Kurs ishi psixologik vazifa natijalarini tahlil qilish 9-2 pss guruh talabasi Toshpo”lotov Madraxim



Yüklə 39,68 Kb.
səhifə1/2
tarix05.10.2023
ölçüsü39,68 Kb.
#125778
  1   2
Kurs ishi psixologik vazifa natijalarini tahlil qilish 9-2 pss g


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
BUXORO DAVLAT UNIVERSITETI
Sirtqi bo”limi

Kurs ishi


psixologik vazifa natijalarini tahlil qilish

9-2 PSS guruh talabasi Toshpo”lotov Madraxim




Buxoro – 2022


Reja: I. Kirish.
II. Asosiy qism.
1. Psixologiyaning fan sifatida shakllanishi

2. Hozirgi zamon psixologiyasining vazifalari


3. Hozirgi zamon psixologiyasining sohalarini tahlil qilish.
III. Xulosa.
Kirish.
Mamlakatimizda boy ma'naviy salohiyat va umuminsoniy qadriyatlarga hamda hozirgi zamon madaniyati, ilmi, texnikasi va texnologiyasining so'nggi yutuqlariga asoslangan mukammal ta'lim tizimini barpo etish dolzarb ahamiyatga ega bo'lgan masalalardan biri hisoblanadi.
Bu muammoni amalga oshirish maqsadida O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1997 yil 29 avgustdagi IX sessiyasida «Taiim to'g'risida»gi qonun va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» qabul qilindi. Mazkur qonun hamda dasturda shaxs va uning shakllanishiga katta e'tibor qaratilgan, ya'ni shaxs «o'zbek modeli»ning asosiy tarkibiy qismi sifatida modelning bosh subyekti va obyekti, ta'lim sohasidagi xizmatlarning iste'molchisi va amalga oshiruvchisi deb ta'kidlab o'tilgan.
Ma'lumki, shaxs bir qator fanlarning obyekti bo'lib hisoblanadi. Shaxsni bevosita va bavosita o'rganadigan fanlar sirasiga psixologiya fani ham kiradi.
Jahon fanlarining ma’lum qonuniyatlariga asoslangan holda bu fan muayyan turkumga kiritilgan. Chunki psixologiya fani bu tizimda nufuzli o’rin egallashiga barcha obyektiv shartsharoitlar yetarli. Bunday qat’iy ishonch bilan aytilgan fikr zamirida bir qator muhim ham tabiiy, ham ijtimoiy omillar mavjud. Zero, psixologiya fani insoniyat tomonidan kashf qilingan fanlarning ichida eng murakkabligi bois, biosferik ta’limotdan kelib chiqqan holda, psixika yuksak darajada tashkil topgan materiyaning xususiyatini aks ettiruvchi kategoriya sifatida o’rganilib kelindi. Lekin bugungi kunda neosferik ta’limotga binoan fazoviy munosabatlar, sayyoralararo aloqalar, o’zaro ta’sirlar, moddalar, zarrachalar, nurlar harakati, almashinishi, qo’shilishi to’g’risida faraziy asosda bo’lsa ham mulohazalar yuritilmoqda. Shunga muvofiq, biosferaga kirib kelayotgan moddalar o’zaro birikib, ayniqsa, muayyan fazoviy maydonning hosil qilishi, to’planishi inson tana a’zolariga ijodiy ta’sir ko’rsatmoqda, natijada favqulodda holatlar sodir bo’lishi, kashfiyotlar yuz berishi, intuitiv (lotincha intuerisinchkovlik, diqqat bilan qaramoq yoki ichki sezgirlik demakdir) shakldagi ruhiy holatlarning kuchayishi namoyon bo’lishi kutilmoqda. Bular qatoriga telepatik (yunoncha tele — uzoqni, pathossezaman degan ma’no anglatadi) samaralar, o’ta sezgirlik, ekstrasenzitivlik (lotincha extra — o’ta, sensus — sezgirlik degani), ekstrasenslik (lotincha. extrao’ta, sensus — his qilaman ma’nosini bildiradi) kabi psixologik holatlarning kechishi sabablarini kiritsa bo’ladi. Biroq omadsizlik, ichikish, kasal kimnidir intizor kutishi, nasib etmaslik, ishqiy kechinmalar, tushda ayon bo’lish kabi ruhiy holatlar, hodisalar hanuzgacha ishonchli dalillar bilan tushuntirib berilgani yo’q. Ammo bilish obyekti (lotincha objectumjism demakdir) bilan subyektining (lotincha subjectum — tashqi olamni biluvchi inson) birikuvida psixologiyaning qulay imkoniyatlari mavjud ekanligini ta’kidlab o’tish o’rinli.
Psixologiya fani boshqa fan sohalaridan amaliy, tatbiqiy jihatlari bilan farqlanadi hamda ijtimoiy turmushning barcha jabhalarida bevosita qatnashadi va ularga muayyan darajada ta’sir o’tkazadi. Psixologiya fani boshqa fan sohalaridan o’z tatbiqiy ma’lumotlari, natijalarining ko’pqirrali va ko’pyoqlamaligi bilan ajralib turadi va u mutlaqo boshqa sifat ko’rsatkichiga ega. Ayniqsa, o’zini o’zi boshqarish jihati bilan alohida ahamiyat kasb etadi. U tabiatni o’rganish ilmidan farq qilib, o’zining psixik jarayonlari, funksiyalari, holatlari, hissiyoti, irodasi, xarakteri, temperamenti kabilarni boshqarishda o’z ifodasini topadi.
Hozirgi kunda jahon psixologiyasi fani o’zini o’zi boshqarish va kamol toptirish, o’zini o’zi qo’lga olish, o’ziga o’zi buyruq berish, o’zini o’zi tarbiyalashga doir boy materiallar to’plagan. Bu o’z navbatida inson munosabati, maqsadi, holati va kechinmalarining o’zgarishi va yangidan yaralishi haqida ilmiy-tatbiqiy ma’lumotlar beradi, kundalik turmush psixologiyasi rangbarangligini ta’minlab turadi. Psixologiya fani inson psixikasini aniqlash, shakllantirish, yangi sharoitga ko’chirish, kamol toptirish, rivojlanish dinamikasini ta’minlash, yangi sifat bosqichiga o’tishini qayd qilish imkoniyati borligi bilan o’ta amaliy, tatbiqiy fanga aylangandir. Psixologiya fani sohalari uning amaliyot uchun muhim ahamiyat kasb etishidan dalolat beradi (huquqshunoslik psixologiyasi, klinik psixologiya, mehnat psixologiyasi, savdo psixologiyasi, sotsial psixologiya, pedagogik psixologiya, maxsus psixologiya, sport psixologiyasi va hokazo).
Psixologiya amaliy, tatbiqiy jihatdan o’z predmetiga ega bo’lib, amaliy sotsial psixolog, muhandis psixolog, oilaviy psixoterapevt, tibbiyot psixologi, maktab psixologi kabi sohalarni o’z ichiga qamrab olgandir.
Psixologiya o’rgаnаdigаn hodisаlаrning o’zigа xos xususiyatlаrini аniqlаsh bir munchа qiyinroq. Bu hodisаlаrni tushunish ko’p jihаtdаn psixologiya fanini еgаllаsh zаrurаtigа duch kelgаn odаmlаrning dunyoqаrаshigа bog’liqdir. Psixologiya inson ruhiyatining o'ziga xos xususiyatlari, ko'rinishlari va rivojlanishning umumiy qonuniyatlarini tadbiq etadi. Ruhiy hodisаlаr "idrok", "xotirа", "tаfаkkur", "irodа", "hissiyot" vа boshqа shu kаbi nomlаr bilаn guruhlаrgа аjrаtilib, hаmmаsi birgаlikdа psixikа, kishining psixik ichki dunyosi, uning ruhiy hаyoti vа hokаzolаr dеb аtаlаdigаn tushunchаlаrni hosil qilаdi.
«Psixologiya» so’zi grekcha «psyuxe» (jon, ruh) va «logos» (so’z, ilm) so’zidan olingan bo’lib, uning ma’nosi «jon, ruh ilmi» demakdir.
Psixologiya - tabiiy va ijtimoiy fan sifatida voqelikning alohida sohasi bo’lgan psixika hayot sohasini o’rganadi.
Psixologiya fanining asosiy vazifasi - psixik hodisalarni o`rganish va ilmiy asoslashdir.
Axir barcha narsalar kabi psixik hodisalar ham ma’lum qonuniyatlarga bo`ysunadi. Psixologiya shu qonuniyatlarni ochishga, ularning tarkib topishi va rivojlanishini ochishga qaratilgandir.
Ushbu qonuniyatlarni bilish, ularni boshqarish, tashkil etish, ta’lim-tarbiya jarayonlarini to`g`ri olib borishga yordam beradi.
Inson ijtimoiy zotdir, shuning uchun uning psixik xislatlari ijtimoiy hayot sharoitining hal qiluvchi ta’siri ostida tashkil topadi. Insonning psixikasi, ongi uning jamiyatdagi hayoti va faoliyati sharoiti bilan bog’liq holda taraqqiy etadi. Shuning uchun ham ijtimoiy fandir. Uning tabiiy fan ekanligi shundaki, tabiatdagi rang-barang narsa va hodisalar materiyaning turli shakllaridir. Materiya doim harakatda va rivojlanishda bo’lib, turli-tuman xususiyatlarga egadir. Materiya abadiy mavjuddir, u faqat bir shakldan ikkinchi shaklga aylanishi mumkin. Materiya o’z taraqqiyotining maxsus yuqori bosqichida (tirik organizmlarning asab tizimi hamda miyaga ega bo’lgan holda) psixik sifatlar kasb etgan. «Psixik jarayonlar», «psixik holatlar»,
«xususiyatlar» haqidagi fikrlar keyinchalik hayot jarayonining o’zgarishi, rivojlanishida astasekinlik bilan yuzaga kelgan.
Psixologiya tabiiy va ijtimoiy fan sifatida hayvonot dunyosida va odamlarda psixikaning paydo bo’lishi, uning xususiyatlari, rivojlanishi va rivojlanish qonuniyatlarini o’rganadigan fandir. Demak, psixika nima?
Biz tevarak-atrofdagi narsa va hodisalarni sezamiz, idrok qilamiz, xotirada olib qolamiz, tasavvur va xayol qilamiz, fikr yuritamiz va hokazolar. Bularni biz bir og’iz so’z bilan «psixika» deb ataymiz. Psixika miyaning xususiyati bo’lib, bu xususiyat tevarak-atrofdagi olamni aks ettirishdan iborat, ya’ni obyektiv ravishda mavjud narsalar va hodisalarni aks ettiradi.
Odam tevarak-atrofdagi olamni ko’zguda aks ettirish emas, balki faol aks ettiradi, ya’ni tevarak-atrofdagi voqelikni faoliyat jarayonida, tabiat va atrofdagilarga ta’sir ko’rsatish jarayonida bilib oladi. Ana shu jarayonda odamda sezgi, idrok sodir bo’ladi. Ular odamning sezgi a’zolari orqali miyasiga ta’sir ko’rsatib, ongida aks etgan narsa va hodisalarning, xususiyatlarning aksidir.
Psixika yuksak darajada tashkil topgan miyaning xossasidir. Hayvon va odamlarga xos bo’lgan asab tizimi yuksak darajada tashkil topgan materiyadir. Psixikaning bevosita moddiy asosi odamning bosh miyasidir. Odam psixikasi, ongi bosh miya funksiyasidir.
Psixika, ong materiya taraqqiyotining faqat yuksak bosqichlarida paydo bo’ladi. Materiya taraqqiy etib borgan sari turli xossalar, qonuniyatlar — mexanik, fizik, kimyoviy, biologik va boshqa xossalar paydo bo’ladi.
Organik olam taraqqiyotining eng yuksak boshqichidagina materiyaning psixika deb ataladigan jarayonlari, ya’ni, sezgi, idrok, xotira, tafakkur deb ataladigan alohida xossalari vujudga keladi. Psixika yuksak darajada tashkil topgan materiyaning obyektiv voqelikni aks ettirishdan iborat bo’lgan alohida xossasidir.
Psixologiyaning fan siftida rivojlanishi
Inson o'zining kimligini anglashga intilishdan, o‘z ruhiy dunyosini va o‘zgalar ruhiyatini bilish istagi paydo bo‘lishdan, tabiat va jamiyat hodisalarini tushunishga ehtiyoj sezishdan, o‘tmish, hozirgi zamon, kelajak haqida mulohaza yurita boshlagandan buyon psixologiya fan sifatida rivojlana boshladi. Psixologik bilimlar juda uzoq o‘tmish tarixga ega bo‘lsa-da, u fan sifatida falsafadan XIX asrga kelib ajralib chiqdi.
Psixologiyani fan sifatida yuzaga kelishi bosqichlarini quyidagi sxemada aks ettirish mumkin:

IV bosqich

Psixologiya psixikaning mexanizmlari, faktlari va
qonuniyatlari haqidagi fan sifatida

Ilmiy psixologiyaning zamonaviy bosqichi

III
Bosqich

Psixologiya – inson xulq atvorini o`rganuvchi fan.

XX asrda paydo bo`lgan. Psixologiyaning maqsadi – insonning konkret xulq atvorini, inson munosabatlari va reaksiyalarini kuzatish olindi. Xulq atvorga sabab bo`luvchi motivlar hisobga olinmadi.

II-
bosqich

Psixologiya – ong haqidagi fan.

XVII asrda tabiiy fanlar paydo bo`lishi bilan yuzaga keldi. Fikrlash, istash – ong deb olindi. Asosiy metod sifatida insonni o`zini o`zi kuzatishi olindi.

I-
bosqich

Psixologiya – ruh haqidagi fan.

Psixologiyaga bunday ta’rif 2300 yil ilgari berilgan. Ruh deb, inson hayotidagi barcha tushunib bo`lmaydigan narsalar qabul qilingan.

Psixologiya haqidagi fikrlar bundan 2,5 ming yillar ilgari paydo bo`la boshladi, ya’ni eramizdan avvalgi VI asrga to`g`ri keladi. Buyuk nemis psixologi German Ebbingauzaning ta’kidlashicha psixologiya o`zining uzoq o`tmishiga lekin juda qisqa tarixiga ega. Eramizdan avvalgi V1 asrdan boshlab to X1X asrning II yarmigacha filosofiyaning bir bo`lagi hisoblanadi. Antik falsafaning eng yirik namoyondasi, psixologiya haqidagi ilmiy mulohazalarini keltirgan faylasuf Aristotel hisoblanadi. Shuning uchun hamki, u «psixologiya fanining otasi» degan nomni olgan. U «Jon haqidagi ta’limoti» haqidagi asari bilan psixologiyaga asos soldi.
Materiyaning jonliligi haqidagi g`oyani rivojlantirgan atomizm (yunoncha – atomos – bo`linmas) namoyondalari (Demokrit eramizdan avvalgi V– 1V asrlar, Epikur 1V-III asrlar, Lukretsiy 1 asr) bir qancha fikrlarni ilgari surdilar:

  1. ruh tanaga jon bag`ishlovchi moddiy jismlar;

  2. moddiy asos sifatidagi aql;

V) hayotni boshqaruvchi idrok vazifasini bajaruvchi a’zo;
G) ruh bilan aql tana a’zolari, ularning o`zi ham tanadir;
D) ular sharsimon, kichik harakatchan atomlardan iboratdir;
Geraklit, Demokrit, Aflotun, Arastularning ta’limotlari keyingi asrda psixologik g`oyalarning rivojlanishida tayanch nuqta, asos bo`lib xizmat qildi. Asta - sekin ruh haqida tushuncha hayotning barcha ko`rinishlariga nisbatan qo`llanilavermasdan faqat hozir psixika deb atayotgan darajaga nisbatan qo`llanila boshlandi. Psixika kategoriyasining zamirida ong haqidagi tushuncha maydonga keldi. Kishi faqat idrok va tafakkurga ega bo`lib qolmasdan balki ularning unga mansubligini e’tirof etishga, ixtiyoriy harakatlar qilib qolmasdan balki bu harakatlarning uning o`zi qilayotganini bilishga ham qodirdir.
Eramizdan oldingi II asrda rimlik doktor Galen fiziologiya va tibbiyotning yutuqlarini umumlashtirib psixikaning fiziologik negizi haqidagi tasavvurlarni boyitdi va ong tushunchasiga yaqinlashib keldi.
Psixologiya fanining eksperimental, psixoanalitik, bixeviroistik, emperik, assotsiativ, psixogenetik, gumanistik, biogenetik, sotsiogenetik kabi yo`nalishlari tomonidan to`plangan ma’lumotlar hozirgi zamon psixologiyasini vujudga keltirdi va uning predmetini, tadqiqot prinsiplarini aniqlab berdi.
Sharq mutafakkirlarining psixologik qarashlari:
O’rta asrlarda O’rta Osiyoda qator-qator olimlar, mutafakkirlar yashab ijod etgan. Ular faqat dinga talluqli fanlardangina rivojlanib qolmasdan, ilm-fanning shunday sohalari: riyoziyot, falsafa, astronomiya, tibbiyot, pedagogika, anatomiya, etika-estetika, psixologiya va hokazo fanlar bo’yicha butun jahon tan oladigan darajada ilmiy asarlar yaratgan. Bu asarlarni faqat O’rta Osiyo kitobxonlari o’qib qolmasdan, balki butun jahondagi taraqqiyparvar mutafakkirlar ham o’quv risolasi sifatida foydalangan, ana shunday olimlardan biri Abu Nasr Muhammad ibn
O’zlug’ Tarxon Forobiy (873-950) Aristotel va Platonning ishlarini O’rta Osiyoda keng ommalashtirgan, shuning uchun g’arbda ikkinchi muallim degan nom olgan.
Abu Nasr Forobiyning inson va uning psixikasi haqidagi qarashlari «Idеal shahar aholisining fikrlari», «Masalalar mohiyati», «Falsafiy savollar va ularga javoblar», «Jism va aksidеnsiyalarning shakllariga qarab bo’linishi», «Sharqlardan», «Hikmat ma'nolari», «Aql ma'nolari to’g’risida» kabi qator asarlarida bayon etilgan.
Forobiy yozgan asarlaridan bizning e’tiborimizga falsafa, pedagogika, psixologiya, etikaestetika bo’yicha asarlari qiziqtiradi. Forobiyning fikricha muhit va tarbiyaning ta’sirida inson shaxsining axloqiy sifatlari shakllanadi. Axloq tushunchasi Forobiy inson xarakteri bilan chambarchas bog’liq deb hisoblaydi. Chunki xarakterdagi har bir xislatlarni yaxshi tomonga qaratib o’zgartirish mumkin. Shunga asosan inson axloqini faqat yaxshi tomonga qaratib o’zgartirish mumkin. Uning fikricha inson shaxsining barkamol shakllanishi uchun 4 ta to’siq bor:

  1. hurmatsizlik

  2. ahloqsizlik

  3. o’zgaruvchanlik

  4. ikkilanish

Bundan tashqari Forobiy tarbiyaning qattiq va yumshoqligi haqida ham o’z fikrlarini bayon qiladi. Bu o’z navbatida tarbiya psixologiyasining asosiy g’oyasi va metodlaridan biri hisoblanadi. Uning fikricha shogirdga ta’lim-tarbiya berishda haddan tashqari qattiqqo’llik ustozga nafrat hissini uyg’otadi. Uning ruhida o’z ustoziga nisbatan qarama-qarshilikni yuzaga keltiradi. Tarbiyadagi haddan tashqari yumshoqlik esa, shogirdga ustozga nisbatan mensimaslik hissini yuzaga ketiradi. U o’z ustozini aldashga va ustidan kulishga harakat qiladi, deb tushunadi.
Forobiy psixologiya sohasida aniq bir asarlar yozmagan bo’lsa ham u Aflotun (Aristotel) psixologiyasining asoslarini mahalliy sharoitda moslashgan holda talqin qiladi va buning oqibatida O’rta Osiyo falsafiy qarashlariga xos bo’lgan psixologik dunyoqarashlar shakllandi.
Forobiyning ilm-fan sohasidagi qarashlari o’zidan keyin yashab o’tgan mutafakkirlar – Beruniy, ibn Sinoga o’z ta’sirini o’tkazdi va o’z navbatida bu mutafakkirlar Forobiyni o’zlarining ustozlari deb hisoblaydi.
Abu Rayhon Beruniy (973-1048) o’zining qator falsafiy asarlarida psixologik va pedagogik qarashlarini bayon qiladi. Bular inson shaxsining shakllanishi, axloqiy kamoloti, aqlidroki, tafakkuri haqidagi fikrlaridir. Beruniyning «Qadimgi avlodlar obidalari» asarida ba’zi odamlar shaxsining shakllanishida ularning xulq - atvorida mavjud bo’lgan ziqnalik, yolg’onchilik, munofiqlik, xushomadgo’ylik, ikkiyuzlamachilik kabi illatlarning shaxs taraqqiyotiga salbiy ta’siri haqida to’xtalib o’tadi. Bu illatlarga qarama-qarshi oqil odamlar haqida o’z fikrini bayon qiladi. Beruniyning fikricha oqil odamlarning taraqqiyoti va uning ruhiyatining rivojlanishi hech bir to’siqlarsiz ijobiy rivojlanishga ega bo’ladi, deb tushuniladi. Beruniy psixologiya sohasida aniq bir asar yozmagan bo’lsa ham, Forobiy ta’limoti ta’sirida inson shaxsining kamoloti, uning aql-idroki, ruhiy taraqqiyoti haqidagi o’zining psixologik va pedagogik qarashlarini hamma asarlarda to’liq bayon qiladi.
Masalan: «Mineralogiya», «Hindiston», «Hislar bilan seziladigan va aql bilan bilinadigan bir qator kitobning tarjimasi» degan kitob va risolalarida o’zining ruh haqidagi qarashlari, ruhiyatning ba’zi muhim masalalarini bilish va tafakkur jarayonlari haqida juda ko’p, g’oyat qimmatli fikr-mulohazalar mavjud.
Beruniy olamni ob’ektiv reallik, inson irodasidan tashqarida mustaqil ravishda mavjud bo’lgan borliq sifatida qaraydi. Beruniy kishi ongi. Tafakkuri va ruhiyatini moddiy jismdan keltirib chiqargan holda tasavvur etadi.
Beruniy Abu Ali ibn Sino bilan bo’lgan munozaralarida barcha narsalarning asosida 5 ta element, ya’ni suv, olov, havo er, bo’shliq yotishini hamda dunyoni bilish jarayonida bilimlarimizning manbaini sezgi a’zolarimiz va ular orqali qabul qilgan hissiy bilmimiz tashkil etadi, deb ta’kidlangan. U «agar sezgi a’zolarimiz bo’lmaganda, olam tasavvuriga ega bo’lmasdik. Umuman inson, narsa va jismlarning rangini bilmagan bo’lardik» deydi. Bunda Beruniy sezgi organlar fasliyatiga baho berib materialistik pozitsiyada turganligini ko’ramiz.
Abu Ali ibn Sino – 980 yili Afshona qishlog’ida (Buxoro yaqinida) tug’ilgan. Ibn Sino o’zining ilmiy dunyoqrashi bilan butun jahonda fan taraqqiyotiga va uning rivojlanishiga ta’sir ko’rsatgan olim hisoblanadi. Chunki uning asarlari jahonning hamma tillariga tarjima qilingan va o’zining hayotligi paytida Yevropada Avitsina nomi bilan, uning asarlari ta’lim maskanlarida o’quv quroli sifatida foydalangan. Uning «Tabobat qonuni» asari o’sha davrdagi , keyingi davrdagi va hozirgi davrda ham tibbiyot sohasidagi olimlarning qo’llanmasi hisoblanadi. Ibn Sino «juda og’ir va mashaqqatli hayot kechirgan» shunga qaramasdan ilm-fanning hamma sohalarida o’zining o’chmas izini qoldirgan.
Ibn Sino jahonda birinchi bor psixologiya fanida tajriba amalga oshirgan alloma hisoblanadi. U emotsional holatlar bo’yicha dastlabki tajribalarni amalga oshirgan. Uning «Tadbiri manozil» asarida ta’lim-tarbiyada uning psixologik asoslariga alohida e’tibor bergan.
Bu asarda alohida bob bo’lib, bu bob bolalarni tarbiyalash, maktabda o’qitish deb nomlanadi.
Ibn Sino birinchi bor tarbiyada suhbat metodini qo’llashni taklif etadi. Bolalarni o’qitishda va tarbiyalashda bir guruhda yoki jamoada tarbiyalansa, ular faoliyat turlarini amalga oshirishda bir-biriga moslashadi, bir-biriga hurmat-e’tibori kuchayadi va jamoaning ta’sirida keraksiz odatlarni yo’qotadi deb ta’kidlaydi. Bu bilan u birinchi bor ijtimoiy psixologiya asoslariga ham asos soldi. Bundan tashqari Ibn Sino tarbiya metodlari haqida ham to’xtalib o’tadi. Tarbiya metodlaridan oila tarbiyasi, oilada bola tarbiyasini amalga oshirishda regional xususiyatlarni qo’llash zarurligini ta’kidlaydi. Ibn Sino shaxs taraqqiyotida musiqaning o’rni haqida ham to’xtalib o’tadi. U allaning ahamiyati haqida shunday deydi: «Aytilgan qo’shiqning so’zlari tanaga qaratilgan bo’lsa, uning ohangi bolaga qaratilgan »,-deydi. Ibn Sino Aristotel va
Forobiy ta’limotiga asoslanib ruh va tana haqidagi ta’limot doirasida fikr yuritgan. Chunki u ham o’zidan oldingi allomalar kabi tana va ruh haqidagi ta’limotni jon ta’limoti doirasida ta’kidlaydi.
Mahmud Koshg’ariy XI asrda yashab o’tgan alloma, Turkmaniston yerlarida yashab o’tgan.U o’sgan, ya’ni O’rta Osiyo hududida yashaydigan xalqlarning qabila va elatlarning urf- odatlari, an’analari, e’tiqodlarini, o’zining shu davrgacha saqlanib qolgan asari «Devonu lug’otut turk» da bayon qiladi. Koshg’ariy psixologiya sohasida biron-bir to’laqonli fikr aytmagan bo’lsa ham, o’zining olib borgan izlanishlar bilan etnopsixologiyaning ma’lum yo’nalishlariga asos soldi.
Unsurmoniy Kaykovus – 1022 yilda tug’ilib 63 yoshida o’zining «Qobusnoma» asarini yozgan. Bobosi Kobus o’ta zolim, ayovsiz hukmdor bo’lgan. «Qobusnoma» asarining psixologik nuqtai nazaridan analiz qiladigan qismi – bu 27-bobi hisoblanadi. Bu bob «Farzandlarni parvarish qilish fikrida» deb ataladi. Unda farzandning ota-onani hurmat qilish, oila tarbiyasi, oilada ota-onaning farzandiga tarbiya berish usullari va farzandlarni parvarish qilishda uning yosh davrlarga e’tibor berish haqida to’xtaladi. Bu bob psixologik nuqtai nazardan juda ham ahamiyatga egadir.
Abdurahmon Jomiy – 1414-1492 yillarda yashagan. O’zining yaratgan asarlarida shaxs taraqqiyoti haqida teologik nuqtai nazardan fikr yuritgan. U birinchi bor shaxs tipologiyasini yaratgan bo’lib, u 6 ta tipdan iborat bo’lib, bu tipdagi shaxslar xursandchilik nima ekanini bilmaydi, degan fikrni ilgari surdi. Shulardan:

  1. tip – hasadgo’y(birovlarning yutug’ini ko’rolmaydi, kayfiyatini buzadi)

  2. tip – g’iybatchilar

  3. tip – tasodifan boyigan kambag’allar

  4. tip – amalparastlar

  5. tip – ziqnalar

  6. tip – axloqsizlar

Bu tipologiya faqat salbiy ko’rinishlarni yoritgan bo’lsa ham (badiiy nuqtai nazardan) shaxs tipologiyasi haqidagi dastlabki klassifikatsiya hisoblanadi.
Yusuf Xos Hojibning «Qutadg’u bilig» asaridagi bosh masalalardan biri komil insonni tarbiyalashdir.
Abdurahmon Jomiyning «Bahoriston», «Xiradnomai Iskandariy», «Tuhfatul ahror», «Silsilatuz zaxob» va boshqa asarlarida ilm-ma'rifat, ta'lim-tarbiya, kasb-hunar o’rganish, yaxshi xislatlar va odoblilik haqidagi fikrlar ifodalangan.
Dеvoniy o’zining «Axloqi Jaloliy» nomli asarida insoniy fazilatlarni to’rtga bo’ladi va bular: donolik, adolat, shijoat va iffatdir.
Alishеr Navoiyning «Xazoyin-ul maoniy, «Maxbub-ul qulub» va boshqa asarlarida yеtuk, barkamol insonning axloqi, ma'naviyati, odamlarga munosabati, istе'dodi va qobiliyati to’g’risida qimmatli mulohazalar yuritilgan. Ana shu psixologik katеgoriyalar ijtimoiy adolat qaror topishi uchun muhim ahamiyatga ega ekani ta'kidlangan. Shuningdеk, Navoiy asarlarida shaxsning kamol topishida ota-onaning roli, ayollarning iffatliligi, insonlarning kamtarligi masalalari alohida o’rin egallaydi.
Eng muhimi, XX asrga kelib, psixologiyaning tatbiqiy sohalari paydo bo'ldiki, endi qo'lga kiritilgan yutuqlar bevosita ta'lim, tarbiya, sanoat, biznes, marketing xizmatlari, boshqaruv, sog'liqni saqlash, huquqbuzarlikning oldini olish sohalariga dadil joriy etila boshladi. XXI asrning birinchi yiliga kelib, psixologiya nazariy, tahliliy fandan bevosita amaliyotning ehtiyojlarini qondiruvchi tadbiqiy fanga aylandi.
Hozirgi zamon psixologiyasining vazifalari
Hozirgi zamon psixologiyasi oldida mustaqilligimizni mustahkamlash bilan bog’liq bo’lgan ulkan va mas’uliyatli vazifalar turadi. Psixologiyani jiddiy o’rganishga har bir kishi o’zini ham kuchli, ham zaif tomonlarini, o’z imkoniyatlarini, o’zining ijobiy sifatlarini yanada yaxshilash, nuqsonlarini yo’qota olish kabi vazifalarni o’z oldiga qo’ya bilmog’i lozim.
Bu esa psixologiya fanini o’rganishning inson uchun qay darajada muhimligini ko’rsatadi.
Psixologiya fani oldida ham nazariy, ham amaliy vazifalar turadi.
Uning nazariy vazifalariga:
— psixik hodisalarning paydo bo’lish xususiyatlarini o’rganish;
— uning mexanizmlari va qonuniyatlarini ilmiy jihatdan yoritib berish;
— psixik jarayonlarni fiziologik jarayonlar bilan birga talqin qilish;
— psixik hodisalarni hayotda, amaliyotda, turli faoliyatlar jarayonida paydo bo’lishi omillarini o’rganish;
— intellekt (zehn, aql, idrok), abstrakt tafakkur qilish qobiliyatini shakllanishini tezlatish muammosini hal qilish;
— insonda «mudrab yotgan layoqatlar»ini qobiliyat darajasida shakllanishini ilmiy asoslab berish;
— yangicha fikrlash, ya’ni yangicha tafakkur qilishning psixologik masalalarini yoritib berish. Shuningdek, aqliy taraqqiyotga, kasb-hunar o’rganishga, yosh va individual xususiyatlarni o’rganish, ijodiy faoliyat, badiiy ijodiyot, mehnatda ijodning paydo bo’lishi, axborot vositalari va pedagogik texnologiyaning bilim egallashga ta’sirini o’rganish, ta’lim jarayonini takomillashtirish va uni hayotga tatbiq qilishdan iboratdir.
Psixologiyaning amaliy vazifalari psixologik bilimlarni keng jamoatchilik ommasiga yetkazib berishdan iboratdir. Hozirgi sharoitda ota-onalar, tarbiyachilar bola tarbiyasida psixolog-pedagoglarning psixologik bilimlariga muhtojdirlar. Turli yoshdagi bolalarning yoshlik va individual farqlarini ajratish, ularga individual munosabatda bo’lish, iqtidorli bolalar bilan ishlash, yakka bola tarbiyasi, tarbiyasi qiyin bolalarga o’zaro munosabat, turli yot oqimlarga kirib ketuvchilar bilan ishlash, sust o’zlashtiruvchi bolalar bilan ishlash, psixik rivojlanishida orqada qolgan, psixik taraqqiyoti tutilib qolgan yoki rivojlanishida kamchiligi bo’lgan bolalar bilan ishlash kabi masalalarda ruhiy taraqqiyot qonunlariga doir psixologik bilimlardan keng jamoatchilikni, ota-onalar, mahalla faollarini bahramand qilishdan iboratdir.
Jamoatchilikni psixologik bilimlardan xabardor qilish, (ro’znoma va oynoma) gazeta va jurnallarda maqolalar chop etish, radio va teleko’rsatuvlarda turli eshittirishlar tashkil qilish, otaonalar bilan suhbatlashish, shahar va viloyatlarda ota-onalar universitetlarini uyushtirish va uning ishini faollashtirish, mahallalarda bola tarbiyasi haqida ma’ruza, davra suhbatlarini uyushtirish yo’li bilan amalga oshiriladi. Bu vazifalarni amalga oshirish jamiyatimiz taraqqiyotida, komil insonni shakllantirishda, sog’lom turmush tarzini barpo qilishda muhim rol o’ynaydi.

Yüklə 39,68 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə