Klassik iqtisodchilar, Rikardo, Maltus, Xyum



Yüklə 124,41 Kb.
səhifə1/2
tarix13.10.2023
ölçüsü124,41 Kb.
#127380
  1   2
Kattaboyev Asadbek iqtisodiyot T T

Klassik iqtisodchilar, Rikardo, Maltus, Xyum

TIPI “Iqtisodiyot” fakulteti 22/1 guruh talabasi Kattaboyev Asadbek

Reja


1. David Rikardo haqida ma’lumot
2. T.Maltusning iqtisodiy qarashlari 3. Xyum tushunchasi
1.David Rikardo (1772-1823) klassik iqtisodiy maktabining atoqli vakillaridan biri hisoblanadi. U Londonda badavlat birja makleri yahudiy Avraam Rikardo oilasida tug‘ilgan. Oiladagi o‘n yetti farzandning uchinchisi bo‘lgan David yoshligida muntazam ta’lim olgan emas va u hech qachon kollej va universitetlarda ham o‘qimagan. Lekin u otasi yordamida tijorat sirlarini yaxshi o‘rgangan va 16 yoshidayoq kontora va birjada otasiga yordamchi bo‘lib ishlagan.
D.Rikardo 21 yoshida otasi bilan aloqani uzishga majbur bo‘ldi. Chunki otasi uning xristian dinidagi qiz bilan bo‘ladigan nikohiga qarshi edi. Oradan 5-6 yil o‘tgach, D.Rikardo birjada o‘ynab yirik boylik orttirdi (bu davrga kelib uning oilasida uchinchi farzand tug‘iladi, keyinchalik bu oila yana beshta farzand ko‘radi). D.Rikardo 1810-yilga kelib London moliya dunyosidagi yirik shaxslaming biriga aylanadi.
1799-yili Bat kurortida D.Rikardo A.Smitning “Xalqlar boyligi ...” asarini o‘qib chiqqach, unda birinchi bor siyosiy iqtisodga bo‘lgan jiddiy qiziqish paydo bo‘ladi. Shundan keyin u siyosiy iqtisod bilan shug‘ullana boshladi va hammani qiziqtirgan savollarga javob berishga harakat qildi.
Rikardo: uslub, siyosat, predmet
Rikardo iqtisodiy ta’limotlarda o‘zining sof nazariyasi bilan iqtisodiyotning rivojlanishiga katta hissa qo'shgan. U sanoat davriga xos ilmlami hajm va uslubda abstrakt tahlil orqali ko‘rib chiqdi.
Rikardo uslubiyoti
D.Rikardogacha Adam Smit siyosiy iqtisodni tahlil qilishda ikkita yo'nalishda:
1. 0‘z davrining iqtisodiyotini deduktiv nazariya orqali.
2. Zamonaviy va tarixiy institutlar to‘g‘risidagi tasvir orqali amalga oshirgan.
A. Smitning bu usuli “tarixiy tavsiflovchi materiallar” nazariyasini boyitganligidir. Rikardo aksincha, o‘z ishida sof nazariy yondashuviga asoslandi. U o‘z davrining iqtisodiyotini abstraksiyalash va deduktiv usulni qo‘llash bilan amalga oshirdi. Uning sof nazariyasidagi matematik texnikasi biroz qo‘pol bo‘lsa-da bugungi kun matematiklarini hayratga solmoqda. Garchi Rikardoning usuli yuzaki va sof nazariy bo‘lsa ham amaliy iqtisod, siyosiy iqtisodiyot uning kuchli tomonlari bo‘lgan. Jumladan, uning don masalasi bo‘yicha olib borgan tadqiqotlari uning Angliyadagi ijodi - bug‘doy importi va undan olinadigan daromadni taqsimlashga o‘z ta’sirini ko‘rsatmagan bo'lsada, keyinchalik bu nazariya unga amaliy masalalami aniq tahlil qilish uchun zamin bo‘ldi.
Rikardo o‘z davridagi iqtisodiy muammolami yechishga harakat qildi, uning asosiy vaqti bug‘doy narxini tushirish, ijara narxlarining ko‘tarilishi, Angliyadagi ishlab chiqarish va qishloq xo‘jalik o‘rtasidagi aloqadorlikni asoslab berish bilan kechdi. Ushu holatda eng asosiy savol bu xalqaro savdoni nazorat qilishda siyosiy manfaatdor taraflami taqqoslash edi. Yer egalari erkin savdo, unda xarajatlar erkinligi tarafdori bo‘lsa, Britaniya sanoat vakillari esa ko‘plab qishloq xo'jaligi mahsulotlari va arzon xomashyoni import qilish tarafdori bo‘ldi.
Rikardo siyosati keyinchalik faqatgina sog‘lom iqtisodiy rivojlanishgagina emas, balki qator iqtisodchilaming siyosiy qarashlarining shakillanishiga ham o‘z ta'sirini ko‘rsatdi. Rikardo modeli tarmoqlar o‘rtasidagi sabab-oqibat bog‘lanishlarini tahlil qilishda amaliyotchilar tomonidan keng foydalanildi.

Yüklə 124,41 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə