Etikaning tarkibiy tuzilishi etika va



Yüklə 65,27 Kb.
səhifə2/8
tarix22.03.2024
ölçüsü65,27 Kb.
#183647
1   2   3   4   5   6   7   8
ETIKANING TARKIBIY TUZILISHI

Etika va huquq. Etika va huquqning o‘zaro ta’siri masalalari o‘tmishdagi va hozirgi etik sistemalarning qismi bo‘lib kelgan va shunday bo‘lib qolmoqda. Qadimgi faylasuflar Suqrot, Aflotun, Arastu huquqiy mafkurani ishlab chiqish jarayonida etikani qonunchilik bilan bog‘lashga harakat qilganlar.
Nemis klassik falsafasining namoyandalari I.Kant bilan Gegel huquq bilan etika o‘rtasidagi bog‘lanishni aniqlashga urinib ko‘rdi. I.Kant bu bog‘lanishni etikani qonunchilikka bo‘ysundirish orqali amalga oshirishga intiladi. Gegel esa etika va huquqning o‘zaro ta’siri birligida inson erkining bo‘lishi sifatida olib qaradi. U Kant singari etika bilan huquq o‘rtasidagi tafavutni etikada xech qanday tashqi majburiyatlikni talab qilmasligida, deb bildi. Gegel dialektik sifatida huquqiylik va etikaiylik o‘z-o‘ziga mustaqil mavjud bo‘la olmaydi, deb hisobladi.
Huquq va etikaning dialektik biriligini, o‘zaro bog‘liqligi va o‘zaro ta’sirini, hamda ularning farqini, shuningdek, o‘ziga xos xususiyatlarini e’tirof etmoq lozim. Huquq va etika o‘rtasida o‘zaro bog‘liqlikdagi muhim momentlardan biri – ularning o‘z navbatida iqtisodiy munosabatlarning mustahkamlanishi va rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatishidir. Ularning har ikkisi ham kishilar o‘rtasida tashkil topgan moddiy va ma’naviy munosabatlarni mustahkamlashga, ularning xulqida bir-biriga, jamoaga, davlatga munosabatlarda lozim va mumkin bo‘lgan normalarni belgilashga qaratilgan. SHu bilan birga etikaiy va huquqiy talabning ularningbaholov-buyuruv mazmuni bilan o‘xshab ketadi.
Etika va huquqning umumiy belgilari ana shulardan iborat. Ammo ularning farqi, spetsifikasi nimadan iborat?
- Huquq va etika bir-biridan tadbiq etilish ko‘lami va sohasining turliligi bilan ham farq qiladi. Etikaiy kodeks huquqiy normalar sohasiga qaraganda boyroq va kengroq.
- Etika bilan huquq normalari faqat ta’sir ko‘lami bilangina emas, shu bilan birga vujudga kelish usuli bilan ham farq qiladi.
- Etika va huquq o‘z normalari, yo‘riqlarini ta’minlash usuliga qarab ham bir-biridan farq qiladi. Huquq qonunga, etika jamoatchilik fikriga tayanadi.
- Etika va huquqning «taqdiri» ham bir xil emas. Etika jamiyatning ilk bosqichlaridayoq paydo bo‘lgan va insoniyat mavjud ekan, yashayveradi. Huquq esa ancha keyin ijtimoiy sinflarning, davlatning vujudga kelishi bilan paydo bo‘ladi.

Yüklə 65,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə