Mavzu: Oʻzbekiston taʼlim tizimining gender xususiyatlari. Reja: O‘g‘il bolalar va qiz bolalar o‘rtasidagi gender tenglik. O‘zbekistonda gender tarbiya haqida. Ta’lim tizimining gender xususiyatlari



Yüklə 10,85 Kb.
səhifə1/4
tarix30.12.2023
ölçüsü10,85 Kb.
#167118
  1   2   3   4
gender slayd

Mavzu: Oʻzbekiston taʼlim tizimining gender xususiyatlari. Reja: 1.O‘g‘il bolalar va qiz bolalar o‘rtasidagi gender tenglik. 2.O‘zbekistonda gender tarbiya haqida. 3.Ta’lim tizimining gender xususiyatlari.

Gender tenglik g‘oyasi XX asrning oxirgi oʻn yilliklarida to‘liq shakllandi, u turli davr va ijtimoiy-madaniy sharoitda har xil ma’naviy-axloqiy talablar asosida o‘zgarib turgan ijtimoiy-madaniy jarayon ekanligi anglanildi. Gender tengligi ijtimoiy tenglikni ham anglatadi. Gender – xotin-qizlar va erkaklar o‘rtasidagi munosabatlarning jamiyat hayoti va faoliyatining barcha sohalarida, shu jumladan, siyosat, iqtisodiyot, huquq, mafkura va madaniyat, ta’lim, ilm-fan sohalarida namoyon bo‘ladigan ijtimoiy holat.

Gender madaniyatini shakllantirishda eng muhim pedagogik xulosalardan biri, yoshlarni gender tenglik ruhida tarbiyalash ishlarida oila, maktab, tengdoshlar, ommaviy axborot vositalari (radio, televideniye, internet)ning roli ahamiyatlidir. Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT)ning inson xuquqlari, erkinliklarini ta’minlashga qaratilgan siyosati ana shu ijtimoiy farqlarni yumshatishga, iqtisodiy-ijtimoiy taraqqiyotning barcha sohalarida ularga teng imkoniyatlar yaratishga gender tenglik g‘oyasini shakllantirishga qaratilgandir. “Ta’lim toʻgʻrisida”gi Qonunda ta’lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy prinsiplarida ta’lim va tarbiyaning insonparvar, demokratik xarakterda ekanligi muhim tamoyil sifatida belgilangan. Shundan kelib chiqqan holda yoshlarni gender tenglik, tolerantlik, insonparvarlik ruhida tarbiyalash hozirgi davrning dolzarb pedagogik muammosidir. U davlat ahamiyatiga molik ma’naviy-axloqiy, xuquqiy-siyosiy tarbiya asosidir.

Yoshlarni gender tengligi gʻoyasi asosida tarbiyalash, uning mazmun-mohiyati, vazifalarini ilmiy-nazariy hamda pedagogik jihatdan oʻrganish muhim ahamiyat kasb etmoqda. Gender tenglik tarbiya tizimi nihoyatda keng qamrovlidir. Maqsadli disputlar, davra suxbatlari, savol-javob kechalari, tematik ma’ruzalar, seminar-treninglar, nazariy-amaliy konferensiyalar ham ushbu yo‘nalish rivojiga samarali ta’sir ko‘rsatadi. Yoshlarni gender tenglik ruhida tarbiyalashning eng muhim ahamiyati ularni, birinchi galda, qiz bolalarni o‘zligini anglashiga, ijtimoiy muhitni, ijtimoiy ruhiyatni, ichki uyushtiruvchi, xarakatga keltiruvchi va yetaklovchi, inson qadr-qimmatining jinsiga qarab belgilanmasligini isbotlovchi kuchga aylanishiga xizmat qilishidir.


Yüklə 10,85 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə