Etnopedagogikada komil inson


Bola tarbiyasining vorisiyligi xususida



Yüklə 34,42 Kb.
səhifə3/4
tarix28.11.2023
ölçüsü34,42 Kb.
#134796
1   2   3   4
akmal akami kursdoshi

3. Bola tarbiyasining vorisiyligi xususida
Tarbiyaning vorisiylik xususiyati faqat hozirgi zamon pedagogika fanida emas, balki qadim zamonlardayoq xalq pedagogikasi manbalarida ta`kidlangan. Shuning uchun biz xalq pedagogikasi durdonalaridan yoshlar tarbiyasi borasida foydalanishimiz davr talabidir.
CHunki: “Eskini o`zlashtirgan va yangini tushunishga qodir insongina tarbiyachi bo`la oladi”(Konfutsiy. Qarang: Barkamol avlod orzusi. Tuzuvchilar: Sh. Qurbonov va b. T., “SHarq” 1998.114-b.).
Oila noyob va yaqin qon-qarindoshlik hissiyoti asosiga qurilgan jamoa. Bola o`zining eng ardoqli hissiyotlarini oila a`zolari bilan baham ko`radi. Oilaning ichki munosabatlarida ota-onaning o`rni g`oyat kattadir. Unda ota-onaning tarbiyaviy ta`siri bolaning axloqiy sifatlarini shakllantirishga yordam beradi. Chunki, bola muhim tarbiyaviy sifatlarni ota-onadan, oila a`zolaridan urganadi.Ug`il otasiga yoki akalariga, qiz esa onasi yoki opalariga o`xshashga harakat qiladi. Shu maqsadda bola oilada kattalarning xatti-harakatlariga taqlid qiladi. Ularni zimdan kuzatib, o`zi uchun ma`qul sifatlarni o`zlashtirib oladi. Shuning uchun xalqda balalar haqida fikr yuritilganda uning otasi yoki boshqa biror qarindoshiga o`xshab ketishi haqida aytiladi. Hatto, kelin tanlash, turmushga berishda ham oilasi, ota-onasi surishtiriladi. Masalan:
“Onasini ko`rib, qizini ol!”
Inson shaxsidagi tarbiyaviy sifatlar har doim ochiq namoyon bo`lavermaydi. Insoning ichki dunyosini bilish uchun uni ba`zan yillar davomida kuzatishga to`g`ri keladi. Hayotda kishi o`zi bilmagan holda gohida bolalikdan uz oilasida ongiga singgan tarbiyaviy sifatlarni namoyon qiladi. Quyida yuqoridagi fikrlar o`z aksini topgan:
“Qariysan, qartasan asl naslingga tortasan”
va boshqalar.
“Qush uyasida ko`rganini qiladi” va b.
“Ilonning bolasi-ilon,
CHayonning bolasi-chayon”.
Tarbiyadagi vorisiylik tarixan keksa avlodlardan kelajak avlodlarga meros sifatida o`tadi. Har bir millat va xalqning o`z milliy tarbiya metodlari shu millat birga yashaydi. Hayotda tajribasiz yoshlarga keksalardan pand-nasihat olish, o`rganish tavsiya etiladi. Ayniqsa, vatanparvarlik, insonparvarlik, do`stlik, mehnatsevarlik, tarbiyasiga doir tarbiyaviy o`gitlar hozdirgi davr uchun ham qimmatlidir. Shuning uchun xalq pedagogikasida keksalarni e`zozlashga undaladi. Prezidentimiz tomonidan 2002 yil - “Qariyalarni qadrlash yili”deb e`lon qilinganligi ham xalqimizda tarbiyaning vorisiyligiga misol bo`la oladi. Shuningdek, “Qari bilganni pari bilmas”, “Qarisi bor uyning parisi bor” kabi maqollar shular jumlasidandir.
Hadislarda aytilgandek:
Hech bir ota o`z farzandiga xulqu odobdan buyukroq meros qoldirmaydi”.

4-masala. Ijobiy axloqiy sifatlarga erishish va salbiy axloqiy sifatlarni


bartaraf etish usullari haqida
Xalq pedagogikasida shaxsning ijobiy va salbiy axloqiy sifatlarining shakllanishi sabablari ob`ektiv ravishda ko`rsatib berilgan. Xalq bola tarbiyasining murakkab va sharafli ish ekanligi to`g`ri anglaydi. Shuning uchun xalqda “Bola-aziz, bola tarbiyasi undan ham aziz” deyiladi. Bu fikr g`oyatda to`g`ri. Chunki gap kelajak avlod tarbiyasi haqida borayotir. Xalq tarbiyani umr bo`yi davom etuvchi jarayon deb xisoblab, bola tarbiyasini bir lahza ham e`tiborsiz qoldirmaslikka chakiradi. Aks holda bolani qayta tarbiyalash zarur bo`ladi. Ammo, qayta tarbiyalash jarayoni ancha murakkab ish ekanligi ta`kidlanadi: “O`ttiz yil egri o`sgan daraxni bir yilda to`g`rilab bo`lmaydi”.
Etnopedagogikada ko`rsatilishiga, barcha ijobiy sifatlar bolaga yoshligida singdirilishi lozim. Bunda oilaning ahamiyatga g`oyat katta. Ayniqsa, otaning yumshoq ko`ngilli, onaning erkalatishlari bola tarbiyasiga salbiy ta`sir etishi alohida ta`kidlanadi:
“Erkalatsa, onasi, taltayadi bolasi”
ёки:
Egri mo`ridan tutun egri chiqadi”.
Tarbiya jarayonida ijobiy axloqiy sifatlarni shakllantirishda hamkorlik pedagogikasidan foydalanish, bola shaxsini hurmat qilishi zarurligi ta`kidlanadi. Xalq ham hamisha: “Bolani kim erkalatsa, u o`shanga yaqin keladi,-” deydi.
Xalq pedagogikasida ijobiy axloqiy sifatlarni shakllantirishda katta yoshli bolalardan foydalanish taklif etiladi. Amaliy hayotda ham oiladagi kichik yoshli bolalar katta yoshli akasi yoki opalaridan ko`proq tarbiya oladilar. Katta bolalar o`z ukalariga g`amxo`r bo`ladilar. Ular ukalariga tarbiya bera turib, o`zlarini kattalardek his qiladilar. Ularga mehnat qilish, axloqiy madaniyat ko`nikmalarini singdiradilar. Shuning uchun bosh farzand tarbiyasiga ko`proq, e`tibor berilsa, kichiklarini tarbiyalash oson kechishi ta`kidlanadi: “Kattasini tarbiya qil, kichigining o`zi o`rganadi” deyiladi.
Bolani yutuqlari uchun ortiqcha maqtash uni o`zbilarmonlikka olib kelishi ta`kidlanadi: “O`zini maqtagan axmoq, bolasini maqtagan undan ham axmoq”.
Bolalikda paydo bo`lgan salbiy axloqiy sifatlarni tuzatish mumkinligi va bu uncha qiyin kechmasligi ta`kidlanadi. Shuningdek, yomon xislatlar to`g`ma emas, balki o`zlashtirilgan sifatlar, noto`g`ri tarbiya oqibati ekanligi ta`kidlanadi.
Boladagi salbiy sifatlar oiladagi yoki atrof-muhitdagi salbiy omillar tufayli paydo bo`lgan bo`lsa, yomon odatni vujudga keltirgan manbalardan bolani uzoqlashtirish, manbani bartaraf etish taklif etiladi. Oilada osoyishta muhit yaratish, yaxshi do`stlar topishga ko`maklashish tavsiya etiladi: “Do`stingning kimligini ayt, sening kimligingni aytaman”, “Yaxshi bilan yursang yetarsan murodga, Yemon bilan yursang qolarsan uyatga” maqollari fikrimizning dalilidir.
O`z-o`zini tarbiyalash inson shaxsining shakllanishida katta ahamiyatga ega.Xalq bu borada tarbiyalashning o`ziga xos dasturini taklif etib: “Yaxshilarga yondosh, yomonlardan uzoqlash”-deb ta`kidlaydi. “Yetti o`lchab bir kes”, “Avval o`yla, keyin so`zla”, “Yaxshilikni yomondan o`rgan” kabi maqollarda mustaqil hayotda odamlar yordamida yaxshi sifatlarni egallash, yomon sifatlarni tuzatish mumkinligi ta`kidlanadi.
Etnopedagogika manbalarida yoshlar o`z-o`zini tarbiyalash va qayta tarbiyalash vositasida eng oliy insoniy sifatlar - izzat-hurmat, kamtarlik, odillik, halollik, mehnatsevarlik, to`g`riso`zlik singari odatlarini egallashi mumkinligi ta`kidlanadi.
Bolalarda akliy va ijobiy axloqiy sifatlarning shakllanishida o`yinlarning ahamiyati ham katta. O`yin jarayonida bolaning bunday sifatlari rivojlanadi. Bola 3-5 yoshda predmetlar bilan, 5-7 yoshda esa bolalar va kattalar bilan o`ynashga, rollarni bajarishga intiladi. O`yin jarayonida u ota, ona rolini bajarishi, qo`g`irchoqni kiyintirish, yuvintirish, uxlatishni o`rganadi, hayvonlar va qushlarga taqlid qilib ovoz chiqaradi, Vrach, o`qituvchi, shofyor, sotuvchi obrazlariga kiradi. Shuning uchun o`yin ham etnopedagogika manbasi sifatida katta tarbiyaviy kuchga ega
Ertaklarni obrazli qilib so`zlab berish vositasida yaxshi axloqiy sifatlarga havas, yomonlariga nisbatan esa nafrat uyg`otiladi
Pedagogik tizim. Inson bolasini barkamol shaxs, biror kasb egasi sifatida shakllantiruvchi yaxlit ijtimoiy-pedagogik hodisa bo‘lib, uning tarkib pedagogik jarayonning ob‘ektlari va sub‘ektlari, shakl-usullari, ular o‘rtasidagi munosabatlar o‘zaro ta‘sirlar, ularni boshqarishdan iborat. Pedagogikada keng va tor (jmns va tur) tushunchalarini o‘z ichiga oladi; pedagogika-fan; pedagogika-o‘quv predmeti; pedagoglik-inson faoliyatining bir sohasi sifatida keng tushunchalardir. Ularning har biri ma‘lum qismlardan tuzilgan tizim hisoblanadi. Pedagogika fan sifatida ayrim belgilarga ko‘ra bir necha qismlardan tuzilgan tizimdir. Pedagogik fanlar tizimiga-pedagogika nazariyasi va tarixi; o‘qitish nazariyasi va metodikasi; maxsus pedagogika; jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi; madaniy ma‘rifiy ilar pedagogikasi, ijtimoiy pedagogika kabilar kiradi.
Shuningdek, ta‘lim-tarbiyaning maqsadi, shakl-usullari tizimi; ta‘lim-tarbiyaning yo‘nalishlari, turlari, tizimi; uzluksiz ta‘lim tizimi; ta‘lim muassasalari tizimi; pedagogik ixtisosliklar tizimi; o‘quv vazifalari, o‘quv axborotlari tizimi kabilar pedagog tizim tarkibiga kiradi.
V1. Texnologik yondashuv. Texnologiya yunoncha so‘z bo‘lib, texne-mahorat, san‘at, logos-tushuncha, ta‘limot ma‘nolarini anglatadi. Texnologiya tushunchasi-tayyor mahsulot olish uchun ishlab chiqarish jarayonlarida qo‘llaniladigan usul va metodlar majmui; shunday usul va metodlarni ishlab chiqaruvchi va takomillantiruvchi fan sifatida ta‘riflanadi. Ishlab chiqarish jarayonlarining tarkibiy qismi bo‘lgan amallar- materiallarni qazib olish, tashishi, tahlash, saqlash va boshqalar ham texnologiya deyiladi. Texnologiyaga ishlab chiqarish jarayonlarini tasvirlash, ularni bajarish bo‘yicha qo‘llanmalar, texnik qoidalar va talablar, grafiklar ham kiradi. Sanoat ishlab chiqarish sohasida yuzlab texnologik loyihalar (jarayonlar) yaratilgan. Ular, agar texnik hujjat talablariga amal qilinsa, ishni kim va qaerda bajarganidan qat‘iy nazar, mahsulot sifati va natijasi kafolatlanadi.
Ta‘lim ishiga texnologik yondoshuv:
-o‘qish-o‘qitish jarayonini o‘zaro uzviy bog‘liq etaplar, fazalar, amallarga ajratish, bo‘lishni;
-ta‘limda mo‘ljallangan natijaga erishish uchun bajariladigan xarakatlarni muvofiqlashtirish, ketma-ket, bosqichma-bosqich amalga oshirishni;
-loyihalashtirilgan ishlar, amallarni barchasini birdek bajarishni nazarda tutadi.
Bu yonashuv asosan reproduktiv ta‘limga xosdir. Reproduktiq ta‘lim tipik vaziyatlarda biror ish –harakatni oldin bilib olingan qoidalar asosida bajarishdir.
Reproduktiv darajasi, uchun pedagogik texnologiya usulida ta‘lim takror ishlab chiqiladigan konveyrli jarayon sifatida tashkil etiladi, undan kutiladigan natija ham mufassal tasvirlanib, aniq qayd etiladi. O‘quv materiali aniq ifodalangan o‘quv maqsadiga mos qayta tuzib, ishlab chiqiladi, ayrim bo‘lak (qism, modul)Larga ajratiladi, o‘quv materialini o‘rgatishning alternativ yo‘llari nazarda tutiladi, har bir bo‘lakni o‘rgatish test yordamida nazorat etilib, xato, kamchiliklar tuzatilib to‘g‘rilab boriladi. O‘quv ishi etalonda ko‘rsatilgan natijaga erishini nazarda tutadi. Bu bolalarni qiziqtirish musobaqa va o‘zaro yordamlashishni inkor etmaydi. Ta‘lim reproduktiv xarakterda olib borilgani uchun ham bu usul bilim, ko‘nikma va malakalarning zarur minimumini egallashda ko‘proq samara beradi. Texnologik yondashuvni qo‘llash qo‘yilgan o‘quv maqsadlarga erishishni kafolatlaydi.
U.Tadqiqiy –ijodiy yondashuv. Bu yondashuv ta‘limning maqsadi talabada biror muammoni echish qobiliyatini o‘stirish, yangi bilim (tajriba)ni mustaqil o‘zlashtirish, harakatning Yangi usullarini topish, shaxsan tashabbus ko‘rsatishni ko‘zda tutadi
Tadqiqiy yondashuv faoliyatning ijodiy, aktiv xarakteri bilan bog‘liq.
Bu yondashuvda talabaning o‘quv-bilish faoliyatiga pedagog rag‘batlantiruvchi usulda rahbarlik qiladi, bolaning shaxsiy tashabbusiini qo‘llab-quvvatlaydi, bola bilan hamkorlik qiladi, talabaning fikr va qiziqishlarini oldingi o‘ringa qo‘yadi. Tadqiqiy yondashuv bo‘yicha ham pedagogik texnologiya variantlari ishlab chiqilgan.
Pedagogika nazariyasi va amaliyotida an‘anaviy yondashuv o‘z imkoniyatlarini sarflab bo‘ldi, tizimli, texnologik va tadqiqiy yondashuvlar istiqbolga ega. Texnologik , tizimli va tadqiqiy yondashuvlardan har birining ta‘lim tizimida o‘z o‘rni bor va o‘z joyida qo‘llanilishi lozim.
Rivojlangan mamlakatlarda ta‘limning turli darajalari o‘quv (reproduktiv, mahsuldor, tadqiqiy-ijodiy) pedagogik texnologiya variantlari ishlab chiqilgan.
Keng ko‘lamda amalga oshirilayotgan ta‘lim islohotlari ta‘limning ilg‘or texnologiyalarini o‘rganish va o‘quv-tarbiya jarayoniga joriy etishni taqazo qiladi. Bu o‘z navbatida pedagog xodimlardan ta‘lim sohasiga texnologik yondashuvni, pedagogik texnologiya usulini egallashni va O‘zbekistonning milliy, ma‘naviy-madaniy xususiyatlari, tarixiy ilg‘or an‘analarini hisobga olgan holda pedagogik amaliyotda qo‘llash va rivojlantirishni talab etadi.
Texnologik yondashuv mavjud an‘anaviy o‘quv jarayoniga faqat kompleks tarzdagina emas, pedagoglar tomonidan o‘zgartirilishi, metodik qo‘llanmalar, o‘quv-moddiy baza yaratilishiga qarab bosqichma-bosqich ayrim elementlari amalga oshirilaverishi ham mumkin. Bu birinchi navbatda pedagogik texnologiyaning muhim qismi-pedagogik predmetlar va mavzular bo‘yicha ta‘lim maqsadlarini aniqlash usullariga taalluqlidir.
Pedagogik tadqiqotchilar ta‘lim-tarbiya hodisalarini o‘rganganda ma‘lum darajada bu yondashuvlarni qo‘llaydilar. Amaliyotchi pedagoglar ham bundan mustasno emas. Agar har bir yondashuv nimaligini anglab, o‘z o‘rnida, maqsadga muvofiq tarzda unga amal qilinsa, o‘quv-tarbiyaviy ishlar samaradorligini ancha yuqori bo‘lar edi.
Shunday qilib pedagogik texnologiyalar hozirgi davr ta‘lim jarayoni yangi sifat ko‘rsatkichlariga olib chiqishi mumkin bo‘lgan metodlar tizimiga aylandi. Jahondagi rivojlangan davlatlarning tajribasi ilg‘or pedagogik texnologiyalarga asoslangan holda o‘quvchi-yoshlarning bilim olishiga bo‘lgan qiziqish va ehtiyojlarini qondiribgina qolmasdan, yuqori malakali mutaxassislar etishtirib berish vazifalarini ham hal etmoqda.
Pedagogika fani bugungi kunda ma‘lum bir yuksalish bosqichiga ko‘tarilmoqda. Buning albatta, ob‘ektiv sabablari mavjud. Tarbiya maqsadining har bir davrda turlicha bo‘lishi ijtimoiy tuzum, mafkuraviy qarashlarning o‘zgarishi bilan bog‘liq. Ijtimoiy-iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy rivojlanish davomida tarbiya maqsadiga erishish jarayoniga nisbatan pedagogik yondashuvlar ham turlicha bo‘lgan. Demak ta‘lim-tarbiyaning maqsadi, uning amalga oshirish jarayoni nazariy va amaliy jihatdan takomillashib borishi bilan pedagogika fani zamonaviy tus ola boshlaydi. Bizning zamonaviy pedagogikamiz bugungi kunda aynan shunday holatni boshdan kechirmoqda.
Milliy mustaqillik qo‘lga kiritilishi bilan istiqbol yo‘llarimiz, milliy g‘oya va mafkuramiz aniq qilib belgilab olindi. Biz o‘z ta‘limi-tarbiyaviy maqsadimiz va vazifalarimiz, uni amalga oshirish dasturlarimizni belgilab oldik. Prezidentimizning ma‘naviy mafkuraviy, barkamol avlodni voyaga etkazish borasida bir qator asarlarida ushbu yo‘nalishdagi davlat siyosati ustivor masala ekanligi bir necha bor ta‘kidlab o‘tiladi. Bobokalonlarimizning azaliy orzulari, milliy va umumbashariy qadriyatlari, ma‘naviy yodgorliklar zamonaviy pedagogikaning maqsadi va vazifalarini shakllanishiga asos bo‘lmoqda. Davlatimiz tomonidan qabul qilinadigan “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi”da ushbu maqsad yoritib berilgan. Zero, zamonaviy pedagogikaning bosh maqsadi ham etuk, yuksak malakali, ma‘naviyatli, ma‘rifatli, mustaqil fikr yurita oluvchi, raqobatbardosh kadrlarni tayyorlashdan iboratdir.
Ko‘zlangan maqsadga erishish uchun uzluksiz ta‘lim tizimi tubdan isloh qilinmoqda. Ta‘lim jarayoniga tabaqalashtirilgan yondashuv, o‘quvchilarni turli kasb-xunar kollejlari, akademik litseylarda taxsil olishlarini ta‘minlash zamonaviy pedagogika fani oldiga yuksak vazifalarni qo‘ymoqda. Masalan, ushbu o‘quv muassasalari uchun davlat ta‘lim standartiga muvofiq keluvchi o‘quv dasturlarini va darsliklar, o‘quv qo‘llanmalarini yaratish bugungi kun talablariga javob bermog‘i lozim. Har biri turli variantlarda bo‘lsagina, maqsadga to‘g‘ri xizmat qila oladi.
O‘quv –tarbiya jarayonlarini tashkil etishda ham an‘anaviy usullardan farqli o‘laroq, yangicha pedagogik yondashuvlarni o‘zlashtirish va ta‘lim jarayonida qo‘llash zamon talabidir. Milliy dasturda bu masalaga alohida e‘tibor berilgan. Albatta, ilg‘or pedagogik texnologiyalar bizning fanimizga endigina kirib kelmoqda. Aslida esa ta‘limga texnologik yondashuv masalasi rivojlangan demokratik xorijiy davlatlard bundan 30-yillar muqaddam paydo bo‘lgan va ular bu sohada katta yutuqlarni qo‘lga kiritgan.
Bugungi kunda biz pedagogika sohasidagi ilg‘or texnologiyalarni kengroq va chuqurroq o‘zlashtirishimiz, ularni o‘z mintaqamizga mos holda qayta ishlab chiqishimiz kerak bo‘ladi. Pedagogik texnologiya tushunchasiga hozirgi kunda turlicha ta‘riflar berilmoqda. Muhimi shuki, pedagogik texnologiya ko‘zlagan maqsadga kafolatlangan natija sifatida erishishni ifodalovchi jarayondir.
II. Pedagogika fani va amaliyotida turli yondashuvlar qo‘llaniladi. An‘anaviy yondashuv, tizimli yondashuv, texnologik yondashuv, funktsional, kompleks, faoliyatli yondashuvlar shular jumlasidandir.
An‘anaviy yondashuv. Uning asosiy xususiyati-o‘qituvchi ma‘lum axborotni, gapirib beradi, tushuntiradi, talaba esa bu blimni xotirasida saqlaydi. “Bilim” tushunchasi xotirada saqlanadigan axborot ma‘nosida tushuniladi. Tulabada bilim bor-yo‘qligi imtihonda shu axborotga doir berilgan savolga yoddan bergan javobiga qarab aniqlanadi. Bunda bilim degani asosan esda qoldirishning natijasidir, u ko‘pina yuzaki bo‘lshi ham mumkin. Bunday bilim xotirada uzoq saqlanmaydi. Talaba savol berilganda eslashi ba‘zan eslay olmasligi ham mumkin.
An‘anaviy o‘qitish usulida ta‘lim maqsadi dastur talabiga binoan aniq ifodalanmaydi, talabaning o‘zlashtirish darajasi, sifati haqida muallim aniq tasavvurga ega bo‘lmaydi.
An‘anaviy ta‘lim mamlakatimizning o‘quv yurtlarida keng tarqalgan, uning turli jihatlari pedagogika, metodika fanlarida ishlab chiqilgan, katta tajriba to‘plangan. An‘anaviy ta‘lim usulini takomillashtirish sohasida izlanishlar davom etayotir. Lekin uning ob‘ektiv imkoniyatlari cheklangan. Mamlakatiimzda amalga oshirilayotgan ta‘lim sohasidagi islohotlar, tez sur‘atlar bilan rivojlanayotgan fan –texnika talablari-ta‘lim usuli bilan jamityaning raqobatbardosh, yuqori malakali kadrlar tayyorlash, barkamol avlodni shakllantirishga bo‘lgan ehtiyoji o‘rtasida nomutanosiblikni vujudga keltirdi. Uni ta‘limda boshqa yangi yondashuvlarni qo‘llash yo‘li bilan hal etish lozim.
III.Tizimli yondashuv. Tizim so‘zi- tuzilma, qismlardan tuzilgan, birikka yaxlit narsa yoki hodisa ma‘nosini anglatadi. Tizim tushunchasi va so‘zi, boshqa ma‘nolarga ham ega . masalan, tizim-ip, sim kabilarga terilgan narsa; Tizim-shoda (bir tizim, marvarid bir shoda marjon kabilardir). Shuningdek, kibernetik tizim, axborotlar tizimi, ijtimoiy munosabatlar tizimi, harakatlar tizimi, pedagogik tizim kabi tushunchalar shaklida ham qo‘llaniladi. Tizim tushunchasi odatda ayrim belgilariga ko‘ra turlarga ajratiladi: moddiy narsalar tizimi; mavxum tushunchalar, faraziyalar, nazariyalar, ilmiy bilimlar tizimi kabilar.
Tizimli yondashuv ilmiy bilish metodologiyasi va pedagogik amaliyotning bir yo‘nalishi sifatida universal tavsivga ega, pedagogikada keng qo‘llaniladi, ta‘lim-tarbiyaga ham pedagogik tizim sifatida qarash lozim.
“Tizimli yondashuv” tushunchasi ko‘pincha “tizimli metod”, “tizimli tahlil usuli” tushunchalari bilan uzviy bog‘liq holda qo‘llaniladi. Chunki tizimli taxlil usullari ham ob‘ektni yaxlit tizim sifatida o‘rganishni nazarda tutadi. Tizimli yondashuv, ayniqsa tuzilish- vazifasiga ko‘ra bajariladigan tahlilga juda yaqin. Tizimli tahlilning ob‘ekti yaxlit narsa yoki hodisa (tizim) hisoblanadi, u, birinchidan, ob‘ektning turli qismlarini; ikkinchidan, qismlarning o‘zaro bog‘liqligini; uchinchidan, tizimning chegaralarini va to‘rtinchidan, tizimning atrof-muhit bilan bog‘liqligi, aloqadorligini nazarda tutadi.
Tizimli yondashuv bir qancha qoida-printsiplar majmuidan foydalanadiki, ular tadqiqotchilik va amaliy faoliyatda yuqori natijalarga erishish imkonini yaratad. Bunday qoida-printsiplar qatoriga, jumladan, quyidagilar kiradi: mavxumlikdan yaqqollikka qarab borish: analiz bilan sintezning, matiqiylik bilan tarixiylikning birligi; ob‘ektiv bog‘lanishlar va o‘zaro ta‘sirlarning turlichaligi; ob‘ektning tuzilishi vazifalari va kelib chiqishi haqidagi tasavvurlarning birligi va boshqalar.
Pedagogik tizim. Inson bolasini barkamol shaxs, biror kasb egasi sifatida shakllantiruvchi yaxlit ijtimoiy-pedagogik hodisa bo‘lib, uning tarkib pedagogik jarayonning ob‘ektlari va sub‘ektlari, shakl-usullari, ular o‘rtasidagi munosabatlar o‘zaro ta‘sirlar, ularni boshqarishdan iborat. Pedagogikada keng va tor (jmns va tur) tushunchalarini o‘z ichiga oladi; pedagogika-fan; pedagogika-o‘quv predmeti; pedagoglik-inson faoliyatining bir sohasi sifatida keng tushunchalardir. Ularning har biri ma‘lum qismlardan tuzilgan tizim hisoblanadi. Pedagogika fan sifatida ayrim belgilarga ko‘ra bir necha qismlardan tuzilgan tizimdir. Pedagogik fanlar tizimiga-pedagogika nazariyasi va tarixi; o‘qitish nazariyasi va metodikasi; maxsus pedagogika; jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi; madaniy ma‘rifiy ilar pedagogikasi, ijtimoiy pedagogika kabilar kiradi.
Shuningdek, ta‘lim-tarbiyaning maqsadi, shakl-usullari tizimi; ta‘lim-tarbiyaning yo‘nalishlari, turlari, tizimi; uzluksiz ta‘lim tizimi; ta‘lim muassasalari tizimi; pedagogik ixtisosliklar tizimi; o‘quv vazifalari, o‘quv axborotlari tizimi kabilar pedagog tizim tarkibiga kiradi.
V1. Texnologik yondashuv. Texnologiya yunoncha so‘z bo‘lib, texne-mahorat, san‘at, logos-tushuncha, ta‘limot ma‘nolarini anglatadi. Texnologiya tushunchasi-tayyor mahsulot olish uchun ishlab chiqarish jarayonlarida qo‘llaniladigan usul va metodlar majmui; shunday usul va metodlarni ishlab chiqaruvchi va takomillantiruvchi fan sifatida ta‘riflanadi. Ishlab chiqarish jarayonlarining tarkibiy qismi bo‘lgan amallar- materiallarni qazib olish, tashishi, tahlash, saqlash va boshqalar ham texnologiya deyiladi. Texnologiyaga ishlab chiqarish jarayonlarini tasvirlash, ularni bajarish bo‘yicha qo‘llanmalar, texnik qoidalar va talablar, grafiklar ham kiradi. Sanoat ishlab chiqarish sohasida yuzlab texnologik loyihalar (jarayonlar) yaratilgan. Ular, agar texnik hujjat talablariga amal qilinsa, ishni kim va qaerda bajarganidan qat‘iy nazar, mahsulot sifati va natijasi kafolatlanadi.
Ta‘lim ishiga texnologik yondoshuv:
-o‘qish-o‘qitish jarayonini o‘zaro uzviy bog‘liq etaplar, fazalar, amallarga ajratish, bo‘lishni;
-ta‘limda mo‘ljallangan natijaga erishish uchun bajariladigan xarakatlarni muvofiqlashtirish, ketma-ket, bosqichma-bosqich amalga oshirishni;
-loyihalashtirilgan ishlar, amallarni barchasini birdek bajarishni nazarda tutadi.
Bu yonashuv asosan reproduktiv ta‘limga xosdir. Reproduktiq ta‘lim tipik vaziyatlarda biror ish –harakatni oldin bilib olingan qoidalar asosida bajarishdir.
Reproduktiv darajasi, uchun pedagogik texnologiya usulida ta‘lim takror ishlab chiqiladigan konveyrli jarayon sifatida tashkil etiladi, undan kutiladigan natija ham mufassal tasvirlanib, aniq qayd etiladi. O‘quv materiali aniq ifodalangan o‘quv maqsadiga mos qayta tuzib, ishlab chiqiladi, ayrim bo‘lak (qism, modul)Larga ajratiladi, o‘quv materialini o‘rgatishning alternativ yo‘llari nazarda tutiladi, har bir bo‘lakni o‘rgatish test yordamida nazorat etilib, xato, kamchiliklar tuzatilib to‘g‘rilab boriladi. O‘quv ishi etalonda ko‘rsatilgan natijaga erishini nazarda tutadi. Bu bolalarni qiziqtirish musobaqa va o‘zaro yordamlashishni inkor etmaydi. Ta‘lim reproduktiv xarakterda olib borilgani uchun ham bu usul bilim, ko‘nikma va malakalarning zarur minimumini egallashda ko‘proq samara beradi. Texnologik yondashuvni qo‘llash qo‘yilgan o‘quv maqsadlarga erishishni kafolatlaydi.
U.Tadqiqiy –ijodiy yondashuv. Bu yondashuv ta‘limning maqsadi talabada biror muammoni echish qobiliyatini o‘stirish, yangi bilim (tajriba)ni mustaqil o‘zlashtirish, harakatning Yangi usullarini topish, shaxsan tashabbus ko‘rsatishni ko‘zda tutadi
Tadqiqiy yondashuv faoliyatning ijodiy, aktiv xarakteri bilan bog‘liq.
Bu yondashuvda talabaning o‘quv-bilish faoliyatiga pedagog rag‘batlantiruvchi usulda rahbarlik qiladi, bolaning shaxsiy tashabbusiini qo‘llab-quvvatlaydi, bola bilan hamkorlik qiladi, talabaning fikr va qiziqishlarini oldingi o‘ringa qo‘yadi. Tadqiqiy yondashuv bo‘yicha ham pedagogik texnologiya variantlari ishlab chiqilgan.
Pedagogika nazariyasi va amaliyotida an‘anaviy yondashuv o‘z imkoniyatlarini sarflab bo‘ldi, tizimli, texnologik va tadqiqiy yondashuvlar istiqbolga ega. Texnologik , tizimli va tadqiqiy yondashuvlardan har birining ta‘lim tizimida o‘z o‘rni bor va o‘z joyida qo‘llanilishi lozim.
Rivojlangan mamlakatlarda ta‘limning turli darajalari o‘quv (reproduktiv, mahsuldor, tadqiqiy-ijodiy) pedagogik texnologiya variantlari ishlab chiqilgan.
Keng ko‘lamda amalga oshirilayotgan ta‘lim islohotlari ta‘limning ilg‘or texnologiyalarini o‘rganish va o‘quv-tarbiya jarayoniga joriy etishni taqazo qiladi. Bu o‘z navbatida pedagog xodimlardan ta‘lim sohasiga texnologik yondashuvni, pedagogik texnologiya usulini egallashni va O‘zbekistonning milliy, ma‘naviy-madaniy xususiyatlari, tarixiy ilg‘or an‘analarini hisobga olgan holda pedagogik amaliyotda qo‘llash va rivojlantirishni talab etadi.
Texnologik yondashuv mavjud an‘anaviy o‘quv jarayoniga faqat kompleks tarzdagina emas, pedagoglar tomonidan o‘zgartirilishi, metodik qo‘llanmalar, o‘quv-moddiy baza yaratilishiga qarab bosqichma-bosqich ayrim elementlari amalga oshirilaverishi ham mumkin. Bu birinchi navbatda pedagogik texnologiyaning muhim qismi-pedagogik predmetlar va mavzular bo‘yicha ta‘lim maqsadlarini aniqlash usullariga taalluqlidir.
Pedagogik tadqiqotchilar ta‘lim-tarbiya hodisalarini o‘rganganda ma‘lum darajada bu yondashuvlarni qo‘llaydilar. Amaliyotchi pedagoglar ham bundan mustasno emas. Agar har bir yondashuv nimaligini anglab, o‘z o‘rnida, maqsadga muvofiq tarzda unga amal qilinsa, o‘quv-tarbiyaviy ishlar samaradorligini ancha yuqori bo‘lar edi.
Shunday qilib pedagogik texnologiyalar hozirgi davr ta‘lim jarayoni yangi sifat ko‘rsatkichlariga olib chiqishi mumkin bo‘lgan metodlar tizimiga aylandi.

Yüklə 34,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə