REJA:
KIRISH
BOB. KREDIT NAZARIYASI
1.1. Kredit zarurligi va uning mohiyati
1.2. Ssuda kapitali manbasi va harakat qilish shakllari
1.3. Kreditning asosiy funksiyalari va tashkil qilish asoslari
BOB. KREDITNING ASOSIY TUSHUNCHALARI VA SSUDA FOIZI.
2.1. Kreditning asosiy tamoyillari
2.2. Ssuda foizi: mohiyati, turlari va ularga ta’sir qiluvchi omillar. Kreditning asosiy shakllari va turlari
XULOSA
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
KIRISH
Pul muomalasi iqtisodiyotning eng qiziqarli, munozorali mavzularidan. Pul iqtisodiy xayotni yengillashtiruvchi oddiy vosita emas, balki o’zida iqtisodiyotniqamrab olgan daromad va xarajatlarni doiraviy aylanishini amalga oshiruvchi mexanizm sifatida yuzaga chiqadi.
Pul, pul aylanishi, pul tizimi iqtisоdiyotning eng asоsiy markaziy muammоlaridan biri, ya’ni «qоn tоmiri» hisоblanadi. Pul tizimining to`g`ri faоliyati darоmadlar va хarajatlarning dоiraviy aylanishiga hayotiy kuch bеradi. Yaхshi ishlayotgan pul tizimi ishlab chiqarish quvvatlari va bandlikdan to`liq Fоydalanish imkоnini bеradi. Aksincha, yomоn ishlayotgan pul tizimi iqtisоdiyotdagi inqirоzlarga, ya’ni, ishsizlik, inflyatsiya va shuningdеk, bоshqa salbiy оqibatlarga оlib kеladi.
Har bir mamlakat o’zining puliga egadir. Chunonchi, dollar, funt sterling bir necha mamlakatlarning puli bo’lib xizmat qiladi. Lekin ularning qiymati bir xil emas. AQSh, Kanada, Avstraliya dollarining qiymat miqdori farqlanadi. Shuningdek, O’zbekiston va Qirg’iziston so’mlari ham bir xil emas. Pul birliklari paydo bo’lganda ma’lum miqdordagi qadr-qiymat asos qilib belgilangan. Milliy pullarning qadrliligi, boshqa pullarga nisbatan qiyosiy miqdori doimo o’zgarib turadi. Chunki, bu iqtisodiyotdagi ko’p tomonlar, hatto siyosiy o’zgarishlar, mamlakatlar o’rtasidagi munosabatlar kabi ta’sirlar natijasidir.
O’zbekistonning o’z milliy puliga ega bo’lishi davlat mustaqilligi, uning mustahkam iqtisodiyotini yaratishda katta o’rin egallaydi. Milliy pulimiz bo’lgan so’mning qadrini oshirib borish, uning iqtisodiy ta’sirini kuchaytirishga erishish va boshqa mamlakatlar puliga tenglashtirish darajasini ta’minlash juda zarur va muhim vazifadir.
Dostları ilə paylaş: |