Mehnatni tashkil etish



Yüklə 23,14 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/2
tarix11.12.2023
ölçüsü23,14 Kb.
#148349
  1   2
Mehnatni tashkil etish - Vikipediya



Mehnatni tashkil
etish
Mehnatni tashkil etish
- nazariya va
amaliyotga asoslangan holda korxonada
ish jarayoni unsurlarini uyushtirish tartibi
va tamoyillari. Mehnatni tashkil
etishe.ning iqtisodiy vazifa-l ar i ga milliy
iqtisodiyotda inson va moddiy
resurelardan oqilona foydalanish,
mahsulot ishlab chiqarishni va uning
sifatini oshirish; sanitariyagigiyena va
ruhiyfiziologik vazifalariga ishchixodimlar


so-gʻligʻini muhofaza etish, mehnat
sharoitlarini belgilangan standart va
meʼyorlarga mosligini taʼminlash; ijtimoiy
vazifalariga mehnatning mazmuni, uning
ijodiyligini, kishilarning maʼnaviy kamol
to-pishini rivojlantirish, ularning ijtimoiy
muhofazasini tashkil etish; tashkiliy
vazifalariga har bir ish joyini tashkil
etishda ergo-nomik talablarga
muvofiklikni taʼminlash kiradi.
Dastlab, amerikalik muhandis va olim
F.U.Teylor (1856-1915) mehnatni "ilmiy
boshqarish" muammosini amaliy jihatdan
asoslab bergan va oʻz konsepsiyasining
asosiy qoidalari va tamoyillarini
"Fabrikani boshqarish" (1919) va


"Korxonani ilmiy bo-shqarish asoslari"
(1911) deb nomlangan asarlarida bayon
qilgan. Keyinchalik amerikalik F. K. Gilbert
(1868— 1924), X. Emerson (1853-1931),
Genri Ford (1863—1947) ham mazkur
mu-ammo yechimiga oʻz hissalarini
qoʻshishgan.
Mehnatni tashkil etishe. — mehnat
munosabatlarini tashkil etish hamda
mehnatning ashyoviy unsurlarini tashkil
etishga ajratiladi. Bu darajalarning har
biri mehnat taqsimoti va unga mos
keladigan mehnat kooperatsiyam kabi
tushunchalar bilan bogʻliq. Bozor
iqtisodiyoti sharoitida Mehnatni tashkil
etishe. quyidagi tamoyillar asosida


amalga oshiriladi: shaxs ni kamol
toptirish (har bir insonda individual sifat
koʻrsatkichlari rivojlanishini taʼminlash);
xavfsizlik (ishchi oʻz ish joyida,
sogʻligʻiga, daromadiga, ish bilan
taʼminlanishiga kafolat beruvchi
xavfeizlikka ishonch hosil qilishi); ad o lat
(korxona mehnat natijalarida har bir
ishchining manfaatlari ifodalanishi).
Mehnat, dastlab, ishlarning tarkibi,
mazmuni, hajmi va intensivligiga, ish
vaqtidan foydalanish darajasi va asbob-
uskunalar murakkabligiga qarab inson
imkoniyatlari hamda kasbiy
tayyorgarligiga binoan tashkil etishni
talab qiladi. Mehnat sharo-itlarini tashkil
etish — dam olish va mehnat rejimi,


ishlab chiqarish madaniyatini oshirish
kabi tadbirlar bilan aloqador. Mehnatni
tashkil etishe. tizimida kadrlarni kasb
talablarga asosan tanlash, shaxsiy
sifatlarini inobatga olish, kadrlarni tay-
yorlash, joy-joyiga qoʻyish, malakasini
oshirish kabi masalalar hal etiladi.
Ayniqsa, mehnatning ijtimoiyiqtisodiy
ragʻbatlari, xodimlarning jamoa
boshqaruvida ishtirok etishini taʼminlash
muhim ahamiyatga ega; ish oʻrnini
jihozlash — barcha asosiy va yordamchi
texnologiya uskunalari, moslamalar,
asboblar, ish mebellari va maxsus
qurilmalarni optimal joylashtirishga
alohida eʼtibor beriladi.


Mehnatni tashkil etishe.ning muhim
yoʻnalishi — intizomdir. Kishilarning
qoʻyilgan maqsadga erishish yoʻlidagi
mehnati, harakati va intilishlarining
birlashuvi, ish joyiga oʻz vaqtida kelishi va
ketishi bilan birga belgilangan
texnologiyaga rioya qilishi, mahsulot
sifatini, ishlab chiqarishdagi mehnat
rejimini taʼminlash, mehnat unumdorligini
oshirishga intilish institutizom talablariga
kiradi. Mehnat institutizomi yuzlab va
minglab xodimlarni umumiy reja asosida
ishlaydigan va umumiy maqsadga
intiladigan yagona jamoaga birlashtiradi.
Mehnatni tashkil etishe.ning eng ilgʻor
usullarini qoʻllash va mehnatni toʻgʻri
tashkil etish, bozor iqtisodiyoti


sharoitlarida raqobatda yengib
chiqishning asosiy omillaridan biri
hisoblanadi, korxonlarda ishlab chiqarish
samaradorligini oshirishga yoʻl ochadi.
Abdurahmonov Q.H. va boshqa,
Mehnat iqtisodiyoti va sotsiologiyasi,
T., 2001.
Qalandar Abdurahmonov.
[1]
1. 

Yüklə 23,14 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə