Etnopedagogikada komil inson



Yüklə 34,42 Kb.
səhifə1/4
tarix28.11.2023
ölçüsü34,42 Kb.
#134796
  1   2   3   4
akmal akami kursdoshi




Reja:



  1. Xalq pedagogikasida insonning ulug`lanishi.

  2. Farzand tarbiyasining ijtimoiy ahamiyati haqidagi etnopedagogika fikrlari.

  3. Bola tarbiyasining vorisiyligi xususida.

  4. Ijobiy axloqiy sifatlarga erishish va salbiy axloqiy sifatlarni bartaraf etish usullarining kursatilishi.

1. Xalq pedagogikasida insonning ulug`lanishi
Vatan - bu faqat yer, suv, tog`lar, daryolar, tabiiy boyliklarda emas, balki u odamlar, ularning ma`naviy-axloqiy sifatlari, ijtimoiy munosabatlari hamdir. Atoqli shoir G`. G`ulom aytganidek: “Insonga hurmat bu – o`zni tanimak” dir. Shuning uchun ham xalq pedagogikasida inson olamdagi eng ulug` jonzod sifatida ulug`lanadi. Prezident I. Karimovning “O`zbekiston- buyuk kelajak sari” asarida yangilangan jamiyatning asosiy vazifalari jumlasiga” - Insonparvarlik g`oyalariga sodiqlik va g`oyalarning oliy maqsadi inson, uning hayoti va shaxsiy dahlsizligi...” kiritilganligi bejiz emas.
Xalq pedagogikasida azaldan insonni ulug`lash, uning qadr-qimmatini, xalq manfaatini yuqari qo`yish targ`ib etiladi. Jumladan xalq maqollarida olamda yashayotgan barcha kishilarga bu yorug` jahonda har bir inson mehmon ekanligi va buni yodda tutib, bir-birini qadrlash zarurligi uqtiriladi:
Bir uy to`la jonsan,
Bir biringga mehmonsan.
Etnopedagogikada inson shaxsining shakllanishi, tarbiyasi va rivojlanishi murakkab, uzluksiz jarayon ekanligi g`oyatda to`g`ri talqin etiladi.SHuning uchun uni qadrlash, insonni arzimas kamchiliklari uchun yerga urmaslik lozimligi targ`ib etiladi. Negaki, shaxsning shakllanishi jarayoni goyat murakkab kechadi va u mashaqqatli mehnat evazigagina yuz beradi. Jumladan:
Bir yigit qirq yilda voyaga yetar, yoki:

O`z qadrini bilmagan, kishi qadrini bilmas.


Qadrlasang, qadring oshar, qadrsizdan hamma qochar.
Insonni qadrlash masalasi xalq pedagogikasida bolaga nisbatan munosabatda ham ko`zga tashlanadi.SHuning uchun bolaning tarbiyasiga ona kornidan boshlab e`tibor berish darkorligi ta`kidlanadi. “Bola aziz, odobi undan aziz”, “Bolaginamning bolasi, qandak o`rikning donasi” va b.
Xalq pedagogikasida insonning ulug`lanishi ota-ona, oilaning boshqa a`zolari, er-xotin munosabatlari, do`st, qarindoshlarga bo`lgan munosabatlar misolida ko`rsatib o`tiladi. Yomon odamlarni qadrlash befoyda ekanligi ta`kidlanadi. Chunonchi, “Davlating-ota-onang”, “Boqmasang, moling ketar, xo`rlasang, xotining ketar”, “Bo`z yaktak qichitar, yaxshi xotin tinchitar”, “Yaxshi-qand yedirar, yomon-pand yedirar”, “It bilan tenglashma, kuchuk bilan o`ynashma”, “Yomon o`zini bilmas, o`zgani ko`zga ilmas”, “Dili qing`irning tili qing`ir” kabi maqollar shular jumlasidandir.
Dostonlarda tasvirlangan personajlararo konfliktlar ham inson qadr-qimmatini joyiga qo`ymaslik va boshqa salbiy axloqiy sifatlar zamirida tug`iladi. Jumladan, “Alpomish”, “Go`ro`g`li va Bozirgon”va boshqa dostonlarda aka-uka, do`stlararo munosabatlarda bir-birini qadrlamaslik oqibatida inson taqdiri va hayotini o`zgartirib yuborish darajasidagi voqealar sodir bo`ladi.



Yüklə 34,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə