Mavzu: ilon mask internet loyihasi



Yüklə 14,97 Kb.
tarix11.12.2023
ölçüsü14,97 Kb.
#145453
ILON MASK INTERNET LOYIHASI


MAVZU: ILON MASK INTERNET LOYIHASI


Reja:



  1. Starlink ijtimoiy loyihasi haqida.

  2. Sun’iy Ong, Kriptovalyutlar, Robotiks, Neuralink, Open AI loyihalar.

  3. Hamma uchun sifatli internet.

Starlink – Elon Musk asos solgan SpaceX kompaniyasiga tegishli loyiha bo’lib, u yaqin yillar ichida, yerning quyi orbitasiga uchirilgan o’rta hajmli sun’iy yo’ldoshlar orqali butun yer yuzini internet aloqasi bilan ta’minlab berishi rejalashtirilgan. Bu sun’iy yo’ldoshlar avvalgilaridan farqli o’laroq, yapaloq shaklda bo’lib, har biri o’rtacha 260 kg og’irlikka ega. Shunday qurilmalarning birinchi partiyasi 2018-yilda uchirilgan. Hammasi bo’lib, 12000 ta sun’iy yo’ldoshlar uchirilishi rejalashtirilgan. 

Starlink hayotimizga qanday o’zgarishlarni olib kiradi?
Butunlay yangicha dunyo
Bugun biz yangi texnologik revolyutsiya bo’sag’asida turibmiz. Sun’iy Ong, Kriptovalyutlar, Robotiks, Neuralink, Open AI kabi loyihalar ustida allaqachon ish olib borilmoqda. Starlink bizning kelajagamiz uchun xal qiluvchi ahamiyatga ega loyiha. Lekin ko’pchilik bundan bexabar. Eng birinchi yutuq tarafi, Starlink siz va bizga tez va sifatli internet aloqasini sayyoramizning istalgan nuqtasiga yetkazib beradi. Ayniqsa bundan beqaror internet aloqasi mavjud uchinchi dunyo mamlakatlari katta foyda ko’rishi tayin. 
Hamma uchun sifatli internet
Agar bu loyiha amalga oshsa, dunyodagi barcha telekomunikatsiya kompaniyalarining kelajagi katta so’roq ostida qoladi. Elon Musk ta’kidlaganidek, Starlinkning birinchi nishoni internet aloqasi yetib bormagan chekka hududlar bo’ladi, lekin mutaxassislar fikricha loyiha ishga tushgach katta shaharlar va megapolislar ham u bilan qamrab olinshi juda tez ro’y beradi. Starlink ortiqcha qiyinchilik va urunishlarsiz bizning kundalik hayotimizni va ish samaradorligini oshirishi mumkin. Bugungi kunda dunyo aholisining deyarli 40% barqaror internet tarmog’isiz qolmoqda. 4 milliard odamni internet tarmog’i bilan taminlash globallashuv jarayonini butunlay yangi bosqichga olib chiqadi. Bunga eng asosiy sabab esa, internet uchun yetarli infrastruktura mavjud emasligi hisoblandi. Elon Musk aynan shu muammoni hal etib bermoqchi.
Biznes uchun yangi imkoniyatlar
Dunyoni deyarli yarimi uchun barqaror internet tarmog’i, bu – shubxasiz ishbilarmon va tadbirkorlar uchun katta imkoniyatlarni yaratib beradi. Millionlab yangi foydalanuvchilarni bozorga kirib kelishi natijasida ishbilarmonlar o’z xizmat ko’rsatish sohalarni qayta ko’rib chiqishlari lozim bo’ladi. Shuningdek, IT, onlayn ta’lim, internet xavfsizligi, onlayn bank xizmatlari kabi turli sohalarda katta rivojlanishlar ro’y beradi. Bundan tashqari, dunyoning turli burchaklarini bog’lovchi yagona tarmoq global mehnat bozoriga ham o’z ta’sirini ko’rsatmay qolmaydi. U kam to’lov evaziga ishlovchi malakali mutaxassislarni nisbatan ko’p xaq oluvchi hamkasblari bilan teng maosh olishga yo’l ochib beradi. Bu esa, xalqaro mehnatga xaq to’lash dinamikasiga va odamlar turmush sharoitiga to’g’ridan-to’g’ri ta’sir ko’rsatadi.

Individual mustaqillik davri
Eng muhimi esa, onlayn ta’lim uchun berilgan imkoniyatlar natijasida, endilkda odamlar qanday qilib mustaqil shaxs sifatida shakllanish hamda dunyoga butunlay boshqacha ko’z bilan qarashni o’rganadilar. Internet ularga qanday qilib moliyaviy mustaqil bo’lishni o’rgatadi. Internet allaqachon o’zida shaxsiy rivojlanish uchun keragidan ortiq ma’lumotlarni qamrab olib bo’lgan.

Xulosa
Nima bo’lganda ham, Starlink – diqqat bilan kuzatib borishimiz lozim bo’lgan loyiha hisoblanadi. Ishoning, uning ta’siri sizu bizga kutganimizdan tezroq seziladi. Ayniqsa, qimmat va sifatsiz internet tarmog’i mavjud yurtimizda u katta o’zgarishlarga sabab bo’lishi mumkin. Hech kim tarafidan cheklanib qo’yilmaydigan sifatli internet Markaziy Osiyoning eng ko’p aholisi mavjud mamlakatiga yangicha nafas olib kira oladi. Shu o’rinda ta’kidlab o’tish kerakki, sekin-astalik bilan yoshlarimiz, va umuman barcha internet foydalanuvchilar o’rtasida, tarmoqdan samarali foydalanish ma’daniyatini shakllantirishimiz lozim. Bizni oldinda shubxasiz katta o’zgarishlar kutmoqda unga esa tayyorgarliksiz borib bo’lmaydi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

  1. Kompyuter tarmoqlarini yig`ish” akademik litsey kasb-hunar kollejlari uchun o`quv qo`llanma Toshkent “ilm ziyo” 2011.

  2. WWW.arxiv.uz

  3. WWW.referat .uz

Yüklə 14,97 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə