Mavzu: Adobe Flash dasturida tovush, tasvir, matn va harakatlar uyg‘unligini ta’minlash. Flash dasturi bilan ishlash asoslari



Yüklə 59,52 Kb.
səhifə1/3
tarix25.12.2023
ölçüsü59,52 Kb.
#161443
  1   2   3
Adobe Flash dasturida tovush, tasvir, matn va harakatlar uyg‘unligini ta’minlash.


Mavzu: Adobe Flash dasturida tovush, tasvir, matn va harakatlar uyg‘unligini ta’minlash.


Flash dasturi bilan ishlash asoslari
Flash dasturida ishlashni o'rganish uchun avvalo uning interfeysi bilan tanishish lozim. Agar Macromedia firmasi tomonidan yaratilgan biror-bir dasturiy ta’minotlar (masalan, Dreamweaver muxarriri) bilan tanish bo'lsangiz Flashni interfeysini o'zlashtirish unchalik murakkab bo'lmaydi. Agar Macromedia tomonidan yaratilgan uskunalarni o'zlashtirishni aynan Flash dasturidan boshlasangiz, u holda uning menyulari, uskunalari va ob’ekt xususiyatlar paneli va boshqalarning ko'rinishi Windowsning amaliy dasturlarinikidan fraq qiladi. Masalan, aksariyat Windowsdagi amaliy dasturlarda (ofis majmuasi) uskunalar paneli tarkibini boshqarish buyruqlari
“View” menyusiga kiradi.
Flash dasturida esa bu buyruqlar “Window” menyusida joylashtirilgan. Tahrirlanayotgan obyekt xususiyatlar panelining ko'rinishi ham Flash dasturiga xosdir. Lekin bu turdagi yangiliklar unchalik ham qiyinlik tug'dirmaydi. Muharrirning foydalanuvchi interfeysini tashkil etilishi umumiy holda Windows dasturlar kabi standart ko'rinishga egadir, oynaning yuqori qismida sarlavha, menyular to'plami, asosiy buyruqlar joylashtirilgan uskunalar paneli va boshqalar. Muharrirda yangi vaqt diagrammaning korinishi mavjud. Muxarrirni ilk bor ishga tushirganda asosiy oyna ustidan qo'shimcha muloqot oynasi naydo bo'ladi. Bu oyna sizga ish boshlashni o'zinigiz xohishingiz bo'yicha
sozlash imkonini beradi. Bu muloqot oynasida 3 ta Open a Recent Item (oxirgi flash faylni ochish), Create NEW (yangi fayl yaratish), Create form Template (shablondan foydalanib fayl yaratish) bo'limlari bor. Bu muloqot oynasidan keraklisini tanlab olish mumkin. Aksiryat holatlarda Create NEW -> Flash document bandi tanlanadi va ekranga Flash dasturining asosiy oynasi hosil bo'ladi.
1-rasm. Flash dasturining asosiy interfeysi
Flash dasturining asosiy oynasi menyular, uskunalar, obekt xususiyatlar va qo'shimchalar, ishchi maydon kabi 4 ta asosiy sohalardan iborat.
Flash dasturining menyusi 10 bo'limdan iborat.

Flashning uskunalar paneli
Flash dasturining uskunalar paneli tasvirlarni yaratish va tahrirlash kabi amallarni bajarishga yordam beradi. Uning tarkibiga quyidagi jadvalda keltirilgan uskunalar kiradi. Tahrirlash uskunalari paneli asosiy ekranni chan tomonida joylashadi. Unda asosan grafik obyektlar yaratish va tahrirlash uchun mo'ljallangan uskunalar joylashtirilgan. Bu uskunalarning ko'chiligi foydalanuvchiga grafik muxarrirlari (masalan, Paint) bilan ishlash jarayonidan tanishdir. Foydalanuchvchiga qulaylik tug'dirish uchun uskunalar paneli tort qismga bo'lingan.
4- Tools (HHCTpyMeHTbi) - bu qismda aniq uskunalar joylashtirilgan. Bu uskunalarni tanlash va chizish uskunalari tashkil etadi.
4 View (IIpocMOTp) - ish stolidagi tasvimi ko'rishni boshqarish vositalari joylashtirilgan. View ikki uskunadan iborat: Hand Tool- bu uskuna tanlanganda maxsus rejim yoqiladi, bu rejimda sichqoncha yordamida ish maydonini turli yo'nalish boyicha siljitish mumkin; Zoom Tool - bu uskuna tanlanganda ish maydonidagi tasvirni tez masshtablash rejimi yoqiladi. Bu rejim yoqilganda Options maydonida ikki qoshimcha uskunasi naydo bo'ladi, bu uskunalar masshtablash yo'nalishini (kattalashtirish yoki kichiklashtirish) o'zgartirish imkonini beradi.
4 Colors (U,BeTa) - bu erdagi uskunalar chegara va maydon asosining rangini bir-biridan alohida o'zgartirish imkonini beradi.
4 Options (YcTaHOBKn) - tanlangan uskuna uchun qo shimcha parametrlami o'rnatish elementlari joylashtirilgan. Qo shimcha parametrlari bo'lmagan uskunalar uchun Options maydoni bosh qoladi.
Flashni avvalgi variantlariga nisbatan, chizish uskunalarini ayrim parametrlarini o'rnatish xususiyatlar inspektori paneli yordamida ham amalga oshirish mumkin. Har bir uskunani sozlashni o'ziga xos tomonlari keyingi mavzularda ko'rib o'tiladi. Agar zaruriyat tug'ilsa uskunalar panelini oynadan «uzish» va istalgan joyga joylashtirish mumkin.

Flashning ish maydoni


Ish maydon interfeysning markaziy qismida joylashgan. Ish maydonda obyektlarni tahrirlashning barcha amallarni bajariladi. Ish maydonining yuqorisida uskunalar paneli joylashtirilgan. Bu panelda quyidagi interfeys elementlari joylashgan (2- rasm, chapdan o'ngga):







• Yo'nalishli tugma - butun sahnani tahrirlash rejimiga qaytish imkonini beradi va faqat agar siz alohida elementni tahrirlash rejimida bo'lsangiz ishlaydi;



  • tahrirlanayotgan sahna (simvol joylashtilgan sahnani) nomi yozilgan matnli maydon; roliklarin sahnalariga avtomatik ravishda ^em (Scene) nomi va sahna tartib nomeri beriladi;

  • tahrirlanayotgan simvol nomi yozilgan matn maydoni. Agar simvol o'z ichida boshqa simvollardan tashkil tongan bo'lsa u holda ichma-ich joylashgan simvolni tahrirlashga o'tilsa panelda simvollar nomidan iborat zanjir hosil bo'ladi;

  • sahnani tanlash tugmasi bosilganda rolik sahnalaridan iborat royxatli menyu ochiladi;

  • simvolni tanlash tugmasi bosilganda rolik simvollaridan iborat royxatli menyu ochiladi.

  • ish maydonining masshtabini tanlash ro'yxati, bu royxatdagi ko'rsatkichlarni o'zgartirish mumkin.

  • Ish maydonining xohlagan joyida sichqonchani o'ng tugmasi bosilganda lokal menyu ochiladi, bu menyu ish maydoni va turli rolik parametrlarini ozgartirish uchun asosiy buyruqlardan iborat.

Scene (sahna) buyrug'ini tanlanganda nomi Scene nomli panel naydo bo'ladi, bu panel rolik sahnalari bilan ishlash uchun moljallangan. Uning yordamida quyidagi amallarni bajarish mumkin:

  • roliklar sahnalari ro'yxatini ko'rish; sahnalarni ro'yxatdagi joylashuvi rolikdagi ketma- ketlikka to'g'ri keladi;

  • rolikni xohlagan sahnasiga o'tish;

  • tanlangan sahnani nusxasini olish. (panelni pastki qismidagi tugma bosiladi, nusxa ro'yxatga sahnaning haqiqiysidan so'ng joylashtiriladi);

  • yangi sahna qo'shish (sahna ro'yxatda tanlangan sahnadan keyin joylashadi);

  • tanlangan sahnani o'chirish va boshqa amallar;

Ish maydoning markaziy qismida montaj stoli (Stage) joylashgan. Montaj stolining o'lchami va rangi rolikni namoyish vaqtidagi ekran o'lchami va rangiga to'g'ri keladi. Bir vaqtda montaj stolida faqat bir sahna joylashishi mumkin.
Flash ko'p hujjatli interfeys - MDI (Multi Document Interface) texnolgiyasidan foydalaniladi. Bunday ish modeli bir asosiy oyna ichida bir nechta fayllar - qo'shimcha oynalarni tahrirlash uchun ochish imkoni borligini bildiradi. MDI bir qancha qulayliklarni yaratib beradiki, ulardagi rolikni bir - biriga, boshqasiga sichqoncha yordamida (ya’ni drag-and-drop - «olib o't va qoldir»ni qo'llash) elementlarni ko'chirib o'tish mumkin. Ob’ektni boshqa bir rolikga ko'chirib o'tilganda yoki nusxasi olinganda, bu ob’ektni barcha xususiyatlari saqlanib qolinadi.
Vaqt diagrammasi
Ish maydonining yuqori qismida vaqt diagrammasining (Timeline) paneli joylashgan. Ish stoli kabi vaqt diagrammasi ham rolikning aniq bir sahnasiga tegishli bo'ladi. Vaqt diagrammasi sahnadagi kadrlar joylashuvining tartibi, obyektlar holatini o'zgarish ketma-ketligi va boshqa amallarni bajarish uchun mo ljallangan. Vaqt diagrammasi animatsiyani yaratishda va rolikni interfaol elementlar holatini tavsiflaydigan asosiy vositadir. Vaqt diagrammasi paneli murakkab tuzilishga ega bo'lib, ko'p boshkaruv elementlarini o'z ichiga oladi. Bundan tashqari, vaqt diagrammasini tashqi ko'rinishi o'rnatilgan parametrlarga qarab juda keng diapazonda o'zgarishi mumkin.
Vaqt diagrammasida quyidagi elementlar mavjud:

  • rolikni ayni vaqtdagi sahnasining kadrlarini ta’rifi;

  • kadrlar shkalasidan iborat vaqt diagrammasi, “o'qish kalagi” va sahnani har bir kavati uchun vaqt diagrammasi;

  • vaqt diagrammasida kadrlar namoyish etish formatini tanlash menyusi;

  • vaqt diagrammasi oynasini holat satri. bu satrda rolikni bir necha parametrlari to'g'risidagi ma’lumot va ish stolidagi animatsiya kadrlarini boshqarish tugmalari. Vaqt diagrammasini ko'rinishi kadrlarni tanlangan formatiga ham bog'liq bo'ladi.

Bu formatlarni tanlash Frame View menyusi yordamida amalga oshiriladi. Bu menyu buyruqlari vaqt diagrammasining barcha qatorlariga barovar ta’luqlidir. Menyu punktlari to'rtta guruhga bo'linadi.
Birinchi guruhdagi buyruqlar kadr yacheykasi razmerini gorizontal yo'nalishda o'rnatilishini bildiradi, quyidagi variantlar mavjud:

  • Tiny (juda kichik);

  • Small (kichik);

  • Normal (oddiy);

  • Medium (o'rta);

  • Large (katta).

Large formatini tovush parametrlarini ko'rish uchun ishlatiladi.
Ikkinchi guruhga bitta buyruq kiradi - Short (qisqa). Bu buyruq kadr yacheykasi razmerini vertikal yo'nalish bo'yicha kichiklashtirishni bildiradi.
Uchinchi guruhga ham bitta buyruq kiradi - Tinted Frames (bo'yalgan kadrlar). Ushbu buyruq tanlanganda animatsiyani turli xillari uchun kadrlarning rangli indikatsiyasi ishlatiladi.
To'rtinchi gurux ikki buyruqdan iborat:

  • Preview (avvaldan ko rish - npegBapnTenbHbin npocMOTp) - bu buyruq qo'llanilganda vaqt diagrammasida animatsiyani asosiy kadrlarni kichik ko'rinishi hosil bo'ladi;

  • Preview In Context (npegBapHTentHbin npocMOTp b KOHTeKCTe) - bu buyruqni agar har bir asosiy kadrda ikki va undan ortiq obyektlar o'zgarib tursa ishlatilishi maqsadga muvofiq, chunki bu buyruq vaqt diagrammasida kadr yacheykasiga sahnani barcha joyini tonshiriladi, lekin bu holda kadr tasviri Preview buyrug'i ishlatilgandagindan ham kichikroq bo'ladi.



  • Ish maydonning pastki qismda xususiyatlar inspektori paneli joylashgan. Agar ish maydonida biror-bir obyekt tanlanmagan bo'lsa yoki obyektlar umuman bo'lmasa, u holda xususiyatlar inspektori faqat rolikning umumiy xosslarini ko'rsatadi. Birob-bir obyektni tanlanganda xususiyatlar inspektori formati avtomatik ravishda o'zgaradai. Xususiyatlar inspektori paneli interfeysdan ajratib olish va uni ixtiyoriy qismida joylashtirish mumkin.





Yüklə 59,52 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə