Mavzu: Statistik jadvallar va grafiklar



Yüklə 7,37 Kb.
tarix30.12.2023
ölçüsü7,37 Kb.
#165952
Abdujabborov Mirkomil 05-22-guruh


Samarqand agroinnovatsiyalar va tadqiqotlar instituti
05-22-guruh talabasi Abdujabborov Mirkomil
Mavzu: Statistik jadvallar va grafiklar
1
2
3
Re'ja:
Statistik ma'lumotlarni taqdim etish.
Statistik jadvallar.
Statistik grafiklar va diagrammalar.
Statistik ma’lumotlarni shunday taqdim etish kerakki, ulardan foydalanish
qulay bо‘lsin, ularni о‘qish va tushunish oson bо‘lsin. Ularni taqdim etishning eng
kamida 3 ta usuli mavjud: matnda sо‘z bilan bayon etish, jadval zuhurida va
grafiklar orqali tasvirlash.
Ma’lumotlarni sо‘z bilan matnda bayon etish kо‘rinishda yaxshi yо‘lga
о‘xshab tuyulsa ham, ammo subyektning mahoratiga, ma’lumotlarni talqin
qilishdagi о‘ziga xoslikka bog‘liq. Bundan tashqari, bu holda ularni har taraflama
tushunish, bog‘lanishlarini payqash birmuncha og‘irlashadi.
Statistik axborotlarni jadvalda ifodalash sо‘z bilan bayon etishga qaraganda
о‘rganilayotgan voqealarni ravshan va jozibali qilib tasvirlaydi.
Statistikadagi jadvallar logarifmlik, karra va boshqa jadvallardan tubdan
farq qiladi. Ular ijtimoiy - iqtisodiy hayotimiz, turmushimizning turli
tomonlarini ta’riflovchi kо‘rsatkichlarni yaqqol va ixcham shaklda, о‘zaro
bog‘lanishda ifodalab, umumiy va о‘ziga xos xususiyatlarini oydinlashtiradi.
Jadvallar yotiq va tik tо‘g‘ri chiziqlar kesilmalaridan tuzilgan
geometrik shakl bо‘lib, qator va ustunlardan tarkib topadi. Ularda о‘rganilayotgan
obyektlar va ularning kо‘rsatkichlari joylashtiriladi.
Jadval yasash qoidasi
Har bir qator va ustun о‘z
nomiga, jadval esa umumiy sarlavhalarga ega bо‘lib, bular jadvalning asosiy
unsurlari hisoblanadi.
Agarda jadval qatorlari va ustunlari о‘z nomlariga hamda umumiy
sarlavhaga ega bо‘lib, sonlar bilan tо‘ldirilmagan bо‘lsa, u jadval maketi deb
ataladi. Har bir jadval qisqa, aniq va tushunarli, shu bilan birga ma’lumotlar
ma’nosini oydinlashtiradigan sarlavhaga ega bо‘lishi kerak.
Statistik ma’lumotlarni keng omma uchun tushunarli, ta’sirchan, diqqatga
sazovor va lо‘nda qilib bayon etish juda muhimdir. Grafik usuli ana shu maqsad
uchun xizmat qilib, amalda keng qо‘llanadi.
Statistikada grafiklar deganda ijtimoiy hayot haqidagi ma’lumotlarni shartli
olingan meyorda tuziluvchi har xil geometrik shakl va chiziqlar, predmetlarning
tasvirlari (suratlari) hamda geografik xaritalarda nishonlangan shartli belgilar
yordamida tasvirlash tushuniladi.
Grafik yasash na'munasi
Ular kishining diqqatini о‘ziga tez jalb etish bilan
birga ma’lumotlarni esda yaxshiroq saqlash, tо‘laroq va chuqurroq tasavvur
qilishga imkon beradi. Shuning uchun grafiklar iqtisodiy, madaniy va umuman
ijtimoiy taraqqiyotning barcha sohalarida erishilayotgan yutuqlarimizni
ommalashtirishda muhim qurol vazifasini о‘taydi.
Shunday qilib, statistik ma’lumotlarni grafiklarda tasvirlash natijasida ularni
soddalashtirish, ayonlashtirish, umumlashtirish, yakunlashtirish va pirovardida
tasavvurimizni boyitish kabi muhim fazilatlarga ega bо‘lamiz.
Bu usul turli hodisalarni taqqoslashda, ularni dinamikasi va о‘zaro
bog‘lanishlarini tahlil qilishda,rejalarni, davlat buyurtmalarini bajarish ustidan
nazoratni amalga oshirishda, о‘rganilayotgan murakkab tо‘plamlarning tuzilishini
tekshirishda, ayrim voqealarning yoyilish kо‘lamini tasvirlashda qо‘llanadi.
Grafiklar tuzilish shakli va qanday jarayonlarni tasvirlashi jihatidan har xil
turlarga, tasnifiy guruhlarga bо‘linadi.
Diagramma deganda statistik ma’lumotlarni geometrik shakllar yordamida tasvirlash tushuniladi.
Agar ma’lumotlar shartli belgilarni geografik kartalarga
tushirish yо‘li bilan tasvirlansa, bunday grafiklar kartogrammalar deb ataladi.
Kartodiagrammalar diagramma va kartogrammalarning aralashmasidan tashkil
topadi. Bu holda geografik kartalar hodisalarning hududiy taqsimlanishiga qarab
konturlarga (bо‘laklarga) bо‘linadi va ularda ma’lumotlarni tasvirlovchi
diagrammalar keltiriladi. Kartogramma va kartodiagrammalar hodisalarning
makonda (territoriyada) joylanishini tasvirlashda qо‘llanadi.
Grafiklarning asosiy turi diagrammalardir. Ularni tuzayotganda kо‘pincha
yassi geometrik shakllar va chiziqlardan foydalaniladi.
Add your title
Statistik ma’lumotlarni grafiklarda tasvirlash uchun avvalo masshtab qabul
qilinadi va unga qarab shkala tuziladi.
Masshtab deb sonlar bilan ifodalangan kо‘rsatkichlarni tekislikdagi tasviriy
nisbatlarga aylantiruvchi shartli meyorga aytiladi. U о‘rganilayotgan hodisaning
qanday miqdori tekislikdagi chiziqning bitta birligiga teng deb shartli ravishda
qabul qilinganligini bildiradi. Masalan, О‘zbekistonda paxta yetishtirish
diagrammasini tuzayotganda 1 mln.t. paxtani 1 santimetrga teng deb qabul qilsak,
bu meyor ushbu grafikning masshtabi hisoblanadi.
Shkala deganda shunday chiziq tushuniladiki, uning ayrim nuqtalari
tasvirlanayotgan hodisaning ma’lum miqdorlariga teng bо‘ladi va, demak, shu
miqdor deb о‘qilishi mumkin. U uchta elementdan iboratdir.
1) shkala tayanchi deb ataluvchi chiziq;
2) chiziqlar bilan nishonlanib ma’lum tartibda shkala tayanchiga joylashgan
nuqtalar;
3) shu nuqtalarga taalluqli sonlarni belgilovchi raqamlar.
E'tiboringiz uchun raxmat!
Yüklə 7,37 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə