Mavzu: Oʻzbekiston respublikasi Markaziy davlat arxivlari va ularning faoliyatlari



Yüklə 65,5 Kb.
səhifə1/4
tarix17.06.2023
ölçüsü65,5 Kb.
#117613
  1   2   3   4
Mavzu O zbekiston respublikasi Markaziy davlat arxivlari va ula


Mavzu: Oʻzbekiston respublikasi Markaziy davlat arxivlari va ularning faoliyatlari.
1.Markaziy Davlat arxivining vujudga kelishi tarixi.

2.Markaziy Davlat arxivining faoliyati
3.Markaziy Davlat arxivida saqlanayotgan tarixiy hujjatlarning ahamiyati

Xulosa

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati

Markaziy Davlat arxivining vujudga kelishi tarixi
O’zbekiston mustaqillikka erishgandan so’ng xalqimizning haqiqiy tarixiga bo’lgan qiziqishi beqiyos darajada o’sdi, ma’naviy qadriyatlarni qayta tiklash hayotiy zaruratga aylandi. Bu esa xalq tarixiy xotirasining ajralmas qismi bo’lmish arxivlar faoliyatini tubdan yaxshilash vazifasini kun tartibiga qo’ymoqda.
Respublikamizda o’tgan davrlarda shakllangan va o’z samaradorligini amalda isbotlagan arxiv tizimi asosan saqlanib qoldi. Bu urushdan keyin shakllanib, asosan davlat arxivlari, idoraviy arxivlar va shaxsiy arxivlarni o’z ichiga olgan tizimdir. Mustaqillik yillarida faqatgina sobiq partiya (KPSS) arxivlari qayta tuzildi. Toshkentdagi sobiq O’zkompartiya Markaziy Komiteti arxivi va viloyatlar partiya komitetlari arxivlari negizida Prezident Devoni arxivi va uning viloyatlardagi bo’limlari tashkil etildi.
Mustaqillik yillarida respublika arxivlari faoliyatida chuqur sifat o’zgarishlari ro’y berdi. Eng avvalo 1999 15 aprelda O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan qabul qilingan “Arxivlar to’g’risida”gi Qonunni eslab o’tish joizdir. Bu qonun arxivlar faoliyatining huquqiy negizidir. Mazkur qonunda Dalvat arxiv fondi, hujjatlariga bo’lgan mulkdorlik, hujjatlarni saqlash tartibi, davlat arxivlarini moliyalash, arxivlarni yangi hujjatlar bilan to’ldirish, hujjatlardan foydalanish kabi masalalar o’z yechimini topgan. Qonunda O’zbekiston Respublikasining hozirgi zamon arxiv tizimi o’z aksini topdi.
O’zbekistonning hozirgi zamon arxiv tizimi idoraviy arxivlar, davlat arxivlari va shaxsiy arxivlardan iborat. O’zbeiston Respublikasida davlat hokimiyati va boshqaruv organlari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar qoshida hujjatlarni vaqtincha saqlash, ulardan xizmat, ishlab chiqarish, ilmiy va boshqa maqsadlarda foydalanish maqsadida idoraviy arxivlar tashkil etilgan. Qonunda belgilanganidek, zarurat tug’ilganda idoraviy arxiv o’rniga birlashgan idoraviy yoki idoralararo arxivlar ham tuzilishi mumkin. Idoraviy arxivlarda hujjatlar vaqtincha saqlanadi. Belgilangan muddatdan so’ng idoraviy arxivlarning hujjatlari davlat arxiviga topshiriladi. Hujjatlarni idoraviy arxivlarda saqlash, ulardan foydalanish va o’z vaqtida davlat arxivlariga topshirish uchun mazkur idora yoki muassasa rahbarlari javobgardirlar. Idoraviy arxivlarning faoliyati, hujjatlarni idoraviy arxivlardan davlat arxivlariga o’tkazish tartibi “Arxivlar to’g’risida”gi Qonun va Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Bosh Arxiv boshqarmasi tasdiqlagan nizomlar asosida amalga oshiriladi.

Yüklə 65,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə