Metallar korroziyasi Korroziyaning yuzaga kelish sabablari Metallar korroziyasi qarshi kurashish usullari



Yüklə 49,64 Kb.
tarix29.11.2023
ölçüsü49,64 Kb.
#141381
8.Metallar korroziyasi qarshi kurashish usullari.


Metallar korroziyasi qarshi kurashish usullari.
Reja:

  1. Metallar korroziyasi

  2. Korroziyaning yuzaga kelish sabablari

  3. Metallar korroziyasi qarshi kurashish usullari.

Metallarning korroziyadan ximoyalashning xar-hil usullari mavjud. Bu ussularni qo`llash ximoyalanadigan metalning tabiati, ishlatilish maqsadi va o`rniga, sharoitiga bog`liq. Metallarning korroziyalanishi uzluksiz davom etadi va


zarar yetkazadi.
Тemirning korroziyalanishi tufayli bevosita isroflari yiliga suyuqlantirib olinadigan temirning15— 20% ga yaqinini tashkil etishi hisoblab chiqilgan. Korroziyalanish natijasida metall buyumlar o‘zining qimmatli texnik
xossalarini yo‘qotadi. Shuning uchun metall va qotishmalarni korroziyalanishdan muhofaza qilish usullari katta ahamiyatga ega. Ular nihoyatda
turli- tuman bo‘lib, eng ahamiyatlilari quyidagilar. 
1.Metallarning himoya sirt qoplamlari. Ular metalldan (rux, qalay, xrom va
boshqa metallar bilan qoplash) va metallmasdan (lok, bo‘yoq, emal va boshqa
moddalar bilan qoplash) qilinishi mumkin. Bu qoplamlar metallni tashqi muhitdan
ajratib turadi. Masalan, tomga yopiladigan tunuka rux bilan qoplanadi: ruxlangan
tunukadan turmushda va sanoatda ishlatiladigan ko‘pgina buyumlar tayyorlanadi.
Rux qatlami temirni korroziyalashdan saqlaydi, rux temirga qaraganda ancha
aktiv metall bo‘lsa ham, u oksid pardasi bilan qoplangandir.
Тemir buyumlar sirtini
nikel, xrom bilan qoplash korroziyalanishdan muhofaza qilishdan tashqari 
buyumlarning tashqi ko‘rinishini chiroyli qiladi.
2.Antikorrozion xossalarga ega bo‘lgan qotishmalar yaratish. Po‘lat tarkibiga
12% ga qadar xrom kiritish yo‘li bilan korroziya- bardosh zanglamaydigan po‘lat
olinadi. Nikel, kobalt va mis qo‘shish po‘latning antikorrozion xossalarini
kuchaytiradi, chunki qotishmaning passivlashishiga moyilligi ko‘payadi.
Antikorrozion xossali qotishmalar yaratish—korroziya tufayli bo‘ladigan
isrofgarchiliklarga qarshi kurashning muhim yo‘nalishlaridan biridir.
3.Protektor himoya va elektr himoya. Protektor himoya elektrolit muhitida
(dengiz suvi, yerosti suvlari, tuproq suvlari va h.k.) bo‘ladigan konstruksiya
(yerosti quvuri, kema korpusi) muhofaza qilinadigan hollarda qo‘llaniladi. Bunday
himoyaning mohiyati shundan iboratki, konstruksiya protektor—muhofaza
qilinadigan konstruksiya metaliga qaraganda aktivroq metallga ulanadi. Po‘lat
buyumlarini muhofaza qilishda protektor sifatida, odatda, magniy, aluminiy, rux va
ularning qotishmalaridan foydalaniladi. Korroziyalanish jarayonida protektor anod
bo‘lib xizmat qiladi va yemiriladi, bu bilan konstruksiyani yemirilishdan saqlab
qoladi. Protektorlar yemirilgan sari ularni yangisi bilan almashtirib boriladi.

Elektr himoya ham shu prinsipga asoslangan. Elektrolit muhitida turgan


konstruksiya bunda ham boshqa metallga (odatda, temir bo‘lagi, rels va sh. o‘.)
tashqi tok manbayi orqali ulanadi. Bunda himoyalanadigan konstruksiya katodga,
metall—tok manbayining anodiga ulanadi.
Тok manbayi anoddan elektronlarni
oladi, anod (muhofaza qiluvchi metall) yemiriladi, katodda esa oksidlovchining
qaytarilishi sodir bo‘ladi.
Elektr himoyaning protektor himoyadan afzalligi bor: uning ta’sir radiusi 2000 m
ga yaqin, protektor himoyaniki esa 50 m atrofida bo‘ladi. 
4.Muhit tarkibini o‘zgartirish. Metall buyumlarning korroziya- lanishini
sekinlashtirish uchun elektrolitga, korroziyani sekinlatuvchi moddalar yoki
ingibitorlar deyiladigan (ko‘pincha organik) moddalar qo‘shiladi. Ular metallni
kislota yemirishidan saqlash zarur bo‘lgan hollarda qo‘llaniladi. Keyingi yillarda
uchuvchan ingibitorlar (boshqacha aytganda, atmosfera ingibitorlari) ishlab chiqila
boshlandi. Ular qog‘ozga shimdiriladi va metall buyumlar shu qog‘oz bilan
o‘raladi.
Galvaninik va kimyoviy qoplamlar.
Galvanik usulda olinadigan qoplamalar asosan metallarni korroziyadan himoya 
qilish uchun qo’llaniladi.Galvanik qoplamalar himoyalash ta’siriga ko’ra anodli yoki katodli qoplamalar bo’lishi mumkin. Katodli galvanik qoplamalar asosiy
qoplanadigan metllga nisbatan
musbat potensialga, anodli esa manfiy potensialga ega
bo’ladi.Masalan; Fe ga nisbatan Cu,Ni,Ag qoplamalar katodli, Zn,Cd, qoplamalari
esa anodli hisoblanadi.
Katodli qoplamalar shikastlanganda anodda asosiy metal korroziyasi
boshlanadi,anodli qoplamalar o’zi yemirilib asosiy metallni korroziyadan saqlaydi.
Galvanik qoplamalar xromlangan, nikellangan, ruxlangan, kadmiylangan,
mislangan, oksidlangan va kombinasiyalashgan usullarda olingan qoplamalarga
bo’linadi.
Xromli qoplamalar yuqori kattalikga, korroziyabardoshlik, yemirilishga qarshi
xususiyatlarga ega. Xromli qoplamalardan sutsimon usulda olingan korrozion-
mexanik shikastlanishlarning oldini olish uchun qo’llaniladi.
Kadmiyli qoplamalar himoya-dekorativ xususiyatlarga ega, Cr li va Zn li
qoplamalar birgalikda kombinasiyalashgan usullarda qo’llaniladi.
Oksidli qoplamalar alyuminidan tayyorlangan buyumlarni korroziyadan saqlash
uchun ishlatiladi.Shuningdek ketma-ket yoki bir vaqtning o’zida har xil metallar bilan
singdirib olingan galvanik qoplamalar ham yuqori darajadagi korroziyadan saqlash
xususiyatlarga ega.
Kimyoviy qoplamalar galvanic qoplamalardan farq qilib, tashqi kublanish
qo’llanilmasdan , suyuq ishqoriy va kislotali muhitlarda detallarni bitirish yuli bilan
olinadi. Kimyoviy qoplamalarning nikelli, oksidli va fosfotli turlari mavjud.
Kimyoviy nikelli yoki nikel-fosforli qoplamlar har xil murakkab shakildagi
detallarning korroziya bardoshliligini oshirish uchun ishlatiladi .Ayniqsa alyuminiy
qotishmalarining elektrokimyoviy korroziyada korroziya bardoshliligi bu usulda
yanada oshadi . Kimyoviy oksidli qoplamalarni olish ishqorli va kislotali muhitlarda
olib boriladi.Bir vaqtning o’zida elektroizolyasiya va korroziyaga chidamlik zarur
bo’gan detallar sirtini qoplash uchun qo’llaniladi .
Po’lat, chuyan , alyuminiy qotishmalari , rux va magniylardan tayyorlanadigan 
detallarini atmosfera, benzin va kerosin muhitlarda korroziadan saqlash uchun
ularning srtlari fosfotli qoplamlar bilan qoplanadi. Kimyoviy qoplamlarning ustidan
lakbo’yoq qpolamalarning qo’llanilishi sirtning korroziyasiga chidamliligini yanada
oshiradi.
Galvanik va kimyoviy qoplamalarni olish usullari, har xil tuzlar , ishqorlar va
kislotalar ishlatilganligi uchun , galvanic jihozlarning ,o’zining korroziyaga
uchrashiga sabab bo’ladi va bu usulda ishlov berishda zaruriy mehnat muxofazalari
va ekologik e’tiborini talab qiladi. Hozirgi paytda galvanik usulda olingan
qoplamalarga nisbatan ustun bo’lgan diffusion qoplamalar olish usullari ishlab
chiqilmoqda .

Nikel-xromli qoplamalar olishda asosan mis, temir, titan, alyuminiyn, berli,


volfram va boshqa metallar ustiga qoplama yaratish uchun qatlamli qoplamalar
ishlatiladi. Bu jarayonlarda xom ashyo sifatida nikellashga nikel xlorid,
ammoniyli sirka kislatasi, 1, 2, 3 trispropan xromlashda esa xrom angidridi va
qo`shimchalar DXTI –xrom 11asosiy xom ashyo sifatida ishlatiladi. Nikel-xrom
toza holatda galvanik qoplamalar sifatida mis va po’lat detallarni korroziyadan
himoyalashda keng qo’llaniladi. Ko’pqavatli nikel-xrom qoplama olish uchun bir 
necha elektrolitlardan biriktiriladi.
Nikel-xrom qoplamalarini bir necha avzalliklarga ega:
1.Yuqori edirilishga bardoshliligi.
2.Yuqori qattiqlik.
3.Nisbatan yuqori qovushqoqlikka ega.
4.Yuqori dekorativ xususiyatlarga ega
5. So’nggi dekorativ qoplama sifatida qo’llash mumkinligi.
Nikel qoplama uchun talablar
Nikel qoplamaning rangi kumush-oq sariq tusda
Xrom qoplama uchun talablar
Xrom qoplamasining rangi silliqlashsiz kumush-kulrangda.
Jilolangan (Silliqlangan) rangi esa kumush ko`kimtir tusda. . Qattiq
(chidamli) qoplama rangi och-kulrang ko`kimtir tusda.
Issiq usul. Bu usul korroziyalanishi kerak bo’lgan metall buyumlar
suyultirilgan korroziyabardosh metallga botiriladi. Bu usulda korroziyabardosh
metall sifatida suyuqlanish temperaturasi metall buyumni suyuqlanish
temperaturasidan birmuncha past bo’lgan metallar, ya’ni ruh, kalay,kurgoshin va
boshqa metallar ishlatiladi.
Gal’vanik usul. Bu usulning moxiyati metall buyumga korroziyabardosh
metallni elektr toki vositasida qoplashdan iborat. Buning uchun elektrolit eritmasi 
solinadigan vannaga korroziyabardosh metall tuzini suvdagi eritmasi (elektrolit)
solinadi. Bu elektrolit eritmasiga esa sirti qoplanishi kerak bo’lgan buyum bilan
korroziyabardosh metall plastinasi tushiriladi. Buyum uzgarmas tok manbaining
manfiy kutbiga, plastinka-musbat kutbiga ulanadi. Natijada buyum katod, plastinka
esa anod buladi. Zanjirdan tok utkazilganda elektrokimyoviy jarayon sodir buladi,
ya’ni anod zarrachalari elektrolit orkali utib, katod (buyum) sirtiga yotadi, natijada
u korroziyabardosh metall bilan qoplanadi. Qoplam kalinligi tok kuchiga yoki tok
utish vaktiga boglik.
Gal’vanik qoplam 2 turga: anod qoplam va katod qoplam turlariga
bulinadi. Metall buyum ayni muxitda potentsiali uzinikidan past metall bilan
qoplansa, u anod qoplamli, potentsiali uzinikidan katta metall bilan qoplansa,
katod qoplamli deb ataladi. Anod qoplamhosilqilinsa maqsadga muvofik buladi
(ruh, xrom, alyuminiy). Hozirgi vaqtda gal’vanik usul manfiy metall 
qoplamlarhosilqilishning asosiy usuli bulib, bunda ancha tekis va puxta qatlam
hosil bo’ladi, hamda bu usulda metall kam sarflanadi.
Korroziyabardosh metall purkash . Bu usulning moxiyati shundan
iboratki, korroziyadan saklanishi lozim bo’lgan buyum sirtiga Suyuqlantirilgan
korroziyabardosh metall katta bosim ostida purkaladi. Suyuqlantirilgan metallni
purkash uchun metallizator yoki SHoop pistoleti deb ataladigan apparatdan
foydalaniladi. Purkalanadigan metall simi (alyuminiy, ruh, kadmiy, kalay, bronza,
kurgoshin, mis va x.k.) metallizatorda atsetilen alangasida, elektr joyida yoki
plazma joyida Suyuqlantiriladi va buyum sirtiga sikilgan havo vositasida
purkalanadi.
Plakirlash usuli.
Bu usulning moxiyati metall listlar sirtiga
korroziyabardosh metall kuyib yoki korroziyabardosh metall qavati kuyilib
prokatlashdan iborat. Plakirlash natijasida asosiy metall bilan korroziyabardosh
metalldan iborat qo’sh qavat hosilbuladi. Bu qo’sh qavat bemetall deb ataladi.


Foydalanilgan adabiyotlar



  1. 1.YU.T.Toshpo'latov, SH.YE.Ishoqov. Anorganik kimyo. Toshkent. «O'qituvchi». 1992 y.

  2. 2.N.A.Parpiyev, H.R.Rahimov, A.G.Muftaxov. Anorganik kimyo nazariy asoslari. Toshkent. «O'zbekiston». 2000 y.

  3. 3.Q.Ahmerov, A.Jalilov, R.Sayfutdinov Umumiy va anorganik kimyo. Toshkent. «O'zbekiston» 2003 y.

  4. www.ziyonet.uz

  5. www.referat.uz

  6. www.kitob.uz

Yüklə 49,64 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə