Mavzu: Samarqand o`lkashunoslik muzeyi



Yüklə 2,09 Mb.
səhifə1/2
tarix03.04.2023
ölçüsü2,09 Mb.
#104138
  1   2
slayd S.O`.M

Mavzu:Samarqand o`lkashunoslik muzeyi.

  • Reja:
  • 1.Samarqand o`lkashunoslik muzeyi binosi tarixi va muzey-qo`riqxonaga aylantirilishi.
  • 2.Muzeydagi saqlanayotgan tarixiy madaniy eksponatlar.
  • 3.Muzeyning tabiat bo`limidagi ekspozitsayalar to`g`risida.

Samarqand viloyat o’lkashunoslik muzeyi shaharning tarixiy qismida, XX asr boshidagi hashamatli hovlida joylashgan. Binoga Osiyo va Yevropa uslubini o’zida birlashtirgan holda sayqal berilgan bo’lib, mehmonxona juda yorqin va rang-barang qilib bezatilgan, sopol pechlar o’zgacha nafislik bilan ajralib turadi. Muzey binosi arxitektura yodgorligi sifatida davlat himoyasida bo’lib, o’lkashunoslik muzeyi kollektsiyasi ikki qismga bo’lingan ko’plab eksponatlardan tashkil topgan: tarixiy bo’lim va tabiiy resurslar va hayvonlar bo’limi.

  • 1983-y. dan Samarqand davlat birlashgan tarixiymeʼmorlik va badiiy muzeyqo'riqxonasi bo'limi. Muzeyda tabiat va tarix bo'limlari bor. Ekspozitsiyalarda viloyat hayvonot va o'simlik dunyosi, shu jumladan, «Qizil kitob»ga kiritilgan yo'qolib borayotgan hayvon va o'simlik turlari xam qo'yilgan; viloyat tarixi asl hujjatlar, nodir fotosuratlar va b. vositalarda yoritilgan. Muzey binosi sobiq savdogar A. Kalontarov uyining o'zi nodir me'moriy obidadir.
  • Unda 19-asr oxiri 20-asr boshlari Samarqand meʼmorlari va ustalarining an'anaviy san'ati va mahorati:ganch o'ymakorligi, naqqoshlik namoyon boʻlgan. Muzey madaniy-ma'rifiy ishlar, turli tadbirlarni amalga oshiradi, ko'rgazmalar tashkil kiladi. 2001-yildan videolektoriy ishlab turibdi.


Mezolit-neolit-eneolit — ibtidoiy jamoa tuzumining yakuniy bosqichi bo‘lib, ekspozitsiyada turli vazifalar uchun mo‘ljallangan tosh qurollar va ilk loy idishlar qoldiqlarini o‘zida mujassam qilgan. Bronza va tosh davri devoriy yozuvlarni suratga olinishi bilan illyustratsiyalangan. VIII asrdan er.avv. IV asrgacha bo‘lgan davr loydan yasalgan buyumlar — nafis shaklga ega jomlar va tangalar bilan namoyish etilgan. Ekspozitsiyani rassom V. Kaydalovning “Spitamenning qo‘zg‘aloni” asari yorqin to‘ldirib turadi.
Samarqandning xushmanzara bir burchagida, XX asr boshlariga tegishli eklektika usulidagiga tegishli, me’mor Ye.O.Nelle loyihasi asosida qurilgan boy savdogar Abram Kalantarovga tegishli bo‘lgan qadimiy hovlida 1981 yil viloyat o‘lkashunoslik muzeyining ochilishi bo‘lgan. Muzey binosi me’morchilik yodgorligi hisoblanib, davlat tomonidan qo‘riqlanadi
  • Kushoniylar davri (eramizning IV-I asrlari) ro‘zg‘or yuksalishi, irrigatsiyaning rivojlanishi, turli xil hunarmandchilik yo‘nalishlari, shahar hayotining ravnaqi bilan xarakterlanadi, Kushoniylar shohlari tasvirlangan tangalar ham ko‘rsatilgan.
  • So‘g‘dlarning arablar tomonidan bosib olishiga bag‘ishlangan davr ekspozitsiyasida Afrosiyob shaharchasiga tegishli go‘zal saroy naqshlarning nus'halari, “So‘g‘d askarlari” tiklangan surati, qilich va so‘g‘d nayzalarining qinlari namoyish qilingan.
  • Islom tiklanishi davri ekspozitsiyasida qizil yunoniston shishasidan qilingan idish qoldiqlari, Eronning Reya shahridagi loy qandil, serob tangalarni ko‘rish mumkin. Ekspozitsiyada mo‘g‘ullar nayzalarining qinlari, Chingizxon tomonidan xarobaga aylantirilgan samarqand qo‘rg‘oni surati ham mavjud.

.
.
Amir Temur hamda Temuriylar hukmronligi davrini qazilma materiallari, ya’ni metall buyukmlar to‘plami, suyaklar, shishalar va XSh-XVI asrlarga tegishli tangalar ko‘rsatib, u davr hunarmandchiligi, karvon savdolari va Temuriylar davri savdo-pul munosabatlarini namoyon qiladi. Bu yerda, shuningdek, noyob eksponatlar namoyish qilingan — XV-XVI asrlarning oliy voqifiga tegishli jang va namoyish do‘mbirasi, shuningdek, 1678 yil Amsterdamda nashr qilingan De Sanktiyenning “Temur tarixi” nomli noyob kitobini ko‘rish mumkin.
Ekspozitsiyada arxitektor V.A. Nilsen tomonidan bajarilgan tiklangan observatoriyani va ulkan astronomik qurol kvadrant (sekstant)ning qoldiqlari tushirilgan suratlari uchratish mumkin.
  • Samarqand viloyat oʻlkashunoslik muzeyi - madaniy-maʼrifiy muassasa y. Samarqand shahrida Oʻzbekiston madaniyati va sanʼati tarixi muzeyi toʻplamlari negizida tuzilgan yildan Samarqand davlat birlashgan tarixiymeʼmorlik va badiiy muzeyqoʻriqxonasi boʻlimi. Muzeyda tabiat va tarix boʻlimlari bor. Ekspozitsiyalarda viloyat hayvonot va oʻsimlik dunyosi, shu jumladan, "Kizil kitob"ga kiritilgan yoʻqolib borayotgan hayvon va oʻsimlik turlari ham qoʻyilgan; viloyat tarixi asl hujjatlar, nodir fotosuratlar va boshqa vositalarda yoritilgan. Muzey binosi (sobiq savdogar A. Kalontarov uyi)ning oʻzi nodir meʼmoriy obidadir; unda 19-asr oxiri — 20-asr boshlari Samarqand meʼmorlari va ustalarining anʼanaviy sanʼati va mahorati (ganch oʻymakorligi, naqqoshlik va boshqa sanʼatlar) namoyon boʻlgan.

Yüklə 2,09 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə