|
Mavzu: psixodiagnostik metodikalarning psixometrik asoslari reja Psixodiagnostik metodikalarga qo`yiladigan talablar
|
tarix | 11.12.2023 | ölçüsü | 104,2 Kb. | | #143555 |
| Psixodiagnostik metodikalarning psixometrik asoslari Reja 1.Psixodiagnostik metodikalarga qo`yiladigan talablar: a)Validlik va uning turlari; b)Ishonchlilik psixodiagnostik metodikalarning muhim psixometrik ko`rsatkichi sifatida. 2.Standartlashtirish. Validlik – metodika yordamida olingan ma`lumotlarning metodikaning nimani aniglashga qaratilganligi, ya`ni metodika mohiyati bilan mosligi.
Validlik turlari
Mazmuniy validlik
Joriy validlik
Prognostik validlik
Konstruktiv validlik
MAZMUNIY VALIDLIK– TEST BILAN TADQIQ QILINAYOTGAN XARAKTERISTIKANING O`ZARO MAZMUNIY VALIDLIK– TEST BILAN TADQIQ QILINAYOTGAN XARAKTERISTIKANING O`ZARO MOSLIGINI IFODALAYDI. Joriy validlik – natijalar bilan parallel tarzda qo`llangan mezonlarning mosligi. Prognostik validlik – test natijalari bilan ma`lum vaqt oraliqdan so`nggi mezonlar o`rtasidagi moslik. Konstruktiv validlik – test bilan o`rganilayotgan belgi o`rtasidagi moslik. Ishonchlilik – psixogiagnostik metodikaning sifati bo`lib, natijalar barqarorligi va takrorlanishini ko`rsatuvchi mezon.
Ishonchlilik turlari
(L.F.Burlachuk
bo`yicha)
Retest ishonchlilik
Parallel shakllar
ihonchliligi
Test qismlari
ishonchliligi
Retest ishonchlilik – ayni bir testni ayni bir sinsluvchilar- da bir xil sharoitlarda qayta o`tkazib, ikkala tekshiruv asosida olingan natijalar o`rtasida korrelyatciya o`rnatish. - Retest ishonchlilik – ayni bir testni ayni bir sinsluvchilar- da bir xil sharoitlarda qayta o`tkazib, ikkala tekshiruv asosida olingan natijalar o`rtasida korrelyatciya o`rnatish.
- Parallel shakllar ishonchliligi – metodika ekvivalentini yaratish va uni ayni bir xil sinaluvchilarda o`tkazib, olingan natijalar o`rtasida korrelyatcion bog`lanishlar o`rnatish.
- Test qismlari ishonchliligi – metodikani ikki qismga bo`lib, ushbu qismlar o`rtasidagi korrelyatciyani hisoblash.
Tadqiqot natijalari aniqligini pasaytiruvchi omillar - Diagnoz qilinayotgan sifatning stabil, barqaror emasligi.
- Diagnostik metodikalarning takomillashmagani(ko`rsatma xato tuzilgan,topshiriqlar xarakteri jihatidan turlichaligi, tekshiriluvchiga metodikani taqdim etish bo`yicha ko`rsatmaning noaniqligi).
- Tadqiqot vaziyatining o`zgarishi (kunning har xil vaqtida tekshiruv o`tkazilishi,xonaning turlicha yoritilishi, begona shovqinlarning mavjudligi).
- Eksperimentator xulq-atvor manerasining o`zgarishi, topshiriqni bajarishni turlicha stimullashtirish.
- Tekshiriluvchi funktsional holatidagi o`zgarishlar.
- Natijalarni interpretachiya qilish va baholashdagi subektivlik.
Standartlashtirish. Diagnostik metodika har qanday tadqiqotchilik metodlaridan standartlashtirilganligi bilan farq qiladi. A.Anastazining ta`kidlashicha, standartlashtirish – testni o`tkazish protcedurasi va uni baholashning bir xilligi. Standartlashtirish ikki xil jihatdan qaralishi mumkin: 1.Eksperiment o`tkazish protcedurasiga nisbatan yagona talablarni ishlab chiqish. 2.Diagnostik tekshituv natijalarini baholashning yagona talablarini aniqlash. Metodika bo`yicha olingan ko`rsatkichlarni baholash uchun statistik norma qabul qilinadi. - Statistik norma 2 ko`rsatkich - o`rtacha arifmetik qiymat va
standart oq`ishni hisoblash orqali chiqariladi.
Standartlashtirish
tanlanmasi
Sinaluvchilar
bosh
majmuyi
Tanlanma
Sinaluvchilar bosh majmuyi – tadqiqot o`tkazilishi va xulosalar chiqarish rejalashtirilayotgan ko`p sonli kishilar to`plami. Reprezentativlik – tanlanmaning sinaluvchilar bosh majmui xarakteristikalarini ko`rsatuvchi xususiyati. Reprezentativlikni ta`minlash yo`llaridan biri – populyatciyani chegaralash hisoblanadi. Populyatciyani chegaralash quyidagi belgilar asosida amalga oshirilishi mumkin: - yoshga - jinsga - ijtivoiy kelib chiqishiga - kasbiga -ijtimoiy-iqtisodiy mavqeiga -salomatligiga ko`ra. Standartlashtirish tanlanmasiga sinaluvchilarni ajratib olish quidagicha amalga oshiriladi: - populyatciyaga tavsif beriladi. -populyatciya bir necha qismlarga ajratiladi. -sinaluvchilar tasodifiy tarzda tanlab olinadi. Tanlanma – bosh majmuadan ajratib olingan tekshiruv o`tkaziladigan sinaluvchilar.
Dostları ilə paylaş: |
|
|