Mavzu: fonetika va fonologiya reja



Yüklə 5,07 Kb.
tarix23.07.2023
ölçüsü5,07 Kb.
#119864
Mavzu fonetika va fonologiya reja-fayllar.org


Mavzu: fonetika va fonologiya reja

Mavzu:


  • FONETIKA

  • va

  • FONOLOGIYA

Reja:


  • 1.Tilshunoslikning fonetika bo`limi haqida umumiy ma`lumot.

  • 2.Nutq a`zolari va ularning vazifasi.

  • 3.Nutq tovushlarining artikulyatsiyasi, akustikasi va ma`no farqlashi.

  • 4.Tilning fonetik vositalari.

Fikr gap orqali ifoda qilinadi. Inson tili tovush tilidir. Nutq tovushlari til uchun moddiy manba hisoblanadi. Fikr gap orqali ifodalanadi, gap esa so`zlardan tashkil topadi, so`zlar nutq tovushlaridan tuziladi. Masalan:Biz huquqiy demokratik jamiyat qurmoqdamiz gapidagi so`zlar, biz, b, i, z, huquqiy, h, u, q,u, q, i, y; demokratik, d, e, m, o, k, g, a, t, i, k, jamiyat , j, a, m, y, a, t; qurmoqdamiz, q, u, r,m, o, q, d, i, z, kabi shakllardan, tashkil topgan.


  • Fonetika

  • Fonetika grekcha phone “tovush”, tika”ta`limot”ya`ni tovush haqidagi ta`limot demakdir. Nutq tovushlarini tekshiradigan, o`rganadigan tilshunoslikning bir bo`limi fonetika deyiladi. Fonetika tilshunoslikning bir bo‘limi bo‘lib, unda nutq tovushlari, ularning hosil bo‘lishi, turlari, o‘zgarishi, urg‘u, bo‘g‘in, ohang kabilar o‘rganiladi.

  • Fonologiya

  • so‘zi tarjima qilinganda “tovush haqidagi ta’limot” degan ma’noni bildiradi (phone – tovush, logos - ta’limot). Bu bo‘limda tovushlarning so‘z va morfemalar ma’nolarini farqlashdagi roli bayon qilinadi. Agar fonetika bo‘limida tovushlarning fiziologik-akustik xususiyatlari tekshirilsa, fonologiyada, ta’bir joiz bo‘lsa, tovushning ijtimoiy mohiyati o‘rganiladi.


Tovush


  • Tovush bilan fonemani o‘zaro farqlash zarur. Tovush nutqning fonetik jihatdan bo‘linmaydigan eng kichik birligidir, u ma’no ifodalamaydi, lekin har qanday so‘z tovushlar vositasida shakllanadi. Masalan, a, d, m, o tovushlarini ma’lum bir tartibda talaffuz qilish orqali odam, omad, moda singari boshqa-boshqa ma’nodagi so‘zlar hosil qilinadi. So‘zlar tovush tarkibiga ko‘ra turlicha bo‘ladi.

Fonetik akustika


  • Fonetik akustika nutq tovushlarining fizik xususiyatlarini tekshiradigan sohadir. Akustik jihatdan har qanday tovush havo oqimining tebranishi va bu tebranishning quloqqa eshitilishidir. Nutq tovushlari esa o‘pkadan kelayotgan havo oqimining un paychalari tebranishidan hosil bo‘ladigan ovoz va nutq organlarida hosil bo‘ladigan shovqinning quloqqa eshitilishidir. Nutq tovushlari akustikasida ko‘yidagilar farqlanadi:

1. Nutq tovushlarining balandligi yoki pastligi ma’lum vaqt ichida un paychalarining tebranish miqdoriga ko‘ra har xil chiqishidir: un paychalari ko‘p tebransa, tovush baland bo‘ladi, aksincha, un paychalari kam tebransa, tovush past chiqadi.


  • 1. Nutq tovushlarining balandligi yoki pastligi ma’lum vaqt ichida un paychalarining tebranish miqdoriga ko‘ra har xil chiqishidir: un paychalari ko‘p tebransa, tovush baland bo‘ladi, aksincha, un paychalari kam tebransa, tovush past chiqadi.

  • 2. Nutq tovushlarining kuchi ma’lum kenglikdagi maydondan ma’lum vaqtda o‘tadigan energiya miqdoridir. Bu haqda tilshunos olim H.Jamolxonov shunday yozadi: “Tovushning kuchi (intensivligi) - 1 sm2 maydondan 1 sekundda o‘tadigan energiya miqdoridir” Demak, nutq tovushlarining kuchi un paychalari tebranishi kengligiga bog‘liq: tebranish kengligi katta bo‘lsa, tovush kuchli chiqadi, bu kenglik kichik bo‘lsa, tovush ham kuchsiz chiqadi.

3. Nutq tovushlarining tembri (sifati)asosiy ton bilan hosil bo‘ladi. Tovushlarning tembri og‘iz bo‘shlig‘i va burun bo‘shlig‘ining hajmi, shakliga, tovush paychalarida shovqinning qanday hosil bo‘lishiga bog‘liq.


  • 3. Nutq tovushlarining tembri (sifati)asosiy ton bilan hosil bo‘ladi. Tovushlarning tembri og‘iz bo‘shlig‘i va burun bo‘shlig‘ining hajmi, shakliga, tovush paychalarida shovqinning qanday hosil bo‘lishiga bog‘liq.


  • 4. Tovushning cho‘ziqlik darajasi un paychalarining tebranishi davom etgan vaqt bilan o‘lchanadi. Tebranish uzoq davom etsa, tovush cho‘ziq; tebranish qisqa davom etsa tovush qisqa bo‘ladi.

So‘z ma’nolarini ajratish, chegaralash uchun xizmat qiladigan vositalar fonetik vositalar sanaladi. Bunday vositalarga quyidagilar kiradi.

E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!



http://fayllar.org
Yüklə 5,07 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə