Mavzu. Harakat faoliyati, koordinatsiyasi va ekstrapiramidal tizim



Yüklə 331,1 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/3
tarix31.05.2023
ölçüsü331,1 Kb.
#114452
  1   2   3
2 - Nazariy



Mavzu. Harakat faoliyati, koordinatsiyasi va ekstrapiramidal tizim 
 
Xarakat - odam xayot faoliyatining asosiy belgilaridan biridir. Organizmning eng muxim 
vazifalari xisoblangan nafas, qon aylanishi, yutinish, peshob ajratish, axlat chiqarish, tananing 
fazoda yo’nalishi barcha-barchasi muskullar qisqarishi bo’lmish xarakat orqali amalga oshiriladi. 
Xarakat xamma vaqt reflektor tabiatga ega. Xarakat aktining amalga oshirilishini ta’minlaydigan 
reflektor yoyi oddiy, ikki neyronli afferent va efferent nerv xujayrali yoki murakkab ko’p sinaptik 
bo’lishi mumkin. Xarakatlar ixtiyorsiz va ixtiyoriy, sust va faol xamkor xarakatlar tafovut qilinadi. 
Sust va faol xarakatlar kishining ongi xamda irodasi ishtirokida, ixtiyorsiz xarakatlar esa– ong va 
idrokning ishtirokisiz bajariladi. Ana shu xarakat buzilishlarini aniqlash uchun patologik jarayon 
xarakteri va joyini belgilash zarur bo’ladi. Xarakat yo’li tarkibiga kiruvchi markaziy va periferik 
xarakat neyronlarini izdan chiqishi, buzilishi birinchi darajali axamiyatga ega.
Bosh miya po’stlog’idagi xarakatlantiruvchi, efferent o’tkazuvchi yo’llar 
Bu turdagi o’tkazuvchi yo’llar o’z navbatida uch guruxga taqsimlanadi:
I. Piramidal xarakat o’tkazuvchi yo’li bo’lib, ikki turdagi tolalardan xosil bo’ladi:
a) bosh miya po’stlog’i bilan, bosh miya nervlarining xarakat o’zaklarini birlashtiruvchi 
o’tkazuvchi yo’llar:
b) bosh miya po’stlog’i bilan orqa miya nervlarini birlashtiruvch o’tkazuvchi yo’llar.
II. Bosh miya po’stlog’i bilan miyacha orasidagi o’tkazuvchi yo’llar.
III. Bosh miyaning bazal o’zaklaridan boshlanadigan ekstrapiramidal o’tkazuvchi yo’llar.
Piramid yo’l 
I neyron: 
bosh miyani gyrus presentralis soxasini Bets xujayralaridan boshlanib ichki 
kapsulani tr. corticospinalis orqali o’tib miya o’zagiga boradi va uzunchok miya asosida kesishib 
(decussatio pyramidum), qarama-qarshi tarafga 85-90% o’tadi va tractus cortico-spinalis lateralis 
deyiladi. Kesishgan tolalar orqa miyaning yon tizimchalari tarkibida yo’nalib, oldingi shoxlarda 
yakunlanadi. 10-15% kesishmagan tolalar orqa miyaning oldingi tizimchalari tarkibida yo’nalib 
segmentlar soxasida kesishib, oldingi shoxlarda yakunlanadi va tractus cortico-spinalis anterior 
deyiladi. 
II neyron
- orqa miya oldingi shoxlaridan boshlanib, oldingi ildizlar tarkibida - 
ko’ndalang targ’il muskullarga yetib boradi. SHunday qilib, piramida yo’llari kesishgan yo’llar 
guruxiga kiradi.

Yüklə 331,1 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə