Etikaning tarkibiy tuzilishi etika va



Yüklə 65,27 Kb.
səhifə4/8
tarix22.03.2024
ölçüsü65,27 Kb.
#183647
1   2   3   4   5   6   7   8
ETIKANING TARKIBIY TUZILISHI

Etika va din. Etika va din bir-birlari bilan chambarchas bog‘liq. O‘tmish davrida ham, hozirgi davrda ham etika va din kishilarning tarbiyasiga doimo ta’sir etib kelgan. To‘g‘ri din etikadan ancha keyin paydo bo‘lgan. Din bo‘lmagan davrlarda ham odoblar va odob qoidalari mavjud edi. Diniy aqidalar, qarashlar ham ma’lum bir insoniyat taraqqiyoti tarixining mahsuli. Din qaror topgandan so‘ng ham birdaniga etikaiy qoidalarni o‘ziga singdirib olmadi. Qadimgi misrliklar, yunonlarning dini dastlab etika masalalari bilan qiziqmagan. Faqat keyinchalik din jamiyatda mustahkamlashib borishi bilan diniy qarashlarni o‘ziga asta-sekin singdirib ola boshlaydi. Islom etikasida ham kishilardan etikali bo‘lishini talab etishi bilan birga, gunoh sodir etmaslikni, gunoh qilishdan qo‘rqishni ham targ‘ib etadi.
So‘fiylik ham sharq xalqlarining ma’naviy dunyosini, etikaiy qarashlarining shakllanishida o‘ziga xos rol o‘ynaydi. So‘fizmning, masalan, naqshbandiylik oqimi har bir kishining o‘z mehnati bilan tirikchilik o‘tkazishini halol yashashini targ‘ib qilgan.
So‘fizm etika normalarini targ‘ib qilish bilan birga, hurfikrlikning rivojlanishida ham ma’lum rol o‘ynagan. Masalan, naqshbandiya (asoschisi Bahovuddin Naqshbandiy) oqimi tarki dunyo qilishga, dunyo ishlaridan voz kechishga qarshi chiqadi, real hayot noz-ne’matlaridan foydalanish to‘g‘risida maslahatlar beradi, mehnat qilishga, bilim olishga chaqiradi. O‘z mehnati bilan topilgan ne’matlarni halol deyish, borini baholi qudrat barcha bilan baham ko‘rish, faqirona umr kechirish, hammaga yaxshilikni ravo ko‘rish bu oqimning asosiy g‘oyalaridir. Abdurahmon Jomiy va Alisher Navoiyning falsafiy-etikaiy qarashlarida bu oqimning sezilarli ta’siri bor. Albatta, so‘fizmning barcha oqimlari etikani ilohiylashtiradi, diniy ruh beradi.
«Islom dini, - deydi Prezidentimiz I.Karimov, - bu ota-bobolarimiz dini, u biz uchun ham iymon, ham etika, ham diyonat, ham ma’rifat ekanligini unutmaylik. U quruq aqidalar yig‘indisi emas. Ana shuni ma’rifatli kishilarimiz jon-jon deb qabul qiladilar. Mehr-oqibatli, nomusli, oriyatli bo‘lishga, izzat-ehtirom tushunchalariga rioya etishga harakat qiladilar». SHu bilan din ham, etika ham umuminsoniy qadriyatlarni, ma’naviyatimizni, madaniyatimizni rivojiga hissa qo‘shadi.

Yüklə 65,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə