Kirish «iqtisodiy ta'limotlar tarixi» kursining predmeti va uslubi «Iqtisodiy ta'limotlar tarixi»



Yüklə 81,75 Kb.
səhifə1/13
tarix31.01.2022
ölçüsü81,75 Kb.
#83336
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
1-Mavzu.


KIRISH

«IQTISODIY TA'LIMOTLAR TARIXI»

KURSINING PREDMETI VA USLUBI

«Iqtisodiy ta'limotlar tarixi» kursi iqtisodiy fanlar tizimida muhim o'rinni egallaydi.

Insoniyat o'zining ko'p ming yillik tarixi davomida katta iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyot yo'lini bosib o'tgan. Har bir davrda u yoki bu mamlakatda ayrim shaxslar (olim yoki hokimlar) tomonidan shunday iqtisodiy ahamiyatga molik fikr, g'oya, nazariya, konцepцiyalar ilgari surilgan va amalga oshirilganki, bir holda shular tufayli davlat va xalqlar ravnaq topgan, ba'zida tushkunlikka uchragan. Ana shu iqtisodiy g'oyalarni har tomonlama chuqur o'rganish, tahlil etish, ular orasidan umumbashariy ahamiyatlilarini ajratib olib, hozirgi davrga, ya'ni hayotga tadbiq etish nihoyatda ham amaliy, ham nazariy foydalidir, chunki ularda ko'p yillik tajriba mujassamlashgan bo'ladi.

«Iqtisodiy ta'limotlar tarixi» fanining predmeti bo'lib, ma'lum davrlardagi u yoki ijtimoiy qatlamlar, insonlar manfaatini ifoda etuvchi iqtisodiy g'oyalar va ijtimoiy konцepцiyalarning vujudga kelishi, rivojlanishi va almashinuvining tarixiy jarayoni hisoblanadi.

Bu g'oyalar ayrim iqtisodchi olimlar, nazariy maktablar, oqimlar va yo'nalishlarga tegishlidir. Iqtisodiy ta'limotlar tarixi mustaqil fan sifatida eng qadimgi davrdan boshlab to hozirgi zamongacha vujudga kelgan asosiy iqtisodiy fikr, g'oya, qarash, nazariya va ta'limotlarni o'z ichiga oladi.




Yüklə 81,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə