Etikaning tarkibiy tuzilishi etika va



Yüklə 65,27 Kb.
səhifə6/8
tarix22.03.2024
ölçüsü65,27 Kb.
#183647
1   2   3   4   5   6   7   8
ETIKANING TARKIBIY TUZILISHI

Tayanch tushunchalar

Etikaiy ong - etikaiy talablarni, normalarni qoidalarni, adolat haqidagi tasavvurlarni shakllantiradigan qarashlar, g‘oyalar, fikrlar, nazariyalardir. Etikaiy ongda voqelik qonunlar sifatida emas, balki insoniy xatti-harakatlarga qo‘yilgan ijtimoiy tartib, talablar, normalar shaklida qayd etiladi.


Etikaiy ishonch - o‘zida ratsional va emotsional tomonlarni ifodalab, xarakterga turg‘unlik beradi, shaxsning etikaan «zanglamasligiga» kafolat yaratadi, kishi har qanday qiyin sharoitlarda ham o‘z prinsiplaridan qaytmasligini anglatadi.
Etikaiy sifatlar - ijobiy va salbiy bo‘ladi. Ijobiy etikaiy sifatlarga, biz buni fazilatlar deb ham yuritamiz, masalan, mehnatsevarlik, kamtarlik, hushmuomalalik, ezgulik, samimiyat, insof, andisha, hayo singarilar kiradi. Bu bizning etikaiy qadriyatlarimizdir. Salbiy sifatlarga, buni illatlar deyishimiz ham mumkin, masalan, xoinlik, poraxo‘rlik, ikkiyuzlamachilik, laganbardorlik, hasad, dag‘allik, irodasizlik, munofiqlik, shaxsiyatparaslik, xudbinlik, mansabparaslik kabilar kiradi.
Etikaiy amaliyot – amalda namoyon bo‘ladigan etikadir. Unda shaxsning jamiyatga munosabatigina emas, balki jamiyatning shaxsga, shuningdek, tabiatga va o‘z-o‘ziga munosabati ham o‘z ifodasini topadi.
Xulq - kishining ongi va irodasi bilan belgilanadigan etikaiy xatti-harakatlarning yig‘indisi, sistemasidir.
Etikaiy munosabatlar – bu faqat aloqalar, bog‘lanishlardangina iborat bo‘lmay, ayni paytda normativ asosga ega bo‘lgan o‘zaro ta’sirni kishining boshqa odamlar, jamiyat oldidagi burchlarini ham o‘z ichiga oladi.
Boshqaruvchi etikaiy munosabatlar - muayyan jamiyatning normalari talablariga muvofiq xolda yuzaga keladi, ular majburiylik vazifalariga dahldordir.
Qo‘riqlovchi etikaiy munosabatlar - shu normalarni buzuvchi xatti-harakatlar yuz berishi natijasida paydo bo‘ladi va ijtimoiy ta’sir choralarini amalga oshirishni ta’minlaydi.
Etikaning umumiy funksiyalari: tartibga solish (boshqaruv), stimul, baholash, tarbiyalash funksiyalaridan iborat.

Yüklə 65,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə