Mavzu: kichik maktab yoshida axloqiy tushunchalarni rivojlanishi


kasbiy qobilyatlarning mavjudligi



Yüklə 2,94 Mb.
səhifə2/2
tarix09.06.2023
ölçüsü2,94 Mb.
#116343
1   2
Rivojlanish psixologiyasi Xaydarova N

kasbiy qobilyatlarning mavjudligi;
  • uning dilkashligi va boshqa bir qator odamiylikka yo’g’rilgan xislatlarining bo’lishi;
  • o’quv predmetlarini chuqur egallashi;
  • bilim saviyasining chuqurligi va kengligi;
  • o’qituvchining vijdonliligi, adolatgo’y fazilatlari, uning maqomi va rolining muhimligi;

  • Kichik maktab yoshidagi bolalar kattalarning xatti – harakatlarini, ular bajarayotgan ishni boshqarish imkoniyatiga ega bo’ladilar. Ular o’z maqsadlari sari intilishi, mustaqilliligi, jasoratliligi bolaning iroda kuchidan kechinmalar rivojlangan boladi. Ayni paytda bolaning yaxshi yoki yomon xatti- harakatlarni sezishi, go’zallikni idrok qilishi kata odamlarnikidan sifat va maqsad jihatdan farq qiladi. Ayniqsa, uning aqliy hislari mazmunan sayoz, davomiylik jihatdan beqarordir. Ularda irodaviy xislatlarning o’sib borishi bola shaxsi shakllanishi, tarkib topishi jarayonida unda ijtimoiy- ahloqiy qoidalar o’zlashtirib boriladi. Axloq qoidalari va maqomlarining bola tomonidan o’zlashtirib borilishi natijasida unda harakter hislatlari shakllanib boradi. Ularning tarbiyasi oddiy o’quv va mehnat ko’nikmalari, malakalari, ixtiyoriy diqqat, idrok va tajriba, mantiqiy esda qolish, fikr yuritish, so’z boyligi, iroda sifatlari, yuksak insoniy hislatlar qamrab oladi. Boladagi mazkur ruhiy jarayonlar, shaxs sifatlari, mahsus tashkil etilgan o’yinlar, ta’limiy mashg’ulotlar asosidagina bir tekis rivojlanishi mumkin.
    Kichik maktab yoshidagi o’quvchilarni har tomonlama yetuk, go’zal axloqli, xush odobli inson qilib kamol toptirish hozirgi kunning muhim vazifalaridan biridir. Chunki bu narsa milliy qadriyat va ruhiyatni tiklash jarayonida ta’lim va tarbiya samaradorligini oshirish masalasidan kelib chiqadi. Mazkur muammoni o’rganishda psixologlar oldida turgan vazifani muvaffaqiyatli amalga oshirishda boshlang’ich ta’limni ilmiy asosda to’g’ri yo’lga qo’yish uchun o’quvchilarning individual xususiyatlarini hisobga olish zarur. O’quv faoliyati kichik maktab yoshidagi o’quvchi uchun nafaqat bilish jarayonlarining yuqori darajada rivojlanishi, balki shaxsiy xususiyatlarining rivojlanishi uchun ham imkoniyat yaratadi.
    Mustaqillikni shakllantirish uchun bolaga mustaqil ishlarni ko’proq buyurish va ishonch bildirish nihoyatda muhimdir. Shunindek, shunday bir ijtimoiy psixologik muhit yaratish kerakki, unda bolaga biror bir ishni mustaqil, ijtimoiy vazifa bajarishni topshirish, bu ishni bajarish jarayonida bola o’zini tengdoshlari, kattalar va boshqa odamlarning lideri deb his qilsin. Ana shu his bolada mustaqil bo’lishga undovchi motivlarni yuzaga keltiradi. Maktab yoshidagi bola o’zining individual xususiyatlarini anglaydi. Bolani o’z-o’zini anglashi ham jadal rivojlana boradi va mustahkamlana boradi. Bu davrda bolalar o’zlarining ismlariga yanada ko’proq ahamiyat bera boshlaydilar va ularning tengdoshlari va atrofdagilari tomonidan ijobiy qabul qilinishiga harakat qiladilar. Bola o’zining tashqi ko’rinishi va gavda tuzulishiga beradigan baxosi ham o’z-o’zini anglashida kata ahamiyatga ega.
    XULOSA
    Xulosa qilib aytganda men shuni tushundimki freydning odamni jinsiy shakllanishidagi bu uzilishining ahamiyatini oliy insoniy madaniyatni rivojlanishi uchun sharoit sifatida alohida ta`kidlaydi.
    O’quv faoliyati kichik maktab yoshidagi o’quvchi uchun nafaqat bilish
    jarayonlarining yuqori darajada rivojlanishi, balki shaxsiy xususiyatlarining rivojlanishi uchun ham imkoniyat yaratadi. O’quvchining ushbu yosh davrida o’qtuvchining har bir aytgan so’zi, xar bir xatti- harakati, ta’sir o’tkazish uslubi uning uchun haqiqat mezoni bo’lib qoladi.
    O’qtuvchiga yuksak ishonch, unga bevosita taqlid insonni inson tomonidan idrok etilishi idetifikatsiya bosqichiga o’xshab ketadi. Ayni shu davrdan boshlab: 1) o’quvchining psixikasiga tashqi ta’sir ko’rsatish, 2) atrof-muhitdagi kishilarga yordam berishga undash, 3) nima bilan shug’ullanish to’g’risida ko’rsatma va yo’llanma berish, 4) unga oddiy individual yoki ijtimoiy xususiyatga ega bo’lgan burch xissini tushuntirish, 5)uni to’g’ri mulohaza yuritishga o’rgatish, 6) ijobiy xis-tuyg’u va ezgu niyatlarini qo’llab quvatlash, 7) o’qilgan kitobni, tomosha qilgan kinofilmni, sinfda sodir bo’lgan voqeani, sayohat taassurotlarini birgalashib muhokama qilish, 8) o’quvchilarni nomaqul so’z va iboralardan tiyish, ixtilofning oldini olish, 9) tabiat manzaralarini quvvatlash va musiqa tinglashga o’rgaish imkoniyati paydo bo’ladi. Bu omillarning barchasi o’quvchining shaxs bo’lib shakllanishida muhim ro’l o’ynaydi.
    Yüklə 2,94 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
    1   2




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

        Ana səhifə