Mavzu: Psixik rivojlanish va ta’limning o’zaro munosabati



Yüklə 494,92 Kb.
tarix18.05.2023
ölçüsü494,92 Kb.
#111072
GIMNASTIKA aaaa

AJINIYAZ NOMIDAGI NUKUS DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI ELLIKQALA FAKULTETI JISMONIY MADANIYAT 1-KURS

MAVZU: Harakatli o'yinlarning pedagogik ahamiyati.

  • MAVZU: Harakatli o'yinlarning pedagogik ahamiyati.
  • REJA:

  • 1.O'yinlarning kelib chiqish tarixi,
  • 2.Sport o'yinlari –bu harakatli o'yinlarning eng yuqori bosqichidir,
  • 3.Pedagogika amaliyotda harakatli o'yinlar.

Mazkur o‘quv uslubiy qo‘llanmada jismoniy tarbiya va sport pedagogikasining predmeti maqsadi va vazifalari va paydo bo‘lishi hamda rivojlanish tarixi, shaxsni shakllantirish jarayonida sport pedagogikasining ahamiyati, jismoniy tarbiya maqsadi, vazifalari va tamoyillari, sportchi shaxsning shakllanishida jismoniy tarbiya va sportning ahamiyati, jismoniy tarbiya va sport mutaxassislari faoliyatining pedagogik jihatlari, ta’lim tamoyillari, ta’lim metodlari, tarbiya mazmuni va uning jismoniy tarbiya va sportdagi ahamiyati, tarbiya metodlari, jismoniy tarbiya va sport ta’limini loyihalashtirish, jismoniy tarbiya va sportning dolzarb muammolarini hal etishda dasturiy – loyihaviy yondashuvning imkoniyatlari hamda loyihalashtirishning metodologik jihatlari, jismoniy tarbiya va sport sohasidagi innovatsiyalar, jismoniy tarbiya va sport sohasida boshqaruv uslublari, sportchi shaxsni shakllantirishda jismoniy tarbiya va sportning o‘ziga xos spetsifik ahamiyati, shaxsni sport jamoasida tarbiyalash, ijodkorlik tushunchasi va uning sport faoliyatda o‘rni, jismoniy tarbiya va sport sohasida samarali pedagogik faoliyatning asosiy omil va shartlari, sportchining huquqiy ta’limi va huquqiy tarbiyasi, sportchi shaxsiyatiga pedagogik ta’sir omillari, yosh davrlarda jismoniy tarbiya va uning roli haqidagi ma’lumotlar berilgan. 
Takidlash lozimki, sobiq ittifoq davrida harakatli o‘yinlar asosan jismoniy tarbiya darslaridagina keng qo‘llanilib kelingan. Shu sababdan maxsus to‘plamlar tayyorlanib, ularda ko‘proq Rossiya va uning atrofidagi mamlakatlarning harakatli o‘yinlari joy olgan. Shu tariqa deyarlik barcha harakatli o‘yinlar sobiq ittifoqchi respublikalarining xalqlari orasida asosiy o‘yin bo‘lib xizmat qilib kelgan. Sir emaski, O‘zbekistonda o‘qitilayotgan jismoniy tarbiya darslarida qo‘llaniladigan harakatli o‘yinlarning 70-80% xorijiy mamlakatlarning (asosan Rossiya) harakatli o‘yinlaridir. Shunday bo‘lsada o‘yinlarning mazmuni, maqsad va vazifalari umumxalq ehtiyojiga mos kelishini inkor qilib bo‘lmaydi. Chunki ularning mazmunida barcha jismoniy sifatlarni tayyorlashga loyiq bo‘lgan tarbiyaviy jarayonlar mujassamlashgan.
Harakatli o‘yinlar o‘z nomi bilan inson faoliyatini ta’minlovchi mazmunga egadir. Buni eng qadimgi ajdodlarimiz ham ongli ravishda chuqur bilishgan va amal qilishgan. Boshda takidlanganidek kurash, ot o‘yinlari, kamondan (yoy) nayza (o‘q) otish, nayza sanchish, kaltak, tosh va boshqa moslamalarni uloqtirib yovvoyi hayvonlarni ov qilishgan. Ijtimoiy tuzumlar (formatsiya) almashishi va rivojlanishi tufayli turmush sharoit ham o‘zgargan, rivoj topgan. Mehnat qilish oilada bolalarni tarbiyalash, ov qilish, dushmanlarga qarshi jang qilish va boshqa juda ko‘p sabablarga ko‘ra harakatli o‘yinlar, turli jismoniy mashqlar maqsadli hamda keng qo‘llangan. Jismoniy tarbiya va jismoniy madaniyatning ibtidoiy jamoa davrida paydo bo‘lishi haqidagi N.I.Ponamarevning monografiyasida (Leningrad, 1972 y) ta’kidlanishicha qadimgi kishilar yashash, mehnat qilish uchun tabiat bilan qarama-qarshi turishgan. Osiyo, Yevropa qit’alarida yashagan odamlar asosan ov bilan shug‘ullanib, turli xil harakatli o‘yinlarni nashr etishgan. Bunda hayvonlarning hatti-harakati, tabiatdagi turli o‘zgarishlarga qiyos qilishgan.
O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida” “Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risida”gi qonunlarga rioya qilish hamda O‘zbekiston Respublikasining davlat ta’lim standartlari, sog‘lom avlod davlat dasturini amalda bajarishda “Milliy harakatli o‘yinlar” fani asosida yangi vazifalar mujassamlashadi. Ularni quyidagi yo‘nalishlarda ijro etish maqsadga muvofiq bo‘ladi, ya’ni: 1. Harakatli o‘yinlarni shug‘ullanuvchilarning yoshiga qarab belgilash va turkumlarga ajratish (jismoniy sifatlarni tarbiyalovchi). 2. Bolalar bog‘chalarida tashkil etiladigan harakatli o‘yinlarning tartib va tizimlarini qo‘llash. 3. Boshlang‘ich (I-IV) va yuqori sinflarda (V-VII, VIII-IX, X-XI) o‘tiladigan harakatli o‘yinlarning ijtimoiy-tarbiyaviy xususiyatlariga e’tiborni kuchaytirish. 4. Aholi istiqomat joylari, istirohat va ko‘ngil ochish bog‘lari, o‘quvchi-yoshlar va talabalarning yozgi dam olish oromgohlari, sog‘lomlashtirish sport markazlarida tashkil etiladigan harakatli o‘yinlarni sharoitlarga qarab belgilash va h.k. Eng muhimi esa talabalarga harakatli va milliy o‘yinlarning ijtimoiy-madaniy, tarbiyaviy, sog‘lomlashtirish xususiyatlari, shuningdek mehnat va Vatanga sadoqat tuyg‘ularini his etishdagi ijtimoiy-pedagogik jarayonlarni mukammal, chuqur singdirish davr talabidir.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR


Yüklə 494,92 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə