Mavzu: Tijorat banklarining valyuta operatsiyalari reja: Valyuta va valyuta kursi tushunchasi



Yüklə 29,28 Kb.
səhifə1/6
tarix24.12.2023
ölçüsü29,28 Kb.
#160468
  1   2   3   4   5   6
3-KURS 8-mavzu ma\'ruza


Mavzu: Tijorat banklarining valyuta operatsiyalari
REJA:
1. Valyuta va valyuta kursi tushunchasi.
2. Valyuta operatsiyalarini tashkil etishning huquqiy asoslari.
3. Valyuta pozitsiyasi va nazorati. Joriy va muddatli valyuta operatsiyalar.

Valyuta va valyuta kursi tushunchasi.


Tashqi iqtisodiy munosabatlar taraqqiyoti turli mamlakatlarning valyutalari qiymatining o‘zaro nisbatini o‘lchashni talab etadi. Shu sababli valyuta kursi valyuta tizimining muhim elementi hisoblanadi.
Valyuta kursining zaruriyati quyidagilarda ifodalanadi:
tovarlar va xizmatlar bilan savdo qilishda, kapital va kreditlar harakatida valyutalarni o‘zaro almashtirish uchun; bunda, eksporter kelib tushgan chet el valyutasini milliy valyutaga almashtiradi. Chunki boshqa mamlakatlarning valyutalari mazkur davlat hududida qonuniy xarid qilish va to‘lov vositasi sifatida muomalada aylana olmaydi. Importyor chet eldan sotib olgan tovarlarini to‘lash uchun milliy valyutani chet el valyutasiga almashadi. Qarzdor esa qarzini to‘lash uchun va tashqi qarzlar bo‘yicha foizlarni to‘lash uchun chet el valyutasini sotib oladi; jahon va milliy bozor baholarini taqqoslash, shuningdek, milliy va chet el valyutalarida ifodalangan turli mamlakatlarning baho ko‘rsatkichlarini taqqoslash uchun; firma va banklarning chet el valyutasidagi hisob varaqlarini vaqti-vaqti bilan qayta baholash uchun valyuta kursi zarur.
Valyuta kursi – bu bir mamlakat pul birligining boshqa mamlakatlar pul birliklarida yoki xalqaro valyuta birliklarda ifodalangan bahosidir. Tashqi valyuta kursi almashuv qatnashchilari uchun valyuta bozoridagi talab va taklif nisbati orqali aniqlanadigan bir valyutani boshqasiga qayta hisoblash koefitsientidir. Biroq valyuta kursining qiymat asosi bo‘lib valyutaning xarid qobiliyati hisoblanadi. Valyutaning xarid qobiliyati investitsiya, tovar va xizmatlarning o‘rtacha milliy narxlari darajasini ifodalaydi. Bu iqtisodiy (qiymat) kategoriyasi tovar ishlab chiqarishga tegishli bo‘lib, u tovar ishlab chiqaruvchilar va jahon bozori o‘rtasidagi ishlab chiqarish munosabatlarini ifodalaydi. Qiymat tovar ishlab chiqarish iqtisodiy shartlarining keng ko‘lamli ifodasi bo‘lgani uchun, turli mamlakatlarning milliy pul birliklarining taqqoslanishi qiymat munosabatiga asoslanadi va u ishlab chiqarish va almashuv jarayonlarida yuzaga keladi. Tovar va xizmatlarni ishlab chiqaruvchilar hamda sotib oluvchilar valyuta kursi yordamida milliy narxlarni boshqa mamlakat narxlari bilan solishtiradilar. Taqqoslash natijasida mazkur mamlakatlarda ishlab chiqarish yoki xorijda investitsiyani rivojlantirishning foydaliligi darajasi ko‘rinadi. Qiymat qonuniga qanchalik amal qilinmasin, oxir oqibat valyuta kursi uning ta’siriga bo‘ysinadi. Valyuta kursi valyutaning real kurs nisbatlari ko‘rinadigan milliy va jahon iqtisodiyotlarining o‘zaro aloqasini ifodalaydi. Tovarlar jahon bozorida sotilayotganida milliy mahsulot qiymatini internatsional o‘lchovlari asosida jahon talabiga ega bo‘ladi. Shuningdek, ushbu tovarlarning jahon xo‘jaligi doirasida almashi- nishida valyuta kursi vositachi bo‘ladi.
Valyuta kursining qiymat asosi shu bilan shartlanadiki, oxirgi navbatda jahon narxlariga asoslangan ishlab chiqarishning internatsional bahosi jahon bozoriga asosiy tovar yetkazib beruvchi mamlakat ishlab chiqarishning milliy baholariga tayanadi.




Yüklə 29,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə