Mavzu: Samarqand o`lkashunoslik muzeyi



Yüklə 2,09 Mb.
səhifə2/2
tarix03.04.2023
ölçüsü2,09 Mb.
#104138
1   2
slayd S.O`.M

Samarqand muzeyi Markaziy Osiyoda tashkil etilgan dastlabki muzeylardan biri hisoblanadi. Muzey avvalo, o‘sha vaqtda mustamlakachi Rossiya imperiyasi ma’murlari uchun o‘lkani chuqurroq o‘rganish, uning tabiiy boyliklarini o‘zlashtirish uchun tashkil etilgan bo‘lsa, Turkistondagi mahalliy ziyolilar va yevropalik aholining bir qismi uchun qadimiy asori-atiqalarning chetga chiqib ketmasligini ta’minlovchi, ularni bir joyga to‘plovchi vosita hisoblangan.

  • Muzeyda tarix, tabiat va mintaqadagi yahudiylar ekspozitsiyasilari faoliyat koʻrsatmoqda.
  • Bino ichidagi barcha xonalar ketma-ketlikda joylashgan boʻlib, enfiladani hosil qiladi.
  • Mehmonxona va ayrim xonalar asl holida saqlangan.

Mehmonxona chiroyli va xilma-xil ranglar bilan bezatilgan. Shift choʻp ustida oʻymakorlik bilan bezatilgan va moyli boʻyoqlar bilan boʻyalgan, devorlarga ganch ustida oʻymakorlik "pardoz" uslubida ishlangan, ganchdan yasalgan panjaralar bilan birga rang-barang shishali vitrajlar oʻzgacha husn bagʻishlaydi. Mehmonxonaga nafis, yaltiroq billur qandil osilgan. Binoni qishda isitish uchun 7 ta sirli sopol bezakli “kamin” pechlar oʻrnatilgan, ularning bezaklari xonalarga alohida chiroy bagʻishlagan.

Mehmonxonada 18-asr oxiri va 19-asr boshlariga oid "ampir" uslubidagi mebellar koʻrgazmaga qoʻyilgan. Ayrim mutaxassislarning farazlariga koʻra, mebel imperator Napoleonga tegishli boʻlishi mumkin va imperator Aleksandr I tomonidan Sankt-Peterburgga olib kelinib saroy amaldorlaridan biriga sovgʻa qilingan.

Muzeyning 2-qavatida joylashgan tabiat ekspozitsiyasida viloyat hayvonot va oʻsimlik dunyosi, shu jumladan, "Qizil kitob"ga kiritilgan yoʻqolib borayotgan hayvonlar va qushlar tulumlari, oʻsimlik turlari va gerbariylar ham namoyish qilinmoqda.

Ayni paytda muzeyda xalqaro Joint tashkiloti koʻmagida etilgan "oʻtmishdagi va hozirgi mintaqadagi yahudiylar" koʻrgazmasi faoliyat koʻrsatmoqda. Eksponatlar Yahudiyon kvartalining tarixi, mintaqa yahudiylarining hayoti, urf-odatlari, marosimlari haqida hikoya qiladi. Bugungi kunda muzey ekspozitsiyasida 2000 dan ortiq eksponatlar mavjud.

Foydalanilgan adabiyotlar:

  • Садыкова Н. Музейное дело в Узбекистане. Изд. «Фан». Ташкент, 1975 год.
  • Юсупов М. С. 50-летие Самаркандского музея. 1896—1946 г. Самарканд, 1948 год.
  • Иваницкий И. Первый музей в Самарканде. Материалы Узбекского Итальянского проекта «Между прошлым и будущим», 2002 год.
  • Ziyo.net
  • Vikipediya
  • O`zbekiston Milliy Ensiklopediya

E`tiboringiz uchun rahmat.


Yüklə 2,09 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə