Etikaning tarkibiy tuzilishi etika va



Yüklə 65,27 Kb.
səhifə5/8
tarix22.03.2024
ölçüsü65,27 Kb.
#183647
1   2   3   4   5   6   7   8
ETIKANING TARKIBIY TUZILISHI

Fan va etika. Fan va etikaning o‘zaro ta’siri masalasi ko‘p asrlik tarixga ega. Bu haqda birinchi marta qadimgi Gretsiyada Sokrat donolik va fazilatni bir-biriga bog‘lab talqin qiladi: Bilim-yaxshilik manbai degan edi donishmand-inson qancha ko‘p bilsa, shuncha olijanob bo‘ladi. Platon esa ustozining bu fikrini rivojlantiradi. Ularning fikricha yaxshilik g‘oyasida me’er, go‘zallik va haqiqatdan iborat uch tushuncha jamlanmog‘i lozim. Arestotel etikaiy tayanchlari bo‘lmagan odam eng insofsiz va yovvoyi, o‘zining jinsiy va did mayllaridan eng tuban mavjudod bo‘lib qoladi, deydi. Keyingi davrda ko‘pgina olimlar fan va etika o‘rtasida hech qanday umumiylik yo‘q, deb isbotlashga urindilar. Bu masalaga ko‘pincha ikki nuqtai nazardan qarab kelingan. Birinchi, etikaga fan deb qarash to‘g‘rimi? Etikaiy norma va prinsipning ilmiy asoslanishi mumkinmi, ya’ni etikada ab’ektiv, haqiqiy biron narsa bormi? Ikkinchi, fan etikaiymi, ilmiy-ijod jarayoni etikaqa ta’sir ko‘rsata oladimi, ilmiy faoliyatxarakteri olimning etikaiy qiyofasiga ta’sir ko‘rsatadimi?
Ilmiy etika bu masalada fan va etikaning dialektik aloqadorligini e’tirof qiladi. Ilg‘or etikaiy normalar fandan, bilimlardan ajralgan holda inson hayotining maqsadi va ma’nosini anglab bo‘lmaydi, aks holda ular shaxs va jamiyat rivojlanishining haqiqiy manfaatlariga ham xizmat qila olmas edi. O‘z navbatida, fan ham faqat borliqdagi faktlarni izohlash va tahlil qilish, atrofdagi olam rivojlanishi qonunlarini ochish bilangina cheklanmaydi. Fan dunyoni tadqiq etib, haqiqatni qo‘lga kiritib, bu qonun va haqiqatlarga tayanib odamga ma’lum bir amaliy vazifalarni ifodalab berishi, o‘z tadqiqotlari uchun etikaiy javobgarlikni, mas’uliyatni xis etishi, maqsadlarni belgilashi va ularni amalga oshirish vositalarini ko‘rsatish lozim. Bilim bo‘lmasa chin fazilatlar bo‘lishi, aql bo‘lmasa vijdonning bo‘lishi mumkin emas. Fan etika uchun mutlaqo zarurdir. Etika sohasi aqlni, fanni, bilimni chetlashtirishga bo‘lgan har qanday urinishlar etikani inqorozga olib boradi, bunday holda etika o‘zining ijtimoiy ahamiyat va ta’sirchanligini yo‘qotadi. Darvoqe bilim bilan etika, fan bilan etika o‘rtasida dialektik ziddiyatlar, qarama-qarshiliklarga qaramay, bunday ziddiyatlarni hisobga olgan holda, ularning dialektik birligini, umumiyligini ham tan olmoq zarur. Aks holda etikaiy qadiriyatlar umuminsoniy qadiriyatlar deb qadrlanmas edi. Binobarin, zamondosh filosoflardan Arnoldev onaning muhabbatini, do‘stning sadoqatini, umuman insoniy muhabbatni olimning kashfiyotiga, kompozitor yaratgan kuyga, rassom yaratgan polotnoga qiyos qilishida ham katta ma’no bor.
Demak etika ham, fan ham ob’ektiv haqiqat mazmuniga ega. Bu mazmun etikaiy taraqqiyot qonunlarini naqadar chuqur aks ettirsa, shu qadar qimmatlidir. Jamiyat va ijtimoiy manfaatlar etikaning manbai bo‘lganligi sababli, u o‘zgarib turadigan jamiyat hayoti sharoitlarini aks ettiradi va nisbiydir. Nisbiyligi uning mazmuni haqiqat emas degan xulosaga olib kelmaydi. Sababi unda ob’ektiv haqiqat bo‘lgan bilim momenti bor.



Yüklə 65,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə