Mavzu: Ong osti bilan ishlash Maqsad



Yüklə 21,76 Kb.
tarix21.10.2023
ölçüsü21,76 Kb.
#129529
2 5377827709231568722


Trening dasturi
(Psixoanaliz asosida)
MAVZU: Ong osti bilan ishlash


Maqsad: Ong ostidagi ustanovka va bloklarini anglash ularni transformatsiya qilish usullarini o`rganish
Dastlab ishtirokchilar raqamlangan stullarga chek tortish orqali o`tirib oladilar (bu kichik guruhlarni ajratish ishtirokchilarni bir-birlari bilan munosabatlarinii yaqinlashtirishga yaxshi samara beradi)
Trening ishtirokchilari normalar bilan tanishtiriladi.
Normalar: “0-0” qoidasi
“Yagona Mikrafon”
“Maxfiylik”
“Shu yerda va hozir”
“Ixtiyoriylik”
“Faollik”
Ishtirokchilarni noodatiy salomlashtirib ularni kayfiyatlarini ko`tarishga xizmat qiluvchi usullardan biri qo`llaniladi. Bunda ishtirokchilar juft-juft bo`lib, bir-birlariga yuzma-yuz turib olishadi: dastlab boshlarini sherigining boshiga tekkizish keyinchalik quloqlar, yuz, burun, yelkalar, tirsaklar, tizzalar, oyoqlar hamda qo`llar bilan salomlashiladi.
Birinchi navbatda mavzu va maqsad haqida ma`lumot beriladi.
Ong va ong osti (ongsizlik) o`rtasidagi bog`liqlik hamda ularning tuzilishi haqida ma`lumot berish maqsadga muvofiq bo`ladi

Berilgan ma`lumotlar asosida ong ostidagi og`riqlarni aniqlash maqsadida “Tana bilan his qilib” mashqi o`tkaziladi.


Tana bilan his qilib”
Ishtirokchilar qo`llarini 2 tomonga keng yozga holatda 21 marta nafas olishadi. Nafas olish jarayonida yoki mashq so`ngida qo`llarda hosil bo`lgan og`riqlar: o`ng qo`ldagi kuchli og`riq – maqsadlarga erishishni sekinlashtiruvchi muammolar mavjudligidan, chap qo`ldagi kuchli og`riq esa – maqsadlarga to`siq bo`luvchi omillarning mavjudligidan vujudga kelar ekan. Bundan tashqari, tirsakgacha bo`lgan og`riqlar – hozirgacha (o`tmishdan kelayotgan) og`riqli vaziyatlar bilan bog`liq bo`lsa, tirsakdan pastki og`riqlar – hozirgi kundagi muammolar bilan bog`liq, tirsak (bo`g`imlar)dagi og`riq esa ichki shiddatning yetishmasligi bilan bog`liq bo`lar ekan.
Keying bosqichda og`riqli nuqta o`rniga qarab “Men nima qilishni xohlayman?” savoliga javoban 35 ta fikr (punkt) yoziladi. Yozilgan punktlar orasidan “Aslida nima qilishni xohlayman?”ga javoban faqat 1 ta punk tanlanadi va shu punkt asosida “Shuni bajarsam nima bo`ladi?” kabi savolga javob bo`luvchi 25 ta taxminiy fikr yoziladi. Agar hosil bo`lgan fikrlar salbiy bo`lsa ularni ijobiy tomonga o`zgartirilib tuztiladi. Masalan, “Men juda ko`p his-tuyg`uga berilyapman” emas, “Men odamman, men ham har xil his tuyg`larni boshdan kechirishim mumkin va bu xato emas”.

Ishtirokchilarda ong osti va undagi ustanovkalar yuzasidan motivatsiya beruvchi videorolik qo`yib beriladi. Shu videorolik asosida ishtirokchilar bilan bahs-munozara o`tkaziladi.


Trening qatnashuvchilarning kayfiyatini ko`tarish maqsadida enerjayzer o`yinlar o`tkaziladi.
Bunda 1-enerjayzer “Teskari o`yin ” deb nomlanadi.
Ishtirokchilar bosh desa, qorinni yoki aksincha qorin desa, boshini ushlashadi; Burun desa, quloqni – quloq deyilganda, burunni ushlashadi. O`yin shu tarzda 1 yoki 2 ta ishtirokchilar qolgunigacha davom etadi.

2-enerjayzer “G`aram, tepalik, so`qmoq” deb nomlanib barcha ishtirokchilarni qamrab oladi. Trener tomonidan “So`qmoq” buyrug`i berilsa ishtirokchilar 2 qo`llarini yuqoriga ko`tarib, bir-birlariga qaragan holda misoli qopya hosil qilishadi. Agar “Tepalik” buyrug`i berilsa, ishtirokchilar birlari o`tirib, birlari turgan holda tepalik hosil qilishadi. Va nihoyat “G`aram” buyrug`i berilsa, hamma ishtirokchilat bir qator bo`lib safga turishadi. Buyruqni bajarishda xatolikka yo`l qo`ygan ishtirokchilar o`yinni tark etib borishadi. O`yin 1yoki 2 nafar ishtirokchi qolgunigacha davom etadi.


Keyingi mashg`ulot “Shirin tilak” deb nomlanib trening yakunlanish oldidan amlga oshiriladi. Bunda har bir ishtirokchi o`zining o`ng tomonida o`tirgan ishtirokchiga chin yurakdan shirin tilak va niyatlar bildiradi.


Trening mavzusiga undagi maqsadlar haqida trener tomonidan xulosa aytilgach, ishtirokchilarning ham fikr-mulohazalari tinglanadi.
Yüklə 21,76 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə