Маданият назарияси



Yüklə 1,18 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/52
tarix15.05.2022
ölçüsü1,18 Mb.
#87052
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   52
madaniyatshunoslik



 
 
 

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI  
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI 
TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI 
 
“O‘ZBEKISTON TARIXI” KAFEDRASI  
 
 
 
 
“MADANIYATSHUNOSLIK”  
fanidan ma’ruzalar matni 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Tuzuvchilar: A.Mingnarov, 
F.Adilov 
 
 
 
 
 
 
Toshkent-2016 
 
 


 
 
 

 
1-MAVZU. MADANIYATSHUNOSLIK FANINING PREDMETI VA 
VAZIFALARI. «MADANIYAT» TUSHUNCHASI TALQINI. 
 
Ma’ruza rejasi: 
1.
 
Madaniyatshunoslining predmeti. Madaniyatshunoslik bo‘limlari 
tipologiyasi. 
2.
 
«Madaniyat» tushunchasi talqinida tarixiylik va ilmiylik. 
3.
 
Madaniyatni inson va jamiyat hayotidagi o‘rni hamda ahamiyati. 
 
Madaniyatshunoslik –madaniyat rivojlanishining eng umumiy qonuniyatlarini 
o‘rganadi.  Uning  manbai  insoniyat  yaratgan  barcha  madaniy  qadriyatlardir. 
Madaniyatshunoslikning  asosiy  vazifasi  insonning  oila,  tabiat  va  jamiyat  bilan 
hamkorlikdagi  faoliyatini  hamda  kishilarning  ma’naviy  va  ma’rifiy  faoliyatlariga 
oid barcha jarayonlarni tadqiq qilishdan iboratdir. Uning tadqiqot manbai bo‘lib: 

 
insoniyat tomonidan  yaratilgan san’at turlari; 

 
kishilarning o‘zaro muomala vositasi bo‘lgan til; 

 
jamiyat boyligi va mezoni bo‘lmish bilim; 

 
ijtimoiy munosabatlar va ijtimoiy tashkilotlar; 

 
jamiyatda sodir bo‘luvchi demografik va etnik jarayonlar xizmat qiladi. 
Madaniyatshunoslik  umumnazariy  fan  hisoblanib,  unga  xos      xususiyati  – 
insonning madaniy hayoti jarayonini tartibli tizimga solib yondashish hisoblanadi. 
SHuningdek    madaniyat  gumanitar  bilimlarni    o‘zida  mujassam  qilgan  holda 
namoyon bo‘lishi bilan birga bilishning o‘ta murakkab ob’ekti hamdir. 
Madaniyat 
–  bu  insonlarning  ijodiy  faoliyati  tufayli  yaratilgan  moddiy  va 
ma’naviy boyliklar majmuini ifodalashdan tashqari, o‘zida jamiyatning taraqqiyot 
darajasini  ham  aks  etdiradi,  ya’ni  jamiyatdagi  bilim,  mezon  va  qadriyatlarning 
yig‘indisi  madaniyatda  gavdalanadi.  Madaniyatni  o‘rganishda  ob’ektiv 
qonuniyatlar,  hodisalardagi  o‘zaro    bog‘liqlik  haqidagi  an’anaviy  tasavvurlardan 
ham  foydalanish  mumkin.  Madaniyatga    sistemali  yondashuv,  uning  bir-biriga 
ta’sir  etuvchi  turli    sohalarining  o‘ziga  xos  xususiyatlarini  yaxlit  tasavvur  qilish 
imkoniyatini  beradi.  Madaniyatga  sistemali  yondashuv  tadqiqotning  juda  ko‘p 
uslublaridan  foydalanish  asosida  kishilarning  hayot  faoliyatlarini  atroflicha  va 
xolisona    o‘rganish imkonini beradi.  Bu   ayrim    uslublar bilan  olingan natijalarni 
boshqalariga 
qarama-qarshi 
qo‘ymasdan  va  mutlaqlashtirmasdan  xulosa 
chiqarishga asos bo‘ladi. 
 Aynan,  sistemali  yondashuv  madaniyatga  o‘ziga  xos  shaklda  munosabat 
bildirgan  holda  kishilar  hayot  faoliyati  sohalarini  ham  tushinish  imkonini  beradi. 
Bulardan  madaniyat  sohalari,  madaniyat  institutlari  tashkil  topib,  ular  aniq 
tuzilmaga  va  aniq  vazifalarga  ega  bo‘lgan  holda  ijtimoiy  munosabatlar  tamoyili, 
kommunikatsiya,  madaniy  namunalarni  tashkil  qilgan  madaniyat  tizimini 
belgilaydi. 
Madaniyatshunoslik fanining quyidagi bo‘limlari mavjud: 


 
 
 


Yüklə 1,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   52




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə