlarida qо‘llash yosh, mustaqil Respublikamizda о‘quv-tarbiya ishlarini isloh qilish jarayonini tezlashtiradi.


Adabiyotlar:
1. B.F. Vulfson “Sravnitelnaya pedagogika” M., 2003 y.
2. N.X. Takanav «Chet ellar pedagogikasi tarixi”-T, 1959 y.
3. M.A. Sokolova va boshqalar «Pedagogik taqqoslash”-T, 1983 y.
4. A.A. Xoliqov “Fransiyada pedagogik fikr taraqqiyoti”-T, 1998 y.
5. “The word book enceclopedia”, 1994 y. 1-jild.
Yüklə 119 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə