Mavzu: So‘zning shakli va grammatik ma’no



Yüklə 47,44 Kb.
səhifə1/8
tarix11.12.2023
ölçüsü47,44 Kb.
#145335
  1   2   3   4   5   6   7   8

Mavzu: 1. So‘zning shakli va grammatik ma’no
1) Grammatika (yun. grammatike, gramma soʻzidan – harf, yozish) – tilshunoslikning tilning grammatik tuzilishini, yaʼni soʻzlarning shaklga ega boʻlish qonuniyatlarini, shuningdek, soʻz birikmalari va gaplarni tuzish qonuniyatlarini oʻrganadigan boʻlimi.

2) Grammatik kategoriya - 1) maxsus koʻrsatkichlar yordamida soʻzlarning oʻzgarish, birikish va gap hosil qilish qoidalariga asoslangan umumgrammatik tushuncha. Grammatik kategoriya grammatikaning qaysi sohasiga oidligiga koʻra morfologik va sintaktik kategoriyaga boʻlinadi. Sintaktik kategoriyalar morfologik kategoriyaga teng boʻlmaydi. Masalan, bizning oila - toʻq oila. Bu jumlada morfologik jihatdan toʻrt soʻz, uch xil soʻz turkumi bor (olmosh, ot va sifat, ot), sintaktik jihatdan esa faqat ikki boʻlak - ega va kesim mavjud.


3) Otlaming birlik va ko’plik shakllarida ishlatilishi grammatik son kategoriyasi deyiladi. Son kategoriyasi otlaming muhim morfologik belgilaridan bo’lib birlik va ko’plik shakllari asosida son kategoriyasi vujudga keladi. Otlarning birligi biror vositasiz ifoda etiladi. Ya’ni otning ko’plikni bildiruvchi -lar qo’shimchasi mavjud bo’lmagan holati birlikdir: kiyim, uy, ovqat, o’quvchi, kitobxon, murabbiy kabi.
Otlaming ko’pligi -lar qo’shimchasi bilan ifodalanadi: o’quvchilar, kitoblar kabi. Ko’plikning -lar qo’shimchasi orqali ifodalanishi morfologik usul bilan ifodalangan ko’plikdir. Bundan tashqari otlarda ko’plikni hosil qiluvchi boshqa vositalar ham mavjud. El, olomon, xalq kabi o’zi birlikda bo’lib, mazmunan ko’plikni bildiradigan so’zlar ham mavjud. Bunday ko’plik lug’aviy – semantik usul bilan hosil bo’lgan ko’plikdir.
Otlarning ko’pligi miqdor bildiruvchi so’zlarni otlardan oldin keltirish bilan ham hosil qilinadi: bir talay ish, bir necha kun kabi. Ko’plikning bunday ifodalanishi sintaktik usul bilan ifodalangan ko’plikdir. Sintaktik ko’plik otlardan oldin sonlarni: o’n kishi, yuz xonadoni, olmoshlarni qancha ish, shuncha odam, necha kun keltirish bilan ham hosil bo’ladi.
Masalan, Ikromjon qishloqda shuncha odam borligini bilmas ekan. (S.A.) Shuningdek, ot oldidan so’zlarni takrorlash orqali sintaktik ko’plik hosil bo’ladi: savat-savat meva, uzoq-uzoq yo'l. Otasining har qadamida allaqanday kishilar bilan uzoq-uzoq so'zlashuvidan zerikardi. (A.Q.)
Lug’aviy semantik va sintaktik usul bilan ifodalangan ko’plik so’zning morfologik tuzilishi bilan bog’lanmagan holda, morfologik ko’plik so’zning tuzilishi bilan bog’liq. Shuning uchun -lar qo’shimchasi bilan hosil bo’ladigan ko’plik so’zlarning ma’no xususiyati bilan bog’liqdir. Shu bilan birgalikda -lar qo’shimchasi o’zbek tilida ko’plikni hosil qiluvchi yetakchi vositadir. Biroq, bu qo’shimcha barcha otlarga qo’shilavermaydi, yoki qo’shilganda ham doimo ko’plik ma’nosini ifoda etavermaydi.


Yüklə 47,44 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə