Etikaning tarkibiy tuzilishi etika va



Yüklə 65,27 Kb.
səhifə1/8
tarix22.03.2024
ölçüsü65,27 Kb.
#183647
  1   2   3   4   5   6   7   8
ETIKANING TARKIBIY TUZILISHI


ETIKANING TARKIBIY TUZILISHI ETIKA VA
MA’NAVIY HAETNING BOSHQA SHAKLLARI
REJA:

  1. Etikaning tarkibiy tuzilishi tushunchasi. Etikaiy ong va uning elementlari.

  2. Etikaiy amaliyot, faoliyat, amaliyot, hatti-harakat. Hulh va uning motivlari.

  3. Etikaiy munosibatlar va ularning boshqaruvi yoki qo‘riqlov vazifalari.

  4. Etika va ma’naviy hayotning boshqa shakllari. Etika va siyosat. Etika va huquq. Etika va san’at. Etika va din. Etika va fan.



1-savol. Etika o‘zgaruvchan murakkab ijtimoiy xodisa. Etikaning mohiyati va tabiatini tushinish uchun uning tarkibiy tuzilishi, shakllanishi hamda qaror topishi qonuniyatlarini bilmoq lozim. Etika kishi va jamiyat o‘rtasidagi ob’ektiv o‘zaro bog‘lanishning ma’naviy ifodasi, umumiy va individual manfaatlarni muvofiqlash zaruriyatining namoyon bo‘lishidir. SHuningdek u shaxs bilan jamiyat o‘rtasida yuzaga keladigan ziddiyatlarni bartaraf etishning asosiy shakllaridan biridir. Etikani huquq singari ijtimoiy qonun-qoidalarga ham, sub’ektiv ko‘rsatmalarga ham kiritib bo‘lmaydi, chunki etika individuallikdan ijtimoiylikning qaror topishi usullaridan biridir. SHu sababli etikani faqat etikaiy ongdangina iborat deb qarab bo‘lmaydi. U etikaiy ong, etikaiy praktika, etikaiy munosibatlardan iborat bo‘lgan, mantiqan mukammal shakliy birlikka ega. Bu elementlarni bir-biridan ajratib bo‘lmaydi, ular o‘zaro bog‘liq, ularni nazariy jihatdangina ajratib olish mumkin, chunki ijtimoiy hayotda sof etikaiy hodisalar yo‘q. SHuningdek, etikaning barcha elementlari bir-birlari bilan o‘zaro bog‘liq bo‘lsada, nisbiy mustaqildir. Etika sohasida, uning tarkibiy tuzilishida eng aktiv element etikaiy ongdir.
Etikaiy ong etikaiy talablarni, normalarni qoidalarni, adolat haqidagi tasavvurlarni shakllantiradigan qarashlar, g‘oyalar, fikrlar, nazariyalardir. Insonning har qanday xatti-harakatlari ong orqali bajariladi, ammo jamiyat ularni saralab, manfaatdor bo‘lganlarinigina yuzaga chiqaradi. Etikaiy ongning ijtimoiy ahamiyati ham xuddi ana shundadir. Etikaiy ongda voqelik qonunlar sifatida emas, balki insoniy xatti-harakatlarga qo‘yilgan ijtimoiy tartib, talablar, normalar shaklida qayd etiladi. Etikaiy ong ijtimoiy va individual ongga bo‘linadi. SHu sababli etikaiy ong bir tomondan, jamiyat yoki guruhning talablari normativlarini ifodalasa, ikkinchi tomondan, shu talablarni anglashning individual, shaxsiy shakli va ularni amalda namoyon qilishdir.
Etikaiy ongda normalardan tashqari odatlar va an’analar muhim tajriba va aql chambarchas bog‘lanib ketadi, hissiy tajriba bo‘lmasa, aql bo‘m-bo‘sh, aql ishtirok etmagan hissiy tajriba esa ko‘rdir, deb ta’kidlagan edi I.Kant. V.K.Belinskiy ta’biri bilan aytganda: «Hissiyoti bo‘lmagan g‘oyalar sovuq, ular nur sochadi-yu, ammo isitmaydi, joziba va haroratdan mahrumdir».
Aql hissiyotlarga ma’lum ijtimoiy yo‘nalish beradi, emotsional hissiyotlar esa ongda o‘zining aqliy asosini topadi. Hissiyotlar ma’lum ma’noda, odamdagi asoslarni kuchaytiradi, chunki tahlil va baholash bilan bog‘liq bo‘lgan etikaiy jarayonga aqlning ta’sir etishi uchun ko‘p vaqt talab qilinadi, etikaiy hissiyot va tuyg‘ular esa juda tez ta’sirlanadi.
Kishi o‘z hayotini havf ostiga qo‘yib, boshqalarga yordam berayotganida, suvga cho‘kayotgan odamni qutqarayotganida, yonayotgan uydan bolani olib chiqish paytida ijtimoiy muammolar haqida o‘ylamaydi, mulohaza qilib o‘tirmaydi, biror bir manfaatni ko‘zlamaydi. Bunday sharoitda odam tezlik bilan hissiyot va tuyg‘ular ta’sirida harakat qiladi. Uning psixikasida to‘plangan tajriba avtomatik tarzda aktivlashadi, kishini faoliyatga undaydigan kuch sifatida namoyon bo‘ladi. Inson hayotida tuyg‘u va hissiyotlarning ahamiyati katta. Biz boshimizdan kechirgan, his qilgan hamma narsa qalbimizda iz qoldiradi, xotiramizdan sira chiqmaydi. Ma’lum bir ruhiy ko‘tarinkilik, his-tuyg‘ularsiz faoliyat, ijod, qahramonona ishlarning bo‘lishi mumkin emas. Gegel aytganidek, olamda biror bir ulug‘vorlik ehtirossiz voqe bo‘lgan emas. Insoniy his-tuyg‘ularsiz haqiqatni ochish ham mumkin emas. Demak, tuyg‘ularsiz haqiqiy etikaiy ulug‘vorlik ham yo‘q va bo‘lmaydi ham.
Ammo his-tuyg‘ular ma’lum darajada xatti-harakatning ahamiyatini belgilagani bilan, hamisha ham xulqning doimiy sababchisi bo‘la olmaydi. Garchi kishi ijtimoiy hayotdagi qator hodisalarning bevosita ta’siridan to‘g‘ri xatti-harakat qilishga, masalan, ijtimoiy manfaatlarni shaxsiy manfaatlardan yuqori qo‘yishga tayyor turishga olib kelishi mumkin, albatta, lekin u butun sharoitni tahlil qilib ko‘rmagan bo‘lsa, unda qat’iy maslak, ishonch, e’tiqod bo‘lmasa, uning bu xatti-harakati tasodifiy jo‘shqinlik demasdan bo‘lmaydi. SHu sababli etikaiy ongning markaziy elementi kishida ma’lum hayot sharoitlari va tarbiya ta’sirida qaror topgan qat’iy bilimlar va etikaiy tartib-qoidalarga nisbatan barqaror emotsional munosibatdan iborat bo‘lgan ishonchdir. Ishonch xulq normasini sub’ektiv qabul qilish bo‘lib, kishi namuna oladigan etika prinsiplarining to‘g‘riligi va adolatli ekanligiga amin bo‘lishligidir. Ammo etikaiy ishonchning o‘ziga xos tomonlari shu bilan cheklanmaydi, chunki bu tomon faqatgina etikaiy zaruriyatni aqlan tushunishginadir.
Etikaiy talablarning haqqoniyligini anglashgina emas, balki u yoki bu etikaiy dasturlarga rioya qilish uchun to‘la tayyorlikni bildiradi. SHuning uchun, etikaiy ishonch shaxsning aktiv faoliyat yo‘nalishini, uning maqsadga intilishi, xulqning yashirin motivlari sistemasini hamda uning umumiy nuqtai nazarini, hayot pozitsiyasini, yashash ma’nosini belgilaydi. Etikaiy ishonch o‘zida ratsional va emotsional tomonlarni ifodalab, turg‘unlik beradi, shaxsning etikaan «zanglamasligiga» kafolat yaratadi, kishi har qanday qiyin sharoitlarda ham o‘z prinsiplaridan qaytmasligini anglatadi.
Etikaiy ongning o‘ziga xos va ayni paytda eng muhim elementi shaxsning etikaiy sifatlaridir. Kishilarning etikaiy sifatlari ya’ni fazilatlari ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy sabablar bilan izohlanadi. Har bir davrda asosiy etikaiy sifatlar hukmron ideoligiyaning, mafkuraning umumiy yo‘nalishi bilan belgilanadi. Biroq etika ideologiyadan, mafkuradan o‘zining umuminsoniy, milliy xususiyatlari bilan ajralib turadi. Etikaiy sifatlar ijobiy va salbiy bo‘ladi. Ijobiy etikaiy sifatlarga, biz buni fazilatlar deb ham yuritamiz, masalan, mehnatsevarlik, kamtarlik, hushmuomalalik, ezgulik, samimiyat, insof, andisha, hayo singarilar kiradi. Bu bizning etikaiy qadriyatlarimizdir. Salbiy sifatlarga, buni illatlar deyishimiz ham mumkin, masalan, xoinlik, poraxo‘rlik, ikkiyuzlamachilik, laganbar-dorlik, hasad, dag‘allik, irodasizlik, munofiqlik, shaxsiyatparaslik, xudbinlik, mansabparaslik kabilar kiradi.
Etikaiy sifatlar haqidagi tushunchalar boshqa jamiyat hodisalari kabi tarix davomida o‘zgarib, rivojlanib, sayqallanib boradi. Masalan, ijtimoiy hayotning hamma sohalariga din, cherkov hukmronlik qilgan o‘rta asrlarda – e’tiqod, umid va muhabbat, ya’ni xudoga e’tiqod, uning shafqatiga umid va unga muhabbat asosiy fazilatlar, deb hisoblangan.
Hozir ona-yurtimiz mustaqillik va demokratik yo‘ldan borib, bozor iqtisodiy sharoitida hayot kechirar ekan, ayniqsa, vatanparvarlik, milliy g‘urur fazilatlarini tadbirkorlik, o‘zaro manfaatdorlik, hamkorlik, sabr-toqat, osoyishtalik, qanoatlilik fazilatlari bilan uyg‘unlashtirib borishni taqoza etmoqda. Murakkab iqtisodiy sharoit chigalliklarini echishda etikaiy barkamollik, milliy urf-odatlarimizdan ma’naviy yuksaklik, madaniy-ma’rifiy merosimiz, ta’sir etmasdan qolmaydi, albatta.
Prezidentimiz I.Karimov O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1-majlisidagi ma’ruzasida ta’kidlaganidek, «Ma’naviyat tarbiyaning eng ta’sirchan quroli ekan, undan oqilona foydalanish bolalarimizni vatanparvarlik, rostgo‘ylik, haqsevarlikka o‘rgatish kerak bo‘ladi. Aslini olganda, etika-ma’naviyatning o‘zagi. Inson etikai shunchaki, salom-alik, xush muomiladangina iborat emas. Etika - bu avvalo insof-adolat tuyg‘usi, imon, halollik degani».
Qadimgi ajdodlarimiz komil inson haqida butun bir etikaiy talablar majmuasini, zamonaviy tilda aytganda, sharqona etika kodeksini ishlab chiqqanlar. Kishi qalbida haromdan hazar, nopoklikni, adolatsizlikka nisbatan murosasiz isyoni bo‘lishi kerak.
SHunday odamgina lafzini saqlaydi, birovning haqqiga hiyonat qilmaydi, sadoqatli bo‘ladi, Vatan, xalq uchun jonini fido etishga ham o‘zini ayamaydi. Buning aksi o‘laroq, yolg‘onchi, va’daboz kishida vatanparvarlik tuyg‘usi bo‘lmaydi. Manfaatparastlik yo‘lida qilgan har bir qing‘ir ish, u qanchalik balandparvoz ta’rif-tavsiflarga o‘ralmasin, fatvolar to‘qib chiqarilmasin, baribir Vatanga hiyonatdir.
2-savol. Etika mazmuni aqliy va hissiy momentlardan, ya’ni etikaiy ongdangina iborat emas. Etikaiy ong kishilarning xatti-harakatlarida, ularning amaliy hayotida namoyon bo‘ladi. SHu sababli etikaning ikkinchi elementi - etikaiy amaliyotdir. Etikaiy amaliyot - etikaiy ong hodisalari, ya’ni motivlar, niyatlar, dunyoqarash, etikaiy qadr-qimmat ideallar va h.k.larda namoyon bo‘ladigan xulqni, son-sanoqsiz xatti-harakatlar, aloqa munosibatlarni etikaiy maqsadlarga ongli bo‘ysundirishdir; kishining ijtimoiy hayoti turli tomonlariga: mehnatga, jamoaga, oilaga, qarindoshlarga, do‘st-birodarlarga munosabati, fan, san’at, madaniyat sohasidagi faoliyati, shuningdek, kishining o‘zi guvoh bo‘lgan yoki qatnashayotgan kundalik hayot voqealariga munosabati va boshqalardir. Boshqacha aytganda, etikaiy praktika amalda namoyon bo‘ladigan etikadir. Unda shaxsning jamiyatga munosabatigina emas, balki jamiyatning shaxsga, shuningdek, shaxsning tabiatga va o‘z-o‘ziga munosabati ham o‘z ifodasini topadi.
Etikalilik, xulq-etikaiy praktikaga qaraganda torroq tushuncha. Xulq kishining ongi va irodasi bilan belgilanadigan etikaiy xatti-harakatlarning yig‘indisi, sistemasidir. Kishilarning etikaiy xulqi etikaiy boyliklarning shakllantirish, jamiyatning etikaiy muhitini yaratishda katta rol o‘ynaydi. Xulqqa xos xususiyat, uning birligi elementi xatti-harakatdir. Xatti-harakat, motiv kishining ijobiy yoki salbiy xislatlari namoyon bo‘ladigan faoliyatdir. Boshqacha qilib aytganda, xatti-harakat kishining ongli yo‘naltirgan va yakunlangan harakati yoki faoliyatidir.
Xatti-harakatlar to‘g‘ridan-to‘g‘ri faoliyat qilishdangina iborat emas. Ular faoliyatsizlik – sukut, passivlik, loqaydlik yoki bo‘lmasa imo-ishora, qiliq, ohang tarzidagi munosabatlarda ham ifodalanishi mumkin.
Xulqda, kishining hatti-harakatlarida, uning ichki, ma’naviy dunyosi, fikri, tuyg‘usi, intilishlari, adablari aks etadi. Jamiyatda mavjud bo‘lgan etikaiy talablarning ham ijobiy, ham salbiy ko‘rinishlari xatti-harakatda namoyon bo‘ladi. Etika, ong va faoliyat birligi tarzida, yaxshilik va yomonlikning, adolat yoki adolatsizlikning, vijdonlilik yoki vijdonsizlikni namoyon etadigan oxirgi hujayra – bu xatti-harakatdir. SHu sababli xulq va xatti-harakatlarga qarab biz o‘z mulohazalarimizni bildira olamiz. Ma’lumki, bir harakatning o‘zi ham yomonlik tariqasida baholanishi mumkin. Albatta bunday holda ikkala baho ham to‘g‘ri bo‘lavermaydi. Etikaiy baholash noto‘g‘ri sub’ektiv bo‘lmasligi uchun muayyan jamiyatda faqat birdan-bir mumkin bo‘lgan etikaiy munosabatlarning ob’ektiv mezoniga, umuminsoniy xarakteriga tayanmoq kerak.
U yoki bu faoliyatni etikaiy baholashda kishining o‘z harakatlariga sub’ektiv munosabatini ifodalaydigan etikaiy motiv muhim rol o‘ynaydi. Xulqning motivlari ijobiy yoki salbiy bo‘lishi mumkin. Biz tarkibida egoistik motivlar bo‘lgan har qanday xatti-harakatlarni, garchi u ob’ektiv jihatdan ijobiy natijalar bergan bo‘lsa-da, qoralaymiz. Biror-bir harakat yuksak, etikaiy maqsadlar va har qanday egoistik mo‘ljallar «men bundan nima naf ko‘raman?»dan xoli amalga oshirilsa, bu harakat etikaiy bo‘lish bilan birga go‘zal hamdir.
Aytaylik, kishi balkonda o‘sayotgan gullarga suv quydi. Bu harakat etikaiy ham emas, etikasizlik hm emas. Mabodo bu kishi bemor yotgan, gullari qarovsiz qolgan qo‘shnisining gullarini sug‘orsa, tamoman boshqa gap. Xatti-harakatlar boshqa kishining, jamiyatning, guruhning manfaatlari bilan dahldor bo‘lgan chog‘da etikaan baholanadi. Kishilarning xatti-harakatlari o‘z-o‘zidan emas, balki ijtimoiy hayotning bir bo‘lagi bo‘lgani uchun yaxshilik yoki yomonlik deb baholanadi, qadrlanadi. Sirtdan qaraganda to‘g‘ri ish qiladigan bo‘lib ko‘rinsada, ammo bu o‘zining shuhrati, obro‘si, foydasini ko‘zlab qilinayotgan xatti-harakatlarni etikaiy deb bo‘lmaydi. Xatti-harakatlarning etikaiylik darajasi onglilik, samimiylik, beg‘arazlik, ixtiyoriylik, erkin tanlashi bilan etikaiy qiymatga egadir.
SHaxsning xulqida uning o‘z-o‘zini anglashi, mavjud ijtimoiy muhitining etikaiy talablari haqida tasavvurga ega bo‘lishi ham muhimdir. Biroq xulq normalari haqidagi tasavvurlar, bilimlar bilangina kishilar xush etikali bo‘lib qolavermaydi. Etika kodeksini yodlash bilan ish bitmaydi, balki shu xulq qoidalarini chinligiga, zarurligiga chuqur ishonch bo‘lish kerakki, ular kishilarning faoliyatida, xatti-harakatida o‘zining amaliy ifodasini topmog‘i lozim. Xatto «Kishi biron yaxshi etikaiy xatti-harakatni qilish bilan, - deya to‘g‘ri ta’kidlagan edi Gegel, - u xali fazilatli xulq vositasi uning xarakteridagi doimiy belgiga aylangan chog‘dagina fazilatli bo‘la oladi». Etikaiy xulqning haqiqiy asosi bilimlar bilan kishi ma’naviy ishonchining qo‘shilib ketishida va ularning xatti-harakatlarida amalga oshuvidadir.
SHunday qilib, har qanday hatti-harakat xulq va faoliyat etikaiy bo‘lavermaydi. Etikaiy praktika deganimizda shaxsning boshqa kishilarga muayyan munosabati ifoda qilinadigan xatti-harakatlar va xulq ko‘zda tutiladi. Bunda albatta shaxsda ijtimoiy va shaxsiy manfaatlar uyg‘unligi, jamiyatga ongli munosabatda bo‘lishi, xulqida etikaiy motiv va nihoyat etikaiy xatti-harakatning zaminida ma’lum darajada erkinlik, tanlash erkinligi bo‘lishi lozim. Qisqasi etikaiy praktika onglilik, ijtimoiylik va fuqorolikning eng oliy ifoda mezonidir. Bu talablar bo‘lmasa, umuman, etikaiy praktikaning bo‘lishi mumkin emas. «Bozor iqtisodiyotiga o‘tish bosqichida o‘g‘rilik, poraxo‘rlik, muttahamlik va boshqa g‘ayri etikaiy kirdikorlar bilan bog‘liq bo‘lgan turli muammolar kelib chiqishi mumkinligi ravshan, - deydi Prezidentimiz I.Karimov, - ammo bu illatlar ayrim kishilarning ma’naviy qashshoqligi, jamiyat taqdiriga befarqligi oqibatidir»1.
3-savol. Etikaning uchinchi elementi etikaiy munosabatlardir. Etikaiy munosabatlar – ijtimoiy munosabatlarning tarkibiy qismidir. Ijtimoiy munosabatlarning har qanday turi singari, etikaiy munosabatlar ham etika normalari bilan cheklangan, shaxs va jamiyat, kishilar o‘rtasida aloqalar, bog‘lanishlar tarzida mavjud. SHunga asosan etikaiy munosabatlar o‘z shakliga ko‘ra epizodlik ya’ni halokatga uchragan odamga yordam ko‘rsatish va turg‘un. YA’ni oila, jamoa, guruh, mahalladagi odamlar bilan bo‘lgan munosabatlar turlariga bo‘linadi. Ammo etikaiy munosabatlar – bu faqat aloqalar, bog‘lanishlardangina iborat bo‘lmay, ayni paytda normativ asosga ega bo‘lgan o‘zaro ta’sirni kishining boshqa odamlar jamiyat oldidagi burchlarini ham o‘z ichiga oladi.
Etikaiy munosabatlar, odatda dastlab stixiyali, moddiy munosabatlar asosida shakllana boshlaydi. So‘ngra esa taraqqiy qilib moddiy munosabatlardan ajralib chiqib, mafkuraviy, g‘oyaviy, ma’naviy munosabatlar sohasiga kira boradi. Etikaiy munosabatlar kishilarning irodasidan tashqari paydo bo‘lib, etika normalarining qaror topishi, jamoatchilik tomonidan qo‘llab-quvvatlanishi jarayonida, albatta, kishilar ongi orqali o‘tadi.
Etikaiy munosabatlar o‘z mazmuniga ko‘ra yo boshqaruv yoki qo‘riqlov vazifalarini bajaradi. Boshqaruvchi etikaiy munosabatlar muayyan jamiyatning normalari talablariga muvofiq xolda yuzaga keladi, ular majburiylik vazifalariga dahldordir. Qo‘riqlovchi etikaiy munosabatlar shu normalarni buzuvchi xatti-harakatlar yuz berishi natijasida paydo bo‘ladi va ijtimoiy ta’sir choralarini amalga oshirishni ta’minlaydi. Demak, etikaiy munosabatlarning sub’ekti yakka shaxslar, guruhlar, oila, jamoa, davlatlar va h.k. bo‘lsin baribir hamisha odamlardir. Faqat odamlar va ijtimoiy xodisalargina emas, balki tabiat va uning elementlari ham etikaiy munosabatalarning ob’ekti bo‘la oladi.
Etikaiy munosabatlar ijtimoiy munosabatlarning boshqa turlaridan farq qilib, hamisha va hamma joyda etikaiy normalar, baholar ta’siri ko‘rinib turadi. Ular etikaiy faoliyat, xulq, xatti-harakatlarda, atrofdagi ijtimoiy borliqqa nisbatan etikaiy ta’sir ko‘rsatishda yuzaga keladi. Etikaiy munosabatlarning baholovchi xarakteri bilan birga imperativ, yo‘naltiruvchi xarakterga egaligi ham uning o‘ziga xos belgisidir. Etikaiy munosabatlarda, kishilarning faoliyati va xatti-harakatlari, ular munosabatlarining etikaiy-amaliy ifodasi sifatida asosiy o‘rin tutadi. Ayni paytda etikaiy munosabatlar boshqa hamma ijtimoiy munosabatlar singari mustaqildir.
SHunday qilib, etikaiy munosabatlar etikaning elementi sifatida, birligidan, ijtimoiy munosabatlarning boshqa turlari bilan, ikkinchidan, murakkab bir butunlikni tashkil etadigan etikaning boshqa elementlari bilan chambarchas bog‘liq. Etikaning elementlari etikaiy ong, etikaiy amaliyot, etikaiy munosabatlar etikaning elementlari sifatida bir-birlari bilan chirmashib ketadi.
Masalan, etikaiy faoliyat va etikaiy munosabatlar ijtimoiy hayotning o‘ziga xos tomonlari sifatida etikaiy ong predmetidir. Etikaiy faoliyat kishi tomonidan o‘z amaliyotining mazmuni va maqsadlarini etikaiy jihatdan anglashi tufayli yuzaga keladi. Etikaiy munosabatlarning kishilar faoliyatini tartibga soluvchi boshqa usullardan ajratib olish qiyin bo‘lganda etikaiy ong, yordamga keladi. O‘z navbatida, etikaiy munosabatlar xulqning etikaiy shart-sharoit va ahamiyati nuqtai nazaridan olingan ko‘rinishlaridan boshqa narsa emas. Etikaiy munosabatlar normalarni qo‘llab-quvvatlash va ijro etishning ijtimoiy mexanizmi bo‘lib, hamisha normalarni shakllantirish, rivojlantirish, saqlash va keyingi avlodlarga qoldirish jarayonlarini mujassamlantirgan bo‘ladi. Etikaiy normalarning ta’sirchanligi hayotbahsh kuchining mezoni etikaiy munosabatlarning ifodasidir. Etika normalari o‘z natijalari – etikaiy munosabatlardan tashqari mavjud bo‘lganda edi, o‘zining ijtimoiy ahamiyatini yo‘qotgan bo‘lar edi. SHunday qilib, etikaning barcha tomonlari bir-birini taqozo etadi va bir-birini belgilaydi.
Ammo etikaning barcha tomonlarining mustahkam bo‘lishi ulardagi farqlarni, ziddiyatlarni ham yo‘qqa chiqarmaydi. Masalan, etikaiy munosabatlar etikaiy ong sinovdan o‘tkazgan xulq normalarining amaliyotda mustahkamlanish shakli bo‘lib, mavjud xodisa tariqasida namoyon bo‘ladi. Etikaiy ong esa faqatgina mavjud etikaiy xodisalarnigina emas, balki lozim bo‘lgan xodisalarni ham ifodalaydi. Xuddi shu sababli ular bir-biriga mos kelmaydi, ziddiyatli bo‘ladi. Ziddiyatlar ayniqsa, ijtimoiy bir tuzumdan ikkinchisiga o‘tish davrida keskin tus olishi mumkin.
Etikaning tarkibiy qismlarini tahlil qilgandan so‘ng unga quyidagicha ta’rif berish mumkin. Etika - tarixan vujudga kelgan ijtimoiy xodisa bo‘lib, kishi xulqini boshqarish vazifasini bajaradigan, bir-birini taqozo etadigan va belgilaydigan elementlar etikaiy ong, etikaiy amaliyot va etikaiy munosabatlarning murakkab birligidir.
Etika «o‘z-o‘zidan» harakatlantiruvchi sistema sifatida ma’naviy hayotning eng muhim va keng sohasi bo‘lib funksional xususiyatga ega. Uning barcha funksiyalaridagi murakkab dialektik o‘zaro aloqadorlikka qarab spetsifikasi va rolini belgilash mumkin. Odatda etikaning umumiy funksiyalari: tartibga solish (boshqaruv), stimul, baholash, bilish, tarbiyalash funksiyalaridan iborat deb hisoblanadi. Amalda esa ularning barchasi bir-birini to‘ldiradi va bir-biriga o‘tib turadi, biri boshqasi orqali (ketma-ket) amalga oshadi. Bir-birini to‘ldirishda ular etikaning shaxsiy va ijtimoiy manfaatlarning moslashuvini va shu asosda jamiyat mavjudligi va rivojlanishining zaruriy sharti bo‘lgan tartib-intizomga rioya qilishni ifodalaydi.
Etikaning boshqaruv (tartibga solish) funksiyasi boshqa funksiyalarni eng ko‘p darajada o‘ziga bo‘ysindiriladi va uyushtiradi. Etika faqatgina yo‘l-yo‘riq, ko‘rsatma berib qolmaydi, u shaxsni ma’lum xatti-harakatga yo‘llaydi, ayrim xollarda qat’iy buyruq beradi. SHu bilan etikani tartibga solish funksiyasi etikaiy talablar, xulq namunalarini ishlab chiqadi.
Etikani baholov funksiyasi birinchi navbatda ana shu taqdim etilgan namunalarga kishilarni rioya qilishi uchun ijtimoiy nazoratga yo‘naltiriladi. Baholash – etikani ta’sirchanligini oshiradi. Baholash bo‘lmasa, etikali bo‘lishi mumkin emas. Agar estetik, baholovning asosi go‘zallik va hunuklik, huquqiy baholovning asosi - qonuniy yoki qonunsizlik bo‘lsa, etikaiy baholov esa hamisha yaxshilik va yomonlik negizida ko‘riladi.
Etikaning bilish funksiyasi ijtimoiy munosabatlarni qonuniy tarzda emas, balki jamiyatni talablari va shaxs manfaatlari aks etgan muayyan maqsadlar, g‘oyalar, tasavvurlar, orzu-umidlar, xohishlar tarzida aks ettiradi. Etikaiy ong kishining xulqini norma va prinsiplar orqali kishini o‘zaro va ularni jamiyatga bo‘lgan munosabatini tartibga soladi. Etikada voqelik naqadar to‘g‘ri aks etsa, etikaiy faktorlar shu qadar safarbarlik ahamiyatiga ega bo‘ladi, ommaviy qahramonlik, jangovar va mehnat zafarlarini manbai bilan etikaiy tashabbusi paydo qiladi.
Jamiyat hayotida etikani tutgan o‘rni nihoyatda katta. Biroq u o‘z-o‘zidan ro‘yobga chiqmaydi. Har qanday g‘oyalarni voqe qilmoq uchun odamlarni amaliy kuch-qudratlari zarur, etikaiy tarbiya zarur. Tarbiya kishining ma’naviy qiyofasi, uning irodasi o‘z-o‘zini anglashi, xarakterini shakllanishida katta ahamiyatga ega, kishining ma’naviy qiyofasida etikaiy fazilatlarni yaratadi, ideal motivlar tariqasida ma’naviy rag‘bat namoyon bo‘ladi.
YUqorida ko‘rsatib o‘tilgan etika funksiyalari turli tarixiy sharoitda turlicha amalga oshirilgan. Ammo etikaning asosiy, ya’ni shaxsning jamiyatga intilishi, munosabati, xizmati barcha bosqichlarda ham o‘zgarmay saqlanib qolaveradi. SHuningdek, etikaning jamiyat manfaatlariga, ijtimoiy taraqqiyot ehtiyojlariga xizmat qilishdan iborat vazifasi ham, aslida o‘zgarmaydi. SHu sababli etikaning ahamiyatiga qarab, jamiyat taraqqiyotiga ta’sir etishiga qarab soxtaligi yoki haqiqiyligi to‘g‘risida hukm yuritamiz.
Etika ijtimoiy taraqqiyot mahsuli bo‘lganligi sababli uzluksiz o‘zgarib boradigan ijtimoiy hayot ta’sir ko‘rsatib turadi, ya’ni tarixiy xarakterga ega. Hozir davr o‘zgardi, shu sababli etikaiy hodisalarga bo‘lgan munosabatimiz ham o‘zgardi. Etikadagi umuminsoniy momentlar, umuminsoniy etika normalariga, milliy xususiyatlariga, tadbirkorlik, ishbilarmonlik ko‘rinishlariga katta e’tibor berilmoqda. Hamma tomonlarda, shuningdek, hozirgi bozor iqtisodiga asoslangan mustaqillik va demokratik taraqqiyot yo‘lidan borayotgan O‘zbekiston jumhuriyatimizda ham qo‘rqoqlik, o‘g‘rilik, kattalarga hurmatsizlikni qoralaganlar va qoralaydilar; jismonan ojizlarga, ayollarga qo‘l ko‘targanlarga, ota-onalik yoki farzandlik burchini unutganlarga va shu kabi boshqa qiliqlarga nafrat bilan qaraganlar va qaraydilar deb o‘ylayman. Hamma davrlarda jasurlik, kamtarlik, himmat, mehmondo‘stlik, bemorlarga yordam ko‘rsatish va boshqalar qanday qilib bo‘lsa ham rag‘batlantirilgan va hozir ham shunday bo‘lishi lozimdir. Bu normalar oddiy va umuminsoniy xarakterga ega, hammaning manfaatini ifodalaydi. «Oddiy», «elementar» so‘zlari ularning ahamiyatini emas, faqat ularning o‘z-o‘zidan oydinligini bildiradi, xolos. Etikadagi umuminsoniylik, milliylik qotib qolgan qoidalarning oddiy yig‘indisi emas, uning mazmuni hamisha ma’lum ijtimoiy guruhlarning talablari, konkret davrning chegaralari bilan mustahkamlanib, rivojlanib boradi.
SHunday qilib, etika umuminsoniylik va milliylik elementlari bo‘lgan ijtimoiy xodisa hamda ma’naviyat sohasidir; etika real hayotni aks ettirish, baholash shakli va uni o‘zgartirish vositasidir. U «o‘z-o‘zidan» harakatlanadigan, o‘ziga xos qonunlar bilan taraqqiy etadigan nisbatan avtonom sistema bo‘lib, ayni paytda etika doirasiga kirmaydigan faktorlarning ta’siriga uchraydi. Nihoyat etika ham, odamlar o‘rtasidagi o‘ziga xos aloqa vositasi, ham emotsional hissiy kuch-g‘ayratning qudratli manbai, ham shaxsni tarbiyalashning doimiy vositasidir.
4-savol. Etika va siyosat. Kishilardagi etikaiy sifatlarning shakllanishiga jamiyatning iqtisodiy strukturasini tashkil etadigan ijtimoiy munosabatlarinigina emas, balki unga, xususan, siyosat ta’sir ko‘rsatadi. Siyosat millatlar, xalqlar, davlatlar o‘rtasidagi munosabatlarni aks ettiradi, kishilarning barcha mafkuraviy tasavvur va tushunchalariga singib boradi, kishilar amal qiladigan etika prinsiplari, norma va qoidalarining ta’sirchanligini orttiradi. G.V.Plexanov yozgan edi: «Etikaning tartib-qoidalari, barcha ijtimoiy munosabatlarning majmui ma’nosida siyosiy mavjudot bo‘lganligi uchun ham etikali mavjudotdir».
Siyosat etikaiy qarashlarning mazmunini ma’lum bir shakllarga soladi, ularning rivojlanishiga yo‘nalish beradi. Etika esa ijtimoiy ongning shakllaridan biri sifatida ijtimoiy taraqqiyotni tezlashtiruvchi yoki unga to‘siq bo‘luvchi o‘ziga xos kuch sifatida siyosatga ta’sir ko‘rsatadi. O‘z davrida hokimiyatga intilgan guruhlar ham siyosiy kurashda qulay kelganda etikaiy omildan yaxshigina foydalanadi.
Vaholanki, ijtimoiy ongning bu ikki formasi jamiyat hayotida, taraqqiyotida muhim ahamiyat kasb etadi. Siyosat va etika o‘zaro bog‘langan va o‘zaro bir-biriga ta’sir ko‘rsatadi, etika jamiyatning siyosiy ideallarini mustahkamlash uchun etikaiy qo‘llab-quvvatlashga muhtojdir.
«Xalqimizning asrlar osha yashab kelgan an’analari, urf-odatlari, tili va ruhi negizida qurilgan milliy mustaqillik mafkurasi umuminsoniy qadriyatlar bilan mahkam uyg‘unlashgan xolda kelajakda ishonch tuyg‘usini odamlar qalbi va ongiga etkazish, ularni Vatanga muhabbat, insonparvarlik ruhida tarbiyalashi, halollikni, mardlik va sabr-bardoshlikni, adolat tuyg‘usini, bilim va ma’rifatga intilishni tarbiyalash yo‘lida xizmat qilmog‘i lozim»2, - deb ta’kidlaydi Prezidentimiz I.Karimov. Demak, bozor iqtisodiga asoslangan siyosatimiz ham umuminsoniy etikaiy qadriyatlarga muhtojdir.

Yüklə 65,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə