Etnopedagogikada komil inson


Farzand tarbiyasining ijtimoiy ahamiyati haqidagi



Yüklə 34,42 Kb.
səhifə2/4
tarix28.11.2023
ölçüsü34,42 Kb.
#134796
1   2   3   4
akmal akami kursdoshi

2. Farzand tarbiyasining ijtimoiy ahamiyati haqidagi
etnopedagogika fikrlari
Farzand inson hayotining davomchisi, orzu-umidlarining ro`yobga chiqaruvchisidir. U faqat oila uchun emas, balki millat, elat, xalq, jamiyat uchun ham qadrlidir. Shuning uchun etnopedagogikada bola tarbiyasi faqat oilaningemas, balki jamiyatning ham vazifasi sifatidatalqin etiladi. Shuning uchun “Bir bolaga yetti maxalla ota-ona” ekanligi talqin etiladi.ayni paytda bola tarbiyasida jamiyatdagi muhitning ahamiyati aks etishi ota-onaning, qo`shnilarning qarindosh-urug`larning ahloqiy sifatlariga bog`lab tushuntiriladi. Jumladan, “Onasini ko`rib, qizini ol”, “Odobli bola elga manzur”, “Yoshdan xato, kattadan uzr”, “Kattaga hurmatda bo`l, kichikka izzatda bo`l!”singari maqollar shunday sifatga ega.
Yomon axloqiy sifatlar bola tarbiyasining oilada noto`g`ri yo`lga qo`yilishi tufayli yuzaga kelishi “Erkalatsa onasi, taltayadi bolasi”, “Qush uyasida ko`rganini qiladi” singari maqollarda ifodalangan. Odamlarga, ota-onaga qarata: “Bolani yoshdan o`rgat, xotinni boshdan o`rgat!”,-deb maslahat beriladi. Aks holda: “Buyursa-bola, Buyurmasa-balo” bo`lishi mumkinligi alohida ta`kidlanadi. Agar bola yaxshi inson bo`lib tarkib topsa, u xalq uchun, mamlakat uchun foydali inson bo`lishi mumkinligi ta`kidlanadi:
“Bir kishi ariq qaziydi, ming kishi suv ichadi”
Do`st tanlashda adashmaslik uqtiriladi:
“Ishonmagin”do`sting”ga
Somon tiqar po`stinga!”
“Ota dushmani do`st bo`lmas!”
“Yo`ling bilib yo`ldosh qil
Tiling bilib tengdosh qil” va b..
“Alpomish” dostonida Hakimbek, “Tumaris”, “SHiroq”rivoyatlarida Tumaris, Shiroq singari el-yurt uchun o`z hayotini qurbon qilishgacha borib yetgan Jaloliddin manguberdi, Temur Malik, Sohibqiron Amir Temur singari vatanparvar, xalqparvar tarixiy shaxslar yetishib chiqdi. Ularning jasoratli hayot yo`lini o`rganish hozirgi paytda yoshlar tarbiyasida muhim ahamiyatga egadir. Hozir maxhalla, hashar, to`y, sayil va boshqalar ijtimoiy tarbiya manbaidir.



Yüklə 34,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə