Mavzu: Psixolog tadqiqotchining axloqiy kodeksi Reja



Yüklə 32,25 Kb.
səhifə1/3
tarix23.12.2023
ölçüsü32,25 Kb.
#156677
  1   2   3

Mavzu: Psixolog tadqiqotchining axloqiy kodeksi
Reja:
1. Psixologik xizmat tuzilishi va un iboshqarish
2. Amaliy psixologning axloqiy kasbiy faoliyati asosida yotuvchi asosiy tamoyillar
3. Amaliy psixologning axloqiy kodeksi

Psixologik xizmat tuzilishi va uni boshqarish
Psixologik xizmatning asosiy vazifasi - tadqiqot ishlari,amaliy ishlardan iboratdir.
Ilmiy tadqiqot vazifalari — o‘quvchilar shaxsini shakllantirishning muhim muammolarini, ta’lim va tarbiyaning psixologik asoslarini o‘quvchilar bilan o‘qituvchilar, maktab psixologlari, psixologlar bilan o‘qituvchilar o‘rtasidagi o‘zaro ta’sirni hamda psixologning odobini o‘z ichiga oladi.
Amaliy vazifalar — psixologik tadqiqot natijalarini amalda psixologik xizmat ishida qo‘llab, bolalaming maktab ta’limiga tayyorligini aniqlash, o‘quvchilaming o‘qish faoliyatini osonlashtirish, o‘quvchi shaxsini har tomonlama kamol toptirish,
o‘quvchilaming qobiliyat va moyilliklarini aniqlash va rivojlantirish, talabalar bilan hunarga, kasbga oid suhbat, maslahat ishlarini olib borish, turli xildagi «qiyin» bolalar bilan ish olib borish kabi asosiy vazifani hal qilishdan iboratdir.
Tashviqot ishlari — psixologik bilimlarni, psixologik umumta’limni targ‘ib qilib, o‘quvchilaming psixologik bilimlarini oshirish, ota-onalar uchun seminarlar, ma’ruzalar va suhbatlar uyushtirish, anjumanlar o‘tkazishdan iborat.[8;21]
Kichik maktab yoshida insonning maqsadli yo‘nalishi -ta’lim va tarbiyasi amalga oshiriladi. Xuddi shu yosh psixik jarayonlaming ixtiyoriyligi, harakatning ichki rejasi, faol aqliy faoliyatga ehtiyoj, o‘quv ko‘nikma va malakalarini egallash
uchun juda qulay yoki senzitiv yosh hisoblanadi. Boshqacha aytganda, kichik maktab yoshining oxiriga kelib bola o‘qiy olishi va o‘qishni istashi kerak. Ta’limning keyingi bosqichlarida vujudga keladigan barcha muammolar (o‘zlashtira olmaslik, maktabga borishni istamaslik) yoki bolaning o‘qiy olmasligiga,o‘qishgabo‘ladi.
Boshlang‘ich sinflarning oxirida u yoki predmetga qiziqish borliqqa, bilish jarayonlariga faol munosabatini belgilaydi. Faqat bir predmetga chuqur qiziqish ham o‘quvchilaming umumiy rivojlanishiga turtki bo’ladi. Agar boshlang‘ich sinflarda o‘qishga qiziqish shakllantirilmagan bo‘lsa, undan keyingi yosh davrlarida bu juda qiyin bo‘ladi, ikkinchidan yetarli darajada shakllantirilmagan o‘quv faoliyati o‘smirlik davrida yangi tuzilmalarning paydo bo’lishiga to‘siq bo‘ladi.

Bolaning rivojlanishi uchun qulay psixologik iqlim yaratish ham psixologik xizmat mahsuldorligining omillaridan biridir.Bunday iqlim yaratishda bolalarning kattalar va tengdoshlari bilan muloqoti muhim hisoblanadi. O‘smirlaming tengdoshlari va kattalar bilan muloqoti ular shaxsining shakllanishida muhim omil hisoblanadi. Muloqotdagi muvaffaqiyatsizlik, shunday ichki noqulaylikka, o‘zini yomon his qilishga olib keladi-ki, uning o‘mini hayotning boshqa sohalaridagi hech qanday ko‘rsatkichlar bosa olmaydi. Muloqot o‘smirlar tomonidan muhim jarayon sifatida qabul qilinadi; bu haqida ular muloqot shakllariga e’tibor berishni, kattalar va tengdoshlari bilan o‘zaro munosabatlarini tahlil qilishlarini, ulami tushunishga urinishlarini misol qilib keltirish mumkin. O‘smirda xuddi shu tengdoshlari bilan muloqotda shaxs ijtimoiy yetukiigining muhim ko‘rsatkichi bo‘lmish,qadriyatlar,shakllanadi. Ularda asosan muloqot -qadriyatlar mazmunini belgilaydi. Bu yosh tengdoshlari orasida o‘zini ko‘rsatishga, o‘zini va suhbatdoshini yaxshiroq bilishga intilish, atrof-muhitni bilish kabi muloqot motivlari jamoa tomonidan tan olinishi, o‘ziga ishonish, xatti-harakatlarining mustahkamligi va yuksak umumiy madaniyat, o‘z fikriga ega bo‘lish, mustahkam iroda, o‘z-o‘zini nazorat qilish, halollik,ko‘ngilchanlik,bo‘ladi.




Yüklə 32,25 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə