Metall panjaralarining real tuzilishini tahlil qilish 1



Yüklə 50 Kb.
səhifə1/2
tarix27.12.2023
ölçüsü50 Kb.
#163240
  1   2
1. Qodirov R. docx


METALL PANJARALARINING REAL TUZILISHINI TAHLIL QILISH
1Xodjamkulov S.Z. 2Qodirov R.A. 3Shoymardonova X.S.
1TMTI “Kimyoviy texnologiya kafedrasi” mudiri,
2TMTI o‘qituvchisi, 3TMTI talabasi.

Kristall panjaralar ustida olib borilgan izlanishlar shuni ko‘rsatadiki, tabiatda moddalarning kristall panjaralari hamisha benuqson bo‘lmaydi. Ularda ham ba’zi kamchiliklar va xatoliklar uchrab turadi. Real ya’ni haqiqiy kristall panjaralarning tuzilishida nuqsonlar nisbatan ko‘proq kuzatilishi shu sohada olib borilgan ilmiy tadqiqotlar natijasida ma’lum bo‘ldi. Bu nuqsonlarning soni va turi kristall panjarali moddalarning ba’zi xossalariga o‘z ta’sirini ko‘rsatmay qolmaydi. Bu ta’sirni juda kuchli desak ham bo‘ladi, chunki ba’zi sezuvchan-tuzilishli xossaga ega bo‘lgan moddalarda bu katta amaliy ahamiyatga ega.


Kristall panjara tuzilishidagi nuqsonlar har xil ko‘rinishda bo‘lishi mumkin. Ulardan uchtasi eng ko‘p uchraydigan nuqsonlardan hisoblanadi. Bularga: nuqtali, chiziqli va sirtqi nuqsonlar kiradi. Ulardan eng oddiysi va shu bilan birga eng muhimi nuqtali nuqsondir. Nuqtali nuqson bu – kristall panjara tugunlarining bo‘sh qolib ketishi yoki atomlarning panjara tugunlari orasida joylashib qolishi natijasida hosil bo‘ladigan nuqson turidir (1-rasm, b-sxema). Nuqtali nuqsonda kristall panjara tugunida atom (ion)lar o‘rnasha olmasdan bo‘sh qolib ketishi natijasida hosil bo‘ladigan bo‘shliq – vakansiya deyiladi (1-rasm, a-sxema). O‘z panjarasi tugunidan uzilgan va shu joyida vakansiya hosil bo‘lishiga sabab bo‘lgan atom esa – dislotsirovlangan atom deyiladi. Vakansiyaga qo‘shni bo‘lgan atom xohlagan vaqtda yana o‘z o‘rniga qaytishi va buning natijasida yana yangi vakansiya paydo qilishi mumkin. Shu tartibda vakansiya bir o‘rindan boshqa bir o‘ringa ko‘chib yurishi mumkin. Nuqtali nuqsonlar yarim o‘tkazgich materiallar xossalariga juda katta ta’sir ko‘rsatadi.

1-rasm. Metall panjaralarining real tuzilishining sxematik ko’rinishi:
a) vakansiya; b) nuqtaviy nuqsonlar; d) dislokatsiyalar.
Kristall panjara tuzilishidagi chiziqli nuqsonlar boshqacha dislokatsiyalar deyiladi (1-rasm, d-sxema). Dislokatsiyaning oddiy ko‘rinishi bu – chegaraviy dislokatsiyadir. Bu chegaraviy dislokatsiya kristall panjara qatlamidagi ma’lum bir sirtning siljishidan hosil bo‘ladi. Kristall panjaradagi bir tekislikda yotgan atomlar qatlamining siljishi natijasida shu qatlam bilan chegaradosh bo‘lgan parallel qatlam orasida bir chiziqda yotadigan bir yoki bir necha atomlar hajmicha bo‘sh, chiziqli, bir tekis yo‘lakcha paydo bo‘lganligi uchun bu nuqsonga chiziqli nuqson deya ta’rif berilgan.

Yüklə 50 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə