Mavzu: Paxta tolasining etishish davrlari
Paxta tolasi
— chigit qobigʻida yetiladigan ingichka, uzun, silliq va
pishiqtabiiy tola. Asosan, paxta sellyulozasidan iborat. Paxta tozalash
korxonalarida chigitdan ajratib olinadi. Ip va toʻqimachilik mahsulotlari
tayyorlashda ishlatiladi.
Paxta tolasidan, asosan, toʻqimachilik sanoatida turli ip
gazlama (satin, batist, zefir, toʻr, poplin va h.k.), trikotaj va boshqa ishlab
chiqariladi, yigirilgan ip tayyorlanadi. Undan aviatsiya, elektrotexnika va
avtomobil
sanoatida parashyut, maxsus qistirmalar, izolyasiya materiallari,
transportyor lentalari, avtoshinalar, yuritma tasmalari va boshqa ishlab chiqariladi.
Bundan tashqari, momiq paxta, toʻqilmagan materiallar
va boshqa olishda ham
ishlatiladi.
Chigit qobigʻida rivojlanib boradigan Paxta tolasi urugʻkurtak poʻstidagi boʻyiga
juda oʻsib ketgan hujayradir (hujay-ratola). Gʻoʻzaning qaysi turiga mansubligiga,
hujayralarning rivojlanish davri va funksiyalariga qarab, chigit qobigʻi tarkibiga
kiradigan hujayralarning tuzilishi, kattakichikligi har xil boʻladi. Paxta tolasining
ichki boʻshligʻi kanal shaklida boʻlib, hujay-ra shirasi
va yupqa protoplazma
qatlami bilan toʻlib turadi. Paxta tolasining kanali xdm, tolaning oʻzi singari,
rivojlanishning boshlangʻich fazalarida shaklan silindrga oʻxshagan boʻladi. Tola
yetilib borgan sayin, uning devorlari kalinlashadi va boʻyiga choʻziladi, kanali esa
juda kisilib, yassilangan shaklga kirib qoladi. Tola kanalining kattakichikligi
gʻoʻzaning tur va nav xususiyatlariga, shunin-gdek, agrotexnika shart-sharoitlariga
bogʻliq, chunki gʻoʻza parvarishi sellyuloza toʻplanib borishiga taʼsir koʻrsatadi.
Hozir ekiladigan gʻoʻza navlarida har bir chigitda hosil boʻladigan tola soni 10—
15 ming va undan ham koʻproq. Gʻoʻzaning madaniy shakllarida tola diametri
uning oʻrta qismida 15—20 mk atrofida, yovvoyi shakllarida 8,3—10,4 mk keladi
(NA. Vlasova, 1974), tola uzunligi madaniy navlarda 42 mm gacha, ay-rim
turlarida, xatto, 60 mm ga boradi. Gʻoʻza navlari va
muhit sharoitlariga qarab
koʻsakdagi tola 50—60—80 kunda pishib yetiladi.
Paxta tolasi tarkibi (%): sellyuloza — 90,35— 94,6; suv — 7; suvda eriydigan
moddalar — 0,5; inkrustatsiya moddalari — 0,75; yogʻ va mum — 0,4; azot
moddalari —0,5; kul — 0,12. Tola devori bir necha katlamli tuzilishga ega
(rasmga q.). Qalinligi 1 mk dan kichik boʻlgan tashki katlam birinchi devor yoki
kutikula (1—3) deyiladi. Kutikula kimyoviy tarkibi va tuzilishi boʻyicha asosiy
sellyuloza devoridan jiddiy farq qilib, tarkibida (% hisobida) sellyuloza —54, oqsil
—14, pektin moddalari —9, mum —8, kul —3, kutin —4 bor. Turli sanoat
navlarining kimyoviy tarkibi ham turlicha. Tola tarkibida
gidrofob xossali mum
borligi uchun tola yaxshi hoʻllanmaydi. Paxta tolasi, asosan, shaffof moddalar
(sellyuloza, yogʻ, mum) dan tashkil topsada xira boʻladi, chunki tarkibida har xil
mayda qoʻshimchalar bor. Yorugʻlik birinchi devor sirtidan notekis kaytishi tufayli
tola oq boʻlib koʻrinadi. Tolaning birinchi navi oqroq, past navlari toʻqroqsariq
yoki jigarrang boʻladi.
Tola kuyidagi fizik-mexanik va texnologik (sellyuloza miqdori va tuzilishiga
bogʻliq holda) xossalarga ega:
chiziqli zichlik, yetilganlik, tolaning uzilish kuchi
va h.k. Hozir qabul qilingan standartga koʻra tola yetilganligi hamda rangi va
tashki koʻrinishga koʻra 5 navga, tolaning shtapel massa-uzunligi yoki yuqori oʻrta
uzunligi boʻyicha 9 tipiga boʻlinadi. Gʻoʻzaning uzun tolali navlaridan olinadigan
tola 1a, 16, 1, 2 va 3 tiplarga, oʻrta tolali navlaridan olinaditani 4—7 tipiga kiradi.
Paxtaga dastlabki ishlov berish jarayonida tola mexanik shi-kastlanishi mumkin.
Bundan tashkari, tolaning oʻz nuqsonlari ham boʻladi.
Tolaning sifati, namligi, nuqsonlari va iflos aralashmalar miqdori tegishli
standartlarga moye boʻlishi kerak. Paxta tolasi tozalash
korxonalarida presslab
toylanadi
.