Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumani 30-maktab ona tili va adabiyot o’qituvchisi Bekqulova Sanobar



Yüklə 6,52 Kb.
tarix27.12.2023
ölçüsü6,52 Kb.
#162449

Mavzu: Fuzuliy hayoti va ijodi

  • Adabiyot
  • 8 – sinf
  • 30 – maktab ona tili va adabiyot fani o’qituvchisi Bekqulova S.Q

Reja:
Fuzuliy – turkiy adabiyotning mashhur qalam sohiblaridan biri.
Fuzuliyning hayot yo’li.
Fuzuliy ijodi.

Ozarboyjon shoiri Muhammad Sulaymon o’g’li Fuzuliy turkiy she’riyatning Alisher Navoiydan keyingi eng mashhur qalam sohiblaridan biri hisoblanadi. Chunki u adabiyotda aynan Navoiy an’analarini izchil davom ettirdi, yuksak g’oyaviy – badiiy darajadagi go’zal she’rlar ijod qildi.


Fuzuliy – turkiy adabiyotning mashhur qalam sohiblaridan biri.

U o’zining ,,Layli va Majnun’’ dostonida Navoiyni o’z ustozi deb tilga oladi: Turk-u arab-u ajamda ayyom, Har shoira vermish edi bir kom. O’lmish edi Navoiy suxandon- Manzuri shahanshohi Xuroson.

O’z navbatida, bu shoir asarlari o’zidan keyingi davrlar turkiy adabiyot, jumladan, o’zbek so’z san’ati rivojiga ham katta ta’sir o’tkazdi. O’zbek she’riyatining Fuzuliydan keyingi davri taraqqiyotini bu shoir ijodining ta’sirisiz tasavvur qilish- qiyin. Boshqacha aytganda, agar Alisher Navoiy bo’lmasa edi, Muhammad Fuzuliy ijodini, Muhammad Fuzuliy bo’lmasa edi, Boborahim Mashrab ijodini hozirgi yuksak badiiy darajada tasavvur qilib bo’lmas edi.

O’tgan asarlarida Fuzuliy ijodiyoti yurtimizda yuksak qadrlangan. Uning devoni ham madrasalarimizda maxsus o’qitilgan. Qardosh turkiy xalqlar shoirlaridan faqat Fuzuliy asarlarigina bizda tarjimasiz chop etiladi, asl holida o’qib, tushunilaveradi. Ko’plab g’azallari hozirgacha ham qo’shiq sifatida kuylab kelinadi.

Muhammad Sulaymon o’g’li Fuzuliy 1498-yili hozirgi Iroqning Karbalo shahrida ziyoli oilada dunyoga keldi. U ozarboyjon xalqining bayot urug’idan bo’lgan. Ba’zi ma’lumotlarga qaraganda, Fuzuliyning otasi asli Karbaloga Arash degan joydan ko’chib kelib, qolib ketgan. Fuzuliyning o’g’li – Fazliy bobo yurti bo’lmish Arashga qaytib borib, qarindosh-urug’lari yonida yashagan.


Fuzuliyning hayot yo’li.

Fuzuliy Iroqning Bag’dod, Hilla, Najaf degan shaharlarida hayot kechirgan. Umrining oxirida o’zi tug’ilib-o’sgan Karbaloga ko’chib kelgan. Fuzuliy 1556-yili shu yerda vabo kasali bilan vafot etgan. Shoir nisbatan qisqa, ya’ni 58 yillik umri mobaynida katta meros yaratdi.

Fuzuliy turkiy, forsiy va arabiy tillarida devon tuzgan. Bunday ko’ptillilik kamdan kam qalamkashga nasib etadi.


Fuzuliy ijodi

Bu devonlaridan tashqari, ,,Layli va Majnun’’ dostoni, ,,Matla ul-e’tiqod’’ ( ,, E’tiqodning boshlanish joyi’’ ) falsafiy risolasi, ,, Hadiqat us-suado’’ ( Baxtiyorlar bog’I’’ ), ,, Suhbat ul-asmor’’ ( ,, Mevalar munozarasi’’ ), ,, Shikoyatnoma’’ , ,,Yetti jom’’ ( ,, Soqiynoma’’ deb ham yuritiladi), ,, Rind va zohid ’’ ( ,,Mayparast va tarkidunyochi’’ ), ,, Sihhat va maraz’’ (sog’lik va bemorlik’’) kabi asarlar ham yozdi.

Fuzuliy asarlarining qo’lyozmalari dunyoning turli mamlakatlari, jumladan, O’zbekistonimizdagi nufuzli kutubxona va qo’lyozmalar xazinalarida saqlanadi. Ammo Rossiyaning Sankt-Peterburg shahridagi Sharqshunoslik institutida saqlanayotgan shoir ,,Kulliyot’’I qo’lyozmasining dunyoda yagona nusxasi eng muhim manba hisonlanadi. Chunki u, birinchidan, shoir vafotidan 34 yil keyin ko’chirilgani uchun nihoyatda ishonchli, ikkinchidan, bu kitobga muallifning deyarli barcha asarlari jamlangan.

Turkiy devonidan 300 ga yaqin g’azal, 75 ruboiy, 42 qit’a, 27 qasida, bir nechtadan tarje’band, tarkibband, marabba’ va muxammas o’rin olgan.

Fuzuliy g’azallari tilining ravonligi va tasvirning jozibadorligi, vazn, qofiya, radif va badiiy san’atlar qo’llashda yuksak professional darajasi, uslubning o’ynoqiligi, lirik qahramon ruhiyatida ko’taringi kayfiyat otashinlik va shiddatkorlik borligi, falsafiy mushohada – mulohaza va hukm – xulosalarning yangiligi, ya’ni ohoriyligi va o’ziga xosligi bilan ajralib turadi.

Mustahkamlash uchun test savollari. 1. Iroqning Karbalo shahrida tavallud topgan ijodkor? A. Sa’diy B. Fuzuliy C. Firdavsiy D. Rudakiy 2. Fuzuliy g’azallarini kim o’zbek tiliga tarjima qilgan? A. A. Oripov B. E. Vohidov C. Sh. Rahmon D. Tarjimasiz chop etiladi 3. Turkiy devonidan nechta g’azal o’rin olgan? A. 240 ta B. 300 dan ortiq C. 300 ga yaqin D. 400 dan ortiq

4. Kim Navoiyga ,, Manzuri shahanshohi Xuroson’’ deb ta’rif beradi? A.Fuzuliy B.Jomiy C. Maxtumquli D. Bobur 5. Fuzuliy qaysi tillarda devon tuzgan? A. Turkiy B. Forsiy C. Arab D. A. B va C

Uyga vazifa. Fuzuliy hayoti va ijodini o’rganish.

E’ tiboringiz uchun tashakkur!!!


Yüklə 6,52 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə