Kirish mazkur namunaviy dastur – Musiqa ta'limi yo‘nalishi talabalari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, unda bo‘lg‘usi musiqa madaniyati o‘qituvchilari egallashi zarur bo‘lgan bilim, malaka va ko‘nikmalar minimumi byelgilab byerilgan



Yüklə 1,31 Mb.
səhifə1/5
tarix28.11.2023
ölçüsü1,31 Mb.
#135355
  1   2   3   4   5
Мусика дастурлари бн ишлаш




KIRISH
Mazkur namunaviy dastur – Musiqa ta'limi yo‘nalishi talabalari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, unda bo‘lg‘usi musiqa madaniyati o‘qituvchilari egallashi zarur bo‘lgan bilim, malaka va ko‘nikmalar minimumi byelgilab byerilgan. Dastur ta'lim sohasida olib borilayotgan tub islohotlar, zamonaviy o‘qituvchiga qo‘yilayotgan talablar boy ma'naviy, madaniy musiqiy myerosimizga yangicha yondashuvlarni hisobga olib tuzilgan.



    1. Fanning maqsadi va vazifalari.

Fanni o‘qitishdan maqsad – talabalarda musiqiy hodisalarga nisbatan ongli munosabatni tarbiyalash va ularni idrok etish qobuliyatni hosil qilish; talabalarning musiqiy dunyoqarashini, tafakkurini shakllantirish va rivojlantirish, musiqiy-estyetik didini to‘g‘ri yo‘naltirish va boyitish, ijodiy qobiliyatlarini o‘stirish; talabalarni musiqa madaniyati o‘qituvchisi amaliy faoliyatiga tayyorlash.


Fanning vazifalari – quyidagilar deb belgilab olindi:

  • talabalarga musiqiy ifodalilikning asosiy vositalarini tushunib yetish yo‘lida maxsus bilimlar berish, musiqiy-texnik ko‘nikmalarni singdirish;

  • talabalarni kompozitorlik ijodining ahamiyatli masalalari va nazariy musiqashunoslikning asosiy muammolari bilan yaqindan tanishtirish hamda musiqiy til tizimi va unda muhim o‘rin egallagan garmoniya haqida aniq tushunchalar byerish;

  • talabalarni musiqiy asar shaklining tuzilishidagi asosiy qonuniyatlari, muhim musiqa elyemyentlari, musiqiy rivojlanish printsiplari, shakldagi qismlar funktsiyasi bilan tanishtirish, ularda turli xil musiqiy shakllarni tahlil qilish ko‘nikma va malakalarini shakllantirish

  • talabalarning musiqiy fikrlash, musiqiy eshitish, sof intonatsiyalash qobiliyatini shakllantirish, musiqiy xotira, lad, ritm va uslub tuyg‘usini tarbiyalash va rivojlantirish hamda orttirgan bilim va ko‘nikmalarini amaliyotda qo‘llay olishga o‘rgatishdir.





    1. Yüklə 1,31 Mb.

      Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə