Klassik iqtisodchilar, Rikardo, Maltus, Xyum


T.Maltusning iqtisodiy qarashlari



Yüklə 124,41 Kb.
səhifə2/2
tarix13.10.2023
ölçüsü124,41 Kb.
#127380
1   2
Kattaboyev Asadbek iqtisodiyot T T

T.Maltusning iqtisodiy qarashlari
Marksistik iqtisodiy fanda «marksist» bo‘lmagan mualliflami sharmanda qilish «an’anasi» mavjud edi. Ehtimol, eng ashaddiy va qattiq tanqidga uchragan g‘oya bu ingliz olimi Tomas Robert Maltus g‘oyalari boTsa kerak. Uni nimalar deb atashmadi: kapitalizm himoyachisi (apologeti), odamlaming dushmani, fashizm ideologi. Eng qiziqarli joyi shundaki, T.Maltus nafaqat turli toifadagi sotsialistlaming, balki ulaming asosiy muxolifatlari boTgan erkin bozor va xususiy tadbirkorlikning mutlaq ustunliklariga ishongan liberallaming ham g‘azabini qo‘zg‘atgan. Nega T.Maltusni shunchalik yomon ko'rishgan? Pessimizmi uchun, aholi farovonligini ancha oshirish mumkinligiga ishonmaganligi uchun. Axir sotsialistlar ham, liberallar ham «baxtli kelajakka» ishonishgan. Birinchisi, xo‘jalik jarayonlarini ongli ravishda ijtimoiy tartibga solish tufayli umumiy farovonlikka erishishga umid qilgan boTsalar, ikkinchisi, turmush darajasini oshirish bozor mexanizmining amal qilishi va xususiy manfaatdorlik kuchi bilan ta’minlanishiga ishongan. Unisiga ham, bunisiga ham pessimizm yot botgan.
Ingliz iqtisodchisi Tomas Robert Maltus (1766-1834) dvoryan oilasida tugTlgan. Kembrij universitetini tamomlagach, qishloq ruhoniysi, 1807-yildan esa siyosiy iqtisod professori boTdi. Uning asosiy asarlari «Nufus qonuni to‘g‘risida tajriba» (1798), «Yer rentasining tabiati va o‘sishi to‘g‘risida tadqiqot» (1815), «Siyosiy iqtisodning prinsiplari» (1820) hisoblanadi.
«Nufus qonuni». T.Maltus resurslaming cheklanganligi va ehtiyojlaming cheksizligi sharoitida aholi ehtiyojlarini qondirish muammosiga o‘ziga xos tarzda yondashdi. U o‘zining “Nufus qonuni to‘g‘risida tajriba” asarida aholi soni juda tez ko‘payib boradi, oziq- ovqat mahsulotlarining o‘sishi esa, ancha orqada qolib ketadi, deb ishontirishga uringan. T.Maltus aholining ko‘payishini cheklovchi muayyan chora-tadbirlar qo‘llanilmasa, insoniyat ocharchilikka duch keladi, deb xulosa qiladi va bunday vaziyatdan chiqishning ikki yoTini taklif etadi: birincbisi - epidemiyalar, umshlar, kasalliklar natijasida aholining kamayishi, bunda tabiatning o‘zi kishilar bilan ulaming yashash vositalari o‘rtasida me’yorli nisbatning o‘matilishiga qisman yordam beradi, ikkinchi yo‘l - nikohdan voz kechish yoki kech turmush qurish, tug‘ilishni kamaytirish.
Maltusning Aholi Nazariyasi (Nufus qonuni)
Rikardo taklif qilgan iqtisodiy tamoyillarga amal qilinayotgan bir paytda iqtisodchilar uchun aholining ko‘payishi muammosi dolzarb hisoblanar edi, ular aholi sonining oshib ketishining dahshatli natijalaridan qutilish uchun Maltusning nazariyasida keltirilgan oilalarda homiladorlikdan saqlanish vositalaridan foydalanishni taklif qila boshladilar. Bu xulosalar aholining homiladorlikdan saqlanish vositalariga nisbatan cherkov va keng ommaning doimo kuchli qarshiligi sababli nozik iboralar bilan taklif qilingan. Makkuloxdan tashqari o‘sha davrdagi yetakchi iqtisodchilarining ko‘pchiligi homiladorlikdan saqlanishning turli vostilaridan foydalanish tarafdorlari boTishgan, lekin ular o‘z fikrlarini ommaga yetkazishda juda ehtiyotkor boTishgan.
Rikardoning tahliliy tizimida Maltusning aholi borasidagi g‘oyasi muhim element hisoblanadi. Rikardo iqtisodning asosiy maqsadi daromadning taqsimlanishini belgilovchi omillami izohlashi kerak, degan fikrga ega boTgan va u ayniqsa uzoq vaqt oraligTda daromadning taqsimlanishiga ta’sir eta oluvchi kuchlarga qiziqish bildirgan. U bu muammoni daromad taqsimlanishi qoldiq qiymati nazariyasi bilan hal qilishga harakat qilgan.
E’tiboringiz uchun rahmat !!!
Yüklə 124,41 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə