Markaziy Osiyo mashhur allomalarining geometrik izlanishlari



Yüklə 16,94 Kb.
tarix10.05.2023
ölçüsü16,94 Kb.
#109490
Markaziy Osiyo mashhur allomalarining geometrik izlanishlari


“O‘rta Osiyo allomalari, Farg‘oniy, Farobiy, Beruniy, Ibn Sino va boshqalarning geodeziya, astronomiya va boshqa fanlar to‘g‘risida yozgan asarlaridan geometriya bo‘limiga tegishli ma`lumotlarni tahlil qilish”

3.1 Markaziy Osiyo mashhur allomalarining geometrik izlanishlari

IX-XI asrlarda yashab, fanning bir yoki bir necha sohasini mukammal egallagan, turli yo‘nalishlar bo‘yicha yirik tadqiqotlar olib borgan O‘rta Osiyolik buyuk allomalar, qomusiy olimlar Muhammad al Xorazmiy, Abu Nasr Forobiy, Ahmad Farg‘oniy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Umar Xayyom va boshqalarning «Geometriya» va «Astronomiya» asarlarida bayon etilgan ba’zibir tasvirlash usullari keltirilgan. Bu allomalarning hayoti va tadqiqotlari to‘g‘risida ayrim ma’lumotlarni keltiramiz.

Ahmad Farg‘oniy. Abul Abbos ibn Muhammad ibn Kasir Farg‘oniy (861-yilda Bag‘dodda vafot etgan). U buyuk astronom, matematik va geograf olim hisoblanadi. Yevropada ilmiy adabiyotida uni Alfraganus deb ataganlar.

Ahmad Farg‘oniy Bag‘dodda Xorun ar-Rashidning o‘g‘li al Ma’mun hukmronligi (813-833) davrida O‘rta Osiyolik olimlar Muhammad ibn Muso Xorazmiy, Abbos ibn Sa’id Javhariy va boshqalar bilan birga ishlagan. Ular dastlab yunon olimlarining asarlarini arab tiliga tarjima qilishgan, keyin esa o‘zlari arab tilida mustaqil asarlar yaratganlar. Xalifa al Ma’mun 829-yilda Bag‘doddagi «Bayt al xikmat» ya’ni «Donishmandlar uyi» qoshida 832-yilda Damashqda rasadxona (observatoriya) qurdirgan. Bu rasadxonalarda astronomiyadan muntazam ravishda kuzatuv ishlari olib borilgan. Ularda Farg‘oniy faol qatnashib, kuzatuvlar natijasini «Al Ma’munning tekshirilgan jadvallari» nomi bilan kitob holiga keltirgan.

Muhammad al Xorazmiy (783-850) Al Xorazmiyning to‘liq ismi Muhammad ibn Muso al Xorazmiy. U O‘rta Osiyolik mashhur matematik va astronom olimdir. Xorazmiy Xorazm (Xiva)da 783-yilda tug‘ilib, 850-yilda Bog‘dod (Iroq)da vafot etgan.

Al Xoraz­miy VIII asr oxirida Bag‘dodga keladi. Fanlarning rivojlanishi Xorun ar Rashid (786-809) va uning o‘g‘li al Ma’mun xalifalik qilgan (813-833) davrga to‘g‘ri keladi.

Al Ma’mun Bag‘dodda «Bayt al hikmat» («Donishmandlar uyi») ni qurdiradi. «Donishmandlar uyi» qoshida yaxshi jihozlangan rasadxona va boy kutubxona bor edi. Uni o‘z davrining Fanlar Akademiyasi deb atash mumkin.

Xorazmiy Bag‘dodga kelgach, ilmiy tekshirish ishlari bilan shug‘ullanadi. Qadimgi yunon matematiklari Evklid, Arximed va Apolloniylarning hamda qadimgi hind astronom va matematiklarining ishlarini qunt bilan o‘rganadi. Uning Bag‘doddagi dastlabki tadqiqot ishi hindlarning «Sindxanta» nomli astronomik asarining arabcha tarjimasini tahrir qildi.

Tez orada al Xorazmiy matemati­ka, astronomiya, geografiya, tarix va tabobat ilmi buyicha butun O‘rta Sharqda shuhrat qozondi. U «Bayt al hikmat» dagi kutub­xona, rasadxona va barcha ilmiy tekshirish ishlariga rahbarlik qildi. Agar «Donishmandlar uyi» ni Fanlar Akademiyasi desak, u holda Xorazmiy o‘sha Akademiyaning prezidenti lavozimida edi.

Xorazmiy ham o‘zining arif­metika, algebra, astronomiya, geo­grafiya, tarix, tibbiyot va boshqa sohalarga doyr asarlarini arab tilida yozgan, chunki bu davrda Yaqin va O‘rta Sharqda fan tili arab tili edi.

Abu Nasr al Forobiy (873-950)

Forobiy O‘rta Osiyolik buyuk qomuschi olim. Uning to‘liq ismi - Abu Nasr Muhammad ibn Muhammad ibn Uzlug‘ Tarxon Fo­robiy. U hozirgi Qozog‘istonning, Chimkent viloyatining Aris shahri yaqinida tug‘ilgan. Otasi turk qabilalaridan bo‘lib, harbiy xizmatchi bo‘lgan. Dastlabki ma’lumotni u o‘z ona yurtida, Toshkent (Shosh), Buxoro va Samarqand shaharlarida olgan. Keyinchalik ilm ishtiyoqi o‘sha davrning ilmiy markazi bo‘lgan Bag‘dodga etaklagan. Bag‘dodda Foro­biy ham boshqa olimlar singari, avval o‘rta asr fani va turli tillarni o‘rgangandan keyin mustaqil asarlar yoza boshlagan.

Forobiy o‘rta asr fanlarining turli sohalariga doyr 160 ga yaqin asar yozgan. Uni ko‘proq bilimlarning nazariy va falsafiy jihatlari qiziqtirgan. Forobiyning tabiiy-ilmiy fanlar sohasiga va matematikaga qo‘shgan hissasi kattadir. U «Ilmlarning kelib chiqishi va tasnifi» asarida o‘rta asrlarda mavjud bo‘l­gan 30 dan ortiq fanning ta’rifini beradi va ularning har birining tutgan o‘rni haqida so‘z yuritdi.

Forobiyning bu asarining birinchi bobi til haqida bo‘lib, asarining ikkinchi bobi mantiq, uchinchi bobi esa matematika haqida yozilgan.

Forobiy matematikaga buyumlarning miqdoriy va fazoviy nisbatlarini o‘rganuvchi fan deb ta’rif beradi va uni ettita qismga ajratadi.

Birinchi qismI arifmeti­ka - sonlar haqidagi fan bo‘lib u na­zariy va amaliy qismlardan iboratdir.

Ikkinchi qismi - geometriya mavjud narsalarning turli qismlari turli shaklda bo‘lganidan va ularni o‘lchashni o‘rganadigan fan zarurligidan bu geometriya fani paydo bo‘lgan. «Shunday qilib, geometriya o‘lchovchi fan, biz u orqali o‘lchovni bilamiz, chiziqlar, sirtlar va hajmlarni o‘zaro taqqoslaymiz» deb yozadi Forobiy.

Uchinchi qismi - kuzatish haqidagi fan optika - u ham geometriyaga tegishli, u figuralarning shakllari, ob’yektlar orasidagi masofalarni yorug‘lik va nurdan foydalanib o‘rganadi.

To‘rtinchi qismi - yulduzlar haqidagi fanga bag‘ishlangan bo‘lib bu astronomiya fani hisoblanadi.

Beshinchi qismi - musiqa ilmi. Musiqa ilmining matematikaga kiritilishining sababi Forobiy kuylar garmoniyasining matematik printsiplarini o‘rga­nadi. «Musiqa hakida katta kitob» asarida kuylar garmoniyasi­ning turli jadvallari va geomet­rik chizmalarini ham keltiradi. Bu asar faqat musiqa nazariyasidan iborat bo‘lmasdan unda Sharqda ma’lum bo‘lgan rubob, tanbur, nog‘ora, nay kabi musiqa asboblar va ularda kuy ijro etish qoidalari ham berilgan.

Abul Vafo Muhammad ibn Yahyo ibn Abbos al Buzjoniy (940-998) Grafikaning rivojlanishiga bevosita o‘z hissasipi qo‘shgan buyuk olimlardan biri Xurosonlik matematik al Buzjoniydir. U avvalo qadimgi yunon olimlarining asarlarini tarjima qilish bilan shug‘ullanadi. Uning kashf etgan ilmiy asarlari matematika va grafika fanini yanada rivojlantirshda muhim rol o‘ynaydi. Uning asarlarida chizmachilikning nazariy asarlari asoslari berilgan. Uning «Hunarmandlar uchun geometrik handasaviy yasashlari haqidagi» 13 bobdan iborat risolasi «Chizg‘ich», «Sirkul va uchburchaklik haqida» nomli bobdan boshlangan. Unda shu asboblar va ularni yasash to‘g‘risida keng ma’lumotlar berilgan. Ushbu asarning mazmuni asosan geometrik yasashlarga bag‘ishladi.

Abyl Vafo Buzjoniy ham Al Forobiy kabi yonuvchi oynaklarga tegishli bo‘lgan ikkita parabola shablonlarni yasash metodlarini keltirib o‘tadi.

Geometrik yasashga doir usullar yer o‘lchash, Me’morchilik va hunarmandchilikka doir masalalar asosida tarkib topgan.

Buzjoniy o‘zining kitoblarida 200 ga yaqin geometrik naqshlar yechimi to‘g‘risida yozib qoldirilgan. Bulardan tarixning ba’zi oson yo‘llarini tushuntirib o‘tgan. Masalan, uning kitoblaridan birida qurilish va geometrik naqsh yechimi to‘g‘risida yozilgan. Bu kitob hozir Parijdagi muzeylardan birida saqlanmoqda. Buzjoniy o‘zinnig kitoblarida uchga, beshga bo‘lishning eng sodda yo‘llarini keltiradi. Bu o‘sha davr uchun katta ahamiyatga ega edi.

Abu Rayhon Beruniy (973-1048) Beruniyning to‘liq ismi - Abu Rayhon Beruniy Muhammad ibn Ahmad o‘rta asrning buyuk qomuschi olimi. U Xorazmning Qiyot shahrida tug‘ilgan. Qiyot hozirgi Beruniy shahrining o‘rnida bo‘lgan.

Beruniy juda yoshligidan ilm va fanga qiziqadi. U sevgan fanlar - astronomiya, matema­tika, geodeziya, geografiya va minerologiya edi. U o‘zining «Geodeziya» asarida Qiyot shahrining geografik kengligini aniqlaganini yozadi.

1004-yil Beruniy Xorazmga kaytdi. Gurganjda u oy tutilishini kuzatdi. Saroyda al Masihiy, tabib al Hammar, ibn Iroq va boshqalar ishlar edilar. 1005-yil bahorida Buxorolik mashhur tabib Abu Ali ibn Sino ham Gurganjga keldi.

Gurganjda Beruniy matemati­ka, astronomiya bilan bir qatorda fizika va mineralogiyaning ba’zi masalalari bilan shug‘ullandi. 1017-yilning yozida Mahmud G‘aznaviy Xorazmni bosib oldi. G‘aznaviyning buyrug‘iga ko‘ra Beruniy asir sifatida G‘aznaga olib ketildi. U yerda og‘ir sharoitda yashadi. 1019-yildan keyin ilmiy ish bilan shug‘ullanish sharoitiga ega bo‘ldi.

1022-1024-yillar Mahmud G‘aznaviy Hindistonga qilgan yurishida Beruniyni o‘zi bilan olib ketdi. Safarda ham Beruniy ilm bilan shug‘ullandi. U Panjobdagi Nandna qal’asi yonida yer shari meridiani bir gradusining uzunligini o‘lchadi va u 110,895 km ekanini aniqladi. Bu ma’lumot hozirgi zamon o‘lchashlari natijasI 111,1 km bilan taqqoslansa, Beruniy o‘lchashlarining aniqligi ancha yaqindir. U Hindistonda bo‘lajak asari «Hindiston tarixi» uchun material yig‘di va uni 1030-yilda yozib tugatdi. O‘sha yili Mahmud vafot etdi va uning o‘rniga o‘g‘li Mas’ud taxtga chiqdi. Mas’ud Beruniyga ko‘p iltifotlar ko‘rsatdi. Shu sababli, Beru­niy o‘zining shoh asarini Mas’udga bag‘ishlab «Qonuni Mas’udiy» deb atadi.

Beruniyning shoh asarlaridan biri «Qonuni Ma’sudiy» deb ataladi. Bu asar asosan astronomiyaga oid bo‘lsa ham, Beruniyning matematikaga oid, ya’ni trigonometriya, geometriya, sferik trigonometriyada qilgan anchagina kashfiyotlarini shu asarda chizmalar yordamida bayon etilgan.

Abu ali ibn Sino (980-1037) Abu Ali al Husayin ibn Abdulloh ibn al Hasan ibn Ali (980.8, Afshona qishlog‘i - 1037.18.6, Hamadon sh., Eron) – jahon fani taraqqiyotiga ulkan hissa qo‘shgan O‘rta Osiyolik buyuk qomusiy olim. G‘arbda Avitsenna nomi bilan mashhur.

Xusayn 5 yoshga kirgach, Ibn Sinolar oilasi poytaxt-Buxoroga ko‘chib keladi va uni o‘qishga beradilar. 10 yoshga yetar-yetmas ibn Sino Qur’on va adab darslarini to‘la o‘zlashtiradi. Ayni vaqtda u hisob va aljabr bilan ham shug‘ullanadi, arab tili va adabiyotini mukammal egallaydi. Abu Ali tinmay mutolaa qilib, turli ilm sohalarini o‘zlashtirishga kirishdi. U musiqa, optika, kimyo, fiqh kabi fanlarni o‘qidi, xususan, tabobatni sevib o‘rgandi va bu ilmda tez kamol topa boshladi.

Ibn Sino 17 yoshdayoq Buhoro xalqi orasida mohir tabib sifatida tanildi. U yunon mualliflarining, xususan, Aristotelning «Metafizika» asarini berilib mutolaa qildi. Lekin bu kitobda bayon qilinganlarning aksariyati Ibn Sinoga tushunarsiz edi. Tasodifan yosh olimning qo‘liga Abu Nasr Forobiyning “Metafizika” ning maqsadlari haqidagi kitobi tushib qoladi va uni o‘qib chiqibgina Ibn Sino metafizikani o‘zlashtirishga muvaffaq bo‘ladi.

Shunday qilib, ibn Sino zaruriy bilimlarning barchasini Buxoroda oldi. Olimning ilmiy ijodi 18 yoshidan boshlandi.

Qoraxoniylar 999-yilda Buxoroni zabt etib, samoniylar davlatini ag‘darganidan keyin Ibn Sino hayotida tashvishli, notinch va og‘ir damlar boshlandi.



Xorazmshohlari Ali ibn Ma’mun (997-1009) va Ma’mun ibn Ma’mun (1009-1017) ilm-fanga e’tiborli xukmdorlar bo‘lib, olimlarga ilmiy ijod uchun qulay sharoit yaratib bergan edilar. Bu davrda Xarazmning poytaxti Gurganjda zamonasining ko‘pgina taniqli olimlari to‘rejadi. Yirik matematik va astronom Abu nasr ibn Iroq (vafoti 1034 y.), atoqli tabib va faylasuflar Abu Sahl Masihiy (1010 y. v. e.), Abul Xayr Xammor (942-1030) va buyuk olim Abu Rayhon Beruniy shular jumlasidan.

Ana shu ilmiy davraga 1005-yili ibn Sino ham kelib qo‘shildi. Xorazmda Ibn Sino, asosan, matematika va astronomiya bilan shug‘ullandi. Bu sohalardagi bilimlarining chuqurlashib, ilmiy dunyoqarashining shakllanishida ibn Iroq va Beruniy bilan bo‘lgan ilmiy muloqotlar katta ahamiyat kasb etdi. Ibn Sinoning Aristotel ta’limoti xususida Beruniy bilan va o‘zining shogirdi Baxmanyor bilan yozishmalari tarixda mashhurdir.
Yüklə 16,94 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə