Mavzu: Qishloq xo’jaligi chiqindilari asosida devorbop materiallar. Reja



Yüklə 30,06 Kb.
səhifə1/5
tarix19.12.2023
ölçüsü30,06 Kb.
#152487
  1   2   3   4   5
Kirish Asosiy qism Qishloq xo’jaligi chiqindilari asosida devor-fayllar.org


Kirish Asosiy qism: Qishloq xo’jaligi chiqindilari asosida devorbop materiallar

Mavzu: Qishloq xo’jaligi chiqindilari asosida devorbop materiallar.

Reja:


  1. Kirish


  2. Asosiy qism:


    1. Qishloq xo’jaligi chiqindilari asosida devorbop materiallar.


    2. Qishloq xo’jaligi chiqindilari asosidagi bir qator farmonlar.


    3. Sanoat korxonalari chiqindilari.


    4. Chiqindilarning atrof-muhitga ta’siri.


  3. Xulosa


  4. Foydalanilgan adabiyotlar



Kirish
So’nggi yillarda dunyo aholisi sonining keskin ko’payishi qurilish va sanaot sohasida bir qator mahsulotlarni ishlab chiqarish hajmi tobora ortib bormoqda. Buning natijasida chiqindilar soni ham ortib bormoqda. Bu esa hozirda global muommoga aylanmoqda. Shu maqsadda hozirda sanaot korxonalari mahsulotlarni qayta ishlab chiqarish asta-sekin yo’lga qo’yilgan.
Respublikamizda ham bu borada sanaot korxonalari mahsulot va hom ashyolarni qayta ishlab chiqarishni yo’lga qo’ydi.

Dunyo miqyosida chiqindilar muammosi eng dolzarb ekologik masalalardan biriga aylanib bormoqda. Tahlillarga ko‘ra, so‘nggi yillarda maishiy va sanoat chiqindilarining yildan-yilga ortayotgani yer yuzidagi ekologik barqarorlikka salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Ma’lumotlarga qaraganda, hozirgi kunda chiqindilarning 900 ga yaqin turi qayd etilgan. Har yili dunyoda chiqindilar hajmi 3 foizga ko‘paymoqda.


O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2017-yil 21-apreldagi «Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish to‘g‘risida»gi farmoni hamda «2017-2021-yillarda maishiy chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish tizimini tubdan takomillashtirish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori bu boradagi ishlar ko‘lamini yanada kengaytirishga xizmat qilmoqda.
Farmonga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi va uning hududiy boshqarmalarida chiqindilarning hosil bo‘lishi, ularni to‘plash, saqlash, tashib ketish, utilizatsiya qilish, qayta ishlash, ko‘mish va realizatsiya qilish bo‘yicha nazorat inspeksiyalari tashkil etilgan.
Chiqindilarni qayta ishlovchi va utilizatsiya qiluvchi korxonalarga kamchiqimli texnologiyalarni olib kirish sohani rivojlantirishning eng samarali usuli hisoblanadi. Bugungi kunda mamlakatimizdagi 300 ga yaqin korxona qog‘oz, plastik, rezina, shisha, metall va boshqa ikkilamchi chiqindilarni qayta ishlamoqda.
Xar yili 1 tonna metal ishlab chiqarish jarayonida 0,6 tonna toshqol paydo boladi. Gipsli bog’lovchilar va bular asosidagi devorbop to’siqlarni olish uchun borogips va boshqa ishlatilishi tavfsiya etiladi.
Devorbop keramika buyumlarni ishlab chiqarishda ko’mir qazib olish va ko’mirni boyitish chiqindilardan foydalanishga asoslanadi. Devorbop materiallar olish uchun xomashyo manbalarga yog’ochni mexanik va kimyoviy qayta ishlash chiqindilari ya’ni gidroliz , lignin kiradi.
Sanoat korxonalari chiqindilari belgilangan tartibdagi radiologic nazoratga oid sanitar qoidalarga va meyorlarga muofiq bo’lishi kerak.
Toshqolli beton devorbop toshlarni tayyorlashda qo’llaniladigan domenli toshqollar silikat yemirilishidagi sinovga bardosh berishi kerak
Metallurgiya va issiqlik elektrostansiyalari chiqindisiga kul va toshqol kiradi.Metallurgiya toshqoli va qo’ng’ir ko’mir kulining axamiyati shundan iboratki ularning tarkibida CaO miqdori ko’p xisoblanadi.
Toshqol betondan devorbop toshlar olish uchun toshqolli to’dirgichning tarkibiy qismini donadorlik asosida 30% qqoshiladi. Solishtirma zichligi 800 kg/m3 va silindrda siqilishdagi mustaxkamligi 1-10 Mpa oralig’ida bo’lgan xisoblashda tavfsiya etiladi.
Toshqol solishtirma zichligi 1400-1450 kg/m3 oralig’ida o’zgarib turadi.
  • Gipsli qipiqli bloklar.


  • Bunday bloklar ichi bo’sh tirqishsiz 188x388x198 o’lchamda ishlab chiqariladi


  • Bloklar o’rtacha zichligi 1000 kg/m3 gacha bo’ladi.


  • Siqilishdagi mustaxkamligi 2,5- 5 Mpa sovuqqa chidamliligi 15 sikl issiqlik o’tkazuvchanlik 0,11-0,15 w(m℃) gacha bo’ladi. Blok massasi 14 kg dan oshmaydi.


  • 1 m3 gips qipiqli betonga o’rtacha sarflanadigan materiallar quyidagilar:


  • Gips bog’lovchisi -800 kg ;


  • Yog’ochli qipiq – 160 kg;


  • Sulfat natriy -0,27 kg;


  • Platifikator -4,5 kg;


  • Suv -400 litr;


\
Bugungi kunda dunyo bo`ylab bino va inshoatlarning qurilish jarayonlari jadal suratlar bilan rivojlanib borayotgani sababli qurilish materiallariga bo`lgan talab tobora ortib bormoqda. Shuningdek, talab yuqori bo`lgan mahsulot tan narxining ortib borishi barchamizga ma`lum. Bunday salbiy omillarning oldini olish maqsadida sanoat korxonalarining ish jarayonlari natijasida hosil bo`luvchi ikkilamchi resurslardan oqilona foydalanish tabiiy qazilma boyliklaridan uzoq muddatli va samarali foydalanish imkonini beradi. Yana bir muhim jihati, ikkilamchi resurslardan samarali foydalanish yer sharida yuzaga kelayotgan ekologik muammolarni bartaraf etishda yuqori natijalarni aks ettirib kelmoqda.



"Qattiq chiqindilarning yillik to`planish hajmi juda tez ko`payib bormoqda. AQSH da qattiq chiqindilarning yillik chiqarib tashlanish miqdori 4.5 mlrd tonnaga yetmoqda, shu jumladan, sanoat chiqindilari 1mlrd. tonna, YeES mamalakatlarida 7.2 mlrd. tonna, Yaponiyada 1.3 mlrd. tonna, Rossiya va MDH mamlakatlari bilan qo`shib hisoblaganda 1990 - yilda 100 mln. tonna, 2000- yilda esa 140-150 mln. tonnadan oshib ketdi."
Shuningdek, yurtimiz hududlarida sanoat korxonalarini ko`pligi va aholi sonining ortishi natijasida ko`plab chiqindi mahsulotlarini uchratishimiz mumkin. Atrof muhitga salbiy tasir qiliuvchi omillarni kamaytirish uchun O`zbekistonda chiqindilar tashlanadigan 230 dan ortiq shahar va qishloq axlatxonalar shakillantirilgan. Shuningdek, mahsulot ishlab chiqaruvchi korxonalar tomonidan turli xildagi chiqindi mahsulotlari ajralib chiqadi va ularning aksariyat qismidan qurilish materiallari ishlab chiqarish xom-ashyosi sifatida foydalanib kelinmoqda.
"2011- yilda jami ishlab chiqarish taxminan 9,2 milliard tonnani (shu jumladan qurilish chiqindilari) tashkil etdi va dunyo aholi jon boshiga sanoat chiqindilari yiliga 1,74 tonnani tashkil qiladi." Sanoat chiqindilaridan maqsadli foydalanish yo`lga qo`yilgani bilan chiqindi mahsulotlaridan atrof- muhitni ekologik toza holatga keltirish masalasi o`z yechimini topgani yo`q. Jumladan, butun dunyo mamalakatlarini misol qiladigan bo`lsak, har yili hosil bo`lgan chiqindining 20% dan kamrog`i ikkilamchi resurs sifatida ishlatiladi holos.
Chiqindilarning katta miqdori hamon poligonlarga yuboriladi. Shuningdek, sanoat chiqindilari qurilish materiallari uchun yetarlicha xom-ashyo bazasi bo`lib xizmat qilib kelmoqda. Qurilish materiallar ishlab chiqarish uchun sifatli chiqindi xom-ashyo sifatida kul va shlaklardan foydalanish mumkin. Issiqlik elektr stansiyalarining kul va shlaklari bu qattiq yoqilg'ining yonishida hosil bo`ladigan sanoat chiqindisi hisoblanadi. O`rtacha hisobda yiliga issiqlik elektr stansiyalarida bir milliongacha chiqindi chiqadi. Bu chqindilarni 3-4 % dangina foydalaniladi. Shu turdagi sanoat chiqindilari asososida hozirda beton uchun hom ashyolar ishlab chiqarilmoqda.
Shlaklardan yuqori mustahkamlikka ega beton uchun bog`lovchi modda shlakaportlansement ishlab chiqariladi. Kullardan esa asosan beton uchun to`ldiruvchi hisoblangan algoporit ishlab chiqarish mumkinligi ilmiy asoslangandir.Agloporit bu yengil betonlar uchun suniy ģovak tòldiruvchi hisoblanadi. Agloporit asosan gil hom ashyosiga kòmir qòshib pishirish orqali olinadi. Bu jarayonda kòmir maydalari pishish jarayonida yonib òz ornida ģovak hosil qilish uchun xizmat qiladi.
Agloporit kòpchuvchi material hisoblanadi. Pishirish jarayonida u òz masasini ortiradi. Agloporitni sanoat chiqindilari asosida ham ishlab chiqarish mumkin. Bunda asosan issiqlik elektr stansiyalaridan chiqayotgan kullardan foydalaniladi. "Yoqilg`i shlaklari, kul, slanets va ko`mir chiqindilari asosida agloporit ishlab chiqarish ilmiy asoslangan. Bunday sanoat chiqindilarida mavjud yoqilg`i aglomeratsiya jarayonining borishi uchun etarli hisoblanadi. Faqat xomashyoni yoqilg‘i bo‘yicha me`yoriga olib kelish kerak, agar xomashyoda yoqilg`i kam bo‘lsa, u holda shixta tayyorlashda qo‘shish kerak, agar xomashyoda yoqilg`i ko`p bo`lsa, u holda gilni qo`shish zarur. Agloporit ishlab chiqarishni ko`mir qazish va ko`mirni boyitishda chiqadigan chiqindilar asosida kengaytirish mumkin. Ularda ko`mir miqdori o‘rtacha 20% ni tashkil etadi. Bu yoqilg`ilarni qo`llab agloporit tanarxini 30% ga kamaytirish mumkin.
Hozir dunyoning ko'plab mamlakatlarida nafaqat turar joy, balki savdo va sanoat ob'ektlari ham faol ravishda olib borilmoqda. Qurilish hajmining o'sishi shunga mos ravishda qurilish chiqindilari miqdorini ko'paytiradi. Uning sonini boshqarish uchun ushbu toifadagi chiqindilarni yo'q qilish yoki uni qayta ishlashni qayta ishlatish va qayta ishlatish kerak.

Yüklə 30,06 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə