«maktabgacha yoshdagi bolalarda tabiatga mehr tuygʻusini shakllantirish metodlari» Latipova Surayyo Hakimovna Buxoro Innovatsiyalar Universiteti 2- kurs magistranti Annotatsiya



Yüklə 29,18 Kb.
tarix11.12.2023
ölçüsü29,18 Kb.
#143679
Hujjat (14) (15)


«MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARDA TABIATGA MEHR TUYGʻUSINI SHAKLLANTIRISH METODLARI»
Latipova Surayyo Hakimovna Buxoro Innovatsiyalar Universiteti 2- kurs magistranti
Annotatsiya:Ushbu maqolada Maktabgacha ta‘lim muassasasi tarbiyalanuvchilari borliq va unga tutash hodisalar va tabiatni sevishga qaratilgan holatlarni ko’rish mumkin. Bola tarbiyasida tabiatning o’z o’rni borligi va undan oqilona foydalanishni tushuntirish zarurligi alohida to’xtalib o’tilgan.
Kalit so’zlar: tabiat, inson, rol, mutafakkir, muhofaza, fikr, tanishtirish, metod.
Bolalar hayotining birinchi yilidanoq faoliyatning eng oddiy turlari undagi shaxsiy qobiliyatlar, xususiyatlar, tevarak-atrofga ma’lum bir munosabatning shakllanida asos bo‘lib xizmat qiladi. Kattalarning bolalar bilan bo‘ladigan hissiy, hissiy-predmetli munosabatlaridanoq bolada dastlabki ijtimoiy talabni vujudga keltiradi, dastlabki xarakat va tasavvurlar, tasurotlar shakllana boshlaydi.
Harakat usullarini egallab borish orqali bolada faollik rivojlanadi. Ammo faollikning qay darajada rivojlanib borishi irsiyatga hamda taqlidchanlik qobiliyatiga bog‘liq. Bola hayotining dastlabki yillarida kattalar bilan bo‘ladigan munosabati va narsa-buyumlar bilan bajargan harakati asosiy faoliyat turi hisoblanadi. Bola bilan muomala qilish orqali kattalar ularni asta-sekin buyumlar olamiga olib kiradilar. Mashg‘ulotlardagi o‘quv faoliyati orqali bolalar tevarak atrofidagi tabiat to‘g‘risidagi, ijtimoiy hayot, kishilar to‘g‘risidagi bilimlarni o‘zlashtirib oladilar. Shuningdek ularning aqliy va amaliy bilimlari kengayib boradi.
Agar ta’lim jarayonida 3-4 yoshli bolalar diqqati tabiat, kishilar to‘g‘risidagi konkret faktlarga qaratilsa, 5-6 yoshli bolalarga ta’lim berishda asosiy e’tibor muhim bog‘liqliklar va munosabatlarga, ulardagi oddiy tushunchalarni shakllantirishga qaratiladi. Bular orqali bolalarda tushunarli tafakkur rivojlantiriladi.
Bolani tarbiyalashda, uning rivojlanishida faoliyat etakchi rol o‘ynaydi. Shuning uchun ta’lim-tarbiya muassasalarida va oilada bolaning hayotini u turli-tuman faoliyatlar bilan shug‘ullana oladigan qilib tashkil etish kerak. Bunga albatta, bolalar faoliyatining mazmunini boyitib borish, yangi bilim malakalarni singdirish mustaqilligini rivojlantirish bilan erishiladi.
Tarbiyachi maktabgacha yoshidagi bolalarga tabiat, jamiyat xodisalari, kattalarning mehnati haqida boshlang‘ich bilim va tushunchalar beradi, ularga madaniy axloq, o‘z tengdoshlari va kattalar bilan madaniyatli manosabatda bo‘lish odatlarini singdiradi, yaxshilik, haqiqatgo‘ylik, adolat, jasurlik, kamtarinlik, kattalarga hurmat bilan qarash, tabiatga qiziqish, kuzatuvchanlik, o‘simlik va hayvonlarga g‘amxo‘rlik bilan qarash, mehnatsevarlik, kattalarni mehnati natijalarini asrab-avaylash kabi axloqiy sifatlarni tarbiyalaydi.
Bolalarga maktabga oid bilimlar berish ilk yoshdan boshlanadi. Ular tug‘ilgandan boshlab tevarak-atrofni qiziqib kuzata boshlaydilar, ulg‘aya boshlagan sari o‘zlarini o‘rab turgan narsalarni, buyumlarni, yuz berayotgan tabiat xodisalarni bilgilari keladi. Bu borada ota-onalar yoki kattalar tabiat haqida tushunchalar berib borishlari bolalarni dunyoqarashini o‘stirishga hizmat qiladi. Maktabgacha yoshdagi bolalar uchun maktabga oid bilimlar mazmunining asosini ular o‘rab turgan tabiat, ya’ni o‘simlik va hayvonlar, buyumlar, turli xil hodisalar, fasllar tabiatni muhofaza qilish haqidagi ilk tushunchalarni birini tashkil etadi.
Maktabgacha yoshdagi bolarni tabiat bilan tanishtirish orqali etetik, aqliy, axloqiy jihatdan tarbiyalash, jismoniy rivojlantirish barcha zamonlarda ham o’ta dolzarb muammolardan hisoblangan. Tabiat bilan tanishish insonni ma‘naviy kamolotga yetkazuvchi jarayon bo’lib, uni barcha salbiy xatolardan saqlaydi. Natijada uning xulqiy go’zalligi ortadi.
Tabiatga muhabbat - juda keng qamrovli va murakkab his-tuyg’udir. U yuksak ruhiy va aqliy qatlamlarni o’z ichiga oladigan murakkab bir butunlikni tashkil etadi. Maktabgacha yoshdagi bolalarda atrof-muhitga mas‘uliyatli munosabatni shakllantirishga doir tadqiqot ishlarini olib borgan M. Umarovaning fikricha, bu hissiyotni tarbiyalashni bolalikning erta yoshidan boshlash muhim pedagogik ahamiyat kasb etadi. Har bir bolada o’zi yashab turgan mahalliy o’lka va O’zbekiston tabiatiga muhabbat bilan qarash, unga ko’ngil qo’yish ishtiyoqi o’sib boradi. Bolalikda tug’ilgan bu tuyg’u maktab yillarida rivojlanib, boyib boradi.
Kuzatishlarning tasdiqlashicha, bolalarning atrof-muhitdagi faoliyati asosan o’z-o’zidan, kutilmagan tarzda kechadi va buni ulardagi tabiatga bo’lgan bunday munosabatning asosiy sababi deb hisoblash to’gri bo’ladi Oila, mahalla, bir so’z bilan aytganda, tevarakdagilarning, ayniqsa, maktabgacha ta‘lim muassasasi tarbiyachilarining pedagogik ta‘siri bilan bunday nojoiz faoliyat tuzatib boriladi. Mana shuning uchun ham maktabgacha yoshdayoq bolalarning tabiat haqida ishonarli ma‘lumotlarni egallashlari juda muhim.Maktabgacha ta‘lim muassasasi tarbiyachilaridan bolalarni tabiat bilan tanishtirish uchun tabiat haqidagi turli fan sohalaridagi katta bilim zahiralariga egabo’lishlari, ularning rivojlanish qonuniyatlarini tushunishlari, aql sohasi (noosfera)ning imkoniyatlarini to’g’ri baholay olishlari, tabiatda yuz beradigan narsa-hodisalar orasidagi aloqadorliklarni izohlay olishlari talab etiladi. Ayniqsa, o’zi yashab turgan joy tabiati: fasl almashinuvlarini kuzata olishi, tabiat kalendarini tuza olishi, o’simlik va gullarni ko’paytirish ko’nikmasiga o’rganishi muhim. Bolalarda tabiatga faol va ehtiyotkorona munosabatni tarbiyalash maktabgacha ta‘lim muassasasida mavjud bo’lgan hayvon va o’simliklarni oziqlantirishga yordam beradi. Tarbiyachidan jonli tabiat burchagini tashkil eta olish, o’simlik va hayvonlar uchun ularning tabiatda yashashlariga yaqin shart-sharoitlar yaratish talab etiladi.
Ekologik tarbiyaning bosh maqsadi maktabgacha yoshdagi bolalarda atrofmuhit va uning muammolari haqida ongli munosabatn ihamda ular bo‘yicha optimal yechimlar topish to‘g‘risidagi bilim, ko‘nikma va malakalarni shakllantirishdan iborat. Mazkur maqsadni amalga oshirish uchun bir qator vazifalarni hal qilishga to‘g‘ri keladi.
1. Maktabgacha yoshdagi bolalarimizga ekologik tarbiya berishda ularning yashab turgan joyi (tabiati) va boyliklarini tejab-tergashga, ularni ongli ravishda
muhofaza qilishga o‘rgatish.
2. Ekologik madaniyatni shakllantirish.Bu, eng avvalo, oiladan boshlanmog‘i
lozim.
Maktabgacha yoshdagi bolalarni tabiat bilan tanishtirishning quyidagi yo‘llari
mavjud:
• Mashg‘ulotlar o‘tkazish;
• Ekskursiya;
• Mehnat;
• O‘yinlar;
• Kundalik hayot ishlari.
Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida bolalarni tabiat bilan tanishtirishda ta'lim
berishning asosiy usullaridan biri ekskursiya hisoblanadi. Ekskursiya jarayonida
bolalar tabiat to‘g‘risidagi aniq tasavvurga ko‘rish, sezish, eshitish bilan idrok etish orqali ega bo‘ladilar. Ekskursiya jarayonida maktabgacha yoshdagi bolalarda tabiat, undagi qonuniyatlar to‘g‘risida realistik tasavvurlar hosil bo‘ladi. Bu jarayon orqali o‘rganilgan tushunchalar keyinchalik bolalar egallaydigan ilmiy bilimlarning asosini tashkil etib, maktabda o‘rganiladigan tabiiy fanlarni o‘zlashtirib olishni osonlashtiradi. Tabiat haqidagi bilimlar bolalarga o‘z vaqtida o‘rgatilmasa, ularning tabiatdan noto‘g‘ri foydalanishiga olib keladi.
Bolalarda tabiat haqidagi bilimlarni shakllantirish jarayonida tarbiyachining o’zi tabiat go’zalliklarini ko’ra olishi va tabiatda go’zallik yaratish ishtiyoqiga ega bo’lishi katta ahamiyatga ega. Zarur bilim va ko’nikmalarni egallab qolmasdan, tabiat bilan tanishtirish shakl, metod va vositalaridan foydalana olishni ham o’zlashtirishi talab etiladi.
Umuman olganda, tarbiyachi maktabgacha yoshdagi bolalarni tabiat bilan tanishtirish jarayonida quyidagi vazifalarni hal etishi zarur:
1) jonli va jonli tabiat haqida aniq bilimlar berishi, ularning o’zaro aloqadorligini ochib berishi;
2) inson organizmi va uning salomatligi haqida ma‘lumot berishi;
3) maktabgacha yoshdagi bolalarni tabiatdagi o’zgarishlarni kuzatishga doir xulqatvor ko’nikma va malakalari bilan qurollantirish;
4) tabiatdan oqilona foydalanish va uning boyliklarini ko’paytirishga -yo’naltirilgan inson mehnat faoliyati bilan tanishtirish;
5) Ona-tabiatga muhabbat, uning asrab-avaylashga doir ishtiyoqni tarbiyalash.
Mashg‘ulotlar turli shakllarda olib boriladi va bularning ayrimlarida boshlang‘ich bilimlar shakllantiriladi. Buning uchun tarbiyachi kuzatish, rasmlarni ko‘rish, hikoyalar, ertaklarnni o‘qishdan, multimedia vositalaridan foydalanadi.
Boshqa mashg‘ulotlarda esa bolalarning bilimlar aniqlanadi, kengaytiriladi va chuqurlashtirilgan holda o‘rgatiladi. Mashg‘ulotlarda asosan didaktik o‘yinlar, umumlashtiruvchi so‘zlardan, bolalarning tabiatdagi amalga oshiradigan mehnatidan foydalaniladi. Barcha guruhlarda mashg‘ulotlarni yanada yaxshi natija berishi va qiziqarli muhitni tashkil qilish uchun sayrlardan foydalaniladi.
Didaktik o‘yin ta’limning asosiy shakli hisoblanib, ta’limni yengil, tez va bolalar tomonidan oldindan mo‘ljallanmagan bilimlarni o‘zlashtirish shakliga aylanadi.
Masalan, “Bu hayvonning nomi “Qizil kitob”ga kiritilganmi? Shu hayvonni top” o‘yini. Tarbiyachi bolalarni doira shaklida turg‘izib, hay von nomini aytadi va koptokni biror bolaga otadi. Bola koptokni ilib olib, “Qizil kitob”ga kirgan yoki kirmaganligini aytadi. Tabiat muhofazasiga doir o‘yin mazmunini ishlab chiqishda odamlaming o‘zaro munosabatlari, ularning tabiiy muhitga insonparvarlik, g‘amxo‘rlik bilan munosabatlari markaziy o‘rinda turmog‘i lozim. Shuning o‘yinlardan foydalanishda bolalarning yoshini hisobga olish, ularning yoshiga mos holda o‘yinlar ishlab chiqish lozim.
Tarbiyachining bolalarga ekologik ta’lim va tarbiya berishda xalqimizning o‘ziga xos milliy tarbiyasidan, ota-onalar bilan hamkorlikni tashkil qilishdan o‘rinli foydalanishi yaxshi natija beradi. Milliy tarbiyamizda suvni isrof qilmaslik bilan birga, yer, havo, tuproq ham muqaddas hisoblanadi.
Demak, maktabgacha yoshdagi bolalarda ekologik tarbiyani rivojlantirish orqali
ularning tabiatga bo‘lgan mehrini, shakllantirish va kelajakda tabiiy fanlarni o‘zlashtirishi uchun poydevor yaratiladi. Bolalarga ekologik tarbiya berishda va
zamonaviy usullardan foydalanish yaxshi samara beradi.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Maktabgacha ta’lim va
tarbiyaning davlat standartini tasdiqlash to‘g‘risida” 2020 yil 22 dekabrdagi 802-sonli qaroriga 1-ilova Maktabgacha ta’lim va tarbiyaning Davlat Standarti.
2. “Илк қадам” Мактабгача таълим муассасасининг Давлат ўқув дастури-
Тошкент – 2018 й.
3. Sh.M. Mirziyoyev-“Yangi O‘zbekiston Strategiyasi”-Toshkent-2021.
4. Kayumova.N.M.-“ Maktabgacha pedagogika.” T.: TDPU -2013 y. O‘quv
qo‘llanma.
5. Sodiqova Sh.A.- “Maktabgacha pedagogika.” – T, 2018.
Yüklə 29,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə