Mavzu: kichik maktab yoshida axloqiy tushunchalarni rivojlanishi



Yüklə 2,94 Mb.
səhifə1/2
tarix09.06.2023
ölçüsü2,94 Mb.
#116343
  1   2
Rivojlanish psixologiyasi Xaydarova N


Oriental Universiteti
Pedogogika va psixologiya fakulteti
2-kurs 16-guruh talabasi
Xaydarova Nodiraning
Rivojlanish psixologiyasi fanidan
Mustaqil ishi
Tekshirdi: Rustamova B
MAVZU:KICHIK MAKTAB YOSHIDA AXLOQIY TUSHUNCHALARNI RIVOJLANISHI
Reja:
1.Kichik maktab yoshi davrining o’zida xos xususiyatlari
2. Kichik maktab yoshidagi bolalarda shaxs xususiyatlarining
Shakllanishi
3. Kichik maktab yosh davrida shaxs shakllanishigа doir tadqiqotlarning moxiyati
4.Xulosa
Kichik maktab davri 6-7 yoshdan 9-10 yoshgacha davom etadi, Bu davrda bola maktab o‘quvchilariga qo’yiladigan turli talablar bilan tanishadi, fan asoslarini o‘rganish uchun biologik va psixologik jihatdan tayorlanadi. Uning psixikasi bilim olishga yetadigan darajada rivojlanadi. Shu yoshdagi bola idrokining o‘tkirligi, ravshanligi, sofligi, aniqligi,; o‘zining qiziquvchanligi, ishonuvchanligiga, xayolining yorqinligi, xotirasining kuchliligi, tafakkuryning yaqqolligi bilan boshqa yoshdagi bolalardan ajralib turadi. Maktab ta’limiga tayyorlanayotgan bolada diqqat nisbatan uzoq muddatli va shartli barqaror bo’ladi. “Kichik maktab yoshidagi bolalarning asosiy faoliyati o‘qish hisoblanad”. Bolaning maktabga borishi, uning psixologik rivojlanishi va shaxsining shakllanishidagi o’rni nihoyatda katta. Bola o’quv faoliyatida o‘qituvchi rahbarligida inson ongining turli asosiy shakllarining mazmunini egallaydi va insoniy an’analar asosida harakat qilishni urganadi. O‘quv faoliyatida bola o‘z irodasini o‘quv maqsadlariga erishish uchun mashq qildiradi. O‘quv faoliyati boladan nutq, diqqat, Xotira, tasavvur va tafakkurini kerakli darajada ryvojlanishini talab etgan holda, bola shaxsi rivojlanishi uchun yanga sharoitlarni yaratadi. Birinchi bor maktabga kelgan bola o‘z atrofdagilari bilan psixologik jihatdan yangi munosabat tizimiga o‘tadi. U hayotining tubdan o‘zgarganini, unga yangi majburiyatlar. nafaqat, har kuni maktabga borish, balki o‘quv saoliyati talablariga bo‘ysunish ham yukltilganligini his eta boshlaydi.
Bu davrning ahamiyatli tomoni shundaki, bolaning bog’cha yoshi davrida to’plagan shaxsiy tajribasi, tilboyligi, bilish imkoniyatlari endi tartibga tusha boshlaydi, u ham intellectual, ham axloqan, ham ijtimoiy tomondan rivojlanib, ulg’aya boshlaydi. Jenevalik psixolog Jan Piaje ma’lumotlariga qaraganda, 6-7 yoshli bolaning intellektual salohiyatida keskin burulishlar ro’y beradi. Uning xotirasi ancha yaxshi bo’lib malum tizimga, tartibga tushadi, endi u ko’proq o’zi xohlagan narsalarni esda saqlab qolishga harakat qiladi. Shuning uchun ham u, bazan ota-onalari o’ylanib qoladigan mavhum matematik vazifalarni ham o’qtuvchisi o’rgatganday tezda yechadigan bo’lib qoladi. Har xil ertaklarni eshitib yurgan bola endi real tashqi olamni, uni qanday bo’lsa shunday mavjud xususiyatlari doirasida idrok qilib, anglay boshlaydi.
Boshlang’ich maktabda o’qiyotgan bola uchun shaxsiy yutuqlari- o’qishda, sportda bolalar orasida nufuzi va obro’si katta ahamiyat kasb eta boshlaydi. Bu davrda bolalar o’zlarining qaysi jinsga taaluqli ekanligini teran anglab maktabda “o’g’il bolalar va qiz bolalar” guruhi shakllanadi. Har bir guruhning o’ziga yarasha qiziqishlari, mashg’ulatlari bo’lib, qizlarning davrasida bo’lish, xattoki, o’g’il bola uchun noqulay bo’lib qoladi.
Eng muhimi, aynan bu davr axloqiy normalarni anglashning, tushunish, axloqiy qadryatlarni o’zlashtirish va ma’naviy tasavvurning shakllanishi uchun o’ta sezgir va qulay hisoblanadi. Shuning uchun ham kattalarni e’zozlash kichiklarga hurmat, ota-onaga ehtirom ko’rsatish, vatanni sevish, shaxsiy va ijtimoiy mulkka to’g’ri munosabat xislari tarbiyalanadi. Bola jazo va rag’batlantirish o’rtasidagi farqni ajrata oladi va nima qilib bo’lsa ham jazolanishdan qochib, ko’pchilikning nazaridan qolmaslikka harakat qiladi. Shu bois ham oilada va ta’lim maskanlarida bolaning axloqiy va ma’naviy tarbiyasi uchun yaratilgan yaxshi shart-sharoit ayni bu davrda o’zining samarali natijasini beradi.
Biroq bolaning maktab talimiga psixologik jixatdan tayyorligining subyektiv tomoni ham mavjuddir. Bola maktabda o’qish xohishi, intilishi, predmetlarga qiziqishi, ishtiyoqi katta yoshdagi odamlarning bilan muloqotga kirishishning istagi mazkur tayyorlik bilan uzviy bog’liqdir. Bazi bir bolalar maktabga vujudi bilan talpinadilar, go’yoki qush kabi uchishga tayyordirlar, oqish vaqtiga qancha vaqt qolganini sabrsizlik bilan sanaydilar, o’quv ashyolarini oldinroq taxt qilib qo’yishga kattalarni da’vat etadilar. Boshqa bir toifadagi bolalar esa bu to’g’risida extiyotkorlik va vazminlik bilan munosabatda bo’ladilar. Biroq bu toifadagilarda faollik,shijoat, kuyuchanlik bilan intilish yetishmaganga o’xshab ketadi. Uchinchi bir turkumda taalluqli o’quvchilar bo’lsa maktabdan qat’iy ravishda vos kechish darajasiga borib yetadilar. O’qishga nisbatan bunday munosabat kattalarning jazo berish, erkinlikni yo’qotish, majbur qilish, qo’rqitishlari oqibatida vujudga keladi. Masalan: “Maktabga borsang- taziringni yeysan”, “ Qilt etsang kaltak yeysan”, “ Dars tayyorlayverib tinkang quriydi” va boshqalar.
Kichik maktab yoshidagi o’quvchining muhim xususiyatlaridan biri – undagi o’ziga xos extiyojning mavjudligidir. Mazkur extiyoj o’z mohiyati bilan muayyan tartibdagi bilim, ko’nikma va malakalarni egallashga, tevarak atrofdagi voqelikni o’zlashtirishga qaratilgan bo’lmasdan, balki faqat o’quvchi bo’lish istagining o’zidan iborat. Bu extiyoj zamirida o’qishning tashqi alomatlari, chunonchi, fo’rma kiyish xohishi, o’z shaxsiy portfeli, dars tayorlash burchagiga, kitob qo’yish javoniga ega bo’lish istagi, kattalardek har kuni maktabga qatnash tuyg’usi yotadi, xolos. Bundan tashqari bilimlar kunidagi shodiyona ayyom, o’quvchilik safiga qabul qilishlik lavhasi, maktab mamuriyati va o’qituvchilarning ularga bildirgan samimiy tilaklari, yuqori sinf o’quvchilarining samimiy tabrigi birinchi sinf o’quvchilarining his-tuyg’usiga katta ta’sir ko’rsatadi. Sinf a’zolari bilan birgalikda qatorlashib saf tortib yurishlar, yoppasiga o’yin faoliyatida qatnashish, o’qtuvchining o’gitlari ham ularni o’ziga rom etadi. Lekin ular o’qishning tub mohiyatini tushunib yetmaydilar, shuning uchun umumiy tarzda hamma maktabda borishi kerak, deb tasavvur etadilar. Vaholanki, o’quvchi o’qish ijtimoiy zaruriyat ekanligini anglab yetmasligi barchaga ayondir, biroq kattalarning ko’rsatmalariga amal qilgan holda tirishqoqlik bilan mashg’ulotlarga kirishib ketishlik hollari ko’p uchraydi.
Ta’lim jarayonida o’qituvchi obro’sidan oqilona foydalanib, o’quvchida mehnatsevarlik, uyushqoqlik, o’qishga nisbatan ijobiy munosabat, diqqatni boshqarish, xulqni idora qilish, o’z-o’zini qo’lga olish, o’z- o’ziga tasalli berish, faollik tuyg’ularini vujudga keltirish ta’lim jarayonida yuqori samara beradi. Pedagogik odob nazorat nuqtai nazaridan o’qtuvchi obro’sini o’quvchilar oldida to’kish, shaxsiyatiga tegish va mazah qilish mumkin emas. O’qituvchi bolalarga to’g’ri ta’lim- tarbiya berishi hamda ularning shaxsiy intelekttual qobilyatlarni shakllantirish uchun quidagi fazilatlarga ega bolishi kerak:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə