Mavzu: So‘zning shakli va grammatik ma’no


Yurt bosqinlari bizning qanotimizni qayirdi



Yüklə 47,44 Kb.
səhifə8/8
tarix11.12.2023
ölçüsü47,44 Kb.
#145335
1   2   3   4   5   6   7   8
Yurt bosqinlari bizning qanotimizni qayirdi.
bos – asos; -qin so’z yasovchi qo’shimcha; -lar lug’aviy shakl yasovchi qo’shimcha; -i sintaktik shakl yasovchi qo’shimcha.
biz – asos; -ning sintaktik shakl yasovchi qo’shimcha.
qanot – asos; -imiz, -ni sintaktik shakl yasovchi qo’shimcha.
qayir – asos; -di sintaktik shakl yasovchi qo’shimcha.

Vaholanki, xalqimizning jahonga parvoz qilarli qanoti bor emasmi?
xalq – asos; -imiz, -ning sintaktik shakl yasovchi qo’shimcha.
jahon – asos; -ga sintaktik shakl yasovchi qo’shimcha.
qil – asos; -arli lug’aviy shakl yasovchi qo’shimcha.
qanot – asos; -i sintaktik shakl yasovchi qo’shimcha.

Endi qayrilish bilmasin bu qanot? Iloho, omin! (Shukrullo. «Tirik ruhlar»)
qayir – asos; -il, -ish lug’aviy shakl yasovchi qo’shimcha.
bil – asos; -ma lug’aviy shakl yasovchi qo’shimcha; -sin sintaktik shakl yasovchi qo’shimcha.
3-variant: Matnni o’qing. Qo’shimchalarning turlarini aniqlang va izohlang.
Donolar yig’ilishib, dunyoda nima aziz ekanligidan bahs – munozara qilibdilar.
Hayot aziz, — dedi bir donishmand, — Hayot bor ekanki, barcha mavjudot bor. Non aziz, — debdi ikkinchisi, — agar nondek mo’tabar noz – ne’mat bo’lmasa, hayot ham, tirik mavjudot ham bo’lmaydi.
Davrada turli – tuman aziz narsalar aytilaveribdi-yu, oxiri eng keksa dono hakim bahsga bunday deb xulosa yasabdi: “Hayot otliq shirin ne’mat ham, jonli va jonsiz jamiki mavjudot ham, nondek aziz oziqalar ham — hammasi dunyoning yagona aqlli xilqati — inson uchun yaratilgan. Xulosa shuki, dunyoda inson aziz, insondan buyuk va mo’tabar xilqat yo’q”.
Davradagi donolar keksa hakimning fikrini: “Haq gap, chin gap”, — deb tasdiq etibdilar.
Lug’aviy shakl yasovchi qo’shimcha – l.sh.y.q
Sintaktik shakl yasovchi qo’shimcha – s.sh.y.q
So’z yasovchi qo’shimcha – s.y.q
Donolar (-lar – l.sh.y.q); yig’ilishib (-il,-ish,-ib – l.sh.y.q); dunyoda (-da s.sh.y.q); ekanligidan (-ligi – l.sh.y.q, dan – s.sh.y.q); qilibdilar (-ib,-di – s.sh.y.q, -lar – l.sh.y.q); dedi (-di – s.sh.y.q); mavjudot (-ot – s.y.q); debdi (-b,-di – s.sh.y.q); ikkinchisi (-inchi – s.sh.y.q, -si – s.sh.y.q); nondek (-dek – l.sh.y.q); bo’lmasa (-ma – l.sh.y.q, -sa – s.sh.y.q), mavjudot (-ot – s.y.q); bo’lmaydi (-ma – l.sh.y.q, -y, -di – s.sh.y.q); davrada (-da – s.sh.y.q); turli (-li – s.y.q); narsalar (-lar – l.sh.y.q); aytilaveribdi-yu (-il,-a – l.sh.y.q, -ib, -di – s.sh.y.q); bahsga (-ga – s.sh.y.q); bunday (-day – l.sh.y.q); yasabdi (-b, -di – s.sh.y.q); otliq (-liq – s.y.q); jonli (-li – s.y.q); jonsiz (-siz – s.y.q); mavjudot (-ot – s.y.q); nondek (-dek – l.sh.y.q); oziqalar (-lar – l.sh.y.q); hammasi (-si – s.sh.y.q); dunyoning (-ning – s.sh.y.q); aqlli (-li – s.y.q); xilqati (-i – s.sh.y.q); yaratilgan (-il – l.sh.y.q, -gan – s.sh.y.q); dunyoda (-da – s.sh.y.q); insondan (-dan – s.sh.y.q); davradagi (-dagi – s.sh.y.q); donolar (-lar – l.sh.y.q); hakimning (-ning – s.sh.y.q); fikrini (-i, -ni – s.sh.y.q); etibdilar (-ib,-di – s.sh.y.q, -lar – l.sh.y.q).

4-variant: Gaplarni o’qing. So’z yasovchi hamda shakl yasovchi qo’shimchalarni aniqlab, ularning agglutinativ xususiyatlarini izohlang.


Kitob bilan abadiy do’st tutining. Orangizdan qil ham o’tmasin.
Xorijiy tillarni qunt bilan o’rganing.
Vatan tarixini biling. Uni har xil murtad talqinlardan, tuhmat va axlatlardan tinimsiz tozalang. Shavkatli tariximizni zamonaviy, mahobatli tarixiy ishlar bilan boyitishga harakat qiling.
Kamtarga kamol — manmanga zavol. Takabburlik qilmang. Xokisor bo’lishga harakat qiling. Kibrlanmang. Maqtasa, Sizni boshqalar maqtasin. Siz esa olqishlarni eshitmang.
G’azablanmang. G’azab sizni to’g’ri izdan chiqarib yuboradi. Har qanday holatda ham sokin bo’lishga intiling.
Dilozor bo’lmang. Dilozordan Xudo bezor. Odamlar bilan shunday gaplashingki, ular yana Sizga intilsinlar. Siz bilan suhbatlashishni havas qilsinlar.
Ota – ona, qavm – qarindosh, yor – birodarlarning ahvolidan doim xabar olib turing. Ota – onaning duosini olib qolishga oshiqing. Savob ishlar orasida eng zaruri shu.
(G‘aybulla al-Salom)
So’z yasovchi qo’shimchalar: abadiy (-iy xoslikni bildiradi), xorijiy (-iy xoslikni bildiradi), tinimsiz (-im – ot yasovchi qo’shimcha, -siz – sifat yasovchi qo’shimcha), shavkatli (-li – sifat y.q, belgiga egalikni bildiradi), zamonaviy (-viy – sifat y.q, xoslikni bildiradi), boyitishga (-i – fe’l y.q), kibrlanmang (-lan – fe’l y.q), g’azablanmang (-lan – fe’l y.q), gaplashingki (-lash – fe’l y.q), suhbatlashishni (-lash – fe’l y.q).
Sintaktik shakl yasovchi qo’shimchalar: tutining (-ing – buyruq mayli), o’tmasin (-sin – buyruq mayli), tillarni (-ni – tushum kelishigi), tarixini (-i – egalik qo’shimchasi, -ni – tushim kelishigi), talqinlardan (-dan – chiqish kelishigi), tariximizni (-imiz – egalik q, - ni – tushum kelishigi), boyitishga (-ga – jo’nalish kelishigi).
5 – variant: Matnni o’qing. Yasama so’zlarni aniqlang, ularning yasalish holatlarini izohlang.
Mening bolalik yillarim Farg’ona vodiysining Yaypan, Nursuq, Qudash, Buvayda, Tolliq, Olqor, Yulg’unzor, Oqqo’rg’on degan qishloqlarida o’tgan. O’ttizinchi yillarning o’rtalarida, bolaligimni o’ylaganimda chalakam – chatti tush ko’rganday bo’lar edim: dumli yulduz chiqqan edi; Babar (Bobur bo’lsa kerak) degan yigitni otqorovul miltiq bilan otganda o’lmagan edi, shunda otqorovul odamlarga yuzlanib: “Yopiray, bunaqa battol o’g’rini birinchi marta ko’ryapman, men unga o’q uzibman-u, kiprik qoqmadi-ya!” — degan edi.
Zehnimda shunga o’xshash qalqib yurgan xotiralardan tashqari, qalqimasdan toshdek cho’kib yotgan xotiralar hali hisobsiz ekanidan uzoq vaqt bexabar ekanman. Bundan meni Anton Pavlovich Chexov domla xabardor qildilar.
Bundan o’ttiz yil burun men u kishining 22 tomlik to’plamini qo’limdan qo’ymay o’qib chiqdim. Shunda alomat bir hodisa yuz berdi: shu bilan muhtaram ustod menga go’yo muborak ko’zoynaklarini berdilar-u: “Ma, buni taqib, o’z xalqingning o’tmishiga nazar sol!” — dedilar.
(Abdulla Qahhor)
Bolalik (-lik otdan ot yasagan); Oqqo’rg’on (kompazitsiya usulidan yasalgan, sifat+ot); bolaligimni (-lik otdan ot yasagan); o’ylaganimda (-la otdan fe’l yasagan); otqorovul (kompazitsiya usulidan yasalgan, ot+ot); toshdek (-dek otdan ravish yasagan); hisobsiz (-siz otdan sifat yasagan); bexabar (be- otdan sifat yasagan); xabardor (-dor otdan sifat yasagan); xabardor qildilar (qo’shma fe’l, fe’l+fe’l); ko’zoynaklarini (kompazitsiya usulidan yasalgan, ot+ot).

6 – variant: Gaplarni o’qing. So’zlarning qaysi so’z turkumiga kirishini aniqlang va izohlang.


Kamolotga intilmagan xalq, xalq emas. Xalqni aldab bo’lmaydi. Xalq hamma narsani biladi. Millatni sevmoqlik — baxt, kurashib yashamoq — saodat (Azim Suyun). Ma’rifatli xalqlarning haqiqiy jasorati Vatan yo’lida qurbon bo’lishga tayyor ekanliklarida aks etadi. Kimning ishi bo’lsa aqliga payvand, hayotda hech qachon u yemaydi pand. So’zni ko’nguldan chiqarmaguncha tilga keltirma va har nekim ko’ngulda bor — tilga urma (Navoiy). Bilim, ma’rifat, albatta, yaxshi axloq bilan bezatilmog’i lozim (Abu Nasr Forobiy). Bilim qaytarish va takrorlash mevasidir (Abu Rayhon Beruniy). Ilm qog’ozga chizish va yozish bilan emas, balki uqmoq va o’qimoq bilandir.
(Zamaxshariy)
O’z tilini unutgan xalqning
Bog’larida o’sgan gullarin
Chirmab uxlar zaharli ilon.
O’z tilini unutgan xalqning
Osmonida porlamas quyosh —
Nur o’rnida to’kiladi tosh.
O’z tilini unutgan xalqning
Uyqusida aslo orom yo’q —
Tegib turar kuragiga o’q.
O’z tilini unutgan xalqning
Mozorida ajdodlar qabri
Uzra qo’yar bolalar tikan.
(Xurshid Davron)

Kamolotga(ot) intilmagan(fe’l) xalq(ot) xalq(ot) emas(to’liqsiz fe’l). Xalqni(ot) aldab bo’lmaydi(fe’l). Xalq(ot) hamma narsani(olmosh) biladi(fe’l). Millatni(ot) sevmoqlik(ot) — baxt(ot), kurashib(fe’l) yashamoq(fe’l) — saodat(ot). Ma’rifatli(sifat) xalqlarning(ot) haqiqiy(sifat) jasorati(ot) Vatan(ot) yo‘lida(ot) qurbon bo’lishga(fe’l) tayyor(sifat) ekanliklarida(to’liqsiz fe’l) aks etadi(fe’l). Kimning(olmosh) ishi(ot) bo’lsa aqliga(ot) payvand(bo’lsa payvand – fe’l), hayotda(ot) hech qachon(olmosh) u(olmosh) yemaydi pand(fe’l). So’zni(ot) ko’nguldan(ot) chiqarmaguncha(fe’l) tilga keltirma(fe’l) va(bog’lovchi) har nekim(olmosh) ko’ngulda(ot) bor(modal so’z) — tilga urma(fe’l). Bilim(ot), ma’rifat(ot), albatta(modal so’z), yaxshi(sifat) axloq(ot) bilan(ko’makchi) bezatilmog’i(fe’l) lozim(modal so’z). Bilim(ot) qaytarish(fe’l) va(bog’lovchi) takrorlash(fe’l) mevasidir(ot). Ilm(ot) qog’ozga(ot) chizish(fe’l) va(bog’lovchi) yozish(fe’l) bilan(ko’makchi) emas(to’liqsiz fe’l), balki(bog’lovchi) uqmoq(fe’l) va(bog’lovchi) o’qimoq(fe’l) bilandir(ko’makchi).


O’z(olmosh) tilini(ot) unutgan(fe’l) xalqning(ot)
Bog’larida(ot) o’sgan(fe’l) gullarin(ot)
Chirmab(fe’l) uxlar(fe’l) zaharli(sifat) ilon(ot).
O’z(olmosh) tilini(ot) unutgan(fe’l) xalqning(ot)
Osmonida(ot) porlamas(fe’l) quyosh(ot) —
Nur(ot) o’rnida(ot) to’kiladi(fe’l) tosh(ot).
O’z(olmosh) tilini(ot) unutgan(fe’l) xalqning(ot)
Uyqusida(ot) aslo(yuklama) orom(ot) yo’q(modal so’z) —
Tegib turar(fe’l) kuragiga(ot) o’q(ot).
O’z tilini unutgan xalqning
Mozorida(ot) ajdodlar(ot) qabri(ot)

Uzra(ko’makchi) qo’yar(fe’l) bolalar(ot) tikan(ot).


http://fayllar.org
Yüklə 47,44 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə