Mavzu. Kirish. Mashinasozlik texnologiyasi asoslari fanining mazmuni va vazifalari. Mavzu rejasi



Yüklə 54,76 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/5
tarix24.12.2023
ölçüsü54,76 Kb.
#160022
  1   2   3   4   5


Mavzu. Kirish. Mashinasozlik texnologiyasi asoslari fanining mazmuni va
vazifalari.
Mavzu rejasi: 
1. Fanning qisqacha mazmuni, mashinasozlik texnologiyasining xalq
xo`jaligidagi ahamiyati, predmetining vazifalari.
2. Ishlab chiqarish va texnologik jarayonlar strukturasi (operasiya, o`rnatish, 
o`tish, yordamchi o`tish, ishchi yurish, yordamchi yurish, xolat, xarakat)
to`grisidagi asosiy tushunchalar. 
1.Fanning qisqacha mazmuni, mashinasozlik texnologiyasining xalq
xo`jaligidagi ahamiyati, predmetining vazifalari. 
Tabiat insoniyat ixtiyoriga tayyor ko’rinishda foydalanishi mumkin bo’lgan 
(juda kam, sanoqli miqdordagi) buyumlarni taqdim etadi. SHuning uchun ham 
insoniyat tabiat buyumlarini o’z extiyojiga moslashtirish maqsadida ish qurollari 
yordamida doimo mehnat qilishiga to’g’ri keladi. Masalan, mashina tayyor holda 
hech qachon tabiat tamonidan berilmaydi, uning metali ruda tarkibida beriladi.
Inson o’z bilimidan foydalanib rudadan metalni, metaldan kerakli sifatdagi 
po’latni, po’latdan zarur shakldagi tayyorlanmani, tayyorlanmaga mexanik ishlov 
berib kerakli sifatdagi detalni tayyorlaydi. Va nihoyat detallardan mashinani 
yig’adi. 
Barcha bu jarayonlar mashinani tayyorlash texnologiyasi deb ataladi. 
Texnologik fanlarning rivojlanishining zamonaviy bosqichlarida mashina 
ishlab chiqarish texnologiyasining barcha jarayonlaridagi hamma bilimlarni bitta 
mutaxassislik hajmida birlashtirish juda qiyin. 
SHuning uchun ham ishlab chiqarish texnologiyasi mustaqil ahamiyatga ega 
bo’lgan, rudalarni boyitish texnolgiyasi, metallurgiya texnologiyasi, quymakorlik 
texnologiyasi, temirchilik-shtamplash texnologiyasi, termik ishlov berish 
texnologiyasi va x.k. soxalardan iborat. 
Mashinasozlik texnolgoiyasi fanida ishlab chiqarishning oxirgi bosqichlari 
hisoblangan tayyorlashning mexanik ishlov berish va mashinani yig’ish kabi 
texnologik bilimlar majmuaviy o’rganiladi.
Mashinasozlik texnologiyasi fanining maqsadi mashinalarni yig’ish va 
detallarga mexanik ishlov berish bo’yicha texnologik jarayonlarni va 
operatsiyalarni kerakli tartibda tahminlashni loyixalash, ishlab chiqish va 
mehyorlash bo’yicha bilimlar majmuasini berishdan iborat. 
Bu fanning yo’nalishi kam material sarflanadigan yuqori unumdorlikda 
ishlaydigan va kam tannarxda tayyorlanadigan, jamiyat uchun zarur bo’lgan yuqori 
sifatli mashinalarni yaratish bilan aniqlanadi.
Texnologik jarayonni ishlab chiqish texnik-loyixa ishini bajarish va texnik 
iqtisodiy ko’rsatkichlarini asoslab texnologik jixozlarni to’g’ri tanlash, ayrim 
hollarda zamonaviylashgan yangisini yaratish bilan bog’liq. 
«Mashinasozlik texnologiyasi» fani kompleks fandir. Birinchidan, bunda 
texnologik materialli o’zini bayon etishdan tashqari, «Konstruktsion materiallar 
texnologiyasi», «Materialshunoslik», «Metallarni kesish nazariyasi», «Kesuvchi 


asboblar», «Metall kesish dastgoxlari» va boshqa fanlardagi xolatlardan foydalanib 
tahlil qilinib ishlov berish jarayonida dastgox, asbob va tayyorlanadigan detallni 
o’zaro tahsir kompleksi ham beriladi.
Masalan, mehnatni mehyorlashtirish masalasi kesish tartibini ishlab chiqish 
bilan uzviy bog’liqdir. Kesish tartibini ishlab chiqish «Metallarni kesish 
nazariyasi» tadqiqotlarini natijasidir. Xuddi shuningdek kesish kuchlari to’g’risida 
ham, moslamalarni va mexanik ishlov berish aniqligini hisoblashda qilishimiz 
zarur bo’lgan kattalikni aytish mumkin. Kesish kuchlarini o’lchash va uni nazariy 
hisobi «Metallarni kesish nazariyasi»da keltirilgan. 
Kesuvchi asboblar va dastgoxlarni bilish texnolgik jarayonni to’g’ri tuzish 
uchun zarur bo’ladi. Materialshunoslikdan olingan bilim detal va boshqalarni 
materiallarni tanlash uchun o’ta zarurdir. 
«Mashinasozlik texnologisi» ikki bo’limdan tashkil topgan. 
Birinchisi – barcha texnologik mutaxassisliklar uchun umumiy kurs 
mehyorlash va texnologik jarayonlarni mukammal ishlab chiqishni loyixalash 
asoslarini, mexanik ishlov berishda aniqlikni hisoblash, qo’yimlarni hisoblash, 
detalni bazalashtirish, moslamalarni konstruktsiyalash va mashinalarni yig’ish 
to’g’risida asosiy mahlumotlarni o’z tarkibiga oladi. 
Ikkinchisi – maxsus kurs foydalaniladigan dastgox, moslama, maxsus 
asboblarni taxlil qilish va yoritish bilan talabaning yo’nalishiga mos mashina va 
jixozlarning detallarga ishlov berishning tipli usuli va yig’ishni o’z ichiga oladi. 
“Mashinasozlik texnologiyasi asoslari” fani asosiy fanlardan biri 
hisoblanadi. Fanning o’qitishdan maqsad - talabalarda mashinasozlik texnologiyasi 
asoslari to’g’risida tushuncha hosil qilishdan iboratdir. Fanning vazifasi - olingan 
bilimlarni amaliy jixatdan qo’llay olishi va detallarni tayyorlash texnologik 
jarayonlarini ishlab chiqishni o’rgatishdir.
Oliy kasb ta'limi Davlat ta'lim standartiga asosan, bakalavriyatda quyidagi 
bilim va ko’nikmalarni shakllantirishdan iborat: - talabalar mashinalarni yig’ishni, 
detallarni tayyorlashda uning aniqligini oshirish yo’llarini, iqtisodiy jihatdan 
samarali usullarda detal tayyorlash jarayonlarini bilishdir.
a) bilishi kerak:
- talaba ishlab chiqarish jarayonlari, ishlab chiqarish turlari, mexanik ishlov 
berishdagi aniqlikni ta'minlash, ishlov beriladigan yuza sifatini ta'minlash: 
tayyorlanmani olinish usulini tanlash to’g’risida bilimga ega bo’lish kerak; 
b) o’quviga: 
- talaba mashinasozlikda tayyorlanadigan maxsulotlarni aniqligi va sifatini 
qo’yilgan talablar bo’yicha olish to’g’risida o’quvga ega bo’lish kerak; 
v) ko’nikmasiga: 
- talaba mashinasozlikda tayyorlanadigan maxsulotlarni tayyorlashda ishlab 
chiqarish jarayonini tashkil etish, ishlab chikarish turini tanlash, kerakli aniqlik va 
sifatni ta'minlash bo’yicha kerakli tadbirlarni amalga oshirish ko’nikmasiga ega 
bo’lishi kerak. 
Mazkur fanni yaxshi o’rganish uchun talaba oldingi semestrlarda o’tilgan 
«Konstruksion materiallar texnologiyasi», “Materialshunoslik”, “Materiallar 
qarshiligi”, “Mashina detallari”, “O’zaro almashuvchanlik va texnik o’lchamlar” 


kabi fanlarni chuqur o’zlashtirgan bo’lishi kerak hamda mazkur fan talaba 
tomonidan keyingi semestrlarda o’qitiladigan «Mashinasozlik texnologiyasi», 
“Tarmoq mashinalarini montaji eks’luatattsiyasi va ta'mirlash” fanlarini 
o’zlashtirish hamda bitiruv malakaviy ishlarini bajarish uchun zamin yaratadi. 
Hozirgi kunda, ichlab chiqarishni ilg’or texnologiyalar asosida tashkil 
qilishda, 
zamonaviy 
avtomatik 
tizimlardan 
keng 
foydalanish, 
yangi 
konstruksiadagi mashinalarni ishlab chiqarishni talab qiladi. «Mashinasozlik 
texnologiyasi asoslari» fanini o’rganmasdan turib tehnologik mashinalarining 
sifatli ishlashini ta’minlab bolmaydi. 

Yüklə 54,76 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə