Psixologik lug’atlar a adaptatsiya- [lotincha. Adaptation – moslashuv]



Yüklə 22,4 Kb.
səhifə1/6
tarix12.12.2023
ölçüsü22,4 Kb.
#148815
  1   2   3   4   5   6
Leksikografiya mustaqil ish


Psixologik lug’atlar
A
1.ADAPTATSIYA- [lotincha. Adaptation – moslashuv]
1.Biologik.Organizmning moslashishi;sezgi a’zolarining atrof muhit sharoitlariga moslashishi,ko’nikishi. Ko’z adaptatsiyasi.
2.Huquqiy.Boshqa,yangi joyda yashash sharoitiga moslashish.
3.Chet tillarini o’rganuvchilar uchun asar matnini soddalashtirib berish va shu tariqa soddalashtirilgan matn.
2.AFFEKT [lotincha.affectus-ruhiy hayajon,ehtiros]
Tashqi yoki ichki ta’sirlar tufayli tez paydo bo’lib, qisqa muddatli aksariyat hollarda “ portlash” tarizda bo’ladigan kuchli hissiy holat.
3.ALTURIZM – [ fransuzcha altruism,lotincha alter- boshqadan] – axloqiy tushuncha uning negizida boshqa kishilarga xolis xizmat qilish,ularning baxt saodati uchun o’z shaxsiy manfaatlarini qurbon qilish yotadi.Egoizm tushunchasining zidi.
4.ALSTGEYMER KASALLIGI – qisqa muddatli xotiraning buzilishi,diqqatni jamlash o’z o’z faoliyatini rejalashtirishga qodir emaslik mavhum va mantiqiy fikrlash bilan bog’liq muammolarning paydo bo’lishi, ba’zi so’zlarning ma’nosini unutish.
5.AMNEZIYA- [yunoncha a – inkor qo’shimchasi va mneme xotira,es] xotiraning buzilishi bo’lib o’tgan voqea va kechinmalarni eslay olmaslik yoki chala eslash. Bosh miyaning shikastlanishi tutqanoq, qattiq ruhiy iztirob va boshqa sabablar bu kasallikni keltirib chiqaradi.
6.ANALIZATOR - [ yunoncha analysis – ajratish,ajralish] yuksak darajadagi hayvonlar va odam nerv tuzilmalarining murakkab tizimlari tashqi muhit va organizmdagi ta’sirlarini idrok etib analiz qiladi.
7.AFAZIYA – [ yunoncha a- inkor qo’shimchasi va phasis – fikr ] gapira olmaslik, so’zlash qobiliyatining buzilishi.Afaziyaga bosh miya po’stloq qavatidagi so’zlash markazining o’zgarishi sabab bo’ladi.
Afaziyaning 2 xil turi mavjud:
1.Motor Afaziyada bemor gapirmoqchi bo’lganda so’zlarni topa olmaydi
2.Sensor Afaziyada bemorga qaratilgan so’zlar ma’nosini anglab yetmaydi, o’z nutqini nazorat qila olmaydi

Yüklə 22,4 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə