Etikaning tarkibiy tuzilishi etika va



Yüklə 65,27 Kb.
səhifə3/8
tarix22.03.2024
ölçüsü65,27 Kb.
#183647
1   2   3   4   5   6   7   8
ETIKANING TARKIBIY TUZILISHI

Etika va san’at. Ijtimoiy ongning barcha sohasi ichida san’at etikaqa eng yaqin turadi. V.G.Belinskiy san’at etikaning singlisi deb, L.N.Tolstoy esa etika va estetikani «bir shaynning ikki elkasi» deb tasodifan aytgan emaslar. Ajloqda ham, san’atda ham markaziy in’ikos ob’ekti – insondir. Ijtimoiy ong formasi sifatida ularning har ikkisi insonni uning ijtimoiy munosabatlari bilan birga, uning borligi va faoliyatini keng qamrab aks ettiradi. Etika va san’atning o‘zaro bog‘liqligi yaxshilik va go‘zallik g‘oyalarining birligi bilan belgilanadi: kishilarning ijtimoiy-iqtisodiy hayot sharoitlariga muvofiq etikaiy va estetik ideal shakllanadi. Ijtimoiy turmush va inson faoliyati ana shu ideal nuqtai nazaridan baholanadi. Badiiy ijod va etika tutash idishlarga o‘xshaydi, yomonlik va adolatsizlik hech qachon san’at asarini yaratgan emas.
Ammo etika va san’atning birligi bilan birga ularning bir-biridan farq qiladigan tomonlari ham bor. San’at hayotni butun to‘laligicha aks ettirsa, etika insoniy munosabatlarning faqat bir tomoni – etikaiy munosabatlarnigina ifodalaydi. An’at qamrab oladigan hayot xodisalari doirasi etikaqa qiyos qilib bo‘lmas darajada kengdir. Unki tabiat xodisalari ham, ijtimoiy xodisalar ham go‘zal bo‘lishi mumkin, yaxshilik esa faqat ijtimoiy munosabatlargagina taalluqlidir.
San’at hayotni badiiy shaklda, xissiy-konkret obrazlar ko‘rinishida aks ettiradi, etika esa etikaiy tushunchalar, normalar, qoidalar shaklida aks ettiradi. Agar etika insonlar etikaiy sifatlarini shakllantirsa, san’at yaxshilik va yomonlikni qarama-qarshi qo‘yib, insoniy fazilatlarni badiiy ifoda qilib kishilar qishilarning umumiy etikaiy sog‘lamlashuviga, ularda o‘z burchini va hayotning ma’nosini tushunishda, hayotga universal ijodiy munosabatda bo‘lish malakalarini rivojlantirishga yordam beradi.
San’at bir paytni o‘zida ham etikaiy ham estetik, ham badiiy va ham mafkuraviy tarbiya vositasi bo‘lib xizmat qiladi. Aksariyat san’atni odob sababini kishi o‘zining etikaiy praktikasidan ko‘ra ham ishonchliroq qabul qiladi.
SHu bilan birga, etika va san’atni o‘zaro munosabati ob’ekt va sub’ektni tasvir predmeti va san’atkor pozitsiyasini murakkab hamda o‘ziga xos sintezidan iborat. San’at va etika, fikr va his, iroda va tuyg‘u, haqiqat va go‘zallik hamisha birgalikda kishiga go‘zallik va va etikaiylikni yagonaligini singdirib, oliy etikaiy boylik bo‘lgan yaxshilikka yo‘l ochib beradi.

Yüklə 65,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə