Ma'naviyatga yetaklov!



Yüklə 23,21 Kb.
tarix30.08.2023
ölçüsü23,21 Kb.
#121085
Ma\'naviyatga yetaklov!


Ma'naviyatga yetaklov!
Muqimiy nomidagi Qo'qon davlat pedagogika instituti
Xorijiy tillar fakulteti Ingliz tili yo'nalishi 2-bosqich talabasi
Abdumalikova Moxinurbonu Nurmuxammad qizi
Annotatsiya: Respublikamizda bugungi kunda ta'lim sohasiga katta e'tibor qaratilmoqda. Ayniqsa, adabiyot sohasi rivojlanib, yoshlar qalbida asarlar orqali yorqin his-tuyg'ularni uyg'otish hamda adabiyotga mehr qo'yishga undamoqda. Ma'naviyatga ilk qadam kitob bilan qo'yiladi. Shavkat Mirziyoyev aytganidek:"Bugun bitta kitob o'qigan bola, ertaga 10ta televizor ko'rgan bolani boshqaradi".
Kalit so'z: ma'naviyat, Nozik tuyg'ular, ma'naviy xazina.
Insonga bir marta berilgan hayotda u o'z hayotidan, o'tmishidan rozi bo'lishi kerak. Aytishingizni yoki qilishingizni hohlagan narsangiz buni qilolganingizda eng katta baxtdir. Aksincha, insonning ichki intilishlari, qalb e'tiqodi, so'zi va harakati o'rtasida ziddiyat yuzaga kelib, vijdoni aytganini qilolmay qolishi katta baxtsizlikdir.
Badiiy adabiyot insonning ma'naviy olamini boyitadi, uning ruhiyatini tarbiyalaydi, qalbimiz va ongimizda insoniylik tuyg'ularni tarbiyalaydi. Badiiy adabiyotning asosiy quroli badiiy so'zdir. So'z bilan so'zning farqi bor. Bir so'z orqali, qalb yashashni yoki o'lishi mumkin.
So'z nafaqat atrofimizdagi ko'rinmas narsalar u, balki boshidagi fikrlari va qalbdagi his-tuyg'ularni ham tasvirlash uchun ishlatilisshi mumkin.
Badiiy adabiyotda insonning o'y-fikrlari, orzu-intilishlari to'liq aks etadi. Birinchi prizidentimiz Islom Karimov Abdug'aniyevich "Ma'naviyatni anglash, idrok etish uchun, avvalo, insonni anglash, idrok etish kerak" degan so'zlar alohida ahamiyatga ega. Chunki adabiyotning bosh obraz ob'ekti insondir.O'zbek xalqi adabiyotga chuqur ildiz otgan. Necha asrlar oldin nihol bo'lgan adabiyoti iz hozirgi kunda basavlat daraxtga aylanib, yillar davomida xalqni o'z mevasi bilan ta'minlab kelmoqda. Vatanimizda yaratilgan ko'plab asrlar jahon adabiyoti durdonalari orasida mustahkam o'rin tutadi . O'zbek adabiyotiga bo'lgan qiziqish xorijlik olilar tomonidan ko'plab ilmiy tadqiqotlar yaratilishiga sabab bo'ldi.
O'zbekiston da mustaqilligimizning ilk kunlaridanoq adabiyot olamiga har tomonlama yordam ko'rsatish, ijod erkinligini ta'minlash, badiiy adabiyot nashrlarini ko' paytirish,O'zbekistonning hech bir Davlatdan qolishmasligiga alohida e'tibor qaratilmoqda.
Adabiyot ma'naviy xazina sifatida tasvirlangan. Darhaqiqat, uning bag'rida insoniyat ardoqlagan eng nozik tuyg'ular-insoniylik, adolat, mehr-oqibat, o'zaro tushunishni, do'stlik, mehr va rahm-shavqat, go'zalikka chanqoq mehr va muxabbat o'lmas. Bu tuyg'ular adabiyotga oshno inson qalbiga o'tib, uni insonga aylantirib, hayotini yoritib, o'zgacha ma'no-mazmun bilan boyitishi aniq.
Eng muhimi, milliy adabiyotimiz kelajagida uning kelajakdagi taraqqiyoti ma'naviyat sohasidagi ustuvor yo'nalish ekanligi alohida ta'kidlangan.
Biz O'zbekistonni dunyoga tarannum etmoqchi bo'lsa, uning qadimiy tarixi va yorug' kelajagini tarannum etmoqchi bo'lsak uni avlodlar xotirasida saqlamoqchi bo'lsak, avvalo, buyuk adiblarni, buyuk ijodkorlarni, kamol toptirishimiz kerak.Chunki, buyuk adib Cho'lpon aytganidek "Adabiyot yashasa millat yashaydi"
"Eng katta jasorat - ma'naviy jasoratdir", - dedi. O'zbekiston mustaqillikka erishgach, ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, ma'naviy, madaniy, adabiy sohalarda keskin o'zgarishlar ro'y beradi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Ma’naviyat: asosiy tushunchalar izohli lug’ati. T.: G’.G’ulom nomidagi
nashriyot-matbaa ijodiy uyi, 2010.
2. Ziyomuhammadov B., Ziyomuhammedova S., Qodirova S. Ma’naviyat asoslari. T.: O’zbekiston Milliy etiklopediyasidavlat ilmiy nashriyoti, 2000.
3. Рахмонова Г. Ш. и др. АХЛОҚ–ШАХС ТАРАҚҚИЁТИНИНГ ЮҚОРИ МАЪНАВИЙ ПОЙДЕВОРИ //BOSHQARUV VA ETIKA QOIDALARI ONLAYN ILMIY JURNALI. – 2022. – Т. 2. – №. 2. – С. 160-165.
4. Рахмонова Г. Ш. и др. ТАЛАБА-ЁШЛАРНИ ТАРБИЯЛАШДА МАЪНАВИЙ-АХЛОҚИЙ ҚАДРИЯТЛАРНИНГ ЎРНИ ВА АҲАМИЯТИ //BOSHQARUV VA ETIKA QOIDALARI ONLAYN ILMIY JURNALI. –
2022. – Т. 2. – №. 2. – С. 108-113.
5. Rakhmonova G. S. The Content of the Development of Spiritual and Moral Competencies of Students //EUROPEAN JOURNAL OF INNOVATION IN NONFORMAL EDUCATION. – 2022. – Т. 2. – №. 2. – С. 179-183.
6. Rakhmonova G. S. Development of Spiritual and Moral Competencies in Students as a Pedagogical Problem //International Journal of Culture and Modernity. – 2021. – Т. 11. – С. 311-314.
7. Рахмонова Г. Ш. РАЗВИТИЕ ДУХОВНО-НРАВСТВЕННЫХ КОМПЕТЕНЦИЙ У СТУДЕНТОВ: DOI: 10.53885/edinres. 2021.30. 30.038 Рахмонова ГШ, научный исследователь кафедры «Дошкольное образование» БГУ, Асадова Вазира, одарённый студент факультета Дошкольного образования БГУ //Научно-практическая конференция. –2021. – С. 96-97.
Yüklə 23,21 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə